Ishonamanki, men hech kimni noqulay his qilmoqchi emas edim, dedi ertasi kuni ertalab Fletcher xonim



Download 23,86 Kb.
Sana22.06.2021
Hajmi23,86 Kb.
#73876

8.

Ishonamanki, men hech kimni noqulay his qilmoqchi emas edim ”, dedi ertasi kuni ertalab Fletcher xonim.

U xijolat tortgandek ko’rsatmoqchi bo’lib qo'llarini bukib, ta’bi xira tortgan xira holda boshini chayqashni yaxshi namoyish qildi, lekin meni alday olmadi. Men undan izoh olishni istamayotgan edim, mavzuni o'zgartirdim va unga Sidonining onasi bilan uchrashish va qisqa vaqt ichida o'qituvchi sifatida maskarad qilish to'g'risida gapirib berdim. U ko'zlarini yumib xomush tortdi.

"O, men Sidonining onasiga qizi maktabga bormasligini, balki bu yerga kelishini aytgan bo’lishim kerak edi. "Bilasizmi u me’yoridan ko'ra ko'proq soda ichadi, o’qish uchun asar tanlashda ham o’z yoshida nisbatan ma’nosi kengroq, falsafiy qiyin bo’lgan kitoblarni tanlaydi. Shuning uchun ham uning onasi bu yerga kelishini to’xtatishni so’rasa kerak.”

“ Ha, menimcha fikringda jon bor.”

"Ammo siz Fayrfaks xonimga bular to'g'risida xabar bermagan bo’lsangiz, buni unga o’zim aytaman."

Men convert qog’oznining og’zini yelimladim. "Buning qanday natija berishini bilmayman, lekin nimadir bo’ladi. Bu qanday darajada davom etishini ko'raylik. ” Fletcher xonim hali ham ko'zlarini ochmagan edi. - Yo'q, haqiqatan ham, Boy. Bu ularning uchalasiga ham tegishli.

Ular maktabga borishlari kerak. ”

Bu so’zlar birinchi kun kitob do’koniga ishga kelgan kunimdayoq aytgan gapimga nechog’lik o’xshash ekanligini u payqamadi.

Men aytdim: “Xo'sh, buni hazil deb qabul qilaman. Men hech qachon Fayrfaks xonimni uchratmaganman, bu mahalladagi odamlarga e’tibor bermayman hattoki.

Kechagidek hammasi yaxshi – a ? U javob bermadi.

Agar siz ularni qaytarib yuborsangiz, bolalar o'zlariga o’zi nima qilishlarini bilmay qolishadi."

"Oh,bu safsata. Men ularni bilaman. Ular besh daqiqa siqilishlari mumkin, keyin maktabga boradilar va o'sib-ulg'ayadilar, o’zlari uchun nima foydali bo’lsa shuni qilishda davom etishadi. Ular bosib o’tishi kerak bo’lgan hali ko’p yo’llar bor, hayotning bu o’nqir-cho’nqirida. Biz uchun hech qanday ahamiyatga ega bo'lmagan sinovlar va imtihonlardan tayyorlangan hayot narvonidir balki, ammo Fobe, Sid va Kazim uchun ular xohlagan narsani doim ham beravermaydi. Men xudbinlik qildim. Boshqa bunday bo'lmaydi. Endi bunday davom etmaydi."

Biz ochilgan paytdan boshlab mijozlar bilan band edik, shuning uchun Fobe va Sidoni soat ikkilar atrofida kelishganda, Fletcher xonim ularni ko’rgan bo’lishi aniq edi. U ularni taqiqlay olmadi. U bolalarn juda ham sog'inardi. Ikkalasi ham “Les Misérables” joylashgan javonga yugurishdi – Sidoni kitobni birinchi olishga shoshardi olishga, Fobe esa Sidonidan birinchi borishga muvaffaq bo'lishdi. Kazim ularning orqasidan ichkariga kirib, orqa xonaga qarab: "Xo’sh, men sog’indingizmi?" – dedi.

- Ha, juda yomon so’gindim, - dedi Fletcher xonim. "Shu

yerda kutib turinglar. Men bu odam u sotib olishga urinayotgan kitob o'n to'qqizinchi asrning birinchi nashri ekanligini tushuntirishga harakat qilyapman. U buni kiyimning turi deb o'ylagandek asabimga tegib, “ko'ylagi” haqida gapirib o'tirardi.

Kazim kassaga o'tirdi-da, to’rtga bo’lingan kartasining bir bo’lagini menga berdi. "Mening komik kartamni ko'rganingizda, siz doim keyin nima bo'ldi deb savol berasiz esingizdami? Shuning uchun buni siz uchun chizdim. " Men tirsaklarimni stolga qo'ydim va unga qaradim, qancha qarasam ham rasmdagi holat uzun dumli to’tining atrofida to’plangan odamlar kabi tuyulardi menga. Men fikrim xatomi deya o’ylab qoldim. Men o'tgan olti oy yoki undan ko'proq vaqt davomida deyarli har kuni ko'rgan Kazim bilan ko'zoynak taqqan boshqa bola o’rtasidagi farqni aytib berolmayman deb qo'rqardim.

Missis Fletcher tashqariga chiqib, meni xaridorlar kitoblarni sotib olishi uchun orqa xonaga yubordi. Men uning Sidonie va sherigiga aytmoqchi bo’lgan gaplarini eshitishni xohlaydi, inson doim hamma narsani bilgisi keladi – balki ular bilan birga suhbatlashib o’tirsam ovqatlanish uchun bironta yaxshi joyni tavsiya qilarman. Men xonaga qaytib kelayotganimda odamlar allaqachon ketib bo’lishgandi, kechagi tortning qolgan bo’lagini olib xonaga kirdim. Faqatgina ikki bo’lak olib keldim, chunki men bilan tort yeyishni xohlaydigan inson faqat Kazim edi, so’ragan vaqtim Fobe ham qo’lini ko’targandi, ammo Sidoni unga qarashi bilan u qo’lini tushirdi.

"Biz kitob do'koniga borishni boshlaganimizdan beri, u yerga bormay qo’ysak nima bo’lar ekan deb o’ylardim", - dedi Sidoni. Sidoni va Fobe qo’llarini bir- birining yelkasidan o’tkazib quchoqlab olishdi. " Bizni bu yerda ekanligimiz unchalik ham muhim emas va muhim narsa anglatmaydi. Men kun kelib sotib oluvchilar biron kitobga zarar yetkazishsa yoki kitoblar o’g’irlansa , Fletcher xonim bunda bizni ayblaydi deb o’ylardim, ammo bunday bo’ladi”.

Kazim javob o’rniga tortga qaragan nigohi ila bosh silkib qo’ydi. Tomog’imni tozalash uchun yo’talib oldim. Mendan aytayotgan haqiqat rostan ham to’g’riga o’xshamasdi. Bu hatto Fletcher xonimning aytganlariga zid bo'lishi mumkin chunki, Fletcher xonim ularning do'sti edi. "Maktabga boring", dedim va ularning ketishini tomosha qildim.



---

Bir hafta avval, Kazim chizib kelgan komik suratlarni tomosha qilgandim. Unda Mizak ismli shoh va uning Sidiya ismli qirolichasi haqida edi. Har yil dekabr oyida kichik yigit va qiz saroyga olib kelinar edi. Ularning ismlari ham Mizak va Sidiya bo’lib, keying o’n ikki oyda yigit shohning yonida boshqaruvni o’rganardi. Kichik Sidiya ham qirolichaning yonida bo’lardi. Qachonki qirol va qirolicha vafot etishsa, yigit va qiz taxtga o’tirardi va yanagi dekabr oyida boshqa bolalar olib kelinardi. “ Bu biz uchun hayot uchun kurash” - deb ta’kidlardi qirolicha Sidiya ajin bosgan yuzlarini silab. Uning so’zlari juda oddiy bo’lib, u va qirol Mizak haqiqiy hayot uchun kurashga chiqishi uchun juda ham kuchsiz edilar. Bu qashshoqlikdan, ya’ni, bolalar berahm bo’lib katta bo’lishgandi. Ular aytishgandi: “ Esingda bo’lsin, sen ham shunday qilgan bo’larding” .



Men Kazimdan buning davomi nima bo’lishini so’raganimda u menga g’ayrioddiy qarash bilan razm soldi. Men so’ramasligim kerak edi deb o’ylab qoldim. Uning davomi, o’tmishda nima sodir bo’lganida edi.
Download 23,86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish