Investitsiya qoplanish mudati
Reja:
1. Investitsiya jarayonining mazmun-mohiyati. Investitsiyalash maqsadlari va yo`nalishlari.
2. Investitsiya qoplanish mudati
3.Real investitsiyalarni amalga oshirish xususiyatlari.
4. Moliyaviy investitsiyalarni amalga oshirish xususiyatlari.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Investitsiya jarayonining mazmun-mohiyati. Investitsiyalash maqsadlari va yo`nalishlari
Ma`lumki, investitsiya jarayoni investitsiyalashda hodisa, holatlarning birin-ketin almashinuvini, foyda olish yoki boshqa ijobiy natijaga erishish uchun bo`ladigan ketma-ket harakatlarning majmuini anglatadi. Shu bilan birga, investitsiya jarayonining bosh nuqtasi qaerdan yoki nimadan boshlanadi? Yoki qaerdan «start» oladi? Biz, ko`pchilik iqtisodchilarning investitsiyalashning asosini jamg`armalar tashkil qiladi, degan fikriga qo`shilamiz. Shu nuqtai nazardan olib qaraganda, investitsiya jarayonining bosh nuqtasini jamg`arma tashkil qiladi. Bundan ko`rinadiki, investitsiya jarayonini amalga oshirish uchun jamg`armalar bo`lishi talab etiladi. Jamg`armaning mavjud emasligi investitsiyalashni yo`qqa chiqaradi va investitsiyalash to`g`risida so`z yuritishning hojati ham bo`lmaydi. Demak, investitsiya jarayonini tushunishda resurslarni jamg`arish jarayonini ham birga olib qarash uning mohiyatini yanada oydinlashtiradi. Chunki, investitsiya qilishdan oldin resurslarni jamg`arish zarur bo`ladi. Bir vaqtning o`zida, bozor munosabatlarining rivojlanishi bilan xo`jalik sub`ektlari o`rtasidagi kapitalning oqimi tezlashadi va bu jarayonda bir xo`jalik sub`ektning resurslarni jamg`arishi boshqalari uchun investitsiya qo`yishdan iborat bo`ladi, ya`ni Xasanning daromadi, Xusanning xarajati bo`ladi. Masalan, xo`jaliklar, ko`p hollarda, investitsiya qo`yish uchun o`z mablag`lari etmaganda qimmatli qog`ozlar chiqaradilar. Bu jarayon ular uchun resurslarni jamg`arishdir, ammo qimmatli qog`ozlarni sotib oluvchilar uchun investitsiya qilishdir. Bu holat investitsiya jarayoniga investorlarning resurslarni jamg`arish va ularni qo`yish bilan bog`liq harakatlari majmuasi, deb qarashga asos bo`ladi.
Investitsiyalarning g`oyat bir muhim tomoni shundaki, ular multiplikatsion1 samaraga (hodisaga) sababchi bo`ladi. Keynschilik multiplikator kontseptsiyasiga ko`ra, investitsiya, iste`mol va milliy daromad o`rtasida barqaror bog`liqlik mavjud investitsiyaga qilingan har bir xarajat boshlang`ich daromadlarga aylanadi, bu daromadlar yana xarajat qilinadi va yana boshqalarning daromadlariga aylanadi va jarayon shu tarzda davom etadi (Xasanning sarf-xarajati, Xusanning daromadi bo`ladi), bu, o`z navbatida, bandlik va ishlab chiqarish hajmining o`sishini ta`minlab beradi.
Bir vaqtning o`zida multiplikatsion jarayon investitsiya resurslarini harakatga keltirib, ishlab chiqarish faolligini kengaytiradi, ilgariga qaraganda ko`proq mahsulot, daromad yaratiladi. Ular yana qaytadan iste`mol qilinadi va investitsiyaga ajratiladi. Shunday tarzda ilgariga qaraganda ko`proq daromadning investitsiyaga aylanishi ishlab chiqarishning uzluksiz kengayib borishini ta`minlaydi. Bunda investitsiya beradigan daromad bank foizidan kam bo`lmasligi zarur, aks holda, pulni investitsiya qilgandan ko`ra jamg`arish qulay bo`ladi.
Investitsiya qilib olingan daromad darajasini ifodalash uchun multiplikator koeffitsienti ko`rsatkichi qo`llaniladi. Mazkur ko`rsatkich daromad o`sishi bilan investitsiya o`sishi o`rtasidagi bog`lanishni ifodalaydi, ya`ni investitsiya evaziga olingan daromad pasaysa, investitsiya faolligi ham susayadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |