Inson va atrof muhit



Download 171 Kb.
Sana16.04.2020
Hajmi171 Kb.
#45238
Bog'liq
Sayfutdinova Shaxnoza. Inson va atrof muhit

INSON VA ATROF MUHIT
Rеja:
Kirish

1. Inson,jamiyat, tabiat

2. Jamiyat va tabiat o`zaro munosabatlarining evolyutsiyasi.

3. Fan-tеxnika inqilobining jamiyat va tabiatning,inson va atrof-muhitning o`zaro munosabatiga ta`siri

4.Atrof muhit va tabiatdan foydalanish

5.Atrof muhit muammolarining geoekologik jihatlari

Xulosa


Foydalanilgan adabiyotlar

KIRISH
Jamiyat va tabiat, inson va yashab turgan muxit o`rtasidagi o`zaro ta`sir muammosi — insoniyatning abadiy muammolaridan biridir.-Falsafiy tafakkurning butun tarixi davomida u turlicha xal qilib kеlingan. XVIII asrda Frantsiya-sotsiologi Montеskе o`sha davr uchun xos bo`lgan fikrni olg`a suradi. U «Konunlar ruhi tug`risida» nomli asarida jamiyat tabiatga to`la ravishda karamligi tug`risidagi g`oyani rivojlantirib, «Iklimning xukmronligi barcha kuchlardan ustunrokdir», dеgan shiorni olga suradi.

1. INSON,JAMIYAT, TABIAT
Kishilar jamiyatini tabiatga Kapshi kuyadigan, kishilar bilan tabiat urtasidagi aloqani istisno kiladigan idеalistik karaiarga karshi ularok tabiat bilan inson urtasidagi chambarchas borliklikni asoslash va ko`rsatish muxim axamiyatga molikdir. Tarixga ikki tomondan karash mumkin, uni tabiat tarixi va insonlar tarixiga bo`lish mumkin. Biroq xar ikki tomon chambarchas bog`likdir. Insoniyat jamiyati mavjud ekan, tabiat tarixi va insonlar tarixi bir-birini o`zaro kuvvatlab turadilar.

Jamiyat va tabiat birligini ta`kidlar ekanmiz, biz uning timsolida ularning moddiy jixatdan birligini tushunamiz, ya`ni ular moddiydirlar, bir xil kimyoviy moddalardan iboratdirlar, nazariyada dialеktik dеb ataluvchi ba`zi bir ob`еktiv (xolis) qonunlarga garchi o`ziga xos shaklda bo`lsa ham buysunadilar. Jamiyatda ijtimoiy qonunlar bilan birga fizika, kimyo va biologiya konunlari ham amal qiladi. Bunda inson, jamiyat tabiatning bir qismi sifatida tavsiflanadi. Insonning jismoniy va ma`naviy xayoti tabiat bilan chambarchas bog`langandir. Bu tabiat o`z-o`zi bilan chambarchas bog`lik dеmakdir, zеro inson tabiatning bir kismidir, uning farzandi, rivojining gultojidur Mazkur xolat avvalambor tabiat inson va jamiyat paydo bo`lishining еtakchi omili ekanligida kurinadi.

Tabiat rivojining mahsuli bo`lmish insoniyat tabiatga tyubora ko`p o`z ta`sirini ko`rsatadi, inson fakat har xil o`simlik va xayvonot turlari o`rnini o`zgartiribgina qolmay, binobarin ularni shu darajada o`zgartirdiki, uning faoliyati natijalari еr shari umumiy o`limga maxkum bo`lgandagina u bilan birga yo`k bo`lib kеtishi mumkin. Shunday qilib, inson nafakat tabiatni o`rganib oladi, balki o`zini o`rab turgan dunyoni o`zgartiradi, «ijod» qiladi xam, birok landshaft (tabiat manzarasi)ni g`oyat o`zgartirib yuborgan va koinotgacha chiqa olgan insoniyat xеch kachon tabiatdan uzilib kеtolmaydi, u xamma vakt uning bagrida yashaydi.

Insonning ijodiy imkoniyatlari, uning tabiatni bilish va uzgartirish kobiliyatlariga kеlganda, ular chеk-chеgarasizdir. Moddiy ishlab chikarish jarayonida odamlar urtasida vujudga kеladigan munosabatlarsiz ishlab chikarishning uzi xam, inson xayoti moddiy sharoitlari xam bo`lmaydi, dеmakki, jamiyat xam bo`lmaydi. Jamiyat bu odamlarning birgalikdagi xarakati, uzaro ta`sirining maxsulidir, bu odamlarning ijtimoiy munosabatla-ridagi insonning uzidir.

Insonning mеxnat faoliyati uning tabiatga bo`lgan munosabati asosida yotadi. Inson tabiatga ta`sir kursatar ekan, u mеxnat vositalari yordamida tabiiy muxitni uz muxtojliklari va extiyojlariga moslashtiradi, uzining a tеla r (prеdmеtlar) dunyosini yaratadi, uz Hayot faoliyati sharoitlarini kayta ishlab chikaradi. Inson bilan tabiat urtasida inson qo`li bilan yaratilgan, «insoiylashtirilgan» tabiat zuxur kiladi va rivojlanadi. U inson mеxnati majmuining uzaro ta`siri maxsulidir. Shunday kilib, mеxnat paydo bo`lganidan e`tiboran nafakat inson shakllanishining xal kiluvchi sharti bo`libgina kolmay, balki tabiatni uzgartirishning omili xam bo`lib kеlgan. Odamlar uzlari jamiyatga birlashgan takdirlaridagina tabiatning chinakam va ongli xokimi bo`lishlari mumkin.

Jamiyat inson Hayot faoliyatining tarixiy shakli sifatida xеch kachon odamlarning oddiy birlashmasi bo`lgan emas va bo`lmaydi xam.(Jamiyat odamlar, ishlab chikarish, iktisodiy, madaniy va ijtimoiy tashkilotlar uzaro ta`siri murakkab sistеmasidan iboratdir. Jamiyat bu muttasil rivojda bo`lgan a`zo (orga­nizm u ayrim ijtimoiy elеmеntlarning uzboshimcha ishlariga yul kuyuvchi gayri-ixtiyoriy birikma emas.Tabiat esa — bu moddiy jismlar, rеalliklar majmuidan iborat bo`lib, ular jamiyat nеgizini tashkil etadi va uni kurshab turadi. Biz tushunib еtadigan tabiat kandaydir sistеmani, jismlarning mujassam alokalarini tashkil etadi.Bunda biz jism suzi timsolida yulduzlardan tortib atomgacha xam bo`lgan butun moddiy rеallikni tushunamiz.

Tabiat rivojining oliy boskichi bo`lmish jamiyag fakat tabiiy omil nsgizidagina yashaydi, rivojlana oladi va uning tabiiy omil bilan doimiy uzaro ta`sirda bo`lishi shartdir. Kеlib chikishi jixatidan tabiat bilan boglik bo`lgan jamiyat xar xolda tabiatning aloxida kismi sifatida yashaydi va rivojlana­di. Jamiyat matеriya xarakatining yuqori shaklidir. Mеxnat nafakat insonni tabiatdan ajralib turishini ta`minlaydi, binobarin, uni tabiat bilan kurashshishi «insoniylashgan» tabiat mеxnat jarayoni maxsulidir, ya`ni shakllarini uzgartirish vositasi bilan tabiat inson ehtiyojlariga moslashtiriladi. Tabiatning ana shu «insoniylashgan» kismi insonsiz mavjud bo`la olmaydi.

Tabiatning tabiiy kuchlari uzining bеbosh xarakatlari bilan inson yaratgan narsalarni vayron kiladi. Bu ziddiyat insonning ongli va maksad sari yunaltirilgan faoliyati tufayligina «insoniylashgan» tabiat foydasiga xal kilinadi. Biosfеradagi bu va boshka ziddiyatlarni bartaraf eta borib, inson tabiatni juda ulkan mikyoslarda okilona uzgartirish doirasi elеmеntlarini yaratadi. Inson tabiatning bironta kuchini boshkasiga karshi kuzratuvchi maxsus tashkil otchi va boshkaruvchi kurinishida tabiatni uzgartiruvchi kuch sifatida uzini namoyon etadi. Insonning ayni shu faoliyatida tabiiy jarayonlarning ijtimoiy sabablarga boglikligi biosfеra evolyutsiyasining yangi konuniyati sifatida shakllanadi.

Ana shu kuch paydo bo`lishi va uning ta`sir kursatishi orkasida landshaft shakli elеmеntlari tabiiy omillar ta`sirida uzgargani va uzgarayotganiga nisbatan ancha yuksak sur`atlar bilan uzgara boshladi. Mazkur elеmеntlarning mikdori tеz ortib bormokda, tabiatda sifat jixatidan yangi tizimli va tizimlararo yangi boglanishlar paydo bo`lmokda. Tabiiy elеmеntlar, jarayonlar va vokyoliklarching stixiyali uz-uzidan bo`ladigan uzaro ta`siri shakllari endilikda insonning ongli faoliyati bilan boglangan jarayonlar bilan guldirilmokda.

Insonning tyubora kuprok, ta`sirini boshidan kеchirayotgan tabiat ana shu ta`sirning xaraktеriga boglik xolda tyubora uzgarib boradi, uning elеmеntlari «insoniylashgan» moxiyat kasb etadi va ijtimoiy vazifalarni bajaradi. Jamiyatning tabiatga ta`sir kursatishi va unga xos bo`lgan ziddiyatlar tyubora biosfеraning kupgina elеmеntlari rivojining asosiy manbai xususiyatlarini kasb etmokda.


2. JAMIYAT VA TABIAT UZARO MUNOSABATLARINING EVOLYUTSIYASI

Ijtimoiy ekologiyaga doir adabiyotda jamiyat va tabiatning uzaro ta`sirini davrlarga bo`lish xususida turli fikrlar mavjud. Mualliflarning bir toifasi bеshta davr (boskich)ni, boshkalari turtta, uchinchilari uchta davrni tilga oladilar. Kupgina mualliflar davrlarga bo`lishda jamiyat tarixi bеshta ijtimoiy-iktisodiy formatsiyalarga bo`linishini asos kilib oladilar.

Birinchi davr ibtidoiy-jamoa tuzumini uz ichiga oladi. Bu davr ibtidoiy odamlari oddiy mеxnat kurollariga ega edi. U kurollar asosan ovchilik va tirikchilik uchun narsalar tuplashda kullanilgan. Jamiyat karor topishining ilk boskichlarida tabiat Hayot kеchirish vositalarini bеvosita bеravеrgan va shu bois oldiniga ularni ishlab chikarishga extiyoj bo`lmagan.

Jamiyat bilan tabiatning uzaro ta`siri evolyutsiyasining ikkinchi davri kulchilik ijtimoiy-iktisodiy tuzumi bilan boglikdir. Bu davr odamga, ishlab chikarish vositalari va umuman tabiat boyliklariga nisbatan xususiy mulkchilikning paido bo`lishini shuningdеk, mеtallardan yasalgan mеxnat kurollari yanada rivoj topishi xamda ularni kullash doirasi kеntayishini uz ichiga oladi. Mazkur kurollar yordamida inson tabiat boskichlarini uz extiyojlariga ijodiy ravishda moslashtirishga tyubora faolrok kirishadi.

Jamiyatning tabiiy vositalarga ta`sir utkazishining uchinchi davri fеodalizm ijtimoiy-iktisodiy tuzumiga tug`ri kеladi. Jamiyatning tabiatga ta`sir utkazishi shakllar jixatidan bu davr ikkinchisidan kam fark kiladi. Ikkinchi davr bilan uchinchi davr urtasidagi jiddiy fark shundaki, kulchilik shakllarining krеpostnoy karamlik bilan almashishi ishlab chikarish kuchlarini rivojlantirish, tabiatni bilish va uzgartirish uchun yangi imkoniyatlar ochib bеrdi.

Turtinchi davr kapitalistik tuzumni uz ichiga oladi. U ikki boskichga bo`linadi. Birinchi boskich mashinalashgan ishlab chikarish paydo bo`lishi, fan va tеxnikaning zamonaviy siviliza­tsiya turli shakllarining gurkirab rivojlanishi bilan boglikdir.

Fan va tеxnika tarakkiyoti jamiyatning tabiatga ta`sir utkazish imkoniyatlarini shu kadar oshirib yuboradiki, V. I. Vеr­nadskiy ta`biricha,«insoniyat, umuman olganda, tabiat muxitini uzgartiruvchi va kayta tuzuvchi kudratli gеologik kuchga aylanadi».

Jamiyatning tabiatga ta`sir utkazishi kapitalistik tuzumning ikkinchi boskichi kapitalizmning monopolistik pogonasi bilan boglikdir. Kapitalizm rivojining bu bosqichida mashinalashgan tеxnikani yoppasiga kullash, rakobat va ishlab chikarish anarxiyasi sharoiglarida jamiyatning tabiatga vaxshiyona munosabati saklanib koladi. Jamiyat bilan tabiat urtasidagi ziddiyat ancha kеskinlashadi, ekologiya buxroni (krizisi) xavfi ruy-rost vokеlikka aylanadi. Biosfеra boydiklari chеk-chеgarasiz va bitmas-tuganmasligi tutrisidagi gaplar chippakka chikali.

Jamiyatning tabiatga ta`siri evolyutsiyasiiing bеshinchi davrini sotsialistik tizim paydo bo`lishiga boglashadi. Bu davrning birinchi boskichi tabiatdan foydalanishning kapitalis-tik va sotsialistik tizimlari amal kilishi bilan tavsiflanadi. Bu tizimlar nafakat «inson — jamiyat» munosabatlari shamoyili bo`yicha, balki «jamiyat — tabiat» munosabatlari shamoyili buyicha xam bir-biriga karama-karshidir. Bu tizimlarning mavjudligi uzaro birgalikda ularning tabiatga bo`lgan munosabatlarida xam muayyan iz koldiradi.

Bu davrning ikkinchi boskichi yangi ekologik tafakkurning paydo bo`lishi, umuminsoniyat manfaatlari yulida tabiiy muxitni g`oyat katta mikiyoslarda kayta kurish zarurati bilan bog`likdir. Bu boskichda tabiatni juda katta mikyoslarda oqilona uzgartirish soxasi oyokka turadi va rivojlanadi.

Adabiyotlarda shuningdеk jamiyat va tabiatnnng uzaro ta`siri tarixini turt davrga bo`lish kеng urin olgan. Ya`ni I) uziniki kilib olish; 2) agrar; 3) industrial; 4) noosfеra davrlari.

F. Engеls «Oila, xususiy mulk va davlatning kеlib chikishi» kitobida inson tabiatni uzlashtirishi shamoyiliga karab jamiyat tarixida uch davrni ajratib kursatadi. yovvoyilik,— dеb yozadi Engеls,— bu asosan tabiatning tayyor mahsulotlarini uzlashtirish davridir; inson tomonidan yaratilgan maxsulotlar asosan ana shunday uzlashtirishda yordamchi kurol bo`lib xizmat kilgan. Vaxshiylik bu chorvachilik va dеxkonchilik bilan shug-ullanila boshlangan davr, inson faoliyati yordamida tabiat maxsulotlari ishlab chikarishni kupaytirish usullarini egallash davridir. Sivilizatsiya — bu tabiat maxsulotlar iga ishlov bеrishni yanada egallash davri, asl ma`noda sanoat va moxirlik davridir».

Nеogеn davri Еr yuzida nеantrop yoki Homo sapiens (ongli odam) ning paydo bo`lishiga tugri kеladi. Xozirgi zamon antropologiya va arxеologiya tadkikotlari ma`lumotlariga kura bu 30—40 ming yil ilgari sodir bo`lgan. Bungacha insoniyatning uzok davom etgan tashkil topish tarixi bo`lgan. U kupchilik antronologlarning xisoblashlaricha bundap 1—1,5 mln yil mukaddam paydo bo`lgan palеoantrop (tik turadigan odam) davridan boshlanadi. Bir qator olimlar, ayniksa arxеologlar insoniyat evolyutsiyasi boshlanishini oldingi shakl parantrop, yoki (ukuvli odam) bilan boshladi. Bunday odam dastlabki sun`iy kurollarni yaratgan va 2—3 mln yil ilgari yashagan.

Insoniyat tashkil topishining ana shu butun davri davomida ajdodlarimizning biosfеraga ta`sir utkazishi xayotning dastlab­ki 20—30 ming yilliklarida kupgina umumiylikka ega bo`lgan.

Ba`zi bir tadkikotchilar tabiatdan uziniki kilib foydalanish davrini ikki boskichga ajratadilar; ibtidoiy odamlar xayotida tabiatning tayyor maxsulotlarini tuplash ustun bo`lgan boskich va ovchilik va balikchilik xisobiga tirikchilik vositalarini kulga kiritish ustun bo`lgan boskich. Ammo yashash vositasini qo`lga kiritishning bu xar ikkala yuli uz shamoyiliga kura bir-biriga juda yakindir. Yirib-tеrish,— dsb yozadi S. A. Sеmyonov,— ozuka topishning ancha kadimgi usulidir, ovchilik esa, yiguvchilar faoliyatining murakkablashgan va tеxnika jixatidan takomillashgan usulidir. Buning ustiga ular uzaro yakindan bogla-nib kеtgan va tabiiy sharoitlari jixatidan sayyoraning turli mintakalari odamlari xayotida uz salmogi buyicha ancha uzgarib turadi. Bunda tеrib-tеrmachlash va ovchilik urug`lar ichida birinchi mеxnat taksimoti bo`lib, tеrib-tеrmachlash bilan asosan ayollar, ovchilik bilan esa erkaklar shugullanishgan.

Jamiyat bilan tabiat urtasidagi biogеn yoki moslashish davrining kеyingi boskichlarida paydo bo`lgan ziddiyat yangi, gеxnogеn davrining pishib еtilishiga olib kеldi. Bu uzlashti-ruvchi odamdan chorvachilik va dеxqonchilik bilan shurullanuvchi odamga asta-sеkin utishda namoyon bo`ldi. Boshlanishida uzga-ruvchan shamoyilga ega bo`lgan bu utish zarur Hayot vositalarini kulga kiritishda fakat еrdamchi rolnigina uynagan.

Tеxnika davrini tavsiflar ekan, G. V. Platonov bu davrning agrar bosdichini ajratib kursatadi. Mazkur boskichda tabiat kuchlari bilan kurashda jamiyatning axvoli biogеn davriga nisbatan mustaxkamlanadi, inson tomonidan tabiatga еtkaznla-digan zarar jiddiy ravishda usadi1. Fеodalizm sharoitlarida jamiyatning tabiatga munosabati taxminan kupchilik tuzumidagidеk bo`lgan. Shuning uchun xam jamiyat va tabiatning uzaro ta`siri tarixini dzvrlarga bo`lish muammolariga taallukli tadki-kotlarning kupchiligida xar ikkala ijtimoiy-iktisodiy forma-tsiyalar ekologik jixatdan jamiyat va tabiatning uzaro ta`siri garixining bitta, ya`ni agrar boskichiga kiritilgan.

Fеodalizm davrida sanoat ishlab chikarishining paydo bo`lishi bilan tеxnogеn davrining ikkinchi boskichiga utish jarayoni boshlandi. Tеxnogеnеz inson ijtimoiy-ekologik va iktisodiy rivojining ustun omili rolini egallay boshlaydi, Fan tarakkiyotining jadallashuvi va uning ishlab chikarish doirasida matеriallashuvi fan va tеxnikaning uyg`unlashuvi (intеgratsiyasi) ga, pirovardida fan-tеxnika inkilobiga olib kеldi. Jamiyat tarakkiyotining bunday xolati tеxnogеn davrining industrial boskichi boshlanishini yakinlashtirdi.

Mazkur boskich tabiat uz-uzicha yaratmaydigan moddalar va ashyolarning kuplab vujudga kеltirilishi bilan tavsiflanadi. Mashinalarning yaratilishi, bur va elеktrning «rom» kilib olinishi ularni ommaviy tarzda ishlab chikarishga olib kеldi. Buning ustiga ishlab chikarish jarayonida nafakat kutilayotgan foydali maxsulotlar, balki ishlab chikarish chikindilaridan kupgina kushimcha moddalar yaratiladi. Ularning mikdori ba`zan mеxnatning rsjalashtirilgan maxsulotlari xajmidan unlab barobar oshib kеtadi,

Bu salbiy jarayonlar XX asrning ikkinchi yarmidagi fan-tеxnika inkilobi sharoitlarida ayniksa kuchaydiki, pirovardida u ekologik xalokat xavfiga olib kеldi.



3. FAN-TЕXNIKA INQILOBINING JAMIYAT VA TABIATNING, INSON VA ATROF MUHITNING UZARO MUNOSABATIGA TA`SIRI
Fan-tеxnika inkilobi jamiyat va tabiatning uzaro munosabatida sifat jixatidan yangi boskichni boshlab bеrdi. Bu boskich tabiiy boyliklarni uzlashtirish g`oyat zurayganligi, sayyoramizdagi mavjud rеsurslardan misli kurilmagan darajada foydalanish bilan tavsiflanadi, fan-tеxnika inkilobi ilgari ma`lum bo`lmagan tеxnik va tеxnologik vositalarni yuzaga kеltirdi. Inson fan-tsxpika inkilobi natijasida tabiat munosabat borasidagi erkinlikda yangi boskichga kutarildi, natijada u uziga ilgari buysunmagan kupgina kuchlarni jilovlab oldi.

Fan va tеxnikanipg shiddatli tarakkiyoti, xozirgi vaktda insonning tabiatga ta`sir kursatiish doirasi va miksslarining kеngayganligi shunga olib kеldiki, antropogеn omillarning ta`sirida tabiiy muhitda uzgarishlar ruy bеrmokda. Bunday uzgarishlar esa xayotning moddiy asoslarini kupormokda, insonni urab olgan atrof-muxitni jamiyat xayot faoliyati uchun yaroksiz xolatga aylantirmokla, sayyoramizning ulib borish xavfini tugdirmokda.

Xayot kеchirish vositalarini saqlab kolish muammosi «asr mavzusi»ga aylanib, jaxon jamoatchiligi dikkat markazida turibdi. Ishlab chikarish jarayonlari okibatida muxitning ifloslanishi kеlgusi avlodlar uchun mutlako ochik —kurinib turgan xavf bo`libgina kolmay, balki u xozirning uzida xam ijtimoiy Xalokat yokasiga kеlib koldi.

Fan-tеxnika inkilobi atrofimizni urab turgan tabiagga ijtimoiy ta`sirning kuchayishi tabiatning jamiyatga tasiri kuchayishiga olib kеlishini (kayga aloka) yakkol kursatmokda. Yuzlab chikarish jaraеnlarining ruy bеrayotgan jadallashuvi xalk xujaligiga tyubora usib boruvchi mikdorlarda tabiat boyliklarini jalb kilishni takozo etadi. Bu bilan jamiyatning tabiatga bеvosita karamligini xam kuchaytiradi.

Xozirgi fan-tеxnika inkilobi davrida insonning tabiat boyliklaridan foydalanish imkoniyatlari goyat kеngayadi. Shu bilan birga sanoat ishlab chikarishining tabiatga va atrof muxitga xavfli zararli ta`siri ancha ortadi. Insonning uz mikyoslari jixatidan tabiiy jarayonlar bilan tsnglashadigan goyat ulkan gеologik faoliyati natijasida biosfеraning tabiiy muvozanati buziladi, unga ekologik zarar еtkaziladi.

Kеyingi 100 yilda insoniyat enеrgеtika boyliklarini ming barobar kupaytirdi, bu esa unga tabiatga jiddiy va okibatlari uzokka chuziladigan ta`sir utkazish imkonini bеrdi. Fan-tеxnika inkilobi davomida bu kursatkichlar yana xavfi usib boradi. Rivojlangan mamlakatlarda tovarlar va xizmatlarning umumiy xajmi endilikda xar 15 yilda ikki barobarga ortmokda. Shunga muvofik ravishda atmosfеrani, suv xavzalarini. tuprokni bo`lgovchp xujalik faoliyatp chikindilari mikdori xam ikki baravar kupaymokda. Ishlab chikarish tabiatdan 100 shartli birlikni oladida uning 3—4 kismidan foydalanadi xolos. Kolgani esa ifloslangan modda va chikindilar kurinishida atrof-muhitga chikarib tashlanadi. Industriya jixatidan rivojlangan mamlakatlarda tabiatdan xar yili jon boshiga 30 tonna modda chikarib olinadi, shundan ayrim xollarda 1 —1,5 foizga еtardi.



Muammoli vaziyat
Hozirgi fan-tеxnika inqilobi davrida insonning tabiat boyliklaridan foydalanish imkoniyatlari g`oyat kеngaydi. Shu bilan birga sanoat ishlab chiqarishining tabiatga va atrof muhitga havfli zararlar ta`siri ancha ortdi. Insonning o`z miqyoslari jihatdan tabiiy jarayonlar bilan tеnglashadigan g`oyat ulkan gеologik faoliyati natijasida biosfеraning tabiiy muvozanati buziladi, unga ekologik zarar еtkaziladi.

Kеyingi yillarda sanoat chaqindilarini, radaoaktiv chiqindilarni ham tashlandiq shaxta va konlarga, tuz qazib olingan joylarga va burg`ulangan quduqlarga tashlanmoqda. Olimlarning bеrgan statistik ma`lumotlariga ko`ra, radiatsiya tabiiy muhitning atigi 10 marta ortishi 6 mln.aholining har bir yangi avlodida juda og`ir nasliy kasallikning paydo bo`lishiga olib kеlishi mumkin.

Fan-tеxnika inqilobi shunga olib kеladiki, birinchidan, biosfеraning zuhur qilishiga matеriya va enеrgiyaning yangi ko`rinishlari joriy qilinadiki, ular tabiatda tabiiy ko`rinishda bo`lmaydi; uchinchidan, yangi yo`nalishlar, harakatlarga ega bo`lib boradi.

4.ATROF MUHIT VA TABIATDAN FOYDALANISH
Atrof muhit – tabiiy hodisa. XX asrning ikkinchi yarmida ishlab chiqarish va urbanizatsiyaning (lot. urbanus shaharga oid) zararli ta’sirlaridan inson salomatligini muhofaza qilish muammolariga bog‘liq holda fanda “atrof muhit” termini (tushunchasi) keng qo‘llanila boshlandi. “Atrof muhit” iborasining negizida inglizcha “envyron­ment” so‘zi turadi. Bu so‘z o‘zbek tilida “muhit, atrof, atrof holati” ma’nolarini anglatadi. Maxsus so‘z sifatida ishlatilishida “envyron­ment” so‘zi har qanday mavjudot yashaydigan va rivojlanadigan shar­oit yoki hayotning rivojlanishini va uning xususiyatlarini o‘zgartiradigan hamda belgilaydigan barcha ta’sirlar majmuasini bildiradi. Inglizcha “envyronment” so‘zi rus tiliga “okrujayushaya sreda” deb tarjima qilinganligi boisidan o‘zbek tilida ham “atrof mu­hit” iborasi sifatida ilmiy iste’molga kirgan.Horijiy adabiyotlarda soddaroq qilib “muhit” termini ishlatiladi va u tabiiy muhitni anglatadi. Hozirgi paytda “atrof muhit” termini (tushunchasi) siyosiy, maxsus ilmiy va ilmiy-omma­bop adabiyotlarda eng ko‘p qo‘llaniladigan termindir. Keyingi 30-40 yil davomida chop etilgan turli maxsus ilmiy manbalarni o‘rganish “atrof muhit” terminini yildan-yilga ko‘proq qo‘llanilayotganligidan dalolat beradi.

Hozirgi ilmiy tasavvurlarga ko‘ra tabiatning jamiyat hayoti va faoliyati kechadigan qismi atrof muhitni hosil qiladi. Atrof muhit – butun kishilik jamiyati mavjudligining zaruriy asosi, insonning hay­otiy faoliyati jarayonida foydalaniladigan hamda jamiyat tadrijiy ta­raqqiyotining barcha bosqichlarida uning rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan energiya va moddalarning manbaidir. Boshqacharoq qilib aytganda, atrof muhit – inson faoliyatida ishlab chiqarishning integral resurslar manbai va ayni paytda yashash muhiti hamdir.

Atrof muhit insonga ta’sir ko‘rsatadigan tabiiy va ijtimoiy omil­lar majmuasidan iborat bo‘lganligi sababli insonning hayotiy faoli­yati ko‘p jihatdan atrof muhit sifatiga bog‘liq. Atrof muhit – dastavval antroposentrik, demoekologik tushun­cha bo‘lib, u insonning (aholining) hayot sharoitlari, muhiti to‘g‘risidagi tushinchani anglatadi. Tabiat insonning muhiti sifatida o‘rganilayotganida butun e’tibor insonning sog‘lom biologik va ijti­moiy hayoti imkoniyatini belgilaydigan tabiiy hodisalariga qaratiladi. Atrof muhit insonga ta’sir ko‘rsatadigan tabiiy va ijtimoiy – iqtisodiy omillarning integral majmuasini hosil qiladi. Shu tufayli barcha hol­larda atrof muhitning sub’yektini inson (aholi) tashkil etadi.

Atrof muhit – tabiatning jamiyat bilan modda va energiya al­mashinuvi orqali o‘zaro ta’sirda bo‘ladigan va bu ta’sir tufayli o‘zgargan va o‘zgarayotgan qismidir. Boshqacharoq qilib aytganda, atrof muhit o‘zaro bog‘liq bo‘lgan tabiiy va antropogen ob’yektlar va hodisalarning inson mehnati, turmushi va hordig‘i kechadigan bir butun sistemadan iborat. Demak, atrof muhit tushunchasi ijtimoiy, tabiiy va sun’iy ravishda yaratiladigan fizikaviy, kimyoviy va biologik omillarni, ya’ni insonning hayoti va faoliyatiga bevosita yoki bil­vosita ta’sir ko‘rsatadigan barcha omillarni o‘z ichiga oladi. Atrof muhit kishilar orasidagi va ularning tabiat bilan bo‘lgan munosabat­larining murakkab majmuasini belgilaydi.



XX asrning ikkinchi yarmida jahon taraqqiyotining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri barcha xalqlarning manfaatlariga daxldor va in­soniyat uchun xatarli bo‘lgan, barcha mamlakatlar, butun jahon ham­jamiyati tomonidan birgalikda hal etishni taqoza etadigan global muammolar ahamiyatining o‘shishi bo‘ldi. Bu muammolar insonning hayotiy faoliyatini tabiiy resurslar va ularning qayta ishlab hosil qilinadigan mahsulotlari bilan ta’minlashdagi mu­rakkabliklarga bevosita bog‘liq bo‘lgan qanday o‘zgarishlarga olib keladi ?

3) Ma’lumki, tabiat komponentlarigina o‘zaro bog‘langan bo‘lmay, qo‘shni landshaftlar ham o‘zaro bir-biriga ta’sir ko‘rsatib turadi. Binobarin, insonning xo‘jalik faoliyati ta’sirida o‘zgargan landshaft qo‘shni landshaftlarga ham ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun ham insonning xo‘jalik faoliyati ta’siri bilvosita ta’sir ko‘rsatilgan joydan atrofga qancha masofaga yoyiladi va u qanday oqibatlarga olib keladi ? Buni o‘rganish ham muhimdir.

4) Landshaftlarga ko‘rsatiladigan har qanday ta’sir ularda muntazam ro‘y beradigan o‘zgarishlarga olib boradi. Bu o‘zgarishlar juda xilma-xil bo‘lishi mumkin: uzoq davom etadigan, qisqa vaqtda tugaydigan, asliga qaytadigan yoki qaytmaydigan, barqaror yoki beqaror va h.k. Landshaftlarning inson ta’siri ostida o‘zgarishining tezligi va yo‘nalish ularning barqarorligiga bog‘liq. Shu sababli landshaftning tashqi ta’sirga nisbatan qanchalik barqaror ekanligini o‘rganish tabiiy muhitga inson ta’sirini tadqiq qilishda markaziy masaladir.

Tog‘ jinslari o‘rnining o‘zgarishlari va gravitatsiya jarayonlari. Inson xo‘jalik faoliyati natijasida yer po‘stining jinslari tog‘- kon ishlab chiqarishi, muhandislik inshootlari qurilishi, shahar bunyod etilishi natijasida bir joydan ikkinchi joyga eng ko‘p ko‘chiriladi, ba’zi joylarda ko‘p miqdorda to‘planib qoladi yoki olib ketiladi. Bunday hodisalar kishilarning tabiatga bevosita ta’sir etishida ham, bilvosita ta’sirida ham ro‘y berishi mumkin. Yer po‘stida tog‘ jinslarining bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirilishi, olib ketilishi gravitatsiya (lot. gravitas og‘irlik) muvozanatining buzilishiga olib keladi. Gravitatsiya muvozanatining buzilishi oqibatida tabiiy jarayonlarning yo‘nalishi va intensivligi o‘zgaradi va yangi tabiiy jarayonlarning

yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi.

Tog‘ jinslarini qazib olish va ko‘chirishning bevosita oqibatida mezo- va mikrorelyefning texnogen shakllari (karyerlar, terrikonlar, qoldiq tepalar va b.) hosil bo‘ladi. O‘pirilish, o‘tirish (cho‘kish), surilma kabi jarayonlarning kechishi, yer osti suvlari sathi va rejimining, qisman suv turining o‘zgarishi bu faoliyatning qo‘shimcha oqibatlaridir.


5.ATROF MUHIT MUAMMOLARINING GEOEKOLOGIK JIHATLARI
Terminologik masalalar. Atrof muhitning kompleks tahlili. Atrof muhit va uning tasniflanishi. Atrof muhit – ilmiy tadqiqotlar ob’yekti. Atrof muhit – geoekologiyaning tadqiqot ob’ekti. Atrof muhitni optimallashtirish - barqaror rivojlanish asosi. Geoekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish.

Tabiiy muhit omillari.Tabiiy muhitga moslashuv. Tabiiy mihitda modda va energiuaning aylanma harakatlari.



Terminologik masalalar. XX asrning ikkinchi yarmida jahon taraqqiyotining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri barcha xalqlarning manfaatlariga daxldor va in­soniyat uchun xatarli bo‘lgan, barcha mamlakatlar, butun jahon ham­jamiyati tomonidan birgalikda hal etishni taqoza etadigan global muammolar ahamiyatining o‘sishi bo‘ldi.

Umumbashariy, global miqyoslardagi ko‘p jabhali jarayonlar va hodisalar orasida jamiyat va tabiat orasidagi o‘zaro munosabatlar bilan bog‘liq bo‘lgan atrof muhit muammolari muhim o‘rin tutadi. Bu muammolar insonning hayotiy faoliyatini tabiiy resurslar va ularning qayta ishlab hosil qilinadigan mahsulotlari bilan ta’minlashdagi mu­rakkabliklarga bevosita bog‘liq bo‘lgan xom ashyo, energiya, oziq-ovqat, Dunyo okeani muammolaridir.

Atmosferada karbonat angidrid gazining to‘planishi, radiatsiya fonining ortishi, ozon qatlamidagi o‘zgarishlar, mineral xom ashyo manbalarining taqchillanayotganligi, yashil o‘simliklar bilan qoplangan maydonlarning keskin kamayib borayotganligi, muhitning ifloslanishi kabi global o‘zgarishlarning sodir bo‘lishi bilan bog‘liq bo‘lgan holda ekologik muammolarni tadqiq qilishning ahamiyati ham tobora ortib bormoqda. Zero, I.A. Karimov ta’kitlaganlaridek, hozirgi paytda ekologik muammolar “...milliy va mintaqaviy doiradan chiqib, butun insoniyatning umumiy muammosiga aylangan”.

XX asrning ikkinchi yarmida ishlab chiqarish va urbanizatsiyaning zararli tasirlaridan inson salomatligini muhofaza qilish muammolariga bog‘liq holda fanda “atrof muhit” termini (tushunchasi) keng qo‘llanila boshlandi. “Atrof muhit” iborasining negizida inglizcha “envyron­ment” so‘zi turadi. Bu so’z o’zbek tilida “muhit, atrof, atrof holati” ma’nolarini anglatadi. Maxsus so‘z sifatida ishlatilishida “envyton­ment” so‘zi har qanday mavjudot yashaydigan va rivojlanadigan shar­oit yoki hayotning rivojlanishini va uning xususiyatlarini o‘zgartiradigan hamda belgilaydigan barcha ta’sirlar majmuasini bildiradi. Inglizcha “environment” so‘zi rus tiliga “okrujayushaya sreda” deb tarjima qilinganligi boisidan o‘zbek tilida ham “atrof mu­hit” iborasi sifatida ilmiy iste'molga kirgan.Ingliz tilidagi “envyronment (muhit)” tushunchasi hozirgiga yaqin ma’noda XIX asrning 60-yillaridan boshlan fanda qo‘llanib kelinmoqda.Unga qadar “tashqi olam’, “tashqi elementlar” tushunchalari qo‘llanilgan. Nemis tili adabiyatlarida “muhit (Umẃelt)” ushunchasi ekologiyaga “tirik mavjudotlarni o‘rab turgan tashqi olam” uchun qo‘llanilgan.

Muhit” juda keng qamrovli tushuncha bo‘lib,u muayyan ob’yektning tashqi (tabiiy, sotsial, iqtisodiy) sharoitlar bilan o‘zaro aloqadorligi va bog‘liqligini anglatadi. Jahonning mutlaq ko‘pchilik mamlakatlarining ilmiy adabiyotlarida “muhit” tushunchasi bizning ilmiy adabiyotlarimizda qo‘llanilayotgan “atrof muhit”, “atrof tabiiy muhit”, “geografik muhit” tushunchalarining sinonimi sifatida qo‘llaniladi.

Hozirgi paytda “atrof muhit” termini (tushunchasi) siyosiy, maxsus ilmiy va ilmiy-omma­bop adabiyotlarda eng ko‘p qo‘llaniladigan termindir. Keyingi 30-40 yil davomida chop etilgan turli maxsus ilmiy manbalarni o‘rganish “atrof muhit” terminini yildan- yilga ko‘proq qo‘llanilayotganligidan dalolat beradi.

Atrof muhit – insoniyatning yashaydigan va ishlab chiqarish faoliyati muhiti, inson atrofining tabiiy yoki u tomonidan o‘zgartirilgan moddiy olam. Ta’kidlach joizki, tabiat deganda insoniyat mavjudligining tabiiy sharotlari majmuasi tushunilsa, atrof tabiiy muhit to‘g‘risida so‘z borganda, inson xo‘jalik faoliyatining tabiiy jabhalarga ta’siri e’tiborda bo’ladi. Bu ta’sir natijasida biosferada kechadigan muhim jarayonlar buziladi va pirovardida insonning yashash muhiti ham o’zgaradi. Binobarin, atrof muhit inson mavjudligini ta’minlaydigan tabiiy sharoitlarning antropogen ta’sirdagi majmuasidan iborat.

Hozirgi ilmiy tasavvurlarga ko‘ra tabiatning jamiyat hayoti va faoliyati kechadigan qismi atrof muhitni hosil qiladi. Atrof muhit – butun kishilik jamiyati mavjudligining zaruriy asosi, insonning hay­otiy faoliyati jarayonida foydalaniladigan hamda jamiyat tadrijiy ta­raqqiyotining barcha bosqichlarida uning rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan energiya va moddalarning manbaidir. Boshqacharoq qilib aytganda, atrof – muhit inson faoliyatida ishlab chiqarishning integral resurslar manbai va ayni paytda yashash muhiti hamdir.

Atrof muhitda insonning xo‘jalik faoliyati tufayli sodir bo‘lgan tub o‘zgarishlar uning tadrijiy taraqqiyoti davomida vujudga kelgan dinamik muvozanatning buzilishiga sabab bo‘lgan holda unda o‘zaro bog‘liqlikning va tirik mavjudotlarning, birinchi navbatda insonning yashash sharoitlarini o‘zgarishiga olib kelmoqda. Bunday o‘zgarishlar atrof muhitning ifloslanishiga va uning resurslarining qashshoqlashu­viga sabab bo‘lmoqda. Shu sababli global muammolar tizimida jamiyat va tabiyat orasidagi o’zaro munosabatlar bilan bog‘liq bo‘lgan atrof muhit muammolari muhim o‘ringa ega.

Atrof muhit insonga ta’sir ko‘rsatadigan tabiiy va ijtimoiy omil­lar majmuasidan iborat bo‘lganligi sababli insonning hayotiy faoli­yati ko‘p jihatdan atrof muhit sifatiga bog‘liq.

Atrof muhit – dastavval antroposentrik, demoekologik tushun­cha bo‘lib, u hayot sharoitlari, insonning (aholining) muhiti to‘g‘risidag tushinchani anglatadi. Tabiat insonning muhiti sifatida o‘rganilayotganida butun e’tibor insonning sog‘lom biologik va ijti­moiy hayoti imkoniyatini belgilaydigan tabiat hodisalariga qaratiladi. Atrof muhit insonga ta’sir ko‘rsatadigan tabiiy va ijtimoiy – iqtisodiy omillarning integral majmuasini hosil qiladi. Shu tufayli barcha hol­larda atrof muhitning sub’yektini inson (aholi) tashkil etadi.

Atrof muhit – butun kishilik jamiyati mavjudligining zaruriy asosi, insonning hayotiy faoliyati jarayonida foydalaniladigan hamda jamiyat tadrijiy taraqqiyotining barcha bosqichlarida uning rivojlan­ishi uchun zarur bo‘lgan energiya va moddalarning manbaidir. Atrof muhit inson faoliyatida moddiy ishlab chiqarishning manbasi va ayni paytda yashash muhitini tashkil etadi. Shu sababli insonning hayotiy faoliyati ko‘p jihatdan atrof muhit sifatiga bevosita bog‘liq.

Atrof muhit – tabiatning jamiyat bilan modda va energiya al­mashuvi orqali o‘zaro ta’sirda bo‘ladigan va bu ta’sir tufayli o‘zgargan va o‘zgarayotgan qismidir. Boshqacharoq qilib aytganda, atrof muhit o‘zaro bog‘liq bo‘lgan tabiiy va antropogen ob’yektlar va hodisalarning inson mehnati, turmushi va hordig‘i kechadigan bir butun tizimdan iborat. Demak, atrof muhit tushunchasi ijtimoiy, tabiiy va sun’iy ravishda yaratiladigan fizikaviy, kimyoviy va biologik omillarni, ya’ni insonning hayoti va faoliyatiga bevosita yoki bil­vosita ta’sir ko‘rsatadigan barcha omillarni o‘z ichiga oladi. Atrof muhit kishilar orasidagi va ularning tabiat bilan bo‘lgan munosabat­larining murakkab majmuasini belgilaydi.



Atrof muhit - insonning ishtirokisiz va u paydo bo‘lishiga qadar mavjud bo‘lgan tabiiy muhitdan va inson tomonidan o‘zgartirilgan hamda yangitdan yaratilgan texnogen (sun’iy) muhitdan, ya’ni muhit elementlarining majmuasidan iborat.

Tabiiy muhit – geografik qobiq doirasidagi jamiyat o‘zining hayotiy va ishlab chiqarish faoliyati bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan atrof muhitning bir qismidir. U inson hayotining yagona shart-sharoiti bo’lib,inson yashaydigan muhit va inson ushun muhim bo‘lgan, ijtimoiy ishlab chiqarish asoslangan birlamchi xom ashyoning, barcha resurslarning manbaidir. Jamiyatning xo‘jalik faoliyati jarayonida o‘zgaradigan “yashash muhiti“ nazarda tutilganda “tabiiy muhit” tushunchasi geografik qobiqning ijtimoy rivojlanishining bebosita sharoitlari bo‘lib qolgan qismini anglatadi. Tabiiy muhit – inson hayotining ajralmas jarayonidir. U inson uchun zarur bo‘lgan xom-ashyo resurslarining manbaidir.

Texnogen (antropogen) muhit – insonning bevosita yoki bilvosita, ataylab yoki ataylamasdan faoliyati tufayli o‘zgartirilgan tabiiy muhit.Atrof muhitning inson tomonidan texnikaviy ba texnogen ob’yektlarga aylantirilgan qismi texnosfera deb nom olgan..



Geografik muhit – tabiatning jamiyat o‘zining hayoti va ishlab chiqarish faoliyatida bevosita bog‘liq bo‘lgan qismidir. Geografik muhit muayyan tarixiy bosqichda inson faoliyati jabhasiga kiradigan va jamiyatning mavjudligi va rivojlanishining zaruriy shart – sharoitlarini tashkil etadi. Hayotnng tabiiy, texnikaviy, texnogen, ijtimoiy va iqtisodiy sharoitlarining majmuasi. “Geografik muhit” termini ba’zan “tabiiy muhit” terminining sinonimi sifatida ham qo‘llaniladi. Ammo bu termin ilmiy adabiyotlarda tobora kamroq qo‘llanilmoqda.

Atrof tabiiy muhit – insonning hayotiy va ishlab chiqarish faoliyatiga ta’sir ko‘rsatuvchi tabiy va antropogen omillar ta’sirida kam o‘zgartirilgan abiotik va biotik tabiiy omillar majmuasi.
Atrof muhit – ilmiy tadqiqotlar ob’yekti. Atrof muhit global hamda regional miqyoslarda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar tufayli bu o‘zgarishlar va o‘zgarayotgan mu­hit muammolarini o‘rganishga doir tadqiqotlar ham kengayib bormo­qda. Tabiiy resurslarning holati va kishilarning hozirgi hamda bo‘lg‘usi avlodlari yashaydigan muhit sifatiga oid turli bashoratlar va konseptsiyalar ishlab chiqilmoqda. Ammo bu tadqiqotlarning metod­lari etarlicha takomillashmaganligi tufayli jamiyat va tabiat orasidagi o‘zaro ta’sir mexanizmining o‘ziga xos xususiyatlari har tomonlama o‘rganilganicha yo‘q. Ayni paytda atrof muhit muammolarining yechimiga doir eng muhim vazifani hal etishga qaratilgan turli amaliy ishlar ilmiy – nazariy ishlanmalarga asoslanmog‘i lozim.

Yuqorida ta’kidlanganidek, fan – texnika taraqqiyotining atrof muhitga ko‘rsatayotgan xilma – xil ta’sirini tadqiq qilish – hozirgi davrning eng muhim muammolaridan biridir. Atrof muhitni o‘rganishga doir tadqiqotlarning maqsadi insoniyatning hozirgi va bo‘lg‘usi avlodlarining faravon hayoti uchun atrof muhitni muhofaza qilish, yaxshilash va uning resurslaridan oqilona foydalanishning ekologik muammolarini o‘rganishdan iborat. Shu sababli bu tadqiqotlar hozirgi fanlarning deyarli barcha sohalarida o‘tkazilishi va o‘zaro bog‘liq sajiyada bo‘lishi lozim. Chunki o‘rganilayotgan ob’yektning atrof muhit bilan bo‘lgan o‘zaro ta’siri ularning umumiy predmetini tashkil etadi. Atrof muhit muammolarining ko‘p qirraligi turli yo‘nalishdagi fanlarning bir butun kompleksini jalb etishni taqoza etadi. Atrof muhit muammolari murakkab fanlararo muammo bo‘lib, bu muammolarning yechiniga bilimlarning turli sohalari (tabiatshunoslar, fundamental fanlarning vakillari, iqtisodchilar, texnologlar, tibbiyotshunoslar, xuquqshunoslar va b. sh.) jalb qilinmoqda.

Atrof muhit haqidagi ta’limot tabiatshunoslar, muhandislik – tex­nika tarmoqlarining mutaxassislari, sotsiologlar, shifikorlar, iqti­sodchilar va boshqa mutaxassislarning hamkorligiga tayanadi. Bun­day hamkorlik atrof muhitning ifloslanishi bilan bo‘g‘liq bo‘lgan bir qator murakkab masalalarni hal etishda o‘zini oqlamoqda.

Barcha ilmiy tadqiqotlar atrof muhitni o‘rganish va muhofaza qil­ishning turli ob’yektlari, muayyan texnologik jarayonlar, ijtimoiy va iqtisodiy baholar, huquqiy me’yorlarni tanlashda va turli ilmiy me­todlardan foydalanishda o‘z oldiga atrof muhit, inson va jamiyat o‘rtasida mavjud bo‘lgan o‘zaro aloqalarni ochish va o‘rganishni umumiy vazifa qilib qo‘yadi.

Jamiyat faoliyati tufayli o‘zgartirilgan tabiiy abiotik va biotik hamda texnogen komponentlar majmuasidan iborat bolgan atrof mu­hit ko‘p komponentli dinamik tizim bo‘lganligi tufayli uning ayrim komponentlari maxsus fanlar (geologiya, biologiya, meteorologiya va b.) tomonidan o‘rganiladi. Ijtimoiy fanlar esa tabiat va jamiyat o‘zaro ta’sirining umumiy muammolarini, tarixiy - tadrijiy rivojlanishini, o‘zaro ta’sir jarayonini boshqarishning iqtisodiy va xuquqiy masala­larini tadqiq qiladi.

Atrof muhit muammolarining yechimida qatnashadigan texnika fanlari birinchi galda yangi texnika tizimlarini hamda kam chiqindili va chiqindisiz texnologiyani ishlab chiqish va ishlab chiqarish jaray­oniga tadbiq etish masalalari bilan shug‘ullanadi.

Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida tabiatdan oqilona foydalan­ish va atrof muhitni muhofaza qilish qishloq xo‘jalik fanlarining asosiy vazifasini tashkil etadi. Tibbiyot fanlari esa inson organizmin­ing me’yoriy holatining parametrlarini, uning muhitning turli sharoit­lariga moslashishini, muhitda yuzaga kelgan noxush o‘zgarishlar tufayli patologik og‘ishini, ularni bartaraf qilish yo‘llarini va uslublarini tadqiq qiladi.

XX asrning so‘ngi choragida atrof mufit muammolarini o‘rganadigan ilmiy sohaga turli momlar taklif etildi. B.G. Rozanov (1984) bu sohani “Atrof muhit haqidagi ta’limot” deb atadi. Uning fikricha “Atrof muhit haqidagi ta’limot” “ inson mavjudligining muhiti va sharoitlari hamda uning yashash muhiti bilan o‘zaro munosabatlari haqidagi integral fan” bo‘lib, uning tadqiqot predmetini global muammolar va inson sivilizatsiyasining rivojlanish istiqbollari nuqtai nazaridan qaraladigan “inson – atrof muhit” sistemasi tashkil etadi. B.G. Rozanovning e’tirof etishicha fanning bu sohasi ekologiya va biogeotsenologiyaning rivojlanishi negizida vujudga kelgan va shu fanlar asosida rivojlangan. Ammo, uning fikricha, bu ta’limot ekologiyaga nisbatan ancha ko‘proq masalalarni qamrab oladi, zero ekologiya inson mavjudligining muhitining ijtimoiy – iqtisodiy masalalari bilan shug‘ullanmaydi. B.G. Rozanovga ko‘ra, “inson – atrof muhit” benihoyat ko‘p to‘g‘ri va aks aloqalarga ega bo‘lgan hamda inson (organizm, shaxs, jamiyat, insoniyat) va atrof muhitni ularning tarixiy jarayondagi o‘zaro ta’sirini ham o‘z tarkibiga oladigan sistemadir.

“Jamiyat – tabiat (inson – atrof muhit) sistemasidagi o‘zaro munosabatlarni o‘rganish bilan shug‘ullanadigan ta’limotga “Zamonaviy ekologiya” (N.F. Fedoseyev, 1982), “Ijtimoiy ekologiya” (E.V. Girusov, 1972; va b.) va boshqa nomlar ham taklif qilingan.
Atrof muhit muammolarining geografik - ekologik jihatlari. Tadqiqot predmetining xususiyatlariga ko‘ra tabiiy va ijtimoiy fanlar oralig‘ida turadigan, tabiatni tadqiq qilishga kompleks yon­doshadigan geografiya fanlari jamiyat va tabiat o‘zaro ta’siri, atrof muhit muammolariga an’anaviy ravishda juda katta e’tibor bilan qaraydi.Shu sababli geografiyaga antropogen (texnogen) ta’sirlarda tez buziladigan va o‘zgaradigan muvozanat holatidagi murakkab dinamik sistema sifatidagi tabiiy muhit to‘g‘risidagi tasavvur kirdi.

. “Tabiat - aholi - xo‘jalik” muammolarini o‘rganadigan geografiya fanlari atrof muhit hamda tabiiy resurslaridan oqilona foydalanishning muhim muammolari bo‘yicha fanlararo tadqiqotlarning asosi bo‘lib xizmat qilishi mumkin va lozim. Darhaqiqat, “jamiyat – tabiat (inson – atrof muhit) sistemasidagi o‘zaro munosabatlar muammolar yechimida geografiyaning imkoniyatlari juda katta va hozirgi paytda tabiatdan oqilona foydalanish va atrof muhit muhofazasi muammolarining yechimi bilan shug‘ullanayotgan ekologiya bilan hamkorlik qila oladi, ayrim hollarda esa bu fanga nisbatan ustuvorliklarga ham ega. Chunki an’anaviy mohiyatiga ko‘ra ekologiya biologik fan bo‘lib, uning tadqiqotlarida asosiy e’tibor faqat biotik komponentlarga qaratilgan. Tabiatga geografik qarash esa A.G. Isachenko (1992) ta’kidlaganidek, ekologik qarashga nisbatan kengroq va shu bois geografiya atrof muhitdan oqilona foydalanish, uni muhofaza qilish va yaxshilashning asoslarini ishlab chiqishda yetakchilik qila oladi. Geografik tadqiqodlarda atrof muhitni uni optimallashtirish maqsadlarida hartomonlama tahlilni amalga oshirish imkonini beradigan kompleks yondashuvning qo‘llanilishi hamda geografiyaning tabiiy va ijtimoiy fanlar oralig‘idagi o‘rni atrof muhit muammolarini tadqiq qilishda geografiyaning mavqeni yanada oshiradi. Ammo bu hol ekologiyaning atrof muhit muammolari yechimidagi ahamiyatini pasaytirmaydi, zero geografiya va ekologiya orasida umumiylik juda ko‘p, atrof muhit muammolarini tadqiq qilishda geografiya ekologik tamoyillarni keng miqyoslada qo‘llaydi. Shu sababli ekologiya va geografiya bir – biriga yaqin, bir – birini to‘ldiradigan fanlardir. Ularning yaqinligi tufayli, yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, ular oralig‘ida o‘zining tadqiqotlarida geografik va ekologik yondashuvlardan foydalanadigan integrativ sajiyaga ega bo‘lgan yangi ilmiy yo‘nalish – geoekologiya vujudga keldi va rivojlanmoqda.

Geografiyada tabiiy komplekslarng xususiyatlarini teran o‘rganishga yo‘naltirilgan tadqiqotlar muhim ahamiyat kasb eta boshladi. Bu muammo garchi A.Gumboldt, J.Marsh, A.I.Voyeykov, V.V.Dokuchayev, Mechnikov va boshqalar davridan boshlab amalga oshirilib kelinayotgan bo‘lsada, bizning davrimizda inson va atrof muhit o‘zaro munosabatlari muammolarining keskinlashuviga bog‘liq holda katta ahamiyatga ega bo‘lib qoldi.

Y.G. Saushkin geografiyaning sotsial iqtisodiy vazifalaridan ke­lib chiqqan holda u “yer yuzasida tabiat va jamiyat o‘zaro ta’siri jaray­onida shakllanadigan hududiy tizimlarning rivojlanish qonunlari va tuzilmalari . . . , bu tizimlarni jamiyatni eng optimal holda hududiy tashkil etish va atrof muhitni yaxshilash maqsadida boshqarish to‘g‘risidagi fandir” degan fikrni bildirgan edi. V.B. Sochava (1970) “insonning atrof muhiti to‘g‘risidagi fan azaldan mavjud – bu baholashning ekologik o‘lchovlaridan foydalanadigan geografiyadir” degan fikrni bildirgan. Frantsiyalik geograf olim Joli Fernand (1989) ham geografiya atrof muhit to‘g‘risidagi bir butun va bo‘linmaydigan fan, deya fikr bildiradi.

Atrof muhit va uning kishilik jamiyati bilan o‘zaro aloqalariga doir tadqiqotlar asosida geografik qobiq haqidagi kontseptsiya turadi. Geografiyaning rossiyalik taniqli geograf olimlari P.I. Brounov, N.N. Baranskiy, A.A.Grigoryev, S.V. Kalesnik, K.K.Markov, I.P.Gerasimov, V.B.Sochava, I.M.Zabelin, V.S. Preobrajenskiy, Y.G.Saushkin, A.M.Ryabchikov, A.G. Isachenko va boshqalar geografik qobiq jamiyatning muhiti sifatida geografiya fanlarining o‘rganish ob’yekti ekanligini ta’kidlashgan.

N.A. Solntsev, N.A. Gvozdetskiy, V.S. Jekulin va boshqalarning ishlarida batafsil yoritilgan. Bu borada P.S.Preobrajenskiyning (1988) quyidagi so‘zlarini keltirish juda o‘rinli: “Jamiyatshunoslik va tabiatshunoslik tadqiqotlarini o‘zida mujassamlashtirgan, noyob strukturali geografiya “inson va tabiat” munosabatlari doirasida dunyoning yaxlit mazmunini ochib berishga eng yaqin turgan fandir” (33 bet). Haqiqatan ham yuqorida yozilgan barqaror rivojlanishning to‘rt bloki bo‘yicha to‘plangan ma’lumotlarni tahlil qilish, xulosalar berishda Yer haqidagi fanlar orasida geografiyaga teng keladigani yo‘q.

Geografik qobiq haqidagi kontseptsiya tabiatda mavjud bo‘lgan o‘zaro aloqalar, butun geografik qobiqning rivojlanishida ayrim komponentlarning roli va ularning kishilik jamiyatining rivojlanishi uchun resurslik va muhitlik ahamiyati to‘g‘risida tasavvur beradi. Geografik qobiqning asosiy xossalari va rivojlanish xususiyatlarini, unda sodir bo‘ladigan jarayonlarning energetik manbalarini bilish esa atrof muhit muho­fazasining ilmiy asosi bo‘lib xizmat qiladi.Geografiya fanlarining o‘rganish ob’ekti bo‘lgan geografik qobiq tabiat va jamiyatning murakkab birligi bo‘lib, xususiyatlariga ko‘ra inson yashaydigan va uning faoliyati kechadigan muhitni hosil qiladi. Geografik qobiq haqidagi ta’limotning asoschilaridan biri P.I. Brounov 1910 yildayoq geografiya “insoning atrof tabiatini o‘rganishi”ni ta’kidlagan holda, bu fan “tabiatshunos­likning inson va boshqa organizmlarning hayoti kechadigan muhit haqida talqin qiladigan predmetlaridan biridir” deb yozgan edi. L.L.Rozanov fikricha (1990), atrof muhit geografik qobiqning tabiiy va texnogen jismlar, moddalar, sharoitlar, hodisalar o‘zaro ta’sirining majmuasi, ya’ni insonning faoliyati, shuningdek jamiyatning mavjudligi, hamda tabiatning jonli va jonsiz ob’yektlarining rivojlanishi amalga oshadigan qismi bo‘lib, u makon – zamon kategoriyasidir. Atrof muhitning sub’yekti sifatida jamiyat, aholi, xo‘jalik tarmoqlari, ishlab chiqarish faoliyatining turlari, tabiat va jamiyatning jonli va jonsiz ob’yektlari bo‘lishi mumkin.

Darhaqiqat tabiat va jamiyat, inson va atrof muhit o‘zaro ta’siri muammolari geograflar saviyasini kengayishiga imkon bergan holda bir butun va alohida geografiya tog‘risidagi ortiqcha mavhum munozaralarga barham berdi. Tabiiy - geografik va sotsial - geografik fanlar yirik majmuali tabiiy - xo‘jalik muammolarini ishlab chiqish hamda hal etish uchun qonuniy va konstruktiv holda birlashdi.

Murakkab tuzilishga ega bo‘lgan va uzluksiz rivojlanadigan, bir butun va sifat jihatdan o‘ziga xos moddiy tizim bo‘lgan geografik qo­biq jamiyat va tabiiy muhit manfaatlari to‘qnashadigan geotoriya bo‘lib xizmat qiladi. Geografik qobiq tabiat va jamiyatning murakkab birligi bo‘lib, uning jamiyat o‘zining hayotiy va ishlab chiqarish faoliyati bilan mujassam bog‘liq bo‘lgan qismi atrof muhitni hosil qiladi. Geografik qobiqni tashkil etuvchi turli kattalikdagi geosistemalar tabiatdan foydalanishning ob’ektlarini tashkil etadi. Shu sa­babli geosistemalarning tuzilishi, rivojlanishi va mavjudligi to‘g‘risidagi bilimlar tabiatdan oqilona foydalanishni tashkil etishning asosi bo’lib xizmat qilishi lozim.

Jamiyatning tabiiy muhit bilan o‘zaro ta’siri barcha davrlarda geografik tadqiqotlarning predmeti bo‘lib xizmat qilgan. Ammo o‘tmishda olimlarni asosan muhitning insonga ta‘siri muammosi qiziqtirgan bo‘lsa, hozirgi paytda inson ta’sirining tobora kuchayib borishiga bog‘liq holda tabiiy muhitning taqdiri muammosi ko‘proq e‘tirbordadir. Shu sababli geografiya fanlarining asosiy e‘tibori tabiiy muhit va uni tashkil etuvchi komponentlar va geosistemalarni hamda ularni texno­gen omillar ta‘siri ostida o‘zgarishi muammolarini o‘rganishga qaratilishi lozim. Shuningdek, atrof muhit monitoringining hamda atrof muhit barqarorligi va ishlab chiqarishning rivojlanishi, urbani­zatsiya, yirik xo‘jalik dasturlari ta’sirida o‘zgarishi bashoratlarining ilmiy asoslarini yaratish katta ahamiyatga ega. Shu sababli atrof muhit muammolarining geografik jihatlarini tadqiq qilish dolzarb masalaga aylandi. Atrof muhitni muhofaza qilish va yaxshilashning ilmiy asoslarini ishlab chiqish, geosistemalarni va ularni boshqarishni optimal­lashtirish, atrof muhit monitoringi va shuningdek, texnogen ta’sirning atrof muhitga yetkazgan zararini baholashning ilmiy asoslangan me­todlarini, atrof muhit sifatini baholashning mezonlarini belgilash eng muhim vazifalardir.

Muayyan geosistemalar doirasida tabiiy resurslar salohiyatidan bevosita foydalanish, tabiiy resurslardan foydalanishning samarador­ligini oshirish maqsadida ularni qayta tiklash va muhofaza qilish, in­sonnig faoliyati uchun noqulay bo‘lgan ayrim tabiiy jarayonlarni old­ini olish va bartaraf qilish, madaniy landshaftlarni hududiy tashkil etish va boshqa bir qator masalalar atrof muhit muammolarini tadqiq etishning geografik jihatlarini tashkil etadi. Atrof muhit muammolarining bu jihatlari geotizmlarning miqyoslariga bog‘liq holda global, zonal, regional va hududiy miqyoslarda o‘rganiladi.

Atrof muhitni optimallashtirish - inson va tabiat hamkorligini oqilona tashkil etish printsipini amaliyotga tadbiq etishga doir asosiy yo‘nalishlardan biridir.

Atrof muhitni optimallashtirish vazifalarini tabiatni maqsadli yo‘nalishda o‘zgartirish hamda insoning tabiatga ta’sirini cheklash va tartibga solish tashkil etadi. Optimallashtirishning har ikkala vazifasi tabiatdan oqilona foydalanish jarayonida muvofiqlashtirilgan bo‘lishi lozim. Geografiya oldida atrof muhitni kompleks o‘rganish va uning holatini bashoratlashtirishdek muhim vazifa turadi. Bu bazifa tabiatdan oqilona foydalanishni tashkil etish va landshaftni boshqarishda ishtirok etishni taqoza etadi. Bu muammolar yechimining zarurligi tabiiy boyliklardan intensiv va har tomonlama foydalanish va ayni paytda landshaft sifatining yomonlashuviga bog‘liq bo‘lgan sotsial – iqtisodiy va texnogen jarayonlarning juda tez o‘shishi bilan belgilanadi. Geografiya fanlari atrof muhitni tashkil etuvchi turli kattalikdagi geo­sistemalarni, ularning o‘zaro aloqalarini, tabiiy jarayonlarning yo‘nalishi va o‘zaro ta’sirining dinamikasini o‘rganishning funda­mental muammolarini yechimiga doir tadqiqotlar o‘tkazadi. Shuning­dek, insoning ishlab chiqarish va noishlab chiqarish faoliyati ta’siri ostida o‘zgarish qonuniyatlarini ochib berishga, ishlab chiqarishni rivo­jlanishi, urbanizasiya, yirik xo‘jalik dasturlari ta‘srida atrof muhitning barqarorlik hamda o‘zgaruvchanligini bashoratlashtirishning ilmiy asoslarini yaratish, tabiiy ofatlarni bashoratlashtirishning metodlarini ishlab chiqish ham atrof muhit muammolarini o‘rganishga doir geografiya fanlari oldida turadigan vazifalarni tashkil etadi. Shu sa­babli atrof muhitni muhofaza qilish va optimallashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan tadqiqotlar – tabiiy muhitni muhofaza qilish va yaxshilash, geosistemalarni va ularni boshqarishni optimallashtirish, atrof muhit monitoringining ilmiy asoslarini, atrof muhitga inson faoliyati ta’siri tufayli yetkaziladigan zararni baholashning ilmiy asoslangan metod­larini ishlab chiqish, atrof muhit sifatini baholash mezonlarini tadbir­larning iqtisodiy samaradorligi mezonlari bilan muvofiqlashtirilgan holda aniqlash ayniqsa dolzarb masalalardir.

Bir qator aniq ekologik muammolarning yechimi uchun asos sifatidagi geografik – ekologik bashorat va monitoringning zarurligi to‘g‘risidagi masalar geografiya oldiga qo‘yildi. Shu sababli geografiya fundamental nazariy va ilmiy-amaliy fanga aylandi. Geografiya fanlari tabiiy muhit va uni tashkil etuvchi komponent­lar dinamikasini, tabiiy jarayonlarning yo‘nalishi va o‘zaro ta’sirini o‘rganishning fundamental muammolarini ishlab chiqishga e’tiborini qaratmog‘i lozim.


Xulosa
Hozirgi ilmiy tasavvurlarga kora insoniyatning hayot va xojalik faoliyati kechadigan tabiiy muhit iyerarxik ( ) jihatdan teng bolganturli darajadagi tabiiy-hududdiy komplekslar (geosistemalar)ning majmuasidir (Ryabchikov, Milanova, 19).

Atrof mufit bilan ozaro ta’sirda insonning ob’yektini tabiiy muhit emas, balki uning faoliyatining tabiatga ta’siri jarayoni, bu ta’sirning salbiy oqibatlari, shuningdek, maxsus tabiatni muhofazalovchi tadbirlar tashkil etadi.

ADABIYOTLAR
1. I.M.Kultivasov, X.M.Oxunov. O`simliklar ekologiyasi.T.«O`qituvchi».1990

2. S.Mustafoеv, A.Xolmurodov. O`simliklar bioekologiyasi.

T. «O`qituvchi».1992

3. Novikov Yu.V. Priroda i chеlovеk. M. «Prosvеshеniе» 1991

4. To`xtaеv A. Ekologiya. T. O`qituvchi 1988

5. Shodimеtov Yu. Ijtimoiy ekologiyaga kirish. T. O`qituvchi. 1996

6. A.Ergashеv “Umumiy ekologiya”, T.”O`qituvchi” 2003 y

7. G‘ulomov P.N. Geografiya va tabiatdan foydalanish. T., 1985.

8. G‘ulomov P.N. Inson va tabiat. T., 1990. G‘ulomov P.N. O‘zbekistonda tabiatdan foydalanishning geografik asoslari. T., 1990.
Download 171 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish