Inkor
Speaker №1
Agar insonda kuchli xohish istak bo’lsa u oddiy sham yorug’ida ham Beruniy singari buyuk ishlar qilishga qodir.
Tanishtirish:
Assalomu aleykum hurmatli Hakamlar hayati a’zolari, qimmatli vaqtimizni taqsimlashga yordam berish istagida turgan time keeper, biz bilan sog’lom raqobat qilmoqchi bo’lgan qadrli opponent jamoa, va bugun qizg’in o’yin guvohi bo’lish uchun tashrif buyurgan Auditoriya . Men o’z nutqimni bizning Atom jamosi a’zolarini tanishtirib o’tishdan boshlamoqchiman. 1-speaker vazifasida kamina AsilBEK G’ofurov, 2-speaker vazifasida Mohinabonu Murtazoyeva va 3-speakerimiz Olimjon Xudberdiyev. Mavzuni e’lon qiladigan bo’lsam , bugungi mavzuyimiz TEXNIKA TARAQQIYOTI INSON HAYOTIGA IJOBIY TA’SIRI.
Mavzuga ko’ra bizning pozitsiyamiz INKOR va mavzuning qisqacha DOLZARBliligini izohlab o’tadigan bo’lsam: insoniyat 21-asrga kelib turli xil texnikalar va avtomatlashgan qurilmalar tufayli juda ko’plab global muammolar bilan to’qnashmoqda. Bunga misol tariqasida shuni ayta olamizki bugungi kunda fazoga uchirilayotgan raketalar tufayli ozone qatlamining yemirilib borishi va suniy intelleket tushunchasining keng tarqalayotgani Ish jarayonida inson omilining kamaytirayotgani va ishsizlik muammosini oshirayotgani bunga yaqqol isbot bo’lishi mumkin.
Kalit so’zlarimiz bilan tanishtiraman : ishsizlik darajasi, ultrabinafsha nurlari, Radiatsiya, azon qatlami, Freon
Ishsizlik darajasi- doimiy ish bilan band bo’lmagan iqtisodiy qobiliyatli aholi sonini aks ettiruvchi asosiy ko’rsatkich.
Manba: “Iqtisod Moliya” Shodmonov 2017
Suniy intellekt- raqamli kompyuter tomonidan boshqariladigan va aqlli mavjudotlar bilan bog’liq bo’lgan vazifalarni bajarish qobiliyati.
Manba: careerwithsteam.com sayti
Ultrabinafsha nurlari- 10 metrdan 4107 gacha bo’lgan elertromagnit nurlanish.
Freon- metan va etandan iborat modda
Radiatsiya – yadroviy o’zgarishlar oqibatida vujudga keladigan inson haoti uchun o’ta xavfli bo’lgan elektromagnit nurlanishlar.
Manba: www.NASA.gov
Jamoamiz pozitsiyasiga sodiq qolgan holda men o’z funksional vazifamni bajarishni boshladim . O’z nutqimni ATIX formatida davom ettirishimni ma’lum qilaman va menga belgilangan vaqtdan unumli foydalanib argumentlar bilan tanishtirib o’tmoqchiman.
1-argumentimiz: Texnologiyalar rivoji inson hayotiga tajovvuz qilmoqda. Qaytaraman texnologiyalar rivoji inson hayotiga tajovvuz qilmoqda.
Bugun qaysi payt televizorni yoki radioni yoqsak yangiliklarda turli xil darajadagi avtohalokatlar, aviahalokatlar va yana bir nechta halokatlar haqida takror va takror ta’kidlashmoqda. Halokatlar haqida eshitish shu darajada oddiy holatga aylandiki, xatto bu kabi noxushliklarni faqat ewitayotganimiz emas balki kun ora yo’llarda o’zimiz ham bu kabi hodisalarning tirik guvohi bo’lmoqdamiz. Balki ushbu fikrimga qarshi turgan holda opponent jamoa “axir ushbu transportning ruli va gaz pedali ixtiyoringizga qarab boshqariladiku “ deyishlari mumkin. Lekin shuni takidlab o’tishim joizki oddiy piyoda sifatida yo’ldan kesib o’tayotgan fuqaroning ham avtohalokat hodiasi ishtirokchisi va eng yomoni uning qurboni bo’lmaligiga hech kim kafolat bermasligi turgan gap. Axir dono xalqimiz bekorga aytmaydiku “Ko’za kunda emas kunida sinadi “ deb.
Gapimni isbotlayman. ,,Kun.uz” rasmiy saytining ma’lumotlariga ko’ra bir yilda dunyoda o’rtacha 1 mln 350 ming kishi yo’l transport hodisalarida vafot etadi. Bu degani har 23 sekundda bir inson “texnologiya” qurboni bo’layotganidan dalolat beradi. Achinarlisi, texnologiyaning rivojlanayotgani sari ushbu raqamlar ham o’sib bormoqda. Xo’sh agar gap inson hayoti haqida borayotgan bo’lsa ushbu texnika texnologiyaning kimga keragi bor???
2- argument: Texnologiya tabiat YEMIRUVCHIsi. Yana bir bor takrorlayman Texnologiya tabiat yemiruvchisi.
21-asrga kelib Jahondagi 7 milliard aholi Global isish yoki havoning zaharlanishi kabi umumbashariy muammolar bilan kurashishga majbur bo’lmoqda. Chunki deyarli barcha mamlakatlardagi zavod fabrikalar atmosferani zaharlashga katta hissa qo’shmoqda. Masalan Xiyoyning ayrim provensiyalarida odamlar uxlashdan oldin kislorod balonlaridan foydalanmoqda. Bu esa zararlanish haqida tasavvur uyg’otish uchun kifoya deb o’ylayman. Havo ifloslanishining asosiy manbalari sifatida elektrostansiyalar, zavodlar, avtomobillardan chiqayotgan gazlar ko’riladi. Buning barchasi esa texnologiyaga borib taqaladi.
Isbotlayman. Jahon sog’liqni saqlash tashkilotining rasmiy sayti www. WHO.org ning ma’lumot berishicha Atrof muhitning ifloslanishi oqibatida kelib chiqadigan kasalliklar tufayli har yili sayyoramizda kamida 5 million kishi vafot etadi va bu ko’rsatkich 2050 –yilga borib 6 million kishidan ortib ketishi taxmin qilinmoqda.
Fikrimni xulosalayman. Yuqorida sanab o’tilgan muammolar va ushbu muammolar qurboni bolayotganlar soniga e’tibor qaratishingizni so’rayman. Bir yilda avtohalokat sabab qariyb 2 mln havo zaharlanishi tufayli 5 million, umumiy hisobda 6-7 mln begunoh insonlar hayotdan erta ko’z yummoqda. Ha ha to’g’ri ewitdingiz 7 mln . Bu kichik bir davlat degani. Texnologiyaning atigi 2 ta salbiy tomoni oqibatida vujudga kelgan katta miqdor.
1- speaker vazifasida o’z konstrultiv nutqimni yakunlayman va opponent jamoani chapparosti savollariga tayyor ekanligimni ma’lum qilaman.
Do'stlaringiz bilan baham: |