Мавзу. Совет тарихшунослигида ғоявий мафкуравий тазийқларнинг устуворлиги мавзусидан семинар саволлари



Download 16,77 Kb.
Sana21.02.2022
Hajmi16,77 Kb.
#68540
TuriСеминар
Bog'liq
bajarilgan mavzuga doir savollar


Мавзу. Совет тарихшунослигида ғоявий мафкуравий тазийқларнинг устуворлиги мавзусидан семинар саволлари.
Режа.
1.Совит тузуми даврида тарихшунослик фанинг аҳамияти нимада?
2.Совет даврида тарих фанинг бошқарган асосий органлар фаолияти қандай бўлган.
3.Совет тарихшуносликда ғоявий мафкуравий тазиқларнинг устуворлиги тарихий. Маҳсулотга қандай таьсир қилган?
Yaqin o’tmishimizning sobiq sovet hokimiyati hukmronlik qilgan davri (1917-1991 yillar) mamlakatimiz tarixida o’ziga xos o’rin egallaydi. Bu davr, garchi tarixan qisqa bo’lsa-da, lekin o’zining murakkabligi va ziddiyatliligi bilan ajralib turadi. 1917 yil oktyabrida bolsheviklar zo’rlik bilan amalga oshirilgan to’ntarish sobiq Ittifoq xalqlari, shu jumladan, O’zbekiston xalo’lari tarixida salkam 75 yil davom etgan yangi mustamlakachilik sahifasini boshlab berdi. Natijada chor mustamlakachilik imperiyasi o’rnini «qizil imperiya» egalladi. Yangi mustamlakachilik zulmi ostida yashagan o’lka xalqlari bolsheviklar «sotsialistik tajribasi»ning barcha mash’um mushkulotlarini boshdan kechirdilar. Eng achinarlisi shundaki, respublikadagi ijtimoiy-siyosiy tarixiy jarayonning o’ta murakkab va ziddiyatli kechishi ko’plab qurbonlar berilishiga, madaniy va ma’naviy yo’qotishlarga olib keldi.
Oktyabr to’ntarishidan keyin O’zbekistonning Turkiston hududida bo’lgan anchagina qismi Turkiston Avtonom Respublikasi sifatida RSFSR tarkibiga qo’shib olindi. 1924 yilda zo’raki o’tkazilgan milliy-hududiy chegaralanish natijasida O’zbekiston SSR tashkil topib, SSR Ittifoqi tarkibiga kiritildi. SSR Ittifoqi o’z mohiyatiga ko’ra unitar (qo’shma) davlat edi. Oqibatda O’zbekiston to’la-to’kis Moskvaga qaram bo’lib qoldi. O’zbekiston SSR faqat nimgagina mustaql edi. Respublikaning rahbar organlari Kompartiya Markaziy Qo’mitasi (MQ) va Ittifoq hukumati tomonidan tayinlanar, binobarin, ularga bo’ysunardi. Ular respublika va uning xalqlari manfaatlari emas, balki Markaz (Moskva; umuman Sovet Rossiyasi.-Tahririyat) manfaatlari yo’lida siyosat yurgizishga majbur edilar. O’zbekiston xalqlarining suveren huquqlari asosida ularning tub manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan ularning tub manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan vatanparvarlik kayfiyatidagi milliy rahbarlarning chiqishlarini mustabid tuzum g’oyat qat’iyatlik bilan barham toptirardi. Mustabid tuzum O’zbekistonni Markaz tarkibidagi mustamlaka sifatida o’z iskanjasida doimiy saqlab qolish va uni metropoliyaning xom ashyo bazasi va mahsulot bozori sifatidagi holatini yanada mustahkamlashga intildi. Bunday siyosat oqibatida respublikaning iqtisodiy rivojlanishi bir tomonlama kechdi, uning qishloq xo’jaligi tobora ko’proq paxtachilik yo’nalishiga ega bo’lib bordi, shu alfozda paxta yakkahokimligi qaror topdi. O’zbekiston sanoati asosan qishloq xo’jaligi extiyojlariga xizmat qilishga yo’naltirilgan edi. Sanoatda qishloq xo’jaligi mahsulotlariga dastlabki tarzda ishlov beradigan tarmoqlar asosiy o’rinni egallardi. Respublika xom ashyosining pirovard mahsuloti Ittifoq sanoat markazlarida ishlab chiqarilar, binobarin, foydaning asosiy qismi ham o’sha yerda qolardi.
Markazning O’zbekitondagi mustamlakachilik siyosati respublikaning madaniy rivojida ham o’zining yaqqol ifodasini topdi. Garchi bu sohada birmuncha ijobiy siljishlarga erishilgan bo’lsa-da, o’lka xalqlarining ma’naviy hayoti to’la-to’kis o’z davrining hukmron mafkurasi va siyosati ta’siriga olindi, baynalmilallik niqobi ostida respublikani ruslashtirishga intilish ro’y berdi. O’zbek xalqining milliy madaniy qadriyatlari oyoqosti qilindi, O’zbek tili ikkinchi darajali tilga, rus tili esa davlat va asosiy muomala tiliga aylantirildi.
Darvoqe, Markazning bunday mafkura siyosati tufayli xalqimiz hayotining barcha sohalariga putur yetkazilganligini ta’kidlash barobarida respublika tarixiy o’tmishining sovet davrida ham bir qator ijobiy ishlar qilinganligini aytib o’tmaslik noxolislik bo’lur edi. Zero, o’sha yillarda xalqimizning fidokorona mehnati bilan ko’plab zavod va fabrikalar qurildi, millionlab gektar yangi yerlar o’zlashtirildi, katta-katta kanallar qazildi, qishloq xo’jaligining moddiy-texnika negizi mustahkamlandi, uning mahsulotlari hajmi ortdi. O’nlarcha oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlari ochildi, ularda xalq xo’jaligining barcha tarmoqlari uchun mutaxassislar tayyorlandi, umumta’lim maktablari hunar-texnika bilim yurtlarining keng tarmog’i tashkil etildi, ko’pgina madaniy-ma’rifiy muassasalar barpo qilindi. Natijada aholining ta’limiy va madaniy saviyasi oshdi. To’g’ri, bu yutuqlarning barchasiga mustabid tuzum davrida aytish odat bo’lib qolgan «partiyaning dono siyosati» tufayli emas, balki xalqimizning sadoqatli, fidokorona mehnati tufayli erishildi. Biroq, shuni alohida ta’kidlash joizki, og’ir va mashaqqatli mehnatlar evaziga yaratilgan ana shu moddiy boyliklar o’zbek xalqi, uning farovonligi uchun xizmat qilmadi. Aksincha, bu moddiy-ma’naviy boyliklar o’zbek xalqini kamsitish, milliy g’ururini oyoqosti qilish, o’zligini unuttirish, kommunistik mafkurani yanada kuchaytirish uchun xizmat qildi. O’zbekiston hududida bunyod etilgan korxonalar (ayniqsa, kimyo kombinatlari), keragidan ortiqcha o’zlashtirilgan qo’riq va bo’z yerlar, qazilgan kanallar, qurilgan suv omborlari respublikaning ekologik ahvolini murakkablashtirdi, Orol dengizining qurib borishini tezlashtirdi, dexqonchilik yerlari tarkibini o’zlashtirib yubordi, atrof muhitni, ichimlik suvini zaxarladi. Modomiki shunday ekan, Sovet davlati «eksperimentlari» natijasida barcha xalqlar boshiga tushgan fojialar va kulfatlarni, mustabid tuzum, hukmron partiya tomonidan sovet xalqlariga qarshi olib borilgan zo’rovonlik va g’ayriinsoniy siyosatni huch qachon oqlash mumkin emas.
Rasmiy manbalar Sho’ro davri rasmiy manbalar deganda turli davlat idoralarning hujjatlari partiya tizimi organlari qarorlarini tushunamiz. O’sha davr rasmiy matbuotda ularning bir qismi chop etilgan. Lekin turli tasiq organlari hujjatlari ma’lum davrgacha ko’pchilikdan pinhon saqlangan. Agar chop qilingan rasmiy ma’lumotlar maxsus tizimlar hujjatlari bilan qiyosiy o’rganishini juda muhimdir. Bu hujjatlar ichida sho’ro davri rahbarlari hayoti ijodiyga oid ma’lumotlar ularning asarlari muhim tarixiy manba vazifasini o’taydi.
Faqat, O’zbekiston davlat mustaqilligini qo’lga kiritishi bilan tarixiy haqiqatni tiklash uchun, yangicha va xolis yondashuv, sovet davrida yuzaga kelgan Vatanimiz tarixidagi noxolisliklar va «oq dog’lar»ni milliy mustaqillik mafkurasi asosida tugatish uchun qulay shart-sharoit qaror topdi. Bunga bosh mezon sifatida tarixiy dalil va voqealarga, butun tarixiy jarayonga respublika va uning xalqi manfaatlarini hisobga olgan holda printsipial baho berish asos qilib olindi. Aynan shunday yondashuvlarning asosiy printsiplari O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov asarlarida, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 1996 yil dekabrdagi «O’zbekistonning yangi tarixini yaratish» va 1998 yil iyuldagi «O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti faoliyatini takomillashtirish to’g’risida»gi qarorlarida bayon etilgan bo’lib, ushbu ilmiy-ommabop kitobning mualliflar jamoasi ham shu asosda sovet davri O’zbekiston tarixini, sovet davlatchiligining mustabidchilik mohiyatini xolisona yoritishga harakat qildi. Mualliflar jamoasi bu ishning uddasidan qanchalik chiqqanligiga baho berish, Siz-muhtaram kitobxonlar hukmiga havola. Davr tarixi tadqiqotlardaSho’ro davrida amalga oshirilgan tadqiqotlar mavjud siyosiy yo’nalish va mafkuraga bo’ysingan edi. Bu davrdagi tadqiqotlarni 1917-30 yillarda amalga oshirilgan tadqiqotlar. Ularda shu davr tarixiy butun bor ziddiyatlar bilan yoritilgan. 40-50 yillarda amalga oshirilgan tadqiqotlarda tarixiy haqiqat ma’lum darajada «sotsialistik» g’oyalarga bo’ysindirilgan holda yoritilgan. 60-70 yillarda amalga oshirilgan tadqiqotlarda ma’lum darajada shaxsga sig’inishdan ozod bo’lingan bo’lsada, umuman, «kommunistik» mafkura ruxida yoritilgan. Mustaqillik tufayli biz sho’ro davri tarixini xolis va to’g’ri yoritish imkoniga egamiz.
Sho’ro davrida tarix xorijiy olimlar asarlaridaO’zbekistoning sho’ro davrida tarixiy Rossiya va maxalliy olimlar tomonidan mavjud mafkura ruhida yoritilganligi sababli chet el olimlarining ularga munosabati ma’lum ilmiy qiymatga ega.
Albatta ularning bazilarida g’oyaviy kurash ta’siri aks etgan. Lekin ayrim yirik olimlar tadqiqotlari, xususan Axmad Zakiy Validiy Tug’on asarlarini misol qilib keltirish mumkin. Bu davrda O’zbekistonda bo’lgan chet el tarixchilarining taassurotlari ham ma’lum darajada ilmiy qimmatga ega. Sho’ro davri tarixi zamonaviy tadqiqotlarda.Tarix fani mustabidchilik davrida O’zbekistonning sovet davrini (1917-1991 yillar), respublikamiz davlat mustaqilligini qo’lga kirutgunga qadar bo’lgan tarixini o’rganish borasida muayyan ishlarni amalga oshirdi. Turixchi olimlarning sa’y-harakatlari bilan, o’sha davr nuqtai nazaridan, katta miqdordagi tarixiy manbalar to’plandi, ular bir tizimga solinib, ilmiy jihatdan umumlashtirildi. Biroq bu asarlar jamiyatshunoslikda hukmron bo’lgan markscha uslub asosida, sinfiylik va partiyaviylikning asosiy printsiplari negizida yozilgan edi. Shu boisdan bu asarlarda tarixiy jarayon ko’p jihatdan bir tomonlama, noxolis, tarixiy dalil va voqealar ataylab buzib ko’rsatildi, kommunistik mafkuraga xos xulosalar qilindi.

Мавзу вўйича адабиётлар


Алимова Д.А.История как история, как наука Т.I.История и историческое.- Т.Ўзбекистон, 2008 .
Репина Л.П. “Новая историческая наука” и социальная история. –М., 1998.
Тарихшунослик ўқишдари // Конферинция материаллари тўплами.-Т. Янги нашр, 201.
Бырбаева Г.Б. Централная Азия и Советизм: концептуальнқй поиск евро-американской историографии.-Алматы:Дайк-Пресс,2005.
5.Гуревич А.Я. Исторический синтез и Школа “Анналов”.-М.,1993
Download 16,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish