O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Rossiya Federatsiyasi Hukumati o‘rtasida



Download 29,96 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi29,96 Kb.
#246836
Bog'liq
30.05.2019




O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Rossiya Federatsiyasi Hukumati o‘rtasida

Bitim

Ta’lim, malaka va ilmiy darajalarni o‘zaro tan olish to‘g‘risida

2019-yil 30-may, Urganch

(O‘zbekiston Respublikasi uchun 2019-yil 30-maydan kuchga kirgan)

O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Rossiya Federatsiyasi Hukumati, keyingi o‘rinlarda Tomonlar deb ataluvchilar,



O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida ta’lim va fan sohasidagi munosabatlarni rivojlantirishga intilgan holda,

O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasida olingan ta’lim, malaka va ilmiy darajalarning o‘zaro tan olinishini yengillashtirish istagida,

O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasida yashovchi fuqarolarning ta’lim ehtiyojlarini qondirish uchun qulay shart- sharoitlar yaratishga katta ahamiyat berib,

1993-yil 19-martdagi O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Rossiya Federatsiyasi Hukumati o‘rtasida madaniyat, fan va texnika, ta’lim, sog‘liqni saqlash, axborot, sport va turizm sohasida hamkorlik qilish to‘g‘risidagi Bitimning qoidalarini inobatga olgan holda,

1995-yil 27-iyuldagi O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Rossiya Federatsiyasi Hukumati o‘rtasida oliy ta’lim sohasida hamkorlik qilish to‘g‘risidagi Bitimdan kelib chiqqan holda,

2005-yil 12-avgustdagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan Rossiya Federatsiyasi Fan va ta’lim vazirligi o‘rtasida kasbiy ta’lim sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi Bitimni hisobga olib,

quyidagilar to‘g‘risida kelishib oldilar:

1-modda

1. Mazkur Bitim Tomonlar davlatlarining qonunchiligiga muvofiq Tomonlar davlatlarida ta’limni davom ettirish va mutaxassislik faoliyatini amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasida olingan ta’lim, malaka va ilmiy darajalarni o‘zaro tan olishni tartibga soladi.

2. Mazkur Bitim, u kuchga kirganidan so‘ng, davlat akkreditatsiyasiga ega bo‘lgan ta’lim dasturlari bo‘yicha Tomonlar davlatlarining ta’lim va ilmiy tashkilotlarida olingan ta’lim va malakaga hamda Tomonlar davlatlari qonunchiligida belgilangan tartibda berilgan ilmiy darajalarga nisbatan qo‘llaniladi.

2-modda

Rossiya Federatsiyasida olingan, asosiy umumiy ta’lim to‘g‘risidagi attestat bilan tasdiqlangan asosiy umumiy ta’lim va O‘zbekiston Respublikasida olingan, umumiy o‘rta ta’lim (I — IX sinflar) to‘g‘risidagi shahodatnoma bilan tasdiqlangan umumiy o‘rta ta’lim mos ravishda tan olinadi hamda ularning egalariga Rossiya Federatsiyasida o‘rta umumiy yoki o‘rta kasb-hunar ta’limining ta’lim dasturlari va O‘zbekiston Respublikasida umumiy o‘rta (X-XI sinflar), o‘rta maxsus va o‘rta kasb-hunar ta’limining ta’lim dasturlari bo‘yicha o‘qishni davom ettirish huquqini beradi.

3-modda

Rossiya Federatsiyasida olingan, o‘rta umumiy ta’lim attestati bilan tasdiqlangan o‘rta umumiy ta’lim va O‘zbekiston Respublikasida olingan, o‘rta ta’lim attestati va akademik litsey diplomi bilan tasdiqlangan umumiy o‘rta ta’lim (X-XI sinflar) va o‘rta maxsus ta’lim mos ravishda tan olinadi hamda ularning egalariga Rossiya Federatsiyasida o‘rta kasb-hunar ta’limi yoki oliy ta’limning (bakalavriat va mutaxassislik) ta’lim dasturlari va O‘zbekiston Respublikasida o‘rta kasb-hunar ta’limi yoki oliy ta’limning (bakalavriat) ta’lim dasturlari bo‘yicha o‘qishni davom ettirish huquqini beradi.

4-modda

Rossiya Federatsiyasida olingan, o‘rta kasb-hunar ta’limi diplomi bilan tasdiqlangan o‘rta kasb-hunar ta’limi va O‘zbekiston Respublikasida olingan, o‘rta kasb-hunar ta’limi diplomi bilan tasdiqlangan o‘rta kasb-hunar ta’limi mos ravishda tan olinadi hamda ularning egalariga Rossiya Federatsiyasida oliy ta’limning (bakalavriat va mutaxassislik) ta’lim dasturlari va O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’limning (bakalavriat) ta’lim dasturlari bo‘yicha o‘qishni davom ettirish huquqini beradi.

5-modda

1. Rossiya Federatsiyasida olingan, o‘qish muddati to‘rt yildan kam bo‘lmagan bakalavr diplomi bilan tasdiqlangan oliy ta’lim va O‘zbekiston Respublikasida olingan, o‘qish muddati to‘rt yildan kam bo‘lmagan bakalavr diplomi bilan tasdiqlangan oliy ta’lim mos ravishda tan olinadi hamda ularning egalariga Rossiya Federatsiyasida oliy ta’limning (magistratura) ta’lim dasturlari va O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’limning (magistratura) ta’lim dasturlari bo‘yicha o‘qishni davom ettirish huquqini beradi.

2. Mazkur moddaning 1-bandida ko‘rsatilgan, Tomonlar davlatlarining ta’lim va ilmiy tashkilotlarida kunduzgi shaklda olingan oliy ta’lim uning egalariga olingan ta’lim va Tomonlar davlatlari har birining qonunchiligiga muvofiq Tomonlar davlatlarining har birida mutaxassislik faoliyatini amalga oshirish huquqini beradi.

6-modda

1. Rossiya Federatsiyasida olingan, oliy ta’limning mutaxassis yoki magistr diplomi bilan tasdiqlangan oliy ta’lim va O‘zbekiston Respublikasida olingan, oliy ta’limning magistr diplomi bilan tasdiqlangan oliy ta’lim mos ravishda tan olinadi va ularning egalariga Rossiya Federatsiyasida oliy ta’limning ta’lim dasturlari — aspirantura (adyunktura)da ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash dasturlari va assistentlik-amaliyot o‘quv dasturlari bo‘yicha hamda O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’lim (tayanch doktorantura) dasturlari bo‘yicha o‘qishni davom ettirish huquqini beradi.

2. Mazkur moddaning 1-bandida ko‘rsatilgan, Tomonlar davlatlarining ta’lim va ilmiy tashkilotlarida kunduzgi shaklda olingan oliy ta’lim uning egalariga olingan ta’lim va Tomonlar davlatlari har birining qonunchiligiga muvofiq Tomonlar davlatlarining har birida mutaxassislik faoliyatini amalga oshirish huquqini beradi.

7-modda

1. Rossiya Federatsiyasida olingan, mutaxassislik diplomi bilan tasdiqlangan oliy tibbiy va oliy farmatsevtika ta’limi va O‘zbekiston Respublikasida olingan, bakalavr yoki bakalavr bilan birgalikdagi magistr diplomi bilan tasdiqlangan, tegishli tayyorgarlik yo‘nalishi bo‘yicha o‘qish muddati (umumiy muddat) Rossiya Federatsiyasida olingan tegishli mutaxassislik bo‘yicha nazarda tutilgan me’yoriy o‘qish muddatidan kam bo‘lmagan muddat bo‘yicha oliy tibbiy va oliy farmatsevtika ta’limi mos ravishda tan olinadi hamda ularning egalariga Rossiya Federatsiyasida oliy ta’lim dasturi (magistratura), aspiranturada ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash dasturlari va ordinatura dasturlari va O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’limning (magistratura, klinik ordinatura va tayanch doktorantura) ta’lim dasturlari bo‘yicha o‘qishni davom ettirish huquqini beradi.

2. Rossiya Federatsiyasida olingan, ordinaturani tugatganlik to‘g‘risidagi diplom bilan tasdiqlangan oliy tibbiy va oliy farmatsevtika ta’limi va O‘zbekiston Respublikasida olingan, klinik ordinaturani tugatganlik to‘g‘risidagi tegishli hujjat bilan tasdiqlangan oliy tibbiy yoki oliy farmatsevtika ta’limi mos ravishda tan olinadi hamda ularning egalariga Rossiya Federatsiyasida oliy ta’limning ta’lim dasturlari, aspiranturada ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash dasturlari va O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’limning (tayanch doktorantura) ta’lim dasturlari bo‘yicha o‘qishni davom ettirish huquqini beradi.

3. Mazkur moddaning 1 va 2-bandlarida ko‘rsatilgan, Tomonlar davlatlarining ta’lim va ilmiy tashkilotlarida kunduzgi shaklda olingan oliy ta’lim uning egalariga olingan ta’lim va Tomonlar davlatlari har birining qonunchiligiga muvofiq Tomonlar davlatlarining har birida mutaxassislik faoliyatini amalga oshirish huquqini beradi.

4. Rossiya Federatsiyasining ta’lim va ilmiy tashkilotlarida tibbiy va farmatsevtika mutaxassisliklari va tayyorgarlik yo‘nalishlari bo‘yicha oliy tibbiy yoki oliy farmatsevtika ta’limining (bakalavriat, mutaxassislik, magistratura va ordinatura) ta’lim dasturlari bo‘yicha o‘qish davri va O‘zbekiston Respublikasining ta’lim va ilmiy tashkilotlarida tibbiy va farmatsevtika mutaxassisliklari va tayyorgarlik yo‘nalishlari bo‘yicha oliy tibbiy yoki oliy farmatsevtika ta’limining (bakalavriat, magistratura va klinik ordinatura) ta’lim dasturlari bo‘yicha o‘qish davri tegishli mutaxassislik va tayyorgarlik yo‘nalishlari bo‘yicha o‘qish davri sifatida tan olinadi hamda ularning egalariga Rossiya Federatsiyasida oliy tibbiy yoki oliy farmatsevtika ta’limining (bakalavriat, mutaxassislik, magistratura va ordinatura) tegishli ta’lim dasturlari va O‘zbekiston Respublikasida oliy tibbiy yoki oliy farmatsevtika ta’limining (bakalavriat, magistratura va klinik ordinatura) tegishli ta’lim dasturlari bo‘yicha o‘qishni davom ettirish huquqini beradi.

8-modda

1. Rossiya Federatsiyasida olingan fan nomzodi ilmiy darajasi va O‘zbekiston Respublikasida olingan tegishli fan tarmog‘i bo‘yicha falsafa doktori (RhD) ilmiy darajasi mos ravishda tan olinadi va ularning egalariga Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekiston Respublikasida fan doktori ilmiy darajasini olish huquqini beradi.

2. Rossiya Federatsiyasida olingan fan doktori ilmiy darajasi va O‘zbekiston Respublikasida olingan tegishli fan tarmog‘i bo‘yicha fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasi mos ravishda tan olinadi.

3. Mazkur moddaning 1 va 2-bandlarida ko‘rsatilgan ilmiy darajalar ularning egalariga Tomonlar davlatlari har birining qonunchiligiga muvofiq Tomonlar davlatlarining har birida mutaxassislik faoliyatini amalga oshirish huquqini beradi.

9-modda

Mazkur Bitimda nazarda tutilgan ta’lim va malaka, ilmiy darajalarni tan olish ularning egalarini ta’lim va ilmiy tashkilotlarga qabul qilishda hamda mutaxassislik faoliyatini amalga oshirish uchun Tomonlar davlatlari qonunchiligi bilan tatbiq etiladigan talablarni bajarish majburiyatidan ozod qilmaydi.

10-modda

1. Mazkur Bitimni amalga oshirish bilan bog‘liq masalalarni hal etish qo‘shimcha tavsiyalar ishlab chiqishni talab qilgan holda, Tomonlar mazkur Bitimni amalga oshirish uchun o‘zlarining ta’lim va fan sohasida boshqaruvni amalga oshiruvchi vakolatli organlari nomidan ekspertlar qo‘mitasini tuzadilar. Ekspertlar qo‘mitasi mazkur Bitimni talqin qilish hamda uni o‘zgartirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqishga doir masalalar bilan ham shug‘ullanishi mumkin.

2. Ekspertlar qo‘mitasi har bir Tomondan to‘rtta (4) ekspertdan ko‘p bo‘lmagan tarkibdan iborat bo‘ladi. Ekspertlar qo‘mitasining tarkibi, uchrashuv o‘tkaziladigan joyi va sanasi to‘g‘risida axborot diplomatik kanallar orqali yozma ravishda yuboriladi.

3. Ekspertlar qo‘mitasi uchrashuvlarining davriyligi, joylari va sanalari bo‘yicha shartlar ta’lim va fan sohasidagi boshqaruvni amalga oshiruvchi Tomonlarning organlari tarafidan kelishiladi.

11-modda

Mazkur Bitimni amalga oshirish uchun Tomonlar ta’lim va fan sohasida boshqaruvni amalga oshiruvchi vakolatli organlar nomidan axborot taqdim etilishini ta’minlaydilar, shu jumladan:

har bir Tomon davlatida olinadigan ta’lim darajalarining tavsifi va tegishli kasblar, mutaxassisliklar va tayyorgarlik yo‘nalishlari bo‘yicha malakalarini ko‘rsatgan holda kasblar, mutaxassisliklar va tayyorgarlik yo‘nalishlari ro‘yxati;

mazkur Bitimda ko‘rsatilgan ta’lim va malaka to‘g‘risidagi hujjatlarning namunalari, shuningdek, ilmiy darajalar to‘g‘risidagi diplomlarning shakllari;

Tomonlar davlatlarining qonunchiligiga muvofiq akkreditatsiyaga ega bo‘lgan ta’lim dasturlarini amalga oshiruvchi ta’lim va ilmiy tashkilotlar to‘g‘risida ma’lumotlar;

Tomonlar davlatlarining qonunchiligi asosida belgilangan ilmiy attestatsiya tizimlari to‘g‘risida ma’lumotlar, shu jumladan, ilmiy darajalar beriladigan ilmiy mutaxassisliklar nomenklaturasi, shuningdek, ilmiy darajalarni mustaqil berish huquqiga ega bo‘lgan tashkilotlar to‘g‘risida ma’lumotlar.

12-modda

Mazkur Bitimni qo‘llash yoki talqin qilish bilan bog‘liq Tomonlar o‘rtasida kelib chiqadigan nizolar maslahatlashuv va muzokaralar orqali hal etiladi.

13-modda

Tomonlarning roziligi asosida mazkur Bitimga uning ajralmas qismi hisoblanadigan va alohida bayonnomalar bilan rasmiylashtiriladigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin.

14-modda

1. Mazkur Bitim nomuayyan muddatga tuziladi va imzolangan sanadan boshlab kuchga kiradi.

2. Tomonlarning har biri boshqa Tomonga diplomatik kanallar orqali mazkur Bitimni tugatish haqida yozma xabarnoma yuborish orqali uni tugatish huquqiga ega. Bitim boshqa Tomondan bunday xabarnoma olingan kundan o‘n ikki (12) oy o‘tgach tugatiladi.

3. Mazkur Bitimning amal qilishini tugatish u tugatilguniga qadar Bitimga muvofiq ta’lim va malaka, ilmiy darajalarni tan olish to‘g‘risida qabul qilingan qarorlarga daxl qilmaydi.

4. Mazkur Bitim amal qilishi tugatilgan taqdirda, uning qoidalari mazkur Bitim amal qilishi tugaguniga qadar Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekiston Respublikasining ta’lim va ilmiy tashkilotlarida o‘qishni boshlagan shaxslar tomonidan olingan ta’lim, malaka, shuningdek, Tomonlar davlatlarining qonunchiligiga muvofiq ilmiy daraja olishni himoya qilish uchun dissertatsiya taqdim etgan shaxslarga berilgan ilmiy darajalarga ham qo‘llaniladi.

15-modda

Mazkur Bitim kuchga kirgan kundan boshlab O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi munosabatlarda 1998-yil 6-maydagi O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Rossiya Federatsiyasi Hukumati o‘rtasida ilmiy darajalar haqidagi hujjatlarning ekvivalentligini aniqlash tartibi va yuqori malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish sohasida hamkorlik qilish to‘g‘risidagi Bitim bekor qilinadi.

Urganch shahrida 2019-yil 30-mayda ikki nusxada, har biri o‘zbek va rus tillarida tuzildi, bunda har ikkala matn ham bir xil kuchga ega.

(imzolar)

Download 29,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish