O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
IJTIMOIY FANLAR FAKULTETI
PSIXOLOGIYA KAFEDRASI
KURS ISHI
Fan nomi: Yuridik psixologiya
Mavzu: Sudyaning o’ziga xos psixologik xususiyatlari.
Tayyorladi: Akbarov Abbos
Qabul qildi:
Toshkent-2022
Mundarija
Kirish:
Mavzuning dolzarbligi
Asosiy qism:
I.BOB. SUDYA SUD JARAYONINING ASOSIY
SHAXSI VA UNING RASMIY VAKILI SIFATIDA.
1.1 Sudyalarga qo’yiladiagn shaxsiy va ishbilarmonlik sifatlari.
1.2 Sudyalar faoliyatining jamoatchilik fikriga
ta’siri.
1.3 Sudyaning shaxsiy psixolgik xususiyatlari
II.BOB. SUDYA MAQOMINING XALQARO STANDARTLARI
2.1. Sudya maqomining xalqaro standartlari,
xususiyatlari.
2.2 Sudya va sudlov etikasi: milliy va xalqaro
standartlar
2.3 Sudyaning odob-axloqiga doir umumiy
talablar
Xulosa:
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Kirish:
Mavzuning dolzarbligi: Sudyaning kasbiy odob-axloqi yuridik odob-axloqning bir qismi bo‘lib, u sudya va prosess ishtirokchilarining ish jarayonida va ishdan tashqari vaqtlaridagi ma’naviy-axloqiy, kasbiy munosabatlariga doir masalalarni o‘rganish va rivojlantirish bilan shug‘ullanadi. Sudya o‘z faoliyatini sudyalar odob-axloqi talablarini bajarmasdan amalga oshira olmaydi, chunki ushbu faoliyat asosini jamiyatda tarixan shakllangan ma’naviy va huquqiy talablar tashkil etadi. Shu bilan birga sudyalar odob-axloqining o‘ziga xos tomoni shundaki, unga ixtisoslashuvidan qat’iy nazar tuman(shahar) sudyalari, viloyat sudi sudyalari, Oliy sud va Konstitusiyaviy sud sudyalari rioya qilishlari shart va majburiydir.
Prezidentimizning davlat idoralari mansabdorlariga qarata aytgan so‘zlari yodimizga tushadi: “Sudlar mustaqilligini ta’minlash masalasi bundan buyon ham shaxsan Prezidentning qattiq nazorati ostida bo‘ladi. Sud ostonasiga qadam qo‘ygan har bir inson, O‘zbekistonda adolat hukm surayotganiga to‘la ishonch hosil qilishi kerak. O‘zbekistonda sudyalar qonunning tolmas himoyachilari, adolatning mustahkam ustunlari bo‘lishi lozim”. Davlat rahbarining bu ishonchi O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan sudya va sud apparati xodimlari zimmasiga yanada katta ma’suliyat yuklaydi nazarimda. Demakki, zimmasiga odil sudlovni amalga oshirish mas’uliyati yuklangan shaxs inson huquq va erkinliklarining himoya qilish uning faoliyati mazmun va mohiyati ekanligini unutmasligi lozim. Sudya har qanday vaziyatda o‘z sha’ni va qadr qimmatini saqlashi, odob-axloq normalariga rioya etishi, kamtar, xushmuomala bo‘lishi hamda qo‘pollikka yo‘l qo’ymasligi shart. Alohida takidlash kerakki, malakali kadrlar - sud-huquq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirishda sud hokimiyatini mustaqilligini ta’minlash, adolatli qarorlar qabul qilish garovidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |