Ijtimoiy fanlar fakulteti psixologiya kafedrasi


Sudya va sudlov etikasi: milliy va xalqaro



Download 51,08 Kb.
bet8/9
Sana06.07.2022
Hajmi51,08 Kb.
#748963
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Abbos

2.2 Sudya va sudlov etikasi: milliy va xalqaro
standartlar
Har qanday davlatning xalqaro maydondagi mavqei ushbu davlatda qonun ustuvorligi va sud hokimiyatining mustaqilligi qay darajada taminlanganligiga qarab belgilanadi. Shu sababli mamlakatimizda ushbu sohani xalqaro standartlarga muvofiq tarzda rivojlantirishga strategik ahamiyatga ega vazifa sifatida qaralmoqda. Sudyaning mustaqilligi, daxlsizligi, ular faoliyatiga aralashishga yo‘l qo‘yilmasligi davlat tomonidan kafolatlangan, shu bilan birga moddiy va ijtimoiy ta’minot darajasining yuqoriligi odil sudlovga erishish – qonuniy, asoslangan va adolatli sud qarorlarini chiqarilishining asosiy omillaridan biridir.
Har qaysi makonda, har qaysi zamonda sudyalik kasbi doimo jamiyat e’tiborida bo‘lib kelgan va uning ma’naviy-axloqiy sifatiga nisbatan qat’iy talablar qo‘yilib kelingan. Zero, ushbu faoliyat shaxsning huquq va erkinligi bilan bog‘liq masalalarni hal etishni o‘zida mujassam etib, insonlar taqdiriga o‘z ta’sirini o‘tkazadi, shu bilan birga Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 8-moddasida har bir inson unga Konstitusiya yoki qonun orqali berilgan asosiy huquqlari buzilgan hollarda vakolatli milliy sudlar tomonidan bu huquqlarini samarali tiklanishi huquqiga ega ekanligining belgilanishi sudya va sud idoralari xodimlarining kasbiy va ma’naviy-ahloqiy sifatlariga boshqa kasb vakillariga nisbatan yuksak va katiy talablar o‘rnatilgan. Grek faylasufi Epiktetning “Sudyalik kursisini egallashga loyiqliginga dilingdan iqror bo‘lmaguningcha boshqalarni sudlay ko‘rma” degan so‘zlari ham aynan shu maqomga erishish uchun shaxs avalambor qalbdan loyiq ekanligini his qilmog‘i lozimligini tasdiqlaydi.
Sudyaning kasbiy odob-axloqi yuridik odob-axloqning bir qismi bo‘lib, u sudya va prosess ishtirokchilarining ish jarayonida va ishdan tashqari vaqtlaridagi ma’naviy-axloqiy, kasbiy munosabatlariga doir masalalarni o‘rganish va rivojlantirish bilan shug‘ullanadi. Sudya o‘z faoliyatini sudyalar odob-axloqi talablarini bajarmasdan amalga oshira olmaydi, chunki ushbu faoliyat asosini jamiyatda tarixan shakllangan ma’naviy va huquqiy talablar tashkil etadi. Shu bilan birga sudyalar odob-axloqining o‘ziga xos tomoni shundaki, unga ixtisoslashuvidan qat’iy nazar tuman(shahar) sudyalari, viloyat sudi sudyalari, Oliy sud va Konstitusiyaviy sud sudyalari rioya qilishlari shart va majburiydir.
Sudya faoliyatining qonuniy asosini 14.12.2000 yilda yangi tahrirda qabul qilingan “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonun bilan birga Sudyalar oliy kengashining 2018 yil 29 yanvardagi 490-sonli qarori bilan qabul qilingan Sudyalarning odob-ahloq kodeksi tashkil etadi. Mazkur Kodeks har bir sudya uchun odil sudlovni amalga oshirish bilan bog‘liq kasbiy faoliyatida va xizmatdan tashqari vaqtda majburiy bo‘lgan yuksak odob-axloq talablariga, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari qoidalariga, odil sudlov va sudyalar odob axloqi sohasidagi xalqaro standartlarga asoslangan xulq-atvor qoidalarini belgilaydi. Shuni ta’kidlash joizki, sudyaning odob-axloqi qonunchilik normalari bilan bevosida bog‘liqdir. Uning asosiy prinsiplari qonunchilikda o‘z aksini topgan, chunki ushbu kasb egalariga nisbatan mavjud huquqiy talablar axloqiy talablar bilan chambarchas bog‘lik va umumiy qirralariga egadir. O‘zbekiston Respublikasining Sudyalar odob-axloq kodeksi qoidalarini va prinsiplarida 2002 yil 26 noyabrda Gaagada qabul qilingan hamda sudyalarning kasbiy faoliyati davomida, shuningdek, xizmatdan tashqari vaqtdagi odob-axloqiga oid standartlarni belgilovchi asosiy xalqaro hujjat “Sudyalarning xulq-atvoriga oid Bangalor prinsiplari” qoidalari ham o‘z aksini topgan. Bangalor prinsiplari sudyalar hamjamiyati tomonidan ishlab chiqarilgan bo‘lib, dunyoning barcha hududlarida faoliyat olib borayotgan sudyalarga qaratilgandir. Unda 6 ta muhim prinsip belgilangan bo‘lib, bular: mustaqillik, xolislik, halollik va pok vijdonlilik, odob-axloq qoidalariga rioya etish, barcha taraflar uchun tenglik, kompetentlik, ya’ni chuqur bilimga egalik, asoslilik, omilkorlik va tirishqoqlikdir.
Sudya va sud organlarining mustaqilligi qonun ustivorligini ta’minlash va ishni sudda adolatli ko‘rib chiqilishining asosiy kafolatlaridan biridir. BMT Bosh Assambleyasining 1985-yil 29 noyabrda ma’qullangan “Sud organlari mustaqilligining asosiy prinsiplari” ham sudlar faoliyati bo‘yicha qabul qilingan maxsus xalqaro hujjatlardan biridir. Takidlash joizki, undagi sud hokimiyati mustaqilligi va xolisligini ta’minlash bilan bog‘liq normalar ko‘plab xalqaro hujjatlarda u yoki bu tarzda belgilangan. Ushbu hujjat bugungi kunda sud va sudyalarning mustaqilligi qanday ta’minlanishi kerak, degan savolga atroflicha javob beradigan muhim xalqaro hujjatlardan biridir.Yurtimizda bu borada samarali islohotlar olib borilayotganini, qilinayotgan sayi-xarakatlar natijasiz emasligini Birlashgan millatlar Tashkilotining sudyalar mustaqilligi bo‘yicha maxsus vakili Diyego Garsiya-Sayan janoblari ham alohida etirof etdi. Shu o‘rinda Prezidentimizning davlat idoralari mansabdorlariga qarata aytgan so‘zlari yodimizga tushadi: “Sudlar mustaqilligini ta’minlash masalasi bundan buyon ham shaxsan Prezidentning qattiq nazorati ostida bo‘ladi. Sud ostonasiga qadam qo‘ygan har bir inson, O‘zbekistonda adolat hukm surayotganiga to‘la ishonch hosil qilishi kerak. O‘zbekistonda sudyalar qonunning tolmas himoyachilari, adolatning mustahkam ustunlari bo‘lishi lozim”. Davlat rahbarining bu ishonchi O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan sudya va sud apparati xodimlari zimmasiga yanada katta ma’suliyat yuklaydi nazarimda. Demakki, zimmasiga odil sudlovni amalga oshirish mas’uliyati yuklangan shaxs inson huquq va erkinliklarining himoya qilish uning faoliyati mazmun va mohiyati ekanligini unutmasligi lozim. Sudya har qanday vaziyatda o‘z sha’ni va qadr qimmatini saqlashi, odob-axloq normalariga rioya etishi, kamtar, xushmuomala bo‘lishi hamda qo‘pollikka yo‘l qo’ymasligi shart. Alohida takidlash kerakki, malakali kadrlar - sud-huquq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirishda sud hokimiyatini mustaqilligini ta’minlash, adolatli qarorlar qabul qilish garovidir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan mamlakatimiz tarixida ilk bor tashkil etilgan Sudyalar oliy maktabining asosiy vazifasi ham har qanday vaziyatda odil sudlovni ta’minlash va adolatni qaror toptirishga qodir, mustahkam irodali, yuksak ma’naviy va kasbiy fazilatlarga ega bo‘lgan sudyalar tarkibini shakllantirish, sudyalikka nomzodlarni tayyorlash va amaldagi sudyalar malakasini oshirishga ixtisoslashgan. Shuni alohida ta’kidlash joizki, ushbu ta’lim muassasida jinoyat, fuqarolik va iqtisodiy, ma’muriy kafedralari bilan birgalikda kasbiy ko‘nikmalar kafedrasi mavjud bo‘lib, sudyalar va sudyalikka nomzodlarning kasbiy etikasi, psixologiyasi, ishchanlik muloqoti va vaqtni boshqarish ko‘nikmalarini o‘qitishga va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga alohida e’tibor qaratilib kelinmoqda. Kafedrada faoliyat yuritayotgan muttaxassislar sudyaning faoliyati davomida vujudga keladigan konfliktologiya, stress va stressni keltirib chiqaruvchi holatlarni boshqarish, taym-menejment, liderlik va boshqaruv mahoratini, ish jarayonlarini to‘g‘ri tashkil qilish va oqilona xulosalar chiqarish salohiyatini oshirishda sudyalar va tinglovchilarga ko‘mak bo‘lib kelmoqda.
Ma’lumki, ilk bor sudyalik lavozimiga saylangan yoki tayinlangan shaxs Davlat bayrog‘i oldida zimmasiga yuklatilgan vazifani halol va vijdonan bajarishga, odil sudlovni faqat qonunga bo‘ysingan holda amalga oshirishga, sudyalik burchi va vijdoni buyurganidek, beg‘araz, xolis va adolatli bo‘lishga tantanali vaziyatda qasamyod qiladi va shundan so‘nggina vazifasini bajarishga kirishadi. Bu qasamyodni har bir sudya zimmasiga yuklanayotgan yuksak mas’uliyatni his etgan holda hayajon bilan qabul qiladi. Qasamyod qabul qilgan sudyalarga sudyalik guvohnomasi bilan birgalikda “Sudyalarning odob-ahloq kodeksi”ning ham tantanali topshirilishida katta ma’no mujassamdir. Zero, sudyalikning yuksak maqomi, shaxsning taqdiriga ta’sir qiluvchi qaror qabul qilishga doir sudyalik vakolatini muayyan shaxsga berilganligining o‘zi xalqaro hujjatlardagi mavjud standartlarning barchasini o‘zida mujassam etgan “Sudyalarning odob-axloq kodeksi”ga so‘zsiz rioya etishni taqozo etadi.
. www.bioline.org.br
8. www.etos.bl.uk
9. www.repec.orgUshbu Kodeks O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, «Sudlar to‘g‘risida»gi, «O‘zbekiston Respublikasining Sudyalar oliy kengashi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, shuningdek sudyalar odob-axloqini tartibga solib turuvchi xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan prinsiplariga muvofiq ishlab chiqilgan. Kodeks har bir sudya uchun odil sudlovni amalga oshirish bilan bog‘liq kasbiy faoliyatida va xizmatdan tashqari vaqtda majburiy bo‘lgan, yuksak odob-axloq talablariga, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari qoidalariga, odil sudlov va sudyalar odob-axloqi sohasidagi xalqaro standartlarga asoslangan xulq-atvor qoidalarini belgilaydi. O‘zbekiston Respublikasining sudyalari o‘zlari uchun O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan cheklovlarni inobatga olgan holda, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, qonunlari, xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan prinsiplari va normalarida belgilangan barcha huquqlarga egadir. Ushbu Kodeks sudyaning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bilan kafolatlangan huquq va erkinliklarini cheklamaydi. Sudyaning maqomiga monand tarzda unga nisbatan yuksak odob-axloq talablarini belgilovchi ushbu Kodeksning qoidalari sudyaning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bilan kafolatlangan fuqarolarning huquq va erkinliklarini cheklanishi deb talqin etilmasligi kerak. Ushbu Kodeks bilan tartibga solinmagan masalalar yuzaga kelgan taqdirda, sudyalar jamiyatda tarkib topgan odob-axloq qoidalariga, shuningdek sudyalar odob-axloqini tartibga soluvchi xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan prinsiplariga amal qiladilar.
Sudya odob va axloqning yuqori standartlariga amal qilishi, ushbu Kodeks normalariga so‘zsiz rioya etishi, har qanday vaziyatda haqqoniy bo‘lishi, sud hokimiyatining nufuzini tushiradigan va sudyaning obro‘-eʼtiboriga putur yetkazadigan yoki uning xolisligi, mustaqilligi va beg‘arazligiga shubha tug‘dirishi mumkin bo‘lgan xatti-harakatlardan o‘zini tiyishi shart. Ushbu Kodeksga rioya etish sudyaning qalb amri, hayotining qoidasi bo‘lishi, jamiyatning sud tizimiga, odil sudlov malakali, mustaqil, xolis va adolatli tarzda amalga oshirilayotganligiga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga ko‘maklashishi kerak. Sudya o‘z qasamyodiga sodiq qolishi, shuningdek fahm-farosatlilik, xushmuomalalik, halollik, matonatlilik, ilmga chanqoqlik xislatlariga ega bo‘lib, jamiyatda yuksak sudyalik maqomiga munosib bo‘lishi shart. Sudya yuksak maʼnaviy-axloqiy saviyaga va malakaga ega bo‘lmasdan sudyalik vakolatlarini amalga oshirishga haqli emasligini doimo yodda tutishi shart. Sudya fikr erkinligi huquqini amalga oshirishda odil sudlovning obro‘siga putur yetkazmasligi kerak. Sudya jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqishida adolatlilik va xolislikni ko‘rsatib, sansolarlikka yo‘l qo‘ymasligi lozim. Sudya O‘zbekiston Respublikasida sud O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va boshqa qonunlarida, inson huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro hujjatlarda eʼlon qilingan fuqarolarning huquq va erkinliklarini, shuningdek korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning huquqlari hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini sud tomonidan himoya qilinishi lozimligini, shuningdek sudning faoliyati qonun ustuvorligini, ijtimoiy adolatni, fuqarolar tinchligi va totuvligini taʼminlashga qaratilganligini doimo yodda tutishi kerak. Sud ishlarini amalga oshirish sud faoliyatining boshqa turlariga nisbatan ustuvor xususiyatga ega. Sudya senator, deputat bo‘lishi, siyosiy partiyalarga aʼzo bo‘lishi, siyosiy harakatlarda ishtirok etishi, shuningdek ilmiy va pedagogik faoliyatdan tashqari haq to‘lanadigan boshqa biron-bir turdagi faoliyat bilan shug‘ullanishi mumkin emas. Sudya sudyalar jamoat birlashmalarida haq to‘lanmaydigan lavozimlarni egallashi mumkin. Sudya sud ishlari, arizalar, iltimosnomalar va shikoyatlarni ko‘rib chiqish, shuningdek sud amaliyotini o‘rganish va umumlashtirish ishlarida ishtirok etadi.



Download 51,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish