Mavzu: Etnik birlik
Reja:
I.Kirish
II. Asosiy qism
1. O`zbek xalqining etnik shakllanishi.
2. Etnogenez va uni o`rganish masalalari
3. O`lkamiz hududlaridagi mahalliy aholi va o`zbek xalqining
shakllanish bosqichlari
4. O'rta asrlardagi etnik-madaniy jarayonlar. "O`zbek" atamasi
III.Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Etnik birlik, etnos — kishilarning maʼlum bir tarixiy davrda va ijtimoiy tuzumda tarkib topgan alohida barqaror etnik uyushmasi. Etnik birlik etnografik jihatdan "xalq" maʼnosini’ anglatsada, lekin unga nisbatan aniq tushunchadir. Etnik birlik muayyan sharoitda tabiiytarixiy taraqqiyot jarayonda vujudga kelgan uyushmadir. Fanda Etnik birlik bosqichining 3 turi mavjud: qabila, elat va millat. Ketmaket almashib kelgan bu atamalar turli vaqtlarda vujudga kelgan boʻlib, ular oʻz davriga xos xususiyatlari bilan bir-biridan farq qiladilar. Kishilar birlashuvining tabiiy negizi — hudud umumiyligi, shuningdek, ular tilining yaqinligi yoki umumiyligi Etnik birlikning vujudga kelishida asosiy shart hisoblanyli. Koʻpincha (mas, Amerika qitʼasida) millatlarning tarkib topishida etnik birlikning turli tillarga mansub komponentlari oʻrtasida olib borilgan xoʻjalik, madaniy va boshqalar sohalardagi aloqalarning rivojlanishi bilan til umumiyligi qaror topgan. Bu jarayonni boshqarishda har xil ijtimoiy-iqtisodiy omillar va tabiiy muhitning alohida xususiyatlari taʼsirida moddiy va maʼnaviy madaniyat, turmush va psixologik umumiylikning Etnik birlik uchun xarakterli boʻlgan belgilari shakllanadi. Bu elementlar hudud va til bilan bir qatorda Etnik birlikning muhim belgilari hisoblanadi. Baʼzan Etnik birlikning shakllanishiga diniy mushtaraklik, shuningdek, irqiy jihatdan yaqinlik ham muhim taʼsir koʻrsatadi. Bunday yaqinlik Etnik birlikka kirgan va bir-biridan keskin farqlanadigan har xil irqiy komponentlar orasidagi metis guruhlarining hosil boʻlishida ham vujudga keladi (mas, braziliyalik, kubalik). Shakllanib boʻlgan Etnik birlik yaxlit ijtimoiy organizm boʻlib, etnik jihatdan har xil boʻlgan nikohlar tufayli va nasldan naslga til, madaniyat, anʼanalar va boshqalarning oʻtib borishi yoʻli bilan barqaror tus oladi. Yanada barqarorlik boʻlishi uchun oʻzining ijtimoiy-siyosiy hamda hududiy tashkilotini tuzishga harakat qiladi. Ammo vaqt oʻtishi bilan Etnik birlik ning ayrim qismlari hududiy jihatdan ajralib ketish, turmush va madaniyatning koʻp tomonlarini oʻzlashtirish va boshqalar tilni qabul qilish holatlari ham uchraydi.
Kishilik jamiyati ijtimoiyiqtisodiy taraqqiyotning maʼlum bir bosqichida qabilalar uyushmasi hisoblangan Etnik birlik maʼlum bir tarixiy sharoitda, hududiy, iqtisodiy, til va madaniy umumiylik asosida shakllanadi va yangi turi vujudga keladi. qadimiy davrlarda vujudga kelgan yangi Etnik birlik ni ifodalash uchun "elat" atamasi qabul qilingan. Elat — Etnik birlik bosqichining qabila uyushmasidan keyingi turidir. Tarixiy taraqqiyot davomida esa Etnik birlikning keyingi turi — millat shakllana boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |