Identifikatsiya, autentifikatsiya, avtorizatsiya



Download 14,9 Kb.
Pdf ko'rish
Sana14.01.2022
Hajmi14,9 Kb.
#362154
Bog'liq
4-topshiriq-1



Identifikatsiya, autentifikatsiya, avtorizatsiya. 

Bu bazaviy tushunchalarning o‘rtasidagi farqni bilmay turib, axborot xavfsizligi sohasini 

o‘zlashtirib bo‘lmaydi. 

 

Bugun  biz  identifikatsiya,  autentifikatsiya,  avtorizatsiya  nima  ekanligini  va  ushbu  tushunchalar 



orasidagi farqni bilib olamiz. 

Identifikatsiya nima? 

Avvalambor ta’rifiga to‘xtalib o‘tsak: 



Identifikatsiya 

— bu subyektni, uning identifikatori (boshqachasiga aytganda bu ism, login yoki 

raqam bo‘lishi mumkin) yordamida tanib olish protsedurasidir. 

Identifikatsiya  biror-bir  tizimga  (masalan,  operatsion  tizimga  yoki  elektron  pochta  xizmatiga) 

kirishga uringan paytingizda amalga oshiriladi.

 

Murakkabmi? Keling unda misollarga o‘tamiz, birato‘lasi 



identifikator

  tushunchasiga to‘xtalib 

o‘tamiz. 

 

VKontakte ijtimoiy tarmog‘idagi identifikatorga misol 



Bizga notanish raqamdan qo‘ng‘iroq qilishsa nima qilamiz? To‘g‘ri, “Kim bu?” deb so‘raymiz, 

ya’ni ismini bilamiz. Ushbu holatda ism aynan 



identifikator

dir, suhbatdoshimizning javobi esa 

— 

identifikatsiya

 hisoblanadi. 

Identifikator bo‘lishi mumkin: 

- telefon raqami; 

- pasport raqami; 

- E-mail; 

- ijtimoiy tarmoqdagi sahifa raqami va hokazo. 



Autentifikatsiya nima? 

Identifikatsiyadan so‘ng autentifikatsiya amalga oshiriladi: 



Autentifikatsiya 

– bu haqiqiylikni tekshirish protsedurasidir (foydalanuvchi parol yordamida, xat 

elektron imzo yordamida tekshiriladi va hokazo) 

Kimningdir haqiqiyligini aniqlash uchun uch faktordan foydalanish mumkin: 

1. 

Parol

 – bu bizning bilganimiz (so‘z, PIN-kod, qulf uchun kod, grafik kalit) 

2. 

Vosita 

– bu bizdagi mavjud narsa (plastik karta, qulfning kaliti, USB-kalit) 

3. 

Biometrika 

– bu bizning muayyan bir qismimiz (barmoq izi, portret, ko‘z to‘r pardasi) 

 

Barmoq izi autentifikatsiya qilish uchun parol sifatida qo‘llanilishi mumkin 



Har  safar  qulfga  kalitni  kiritganingizda,  parolni  terganingizda  yoki  barmog‘ingizni  barmoq  izi 

sensori ustiga o‘rnatganingizda, siz 



autentifikatsiyadan o‘tasiz

Autentifikatsiya nima ekanligi tushunarli bo‘ldi, deb umid qilamiz va keyingi atamaga o‘tamiz. 



Avtorizatsiya nima? 

ID’ni  aniqlashtirib,  haqiqiyligi  tekshirilganidan  so‘ng  foydalanishga  ruxsat  berish,  ya’ni 

avtorizatsiya qilish mumkin hisoblanadi. 

Avtorizatsiya 

– bu qandaydir manba (masalan, elektron pochta)dan foydalanishga ruxsat berish. 

Keling ushbu jumboqli avtorizatsiya nima ekanligini misollarda ko‘rib chiqsak: 

- qulfda kalitni aylantirganimizdan so‘ng eshikning ochilishi; 

- parolni kiritganimizdan so‘ng elektron pochtaning foydalanish uchun ochilishi



- barmoq izi skanerlanganidan so‘ng smartfonning bloklanishdan chiqishi

-  pasport  va  hisob  raqamimiz  haqidagi  ma’lumotlar  tekshiruvidan  so‘ng  bankdagi  raqamidan 

foydalanish uchun ruxsat taqdim etilishi. 

 

Eshik ochildimi? Siz avtorizatsiyadan o‘tdingiz! 



Identifikatsiya, autentifikatsiya va avtorizatsiya munosabatlari 

Ehtimol, ushbu uch protseduraning bir-biri bilan bo‘g‘liq ekanligini taxmin qilib ulgurgandirsiz: 

1. Avval nom (login yoki raqam) aniqlashtiriladi – identifikatsiya; 

2. So‘ngra parol (kalit yoki barmoq izi) tekshiriladi – autentifikatsiya; 

3. Yakunda foydalanish uchun ruxsat beriladi – avtorizatsiya. 

 



Infografika: 1 — Identifikatsiya; 2 — Autentifikatsiya; 3 — Avtorizatsiya 

Avtorizatsiyaning  har  bir  bosqichi  diqqat  bilan  ko‘rib  chiqilishi, 



identifikator,  parol  va 

avtorizatsiya prinsipining o‘zi esa sir saqlanishi lozim



Topshiriq:  Har  bir  talaba  ixtiyoriy  sayt  yoki  elektron  pochtadan 



ro’yxatdan o’tish, identifikatsiya,autentifikatsiya va avtorizatsiyadan o’tishni 

.doc formatda tayyorlab topshiradi. 

 

Download 14,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish