Yangibozor tumani
5-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi
ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi
Qo’chqorova Muqaddasning
Adabiyot darslarida kichik sahna ko’rinishlaridan foydalanish .(Nodar Dumbadzening “Hellados” hikoyasi asosida )
mavzusidagi bir soatlik
OCHIQ DARS ISHLANMASI
Xorazm viloyati Yangibozor tumanidagi 5-son umumiy o’rta ta’lim maktabining ona tili va adabiyot o’qituvchisi Muqaddas Qo’chqorovaning o’tkazgan bir soatlik darsidan namuna.
5-sinf .Adabiyot.
Darsning mavzu : Adabiyot darslarida kichik sahna ko’rinishlaridan foydalanish .(Nodar Dumbadzening “Hellados” hikoyasi asosida )
Darsning maqsadi
ta’limiy maqsad : Nodar Dumbadzening “Hellados “hikoyasini o’rganish , o’quvchilarga hikoyaning g’oyasi Vatanni sevish ,xalqni , millatni e’zozlash , do’stlikni ulug’lash ekanligini anglatish .
tarbiyaviy maqsad : O’quvchilarni ona Vatanni sevish ruhida tarbiyalash .
rivojlantiruvchi maqsad : O’quvchilarning og’zaki nutqini rivojlantirish ,mustaqil va ijodiy fikrlash qobiliyatini kengaytirish .
Darsning shiyori : Adabiyot - biz uchun hayot .
Darsning turi : Yangi bilim berish .
Darsning usuli : Bahs – munozara .
Darsning jihozi : Darslik , mavzuga oid ko’rsatma plakati, rangli rasmlar, rangli tarqatmalar , gullar, baliqchalar , rag’bat va jarima qag’ozlari .
Darsning rejasi :
1).Aziz asrimizning aziz onlari … (Darsning tashkiliy qismi , navbatchi axboroti )
2).O’tgan kunning sabog’I …(O’tgan darsni mustahkamlash bilimsevarlar gulzorining gullari ila)
3).Yanguli bizning nigohimizda . (Kichik sahna ko’rinishlari ).
4).Aqliy hujim -SVOT tahlilda Yanguli timsoli .
5).Bilimdonlarbaholar , kundaliklar beshga to’lar …
6).Uyga topshiriq –Yanguli hamda Jamol timsollari VENN diogrammasi tahlilida
Darsning bayoni :
O’quvchilar “Adabiyot - biz uchun hayot “ shiori ostida darsni boshlashadi .
O’qituvchi : -Aziz bolajonlar “adabiyot” so’zi qaysi tildan olingan ? deya savol tashlaydi .
O’quvchilar : -“Adabiyot “ arab tilidan “adab” so’zidan olingan bo’lib “odob” degan ma’noni anglatadi .
O’qituvchi : -Ha, albatta , adabiyot bu bizning muazzam ruhimizni hasad toshlaridan halos etib havas durlari ila bezovchi , ko’ngillarga yaxshilik urug’ini sepib ezgulik nihollarini undirguvchi yolqindir .Aziz o’quvchilar bugungi darsda kim navbatchi ? (Navbatchi axboroti tinglanadi ).
Sinf o’quvchilari guruhlarga bo’linadi , guruhlar nomlanib , sardorlar –tartib posbonlari tayinlanadi
O’quvchilarning og’zaki nutqini rivojlantirish , dunyoqarashini kengaytirish maqsadida kichik she’rxonlik o’tkaziladi .
O’tilgan mavzuni mustahkamlash uchun savollar beriladi , savollar “Bilimdonlar bog’I”ning ramziy Bilog’on olma daraxtidan olinadi . Savollar quyidagilar“
1.Nodar Dumbadze qachon va qayerda tugilgan ?
2.Nodar Dumbadzening bolaligi haqida gapirining .
3.Adibning ilk asari qanday nomlangan ?
4.Adibni mashhur qilgan asari qaysi ?
5.”Hellodos” asari qachon yozilgan va asarning bosh qahramoni kim?
6.”Hellodos” asarining bosh g’oyasi nima edi ?
Savollarga javoblar olingach o’quvchilarga uy vazifasi qilib berilgan “Hellodos”asaridagi Yanguli timsolini gavdalantirgan chizilgan rangli rasmlar yig’ib olinib baholanadi .
Har bir guruh tamonidan uyga topshiriq qilib berilgan sahna ko’rinishlari namoyish qilinadi .
O’qituvchi guruhlar o’rtasida og’zaki bahs-munozarani SVOT tahlil asosida tashkil qiladi . Bunda Yungulining kuchli , zaif tarafi , imkoniyati , xavf-hatari jihatdan tahlil qilinadi .
KUCHLI
|
ZAIF
|
IMKONIYAT
|
XAVF-HATAR
|
Tahlildan so’ng guruhlarning o’zaro olingan ballari e’lon qilinadi va g’olib guruh aniqlanadi . O’quvchilar baholanib, baholari kundaliklariga qo’yiladi .
Uyga topshiriq : Hikoyani yana o’qib, tahlil qilib kelish .
Do'stlaringiz bilan baham: |