Bolalarga ilk iqtisodiy, huquqiy va ekologik tarbiya berish usullari



Download 66.5 Kb.
Sana22.10.2020
Hajmi66.5 Kb.

www.arxiv.uz

Reja:



  1. Maktabgacha yoshdagi bolalarga iqtisodiy tarbiya berish usullari.

  2. Konstitutsiya saboqlari” dasturining maqsad va vazifalari .

  3. Ekologik tarbiya berishda foydalanadigan usullari.


Jihoz:o`yinchoqlar, pul tasvirlangan qog`ozlar, suvni, havoni ifloslanishi bo`yicha rasmlar, jonivorlarga ozor berayotgan, o`simliklarning payhon qilinayotgani tasvirlangan rasmlar, bayroq, tamg`a rasmlari, flamaster rangli qalamlar.

Dars usuli:Tinglovchilar “Zanjir” usulida “iqtisodchi”, “tabiatchunos”, “huquqchi” so`zlarini aytishadi va 3 ta guruhga ajratiladi. Har qaysi guruh maktabgacha yoshdagi bolalarga (nomiga ko`ra-agar “iqtisodchi” lar guruhi bo`lsa) mashg`ulotlarda, voqeaband o`yinlarda, savdo qilish, arzon, qimmat, tovar, pul, barter, ishbilarmon tushunchalarini ochib beradi. Guruh a`zolari ish o`yinidan, tasviriy illustrasiyadan rekladan foydalangan holda ijodiy yondashadi.

“Tabiatshunoslar” guruhi maktabgacha yoshdagi bolalarni nafas oladigan havoni, suvni, yerni ifloslamaslik, jonivorlarga ozor yetkazmaslik, o`simliklarni payhon qilmaslikka o`rgatish bo`yicha o`z guruhini himoya qiladi.

“Huquqchilar” guruhi bolalarga nima mumkin, nima mumkin emas, davlat ramzlari, tug`ilib o`sgan o`lkasiga, ota-onasiga mehr-muhabbat uyg`otish masalalarini o`rgatish bo`yicha o`z guruhini himoya qiladi. O`qituvchi oxirida har qaysi guruhning chiqishini tahlik qiladi, to`ldiradi xulosalaydi.
Bolalarni iqtisodiy bilim, ko`nikma va malakalarni egallashga tayyorlash. Buning uchun maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning fikrlash doirasini kengaytirish va chuqurlashtirishga imkon beruvchi turli vaziyatlarni ishlab chiqish, bu vaziyatlarning yechish variantlarini amalga oshirishga sharoit yaratish; iqtisodiy bilimlarni egallashga zamin bo`luvchi mantiqiy, matematik fikrlarini rivojlantiruvchi o`yinlar kompleksini amalga oshirish zarur.

Ikkinchi bosqichni hayotga tadbiq etish yo`nalishlari

1. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning iqtisodiy savodxonlik darajasi mezonlarni ishlab chiqish. Shunga ko`ra dastur bo`limlarni integrasiya qilish.

“Matematika – iqtisodiy – mehnat”, tarbiya – iqtisodiy, “Ma`naviyat – iqtisod”, “Xorijiy tillar – iqtisod”, kabilar.

2. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar uchun “O`yinlar lobirinti” tizimini ishlab chiqish va amalda sinash.

3. “Tabiatdagi ta`lim” kompleksi dasturini yaratish. Bu kompleks dasturida maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga bevosita tabiatda o`yin tarzida tabiiy boylik, ne`matlarining iqtisodiy ahamiyatini ko`rsatuvchi ta`limiy, tabiat qo`ynidagi sog`lomlashtirish kabi tadbirlar aks etadi. Bunda xorijiy tillardan rus va ingliz tillarini o`rganishga iqtisodiy tushuncha va so`zlarni ishlatishga alohida e`tibor beriladi.

Hozirgi kunda bozor iqtisodiyotiga o`tish davrida hammaga, jumladan maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar ham iqtisodiy tarbiya bo`yicha boshlang`ich tushuncha berish muhimdir. Bu yoshdagi bolalarga iqtisodiy tarbiya bo`yicha tushunchalar maxsus ravishda tashkil qilingan mashg`ulot, dars shaklida emas, balki kundalik hayotda o`yin, mehnat faoliyatlari jarayonida bolalar ongiga singdiriladi.

Tarbiyachining mohirlik bilan bolaning yosh xususiyattini, o`zlashtira olish darajasini hisobga olgan holda sharoit yaratishi muhim ro`l o`ynaydi.

Bolalar bog`chasining maktabga tayyorlov guruhida iqtisodiy tarbiya bo`yicha tushunchalarni hosil qilishga yordam beradigan alohida burchak yoki imkoniyati bo`lsa alohida xona tashkil qilish lozim. Xona yoki burchakda “Do`kon-do`kon”, “Maktab- maktab”, “Bozor-bozor”, o`yinlarini o`ynash uchun tubandagi anjomlar bo`lishi kerak.


  1. Do`konchining qalpoqcha va xalati

  2. Oyinchoqlar rastasi

  3. O`quv qurollari rastasi

  4. Mevalar rastasi

  5. Sabzavotlar rastasi

  6. Kassa

  7. Tarozi

  8. Xaridorlar uchun sumkalar.

  9. Qog`ozdan yasalgan pullar

Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar turli xil voqeaband ijroli o`yinlar o`ynash orqali iqtisodiy tarbiyaga oid quyidagi oddiy tushunchalarni o`zlashtirib oladilar.

Narx sifatsiz narsa

Tovar tejamkorlik

Pul zarar

Arzon foyda

Qimmat barter

Sifatli narsa valyuta

Bank biznesmen

Reklama

Bundan mamlakatimizning iqtisodiy va ma`naviy hayoti har tomonlama sog`lom, quvvatli salohiyatga ega bo`ladi. Ular davlatimizning asosiy Qonunini mukammal bilishi, uning me`yorlariga rioya qilgan holda ish yuritishlari kerak.

Maktabgacha ta`lim muassasalarida Konstitutsiyani o`rganish “Konstitutsiya saboqlari” maxsus kursi o`rgatiladi.

Har bir bola o`zining inson eng ulug` zot ekanligini, boshqa tirik mavjudotlardan nima bilan ajralib turishini go`dakligidan qalbi bilan his qilishi kerak.

Maktabgacha ta`limda huquqiy ta`lim-tarbiya berish 3 bosqichda olib boriladi.


  1. o`rta yosh (3-4 yosh)

  2. katta yosh (4-5 yosh)

  3. maktabga tayyorlov davri (6-7 yosh)

Dasturning maqsadi bolalarda, umumiy axloq me`yorlari talablariga javob beradigan, ularning shaxs sifatida kamol topishiga asos oladigan bilim, ko`nikma va malakalarni shakllantirishdan iborat.

Dasturning vazifalari:

- bolalarda hayotdagi ijodiy va salbiy holatlarga nisbatan sezgirlikni tarkib toptirish;

- umumiy axloq ko`nikmalarini rivojlantirish, kattalar, tengdoshlari fikrli bilan hisoblashish, zarur bo`lganda o`zining qarashlarini himoya qilishga o`rgatish;

- davlat, uning ramzlari, Konstitutsiya va qonunlar to`g`risidagi ilk tasavvurlarini tarkib toptirish;

- maktabgacha ta`lim yoshidagi bolalarga ilk huquqiy ta`lim-tarbiya berishda bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga olish zarur. Huquqiy qoidalarni bayon qilib berishda o`yin usullaridan foydalanish tavsiya qilinadi. Bolalarga ilk huquqiy tushunchalarni berish orqali ularni qonun-qoidalarga tioya qilishlariga erishiladi. Huquqiy ta`lim mujassam mashg`ulot tarzida o`rta (3-4 yosh), katta (4-5 yosh) va maktabga tayyorlov davr (6-7 yosh) larida tevarak-atrof, tabiat bilan tanishtirish, badiiy adabiyot, odobnoma mashg`ulotlarini mujassamlantirib, har bir yo`nalishni bir-biriga moslab, uzviy ravishda olib boriladi.

O`rta yosh davri (3-4 yosh)

- bolalarda tug`ilib o`sgan joyi, ona vatanga nisbatan mehr-muhabbatni tarbiyalash – 1 mashg`ulot.

- oila a`zolari ota-ona, aka-uka,opa-singillariga nisbatan bo`lgan hurmat hissini tarbiyalash – 1-mashg`ulot

- mumkin, mumkin emas, yaxshi, yomon kabi tushunchalarni farqlay olishga hamda uning ma`nosini tushunishga o`rgatish – 1-mashg`ulot

- bolalarni odob saqlash, intizomli bo`lish, asrab-avaylashga o`rgatish – 1-mashg`ulot
Jami: 5 ta mavzu

Katta yosh davri (4-5 yosh)

- bolalarning tug`ilib o`sgan Ona-Vatani, shahar, qishlog`I, mahallasi, xalqi, urf-odatlari, tarixiy joylari haqida ilk tushunchalar berish – 2-mashg`ulot

- O`zbekiston Respublikasi ramzlari: bayroq, gerb, madhiya bilan tanishtirish hamda ularga hurmat bilan qarashni tarbiyalash 2-mashg`ulot

- bolalarda harbiy qo`shinlarga nisbatan qiziqish uyg`otish orqali botirlik, jasurlik, vatanparvarlik tuyg`usini sindirib borish – 1 mashg`ulot

- bolalarga tartib-intizom qoidalarini o`rgatishda davom etib, yaxshi, yomon, mumkin emas degan tushunchalarini rivoyatlar orqali tushuntirib borish – 1mashg`ulot

O`zbekiston Respublikasining davlat tili – o`zbek tili ekanligini turli shakllarda (tez aytish, maqollar o`rgatish, sh`er yodlash orqali hamda ertaklar aytib berish orqali) bolalarga tushuntirishda davom etish – 1 mashg`ulot

Maktabga tayyorlov davri (6-7 yosh)

Mustaqil O`zbekiston haqidagi tushunchalarini kengaytirish, erkinlik, ozodlik, o`z davlat tiliga ega bo`lish, milliy bayramlarni qayta tiklanganligi to`g`risida tushunchalar berib borish – 2 mashg`ulot

O`zbekiston Respublikamizning ramzlari: bayroq, gerb, madhiya haqidagi olgan bilimlarini yanada mustahkamlash, milliy valyutamiz haqida bilim berish – 1 mashg`ulot

Konstitutsiyamizning bolalarga o`rgatiladigan moddalari (1,4,5,6,29,36,37,40,41,49,50,52,55,64,54,68,70,89,122,126) ni bolalar ongiga yetkazib borish – 3 mashg`ulot

Bolalar qalbida o`zbek millati, uning tili, urf-odatlariga mehr-muhabbat va hurmat hislarini tarkib toptirish, milliy faxrlanish hissini tarbiyalash. Shaxs sifatida bolani o`zini anglashga o`rgatish – 1-mashg`ulot

Milliy bayramlarimiz Mustaqil kuni, Navro`z, xayit va boshqalar haqida tushunchalar berish. Ma`naviy merosimizni asrash, ularni o`rganish burchimiz ekanligini tushuntirib borish – 1 mashg`ulot

Jami: 8 ta mavzu

Tarbiyachi 20 ta mavzuni mashg`ulotlar va kundalik faoliyatda o`yinlar orqali konstitutsiya moddalarning mazmunini bolalar ongiga singdiradi.

Yer kurrasidagi barcha insonlar kundalik faoliyatda doimo yer, suv, havodan foydalanadi. Yer, suv, qanchalik toza bo`lsa inson salomatligi ham shunchalik yaxshi bo`ladi.

Istaimizmi, yo`qmi har kuni chiqindi chiqadi. Yosh-u, keksa o`sha chiqindilar bilan yer, suv, havoni ifloslantirmaslik bo`yicha bosh qotirishi juda foydali. Nafas oladigan havo, iste`mol qiladigan suvning toza bo`lishi lozimligini tushunib yetmagan kimsalar tabiatga oqilona munosabatda bo`la olmaydilar.

Ajdodlarimiz asrlar maboynida qir va tog`larni, ko`l va daryolarning tozaligini, yer osti, yer usti boyliklarini saqlay olganlar. Hatto suvga tuflashni gunoh deb hisoblashgan.

Bunday tushunchajarni bolalikdan boshlab singdirish yaxshi samara beradi.Donishmandlar fikriga ko’ra, bolaning besh yoshgacha olgan tarbiyasi, butun umr bo’yi olgan tarbiyasining ko’pchilik qismini tashkil qiladi. Shu bois, maktabgacha yoshdagi bolalarda ,,Uchinchi mingyillikning bolasi’’ dasturi asosida tabiatga nisbatan ehtiyotkorona munosabatda bo’lish, jonivorlarga ozor bermaslik kabi tushuncha va tasavvurlar hosil qilinadi.

Bu vazifalar kundalik faoliyatda mashg`ulotlar, o`yinlar jarayonida amalga oshiriladi. Tarbiyachi qaysi mashg`ulot bo`lishidan qat`iy nazar bolalarga qanday qilib ekologik tarbiya berishni o`z oldiga maqsad qilib qo`yishi kerak. Tabiat bilan tanishtirish mashg`ulotida jonivorlar, o`simliklar, mevalar bilan tanishtirishda ular haqida bilim ko`nikma hosil qilish bilan birga, ularga toza yer, sof havo, ifloslanmagan suvning zarurligi bilan bog`liq bo`lgan turli xil topshiriqlar bajartiriladi va o`yinlar o`ynatiladi. Masalan, “Baliqning ko`lga borishiga yordam ber” labirint o`yinida baliq, yo`lakchalar, yonida zavod chiqindilari tushayotgan ko`l, bola baliqning toza suvga borishi uchun to`g`ri yo`l ko`rsata bilishi kerak. Aks holda baliqni o`ldirib qo`yadi.

Rasm mashg`ulotida tarbiyacha bolalarning rasm qog`oziga bulut va yomg`ir, daraxtlar, avtomobil, uy, quyosh nuri, qush, gul, baliq, inson, zavod rasmlarini chizib qo`yadi. Bolalarga qaysi narsalar yerni, havoni, suvni ifloslantirsa ularni aylana ichiga oling yoki yoniga yulduzcha yasang topshig`ini beradi.

Har bir guruhda inson himoyachisi obrazini yumshoq o`yinchoq qilib tayyorlash va undan kundalik faoliyatda foydalanish lozim. Uni shunday tayyorlash kerakki, og`zi, ko`zi, qulog`I o`zgartirilib xursand yoki xafa holatiga tushsin. Yashaydigan joyning toza bo`lishi uchun o`yinchoqlarni sindirib chiqindiga aylantirmaslik, gullarni changini artish, bargini gulini uzmaslik, payhon qilmaslik, daraxt shohini sindirmaslik, ularni parvarish qilish jonivorlarga ozor bermaslik foydali ekanligi tushuntiriladi. Inson himoyachisining bunday ishlarni ya`ni yaxshi ishlarni ko`rganda xursand, yomon ishlarni ko`rganda hafa bo`lishi bilan bog`langan holda bolalarga topshiriq beriladi. Masalan, inson hi,oyachisi obrazini quloqlari shalpayib pastga qaragan, lunjlari osilib hafa holati tarbiyachi tomonidan ko`rsatilsa, bolalar, daraxt shohini sindirayotgan, qushlarga tosh otayotgan bolalar rasmi tushirilgan kartochkalarni topib ko`rsatishi kerak yoki aksincha.

Shuningdek, mumkin, bo`lmagan ishlar bilan bog`liq bo`lgan rasmlar qator qilib qo`yiladi. Bolalar qaysi birini qilish mumkin emas bo`lsa, shu rasmning tagiga ikkita tayoqchani ayqashgan ko`rinishda (X) qo`yib chiqadi va bajargan ishlarni gapirib beradi. Masalan, jo`mrakdan suv oqayotgan rasmning tagiga ikkita tayoqchani ayqashgan ko`rinishda (X) qo`yadi, qushlarga in qurayotgan bola tasviri tushirilgan rasmning tagiga esa hech narsa qo`yilmaydi va hakozo.

Tarbiyachi bunday usullar orqali O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasidagi “Fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo`lishga majburdirlar”, “yer, yer osti boyliklari, suv, o`simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zahiralar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir” degan 50-55 moddalarning mazmunini bolalar ongiga singdiriladi.

Bolalarga ekologik tarbiya berishda ularning yosh xususiyatlari nazarda tutiladi. 4-5 yoshdagi bolalarda mashinalar havoni ifloslantirishi velosiped esa ifloslantirmasligi to`g`risida tasavvur hosil qilinadi. Mustahkamlash uchun mashina va velosipedlarning rasmli kartochkalar har qaysi bolaga tarqatiladi.

Qaysi biri havoni ifloslantirsa o`ng qo`lda, ifloslamaydiganini esa chap qo`lda yuqoriga ko`tarib ko`rsatish topshirig`I beriladi. 6-7 yoshli bolalarga bir muncha murakkablashtiriladi. Kartochkaga birinchi qatorda 6 ta yengil mashina, ikkinchi qatorda bitta avtobus, uchinchi qatorda 8 ta velosiped rasmlari tasvirlanadi. Bu transport vositalarining havoni ifloslantirishiga ko`ra 1,2,3 raqamlarini qator boshiga qo`yish topshirig`I beriladi.



Maktabgacha yoshdagi bolalarda ekologik tarbiyaning shu tarzda boshlang`ich elementlari hosil qilinsa, kelajakda albatta o`z samarasini bermasdan qolmaydi.
Download 66.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
davlat pedagogika
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
guruh talabasi
samarqand davlat
toshkent axborot
nomidagi samarqand
toshkent davlat
haqida tushuncha
ta’limi vazirligi
xorazmiy nomidagi
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
tashkil etish
Alisher navoiy
rivojlantirish vazirligi
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
таълим вазирлиги
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
o’rta ta’lim
bilan ishlash
ta'lim vazirligi
fanlar fakulteti
махсус таълим
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
umumiy o’rta
Referat mavzu
fanining predmeti
haqida umumiy
Navoiy davlat
fizika matematika
universiteti fizika
Buxoro davlat
malakasini oshirish
davlat sharqshunoslik
Samarqand davlat