Hibiscus esculentus



Download 41,49 Kb.
bet1/3
Sana01.12.2022
Hajmi41,49 Kb.
#876185
  1   2   3
Bog'liq
Dissertatsiya Bamiya


BAMIYA (Hibiscus esculentus L.)

Dissertasiya mavzusining dolzarbligi va zaruriyati.Dunyo bo‘yicha bamiya bugungi kunda jami 120 ming gektardan ortiq maydonlarda etishtirilib kelinmoqda. Birgina 2019 yilda 10,1 mln tonnadan ortiq,jumladan “Hidistonda 6,5 mln tonna,Xitoyda 6,0 mln tonna, Nigeriyada 3,6 mln tonna, Sudanda 3,2 mln tonna, Malida 2,8mln tonna, Kot-d’Ivuarda 1,7mln tonna, Pokistonda 1,2 mln tonna, Kamerunda 1,0 mln tonna, Ganada 74 ming tonna va Iroqda 68 ming tonnadan ortiq maxsulot etishtirilgan”.


Mamlakatimiz tupuroq-iqlim sharoitlari uchun yangi bo‘lgan ushbu sabzavot turning hosildorligi yuqori, kasalliklarga chidamli, sifatli va tarkibi qimmatli moddalarga boy navlarini introduksiya qilish, yangi navlarini yaratish va etishtirish texnologiyalarini ishlab chiqish mamlakatda sog‘lom ovqatlanish asosi bo‘lgan sabzavot ekinlari assartimentini yanada kengaytirish imkonini beradi.
Dunyoda bamiyaning qurg‘oqchilikka chidamli, yuqori hosildor yangi nav namunalarini yaratish, in-vitro usulida ko‘paytirish, maqbul ekish sxemalari, muddati va mevalarining biyokimyoviy tarkibini yaxshilash bo‘yicha ilmiy-tadqiqotlar olib borilmoqda. Ko‘plab mamlakatlarda sabzavot turlari va ularning asartimentini ko‘paytirish ham muhum ilmiy yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Masalan, hozirgi vaqtda Yaponiyada sabzavot turlari 180-200. Rossiyada 80-90, Yevropada 100-120 xilga etkazilgan. Mamlakatimizda ham sabzavotlar xilma-xilligini ko‘paytirish uchun yangi sabzavot ekinlarini o‘rganish, istiqbolli tur va navlarini mahalliylashtirish, ularni etishtirish texnologiyalarini ishlab chiqish, urug‘chiligini tashkil qilish bugungi kunning dolzarb masalalaridan hisoblanadi.
Respublikamizda so‘ngi yillarda aholining oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, sabzavot mahsilotlariga bo‘lgan ehtiyojini to‘la qondirish, qishloq xo‘jaligini diversiyfikasiya qilish,er-suv resurslaridan yanada oqilona foydalanish, eksportbob mahsulotlar etishtirish orqlidehqon va fermer xo‘jaliklarining daromadini oshirish borasida keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda . O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning 2017-2021 yillarga mo‘ljalangan Harakatlar strategiyasida “…paxta va boshoqli don ekiladigan maydonlarni qisqartirish, bo‘shagan yerlarga kartoshka, sabzavot, ozuqa va moy olinadigan ekinlarni ekish, shuningdek,yangi intensev bog‘ va uzumzorlarni joylashtirish hisobiga ekin maydonlarini yanada optimallashtirish” muhim strategik vazifalardan biri qilib belgilab berilgan. Shu boiz mamlakatimizda sabzavot turlarini kengaytirish,yangi noan’anaviy sabzavotlarini iqlimlashtirish, hosildorligini tubdan oshirishga qaratilgan innovatsion agrotexnologiyalarni qishloq xo‘jaligiga keng joriy qilish taqoza etiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezdentining 2020-yil 18 maydagi PF-5995-son <>gi, 2019-yil 23 oktabrdagi PF-5853-son << O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030-yillarga mo‘ljalangan strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida>>gi, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 25 avgustdagi 504-son <>gi hamda 2020-yil 25 avgustdagi 505-son <>gi farmon va qarorlari hamda boshqa meyyoriy xujjatlarda ko‘rsatilgan vazifalarni amalga oshirishga ushbu dissertasiya tadqiqoti muayyan darajada xizmat qiladi.


Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlariga mosligi. Maskur dissertasiya tadqiqoti fan va texnologiyalar rivojlanishining V. <> ustuvor yo‘nalishi doirasida bajarilgan.
Muammoning o‘rganilganlik darajasi. Bamiya dunyoning ko‘plab mamlakatlarida etishtirib kelinadi, shu sabali ushbu ekin turini turli tuproq-iqlim sharoitlarida o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligi bo‘yicha xorijiy mamlakatlarida S.S.Berlyand, X.D.Daskalov, E.S.Gabrielyan, J.S.Anna, S.Mini, E.Dyuzman, H.Vurtal, F.O.Olasantan, N.J.Olasantan, N.J.Bello, P.G.Home,G.Rudrava, K.R.Bhanu, J,yadov J.Srivastava, B.Singh, R.Kumar, Xitoyda Lai Liming, Ren Ji-jun, Wang Ying-Yi, Li Jing-Hua; respublikamizda N.S.Bakuras,I.I.Pugachev, L.G.Kalyagina,respublikamiz sharoitlarida esa V.I.Zuev, O.Qodirxo‘jayev, B.Yo.To‘xtayev, N.K.Safarova va boshqa olimlar tomonidan ilmiy tadqiqotlar olib borilgan.
Mualliflar tomonidan bamiya etishtirish uchun nav tanlash,maqbul ekish sxemalari, ekish muddatlari va o‘simliklarni joylashish qalinligi va ularning urug‘chiligini tashkil etish tamoillari yaratilgan.Xususan,har xil muddatda etishtirish uchun muayyan mintaqalar tuproq-iqlimiga mos navlarni tanlash,o‘simliklarni qulay sxemalardava muddatlarda ekish,navlarga xos agrotexnikalarni qo‘llash,sug‘orish,oziqlantirish va boshqalar bo‘yicha tavsiyalar berilgan.
Bugungi kunda sabzavotchilikning iqtisodiy samaradorligini oshirish va uning assartimentini kengaytirish orqali aholining oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va sog‘lom ovqatlanish portfelini yaratish bo‘yicha qator ilmiy va amaliy ishlar olib borilmoqda. Shu munosabat bilan ushbu dissertasiyya tadqiqotiga ko‘ra,bamiyani sabzavot ekini sifatida etishtirishga yaroqli nav namunalarini tanlash, maqbul ekish sxemalari,muddati va mevalarini biyokimyoviy tarkibini aniqlash muhim ahamiyatga ega bo‘lib,bamiyani marfologik,biologic va xo‘jalik xususiyatlarini o‘rganish asosida uni etishtirish texnologiyalarining muhim elementlarini ishlab chiqish
Respublikamiz sharoitida ushbu noan’anaviy sabzavotni etishtirishda yuzaga keladigan qator muammoli masalalar echimini beradi.
Dissertasiya tadqiqotining dissertasiya bajarilgan oliy ta’lim yoki ilmiy-tadqiqot muassasasining ilmiy-tadqiqot ishlari rejalari bilan bog‘liqligi.Dissertasiya tadqiqoti Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institute ilmiy-tadqiqot ishlari rejasining № QX-A-QX-2018-118 <> mavzusidagi amaliy loyixa doirasida bajarilgan (2018-2020 yy).
Tadqiqotning maqsadi bamiyaning yangi nav namunalarini intraduksiya qilish, ularning morfa-biologik va xo‘jalik belgilarini baholash hamda etishtirish texnologiyasining muhim elementlarini ishlab chiqishdan iborat.
Tadqiqotning vazifalari quydagilardan iborat;
bamiya o‘simligi nav namunalarini morfa-biologik va xo‘jalik belgilarini baholash asosida istiqbolli nav namunalarini tanlash;
bamiyadan erta, yuqori va sifatli xosil olish uchun maqbul ekish muddatlari,sxemalari va oziqlanish maydonini aniqlash;
o‘simlikdagi xo‘jalik ko‘rsatkichlarining ekish sxemasiga va ekish muddatiga o‘zaro bog‘liqlik korrelysiya koeffisientini (r) aniqlash;
ajratilgan nav namunalarining dastlabki va tanlov sinovini tashkil etish va eng istiqbollilarini qishloq xo‘jaligi ekinlari davlat nav sinash komissiyasiga topshirishdan iborat.
Tadqiqotning ob’ekti sifatida bamiyaning 11 ta << Burgundiya>>, <>, <>, <>, K-36, K-19, K-176, K-248, K-226, K-224 nav namunalari urug‘lari, o‘simliklari,poyalari,barglari, mevalari xizmat qilgan.
Tadqiqotning predmeti bamiyaning 11 ta nav namunalarini sinash, 5 ta ekish muddatlari va 5 ta ekish sxemalari hisoblanadi.
Tadqiqot usullari: Tadqiqotlar V.F.Belikning <<Методика полового опыта в овощеводстве и бахчеводстве>> (1992) va <<Методика физиологичискихи биохимеческих исследований в овощеводстве и бахчеводстве>> (1987), B.J.Azimov, B.B.Azimovlarning <> (2002) uslubiy qo‘llanmalari asosida olib borilgan va natijalarning statistic tahlili Б.А.Доспеховнинг <<Методика полевого опыта>> (1985) dispersion uslubi asosida Microsoft Excel dasturi yordamida amalga oshirilgan.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi quydagilardan iborat:
Ilk bor respublikaning markaziy mintaqasi tuproq-iqlimi sharoitida bamiyaning (Hibiscus esculentus L.) 11 ta nav namunalari morfo-biologik va qimmatli xo‘jalik belgilarini kompleks baholash asosida istiqbolli K-36, K-248 va K-194 nav namunalari boshlang‘ich manba sifatida ajratilgan;
Bamiyani aprel oyining ikkinchi va uchunchi o‘n kunligida 70x40 sm sxemada 0,28 m2 oziqlanishi maydonida, gektariga 35714 dona ko‘chat qalinligida etishtirish ushbu sabzavotdan yuqori (14,1 t/ga) va sifatli hosil olish imkonini berishi isbotlangan;
Tanlangan istiqbolli navlardagi xo‘jalik-qimmatli belgilarning ekish sxemasiga (g=0,78+0,09),ekish muddatiga (g=0,86+0,12) bog‘liqliq korrelyasiya koeffisintining yuqoriligi aniqlangan;
Ajratilgan nav namunlarning dastlabgi va tanlov sinovini tashkil etish asosida tezpishar,serhosil,respublikaning markaziy mintaqasi iqlimi sharoitiga mos <>, <> va <> navlari yaratilgan.
Tadqiqotning amaliy natijalari quyidagilardan iborat:
Introduksiya qilingan bamiyaning kolleksion nav namunalari morfobiologik va xo‘jalik belgilarini baholash asosida istiqbolli K-36, K-248,K-194,<>, <> kabi nav namunalarini respublikamizning markaziy mintaqasi sharoitida etishtirish mumkunligi aniqlangan;
Bamiyani aprel oyining uchunchi o‘n kunligida ekilganda uning hosildorligi nazorat muddatda ekilganga nisbatdan gektariga 2,7tonna (24,1%),ko‘chatlarni 70x40 sxemada ekilganda esa nazorat ekish sxemasiga nisbatan gektariga 0,5 tonnaga (4,9 %) oshishi aniqlangan;
yakka tanlov asosida ajratilgan navlarga <,Toshkent tuhfasi>>, <> va <> nomi berilgan,ularning dastlabki sinovi o‘tkazilgan va Qishloq xo‘jaligi ekinlari davlat nav sinash komissiyasiga taqdim etilgan;
yangai ekin turi bo‘lgan bamiyani etishtirish bo‘yicha namunaviy texnologik karta ishlab chiqilgan va Qishloq xo‘jaligi vazirligiga taqdim qilingan.
Tadqiqot natijalarining ishonchliligi laboratoriya va dala tajribalarining aprobasiyadan o‘tkazilib,ijobiy baholanganligi, nazariy va amaliy natijalarning bir-biriga mos kelganligi, tadqiqot natijalarining xalqoro va mahalliy tajribalar bilan taqqoslanganligi, kuzatilgan qonuniyatlar va olingan xulosalarning mosligi,natijalarning ishlab chiqarishga joriy etilganligi, tajriba natijalarning xalqaro va respublika miqiyosidagi ilmiy-amaliy anjumanlarda bayon etilganligi hamda mahalliy va xorijiy nashirlarda maqolalar chop etilganligi bilan izohlangan.
Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. Tadqiqot natijalarning ilmiy ahamiyati bamiyaning respublikamizni markaziy iqlim sharoitiga mos istiqbolli navlari introduksiya qilinganligi, bamiyani ekish muddatlari va ekish sxemalari bilan o‘simlikning biometrik va morfologik ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi korrelyasi koeffisientining (r) aniqlanganligi bilan izohlangan.
Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati yakka tartibdagi tanlov asosida bamiyaning <>, <> va <> navlari olinganligi, bamiyadan ertagi,yuqori va sifatli hosil etishtirish imkonini beruvchi maqbul ekish muddatlari,sxemalari aniqlanganligi hamda respublikaning markaziy mintaqasi uchun yangi ekin turi bo‘lgan bamiyani etishtirish bo‘yicha namunaviy texnologik karta ishlab chiqilganligi bilan belgilanadi.
Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Noan’anaviy sabzavot ekinlaridan bamiya introduksiyasi,uni etishtirish texnologiyasining ayrim elementlarini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlar asosida:
bamiyaning tezpishar,serhosil,respublikamiz iqlim sharoitiga mos <>, <> va <> navlari yaratilgan va qishloq xo‘jaligi ekinlari nav sinash markaziga taqdim etilgan (Qishloq xo‘jaligi ekinlari nav sinash markazining 2020 yil 3-noyabrdagi т-б/1-09-571-сон ва (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 24-noyabrdagi 02/029-3931-son va ma’lumotnomalari).Buning natijasida dastlabki nav sinovida ushbu navlar yuqori,ya’ni gektaridan mos holda 14,1; 13,3 va 12,9 tonna hosil bergan;
dehqon va fermer xo‘jaliklari uchun <> hamda bamiya etishtirish bo‘yicha naminoviy texnologik karta ishlab chiqilgan va tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 24-noyabrdagi 02/029-3931-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma va texnologik karta fermer xo‘jaliklarida bamiya etishtirishda amaliy qo‘llanma sifatida xizmat qilmoqda;
Toshkent viloyati sharoitida yangi ekin turi bo‘lgan bamiyani etishtirish ishlanmasi Toshkent viloyati Toshkent tumani <> MCHJda 0,50 gektar, Qibray tumani <> fermer xo‘jaligida 0,80 gektar <> MCHJda 1,20 gektar,Qashqadaryo viloyati kitob tumani <> fermer xo‘jaligida 0,20 gektar, jami 2,70 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 24-noyabrdagi 02/029-3931 son ma’lumotnomasi).Buning natijasida,<> navidan 13,6-13,9 t/ga, va <> navidan 10,9-11,0 t/ga, <> navidan 10,8-11,3 t/g ava <> navidan 10,2-10,8 t/ga hosil olingan.Nav namunalarining rentabellik darajasi 94-96% sof daromad 20-23-million so‘mni tashkil etgan;
bamiya ekish muddatlarini hosildorlikka ta’siri ishlanmasi Toshkent viloyati Toshkent tumani <> MCHJda 0,20 gektar,Qibray tumani <> fermer xo‘jaligida 1,10 gektar, <> MCHJda 0,45 gektar Qashqadaryo viloyati kitob tumani <<СПЭ va КИТИ ning Qashqadaryo ilmiy tajriba stansiyasida>> 0,10 gektar, jami 1,85 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 24-noyabrdagi 02/029-3931-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida,olingan hosil 30 aprelda ekilgan o‘simliklarda nazorat muddatiga nisbatan 0,3-0,8 t/ga yuqori bo‘lgan va rentabellik darajasi 110 foiz,sof daromad 18-20 million so‘mni tashkil etgan;
bamiyani ekish sxemalarini hosildorlikka ta’siri ishlanmasi Toshkent viloyati Toshkent tumani <> MCHJda 0,30 gektar,Qibray tumani <> fermer xo‘jaligida 0,65 gektar << Firdavs Javdadbek invest>> MCHJda 1,13 gektar, Qashqadaryo viloyati Kitob tumani <>fermer xo‘jaligida 0,20 gektar,jami 1,38 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 24-noyabrdagi 02/029-3931 son ma’lumotnomasi). Buning natijasida,olingan qo‘shimcha xosildorlik nazorat sxemasiga nisbatan 70x40 ekish sxemasida 0,5-0,9 t/ga yuqori bo‘lgan va rentabellik darajasi 71 foiz,sof daromat 15-18 million so‘mni tashkil etgan.

Download 41,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish