Habib Muhammedovich Abdullayev



Download 100,03 Kb.
Pdf ko'rish
Sana09.03.2022
Hajmi100,03 Kb.
#487141
Bog'liq
Habib Abdullayev - Vikipediya



Habib Abdullayev
Habib Muhammedovich Abdullayev (31-iyul, 1912 – 20-iyun, 1962) 
oʻzbek
 
sovet
 
geologi
,
OʻzSSR Fanlar Akademiyasi akademigi (1947-yildan) va prezidenti (1956-1962) boʻlgan.


Oʻrta Osiyo industriya institutining konchilik fakultetini tugatgach (1935), geol.-razvedka
partiyasi boshligʻi. Keyinroq Oʻzbekistondagi Langar volfram-molibden konining geologik
tuzilishi, mineral tarkibi va hosil boʻlishini tadqiq qildi. 1940-yildan Oʻrta Osiyo industriya
institutining foydali qazilmalar kafedrasida do-sent, soʻngra shu institutda direktor, 1942-
yildan Oʻzbekiston hukumati raisining oʻrinbosari, 1944-yildan ayni vaqtda Dav-lat plan
komissiyasi raisi. 1946-yil „Oʻrta Osiyoning sheelitli skarnlari geologiyasi“ mavzuida doktorlik
dissertatsiyasini yoqladi va bu asar 1947-yilda nashr etildi.A. 1947-yildan Oʻzbekiston Fanlar
Habib Muhammedovich Abdullayev
Tavalludi
31-iyul 1912-yil 
Aravon

Fargʻona
Vafoti
20-iyun 1962-yil
(49 yoshda) 
Istiqomat joylari
OʻzSSR
Fuqaroligi
OʻzSSR
Millati
oʻzbek
Sohasi
Geologiya
Alma mater
Toshkent politexnika instituti
Mashhur sovrinlari
 
 
 
Biografiyasi


Akademiyasi vitse-prezidenti. Ayni vaqtda Geologiya instituti direktori hamda uning
Petrologiya va metallogeniya boʻlimi rahbari. A. 1952 – 55 yillarda Oʻzbekiston Fanlar
Akademiyasi texnika va geol.-kimyo fanlari boʻlimining raisi, 1955–56 yillarda Oʻzbekiston
hukumati raisining oʻrinbosari va 1956-yildan Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi prezidenti. A.
1959-yilda ruda paydo boʻlishining granito-id intruziyalar bilan genetik bogʻliqligi sohasidagi
ilmiy ishi uchun yuksak mu-kofot bilan taqdirlangan. U endogen ruda hosil boʻlishi
nazariyasini rivojlan-tirdi. 130 dan ortiq ilmiy asar (jum-ladan, 7 monografiya) yozgan. A.
Toshkent va Moskvada nashr etilgan koʻpgina moʻ’tabar ilmiy jurnallar, toʻplamlar, ilmiy-
ommabop nashrlarning masʼ-ul muharriri, tahrir hayʼati aʼzosi edi, jumladan Oʻrta Osiyoda
birinchi – „Oʻzbekiston geologiya jurnali“ni tash-kil qildi va uning masʼul muharriri boʻldi.A.
volfram, qalay, rangli va qora metallar ruda konlarining turli yoʻllar bilan hosil boʻlganligini
koʻrsatib berdi. A. ruda paydo boʻlish jarayonlarini mag-matizm hamda bu jarayonlar roʻy
beradigan geologik muhit taʼsiri bilan chambar-chas bogʻliq ekanligini aniqladi. Uning
bevosita ishtiroki va rahbarligida „Chatqol-Qurama togʻlari magmatizmi va
metallogeniyasining asosiy xususiyatlari“ monografiyasi yaratildi (1957), „Oʻrta Osiyo
magmatizmi va rudalanish jarayoni“ asari nashr etildi (1960).A.ning soʻnggi turkum ishlaridan
biri „Rudapetrografiya provinsiyalari va ularni tasniflash masalalari“ (1961) boʻldi. Jahondagi
barcha yirik ruda konlari shakllanish xususiyatlariga bagʻishlangan „Metallogeniya – foydali
qazil-ma konlarini qidirib topishning geologik asosi“ monografiyasi uchun 1970-yilda
(vafotidan keyin) Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti berilgan.A.ning geol.ga oid
nazariy fikrla-9ri amaliyotda tasdiqlandi. U birinchi boʻlib Oʻrta Osiyoni alohida metalloge-nik
maxsus provinsiya sifatida ajrat-di. Skarnlar tuzilishi, ruda uchraydigan va ruda hosil
boʻladigan skarnlar mav-judligi qayd etildi. A.ning rudalarning granitoid intruziyalar bilan
bogʻliq ravishda hosil boʻlishiga doir asarlari ilmiy munozaraga sabab boʻldi. Asarlarda
konlarning intruziyalardan uzoq-yaqinligiga qarab tasniflanganligi El-shonsning mavhum
batolit konsepsiyasi-dan tubdan farq qiladi. A. Oʻrta Osiyoga doir tadqiqotlarini tahlil qilib, ki-
chik intruziyalar oʻchogʻi bilan rudali jin-slarning umumiyligini hamda magma-tizm bosqichlari
bilan bogʻliq boʻlgan ruda hosil boʻlish jarayonlarining takrorla-nib turishini koʻrsatib berdi.
A.ning soʻnggi asarlarida ayrim joylarda mu-ayyan tipdagi magmatizm hodisalari roʻy berishi
va rudalar hosil boʻlishi muam-molari oʻrganilgan.A.ning „Oʻrta Osiyoning metallo-genik
ocherki“ (1949), „Rudalanishning granitoid intruziyalar bilan genetik bogʻliqligi“ (1954 – 57),
„Daykalar va rudalanish“ (1957), „Ruda-petrografik provinsiyalari va ularni tasniflash ma-
salalari“ (1961) kabi asarlari jahonga mashhur boʻldi. „Rudalanishni granitoid intruzivlar bilan
genetik bogʻliqligi“ asari xorijiy olimlar taklifi bilan ne-mis, ingliz va xitoy tillariga tarjima
qilingan.A. regional kengashlar, Xalqaro geo-logiya kongressining, bir necha sessiyalarning
faol tashkilotchisi, qatnashchisi, kengash toʻplamlarining muhar-riri boʻlgan. A. bir necha chet
el geol. jamiyatlari aʼzosi edi. Oʻzbekiston Respublikasi miqyosidagi koʻpgina ilmiy va ilmiy-
texnika jamiyatlariga, qoʻmitalariga boshchilik qilgan. Asarlari oʻzbek va rus tillarida nashr
etilgan. Bular orasida Oʻzbekistonda fan, ilmiy-texni-ka, iqtisodiyot va madaniyat ravnaqiga


bagʻishlanganlari anchagina.A. Oʻzbekistondagina emas, balki bu-tun Oʻrta Osiyodagi
geologik ishlab chiqarishda, il-miy muassasalar va oliy oʻquv yurtlarida ishlaydigan katta
jamoani birlashtir-gan ilmiy maktabning tashkilotchisi va rahbari boʻldi. Ilmiy maktab olimlari
Tyanshan toglaridagi jinslar asosida petrologiya va metallogeniya masalalarini hal qilish
sohasida birgalikda ish olib bordilar. A. Oʻzbekistonda iqtidorli yoshlardan fanning turli
sohalarida, jumladan geol. boʻyicha milliy kadrlar tayyorlashga katta hissa qoʻshdi. A.
rahbarligida 7 kishi doktorlik, 28 kishi nomzodlik dissertatsiyasi-ni yoqladi.A. ToshPI (hozirgi
ToshTU) geol.-raz-vedka ftida geol. oliy oʻquv yurtlari orasida birinchi boʻlib Petrologiya va
metallogeniya kafedrasini tashkil etdi va unga rahbarlik qildi. Urush davri-da A. hukumat
aʼzosi va geolog olim sifatida front va front ichkarisini zarur resurslar bilan taʼminlash va stra-
tegik ahamiyatdagi qazilma boyliklar qidirish va ishga solishda katta ishlar-ni amalga
oshirdi.A. 1950-yildan umrining oxiriga-cha mineralogiya jamiyati Oʻzbekiston boʻlimini
boshqardi. 1960-yildan Fransiya geol. va Buyuk Britaniya Qirollik mine-ralogiya jamiyatlarining
aʼzosi. Tan-langan asarlaridan 7 jildi nashr etil-gan (1964 – 69).
A.ning hayoti va ilmiy hamda jamoatchilik faoliyati haqida bir qancha olimlar muallifligida
„Esdaliklar“ chiqarilgan. Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Geo-logiya va geofizika institutiga va
Toshkent shahridagi katta koʻchalardan biriga, Akmal Ikromov tumanidagi mahallaga,
Toshkent metrosi stansiyalaridan biriga, 193-maktab-ga, Ulugʻbek shaharchasida koʻcha va
boshqa obʼ-yektlarga A. nomi berilgan. Geol. va geo-fizika instituti binosiga, ToshTU
geologiya-razvedka fakulteti binosiga yodgorlik taxtasi oʻrnatilgan. H. M. Abdullayev nomida
„Oltin medal“ taʼsis etilgan (1992). Ush shahridagi katta koʻchalardan biri, A. tugʻilib oʻsgan
Aravondagi maktab va koʻcha ham A. nomi bilan atalgan. Geol. va geofizika instituti qoshida
A. hayoti va ijodiga bagʻishlangan muzey tashkil qilingan. A. Toshkentdagi 
Chigʻatoy
qabristoniga
 dafn qilingan. Qabri ustiga marmar byust qoʻyilgan (haykaltarosh Ye. V.
Vuchetich)
[1][2][3][4]
.
1. Sobraniye sochineniy, t. 1 – 7, T., 1964 – 69
2. 
Xabib Abdullaev (http://www.ziyonet.uz/uzc/people/habib-abdullaev/)
 
Arxivlandi (https://web.archi
ve.org/web/20131022222150/http://ziyonet.uz/uzc/people/habib-abdullaev/)
 2013-10-22
 Wayback
Machine
 saytida., 
ZiyoNet
 
(rus.)
3. 
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
4. Qahhorov A., Gʻafforova M., Akademik Habib Abdullayev, T., 1981
Xotirasi
Manbalar


 
Soʻnggi tahrir 19 kunlar avval MalikxanBot tomonidan amalga oshirildi
Shaxsiyat haqidagi ushbu maqola 
chaladir
. Siz uni 
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.
php?title=Habib_Abdullayev&action=edit)
 
Vikipediyaga
 yordam berishingiz mumkin.
"
https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
title=Habib_Abdullayev&oldid=239
8563
" dan olindi 

Download 100,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish