Asosnom a tadqiqotchining familiyasi, ismi-sharifi: Djemilov Temur Rasimovich Doktorlik dissertatsiya mavzusi



Download 24,36 Kb.
bet1/4
Sana05.07.2022
Hajmi24,36 Kb.
#742270
  1   2   3   4
Bog'liq
Temur asosnoma янгиси 15 03


A S O S N O M A


Tadqiqotchining familiyasi, ismi-sharifi: Djemilov Temur Rasimovich
Doktorlik dissertatsiya mavzusi: Футбол билан шугулланувчи талабаларнинг махсус ва жисмоний тайёргарлигини интеграл усуллар асосида такомиллаштириш .
Ixtisoslik shifri va nomi: 13.00.04 – “Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi”
Dissertatsiya ishi bajarilayotgan fan tarmog‘i: Jismoniy madaniyat
Ilmiy rahbar: Haydarov Baxtiyor Tojiyevich, pedagogika fanlar nomzodi, professor.
Ish bajarilayotgan tashkilot: Navoiy davlat pedagogika instituti, +998 91 3321530, E-mail: djemilov@gmail.ru.
Tadqiqotchining maqomi va qabul qilingan sanasi: Mustaqil tadqiqotchi (PhD), 2021-yil.
Mavzuning dolzarbligi: Ishning dolzarbligini asoslovchi davlat siyosati darajasiga ko`tarilgan O`zbekiston Prezidentining Jismoniy tarbiya va sport to`g`risida qonun yangi tahriri, (2015. 15. 04) Jismoniy tarbiya va Ommaviy sportni rivojlantirish to`g`risidagi qarorlari (2017. 07. 03), 5 ta muhim tashabbus, 2019-2023 yillar davrida O`zbekiston respublikasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to’g’risida (2019. 13. 02.) qaror qabul qilindi. Ushbu dolzarb qarorlar, masalani hal qilishga qaratilgan asosiy manba bo`lib xizmat qiladi.
Zamonaviy futbol - bu umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlikning maksimal darajada namoyon bo'lishi, taktik vaziyatlarning tez o'zgarishi va yuqori emotsionalligi bilan ajralib turadigan sport o'yini hisoblanadi. Musobaqa faoliyati jarayonida mushak-skelet tizimi va sportchining ruhiyati katta yuklamalarni boshdan kechiradi, chunki sport faoliyati raqib bilan qattiq va doimiy to'qnashuv jismoniy, ruhiy va emotsional progressiv charchoq sharoitida ro'y beradi.
Turli malakali futbolchilarning musobaqa jarayonining o'ziga xos xususiyati-o`yinning ikkinchi yarmida o'yin harakatlarining samaradorligini va jismoniy ish faoliyatini pasaytirishdir, bu ko`pincha o'yinda g`alabani boy berishga sabab bo`ladi. Buning sababi, birinchi navbatda, yosh futbolchilarda jismoniy sifatlarini rivojlantirishga, o'yin texnikasi va taktikasini takomillashtirishga, futbol asoslari bo'yicha ruhiy xususiyatlar va maxsus bilimlarni shakllantirishga qaratilgan integral tayyorlash usuli yo'qligi bilan bog'liq.
Yosh futbolchilarni tayyorlash muammosi zamonaviy sport faoliyatda va pedagogika fanida eng dolzarb muammolardan biri hisoblanadi, chunki yoshligida jismoniy, texnik, taktik, psixologik va nazariy tayyorgarlik asoslari belgilanadi. Futbolchilarni sport bilan shug'ullanish jarayoni, birinchi navbatda, tashkil qilish bosqichi bilan tavsiflanadi. Ko'plab mutaxassislar (7, 96, 131, 138) dastlabki mutaxassislikni tanlash bosqichida (13-14 yosh) futbolchilarni tayyorlash tizimiga alohida qiziqish bildirmoqda. Buning sababi shundaki, bu yoshda o'yinchilarning roli bo'yicha ixtisoslashuvi mavjud, sportchilar birinchi yirik musobaqalarda ishtirok etadilar, bu yoshga kelib musobaqa faoliyatni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun zarur bo'lgan asosiy harakat ko'nikmalarini shakllantiradilar.
Turli sport turlari va ayniqsa, 13-14 yoshdagi yosh futbolchilarda o'quv jarayonini tashkil etish samaradorligi asosan maxsus tayyorgarlik bosqichida integral printsipga muvofiq amalga oshiriladigan turli xil tayyorgarlik turlari bilan birgalikda o'yin mashqlaridan foydalanish muammosini hal qilishga bog'liq.
Futbolchilarning integral tayyorgarligi muammolari bo'yicha amalga oshirilgan bir qator tadqiqot ishlariga qaramasdan, hozirgi kunga qadar 13-14 yosh futbolchilarni o'yin vositalari va usullariga asoslangan maxsus tayyorgarlik bosqichida kompleks tayyorlash uchun mustaxkam, ilmiy asoslangan usul yaratilmagan.
Mavzuning respublikada olib borilayotgan ilmiy tatqiqotlarning ustuvor yo‘nalishlariga mosligi.
Falsafa doktori darajasinini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi 13.00.04 – “Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi”  ixtisosligi bo‘yicha Samarqand davlat universitetining 2019-2023 yillarga mo’ljallangan ilmiy-tadqiqot ishlari konsepsiyasi doirasida ustuvor yo‘nalishiga mos keladi.
Dissertasiya tadqiqoti respublikada fan va texnologiyalarni rivojlantirishning “Demokratik va huquqiy jamiyatni ma’naviy-ahloqiy va madaniy rivojlantirish, innovasion iqtisodiyotni shakllantirish” ustuvor yo’nalishi doirasida bajarilgan.

Download 24,36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish