1-мавзу. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining ta’lim tizimini takomillashtirishga qaratilgan farmonlari



Download 58,04 Kb.
bet1/43
Sana31.12.2021
Hajmi58,04 Kb.
#265405
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43
Bog'liq
1семинар meyoriy hujjat1


1-мавзу. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining ta’lim tizimini takomillashtirishga qaratilgan farmonlari/
1-topshiriq. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining ta’lim tizimini takomillashtirishga qaratilgan farmonlarini o’rganish.

2-topshiriq. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining ta’lim tizimini takomillashtirishga qaratilgan farmonlarini tahlil qilish.

3-topshiriq. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining ta’lim tizimini takomillashtirishga qaratilgan farmonlarining amaldagi ijrosini izohlash.
1-topshiriq. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining ta’lim tizimini takomillashtirishga qaratilgan farmonlarini o’rganish.

So'nggi yillarda mamlakatda ta'lim-tarbiya tizimining sifati va samaradorligini oshirish, bog'cha tarbiyalanuvchilari, o'quvchi va talaba yoshlarda zamonaviy bilim va ko'nikmalarni shakllantirish, ta'lim tizimlari hamda ilm-fan sohasi o'rtasida yaqin hamkorlik va integratsiyani, ta'limning uzviyligi va uzluksizligini ta'minlash borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Shu bilan birga, milliy ta'lim-tarbiya tizimining amaldagi holati uni zamon talablari asosida modernizatsiya qilish, yoshlarni yuksak bilim-ma'rifat egalari, jismoniy va ma'naviy sog'lom insonlar etib tarbiyalash, ta'lim muassasalarining rahbar va pedagog xodimlari nufuzini oshirish, ularning samarali faoliyat yuritishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish bo'yicha izchil chora-tadbirlarni amalga oshirishni talab etmoqda.

Shunga ko`ra O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining bir qanch farmon va qarorlari joriy etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6108-son Farmoni;



O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi, Moliya  Prezidentining 2019-yil 5-iyuldagi PF-5759-sonli Farmoniga asosan maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirishga doir farmoni; 

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Malakali pedagog kadrlar tayyorlash va kasb-hunar ta'limi tizimini tubdan takomillashtirish to'g'risida”gi PF-5313-son Farmonlarni ... ta'lim-tarbiya jarayonini mazmunini takomillashtirishga qaratilgan farmonlari va bundan tashqari bir qancha qaror va farmonlari imzolandi.
2-topshiriq. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining ta’lim tizimini takomillashtirishga qaratilgan farmonlarini tahlil qilish.

Ta'limi tizimini tubdan takomillashtirish to'g'risidagi barcha farmonlar tahili qilinganda quydagilar ma`lum bo`ldi: Yuqoridagilarni inobatga olgan holda hamda mamlakatimiz ta'lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini takomillashtirish, jamiyatimizda o'qituvchi va pedagog xodimlar, ilmiy va ijodkor ziyolilarga bo'lgan hurmat-e'tiborni yanada oshirish, ta'lim oluvchilarning kasbiy mahoratini rivojlantirish, ta'lim tizimida xususiy sektor ishtirokini kengaytirish maqsadida O'zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta'lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini yanada rivojlantirishning asosiy yo'nalishlari etib quyidagilar belgilangan:

Mamlakat taraqqiyoti uchun yangi tashabbus va g'oyalar bilan maydonga chiqib, ularni amalga oshirishga qodir bo'lgan, intellektual va ma'naviy salohiyati yuksak yangi avlod kadrlarini tayyorlash, ta'lim tashkilotlari bitiruvchilari zamonaviy kasb egalari bo'lishlari uchun ularda zarur ko'nikma va bilimlarni shakllantirish;

Dunyo miqyosidagi bugungi keskin raqobatga bardosh bera oladigan milliy ta'lim tizimini yaratish, darslik va o'quv qo'llanmalarini zamon talablari asosida takomillashtirish, ularning yangi avlodini yaratish, o'quv dasturlari va standartlarini optimallashtirish;

Ta'lim-tarbiya muassasalarining rahbar xodimlari, pedagog va murabbiylari, professor-o'qituvchilari va ilm-fan sohalari vakillarining jamiyatimizdagi o'rni va maqomini oshirish, ularning mashaqqatli mehnatini munosib qadrlash va faoliyat samaradorligiga qarab moddiy rag'batlantirish;

Pedagog xodimlarning kasbiy mahorati va faoliyat samaradorligini muntazam oshirib borish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, malaka oshirish tizimini "hayot davomida o'qish” tamoyili asosida takomillashtirib borish;

Ta'lim xizmatlarini ko'rsatish bo'yicha xususiy sektorning salmog'ini kengaytirish, hududlarda nodavlat ta'lim tashkilotlarini tashkil etish orqali raqobat muhitini shakllantirish, ta'lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish;

Ta'lim jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo'llagan xolda ta'limni boshqarishni avtomatlashtirish va har tomonlama tahlil qilib borish tizimini yaratish, elektron resurslar va masofaviy ta'lim texnologiyalarini yanada rivojlantirish, ta'lim oluvchilar o'rtasida IT-sohasidagi kasblarni ommalashtirish;

Ilm-fanni iqtisodiyotning asosiy drayveriga aylantirish, ilmiy tadqiqotlar ko'lamini kengaytirish, iqtidorli yosh olimlarning innovatsion faoliyatini rag'batlantirish, mavjud ilmiy tashkilotlar salohiyatini yanada mustahkamlash va rivojlantirish;

Ta'lim tizimiga yuqori samarali xalqaro amaliyotni joriy etish, respublika ta'lim tashkilotlarini nufuzli xalqaro reytinglarga kiritish bo'yicha tizimli ishlarni amalga oshirish.


Download 58,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish