REJA
1.Dutor Xaqida Tushuncha
2.Dutorning cholg’usining sozlanishi
3.Dutor cholg’usi Inovatsion Texlnalogiyalari
Dutor cholg’usi Inovatsion Texlnalogiyalari
Mumtoz musiqamiz amaliyoti va ravnaqiga nazar solar ekanmiz, biz buyuk madaniyat sohiblari avlodi ekanligimizni ko`ramiz. Biz yosh avlod vakillari o`tmishda yaratilgan merosni o`qib, ardoqlab, ijro etib, idrok qilib o`zlashtirsak, zamonaga munosib san'atkor bo`lib yetishishimiz mumkin.
Maqomlarimiz asrlar osha yashab kelayotgan ekan, ularni kelajak avlodlarga qoldirish, umrboqiy qilish uchun katta mehnat va fidokorlik talab qilinadi.
O`zbek an'anaviy ijrochiligidagi yana bir muhim omil bu – uning tabiiyligini ifoda eta bilish va musiqiy asarni milliy bezaklar bilan ijro etishidadir. ”dan kelib chiqib, mustaqillik yillari davomida milliy mumtoz san'atimizga bo`lgan ahamiyat yanada kuchaydi.
Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning “Yuksak ma'naviyat-yengilmas kuch” asarida ta'kidlaganidek: Biz xalqimizning dunyoda hech kimdan kam bo`lmasligi, farzandlarimizning bizdan ko`ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo`lib yashashi uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etayotgan ekanmiz, bu borada ma'naviy tarbiya masalasi, hech shubhasiz, beqiyos ahamiyat kasb etadi.
Agar biz bu masalada hushyorlik va sezgirligimizni, qat'iyat va mas'uliyatimizni yo`qotsak, bu o`ta muhim ishni o`z qoliga, o`zibilarchilikka tashlab qo`yadigan bo`lsak, muqaddas qadriyatlarimizga yo`qrilgan va ulardan oziqlangan ma'naviyatimizdan, tarixiy xotiramizdan ayrilib, oxir-oqibatda o`zimiz intilgan umumbashariy taraqqiyot yo`lidan chetga chiqib qolishimiz mumkin.
O`z tarixini bilmaydigan, kechagi kunini unutgan millatning kelajagi yo`q.
Dunyodagi zo`ravon va tajovuzkor kuchlar qaysi bir xalq yoki mamlakatni o`ziga tobe qilib, bo`ysundirmoqchi, uning boyliklarini egallamoqchi bo`lsa, avvalambor, uni qurolsizlantirishga, ya'ni eng buyuk boyligi bo`lmish milliy qadriyatlari, tarixi va ma'naviyatidan judo qilishga urinadi.
Agar biz O`zbekistonimizni dunyoga tarannum etmoqchi, uning qadimiy tarixi va yorug` kelajagini ulug`lamoqchi, uni avlodlar xotirasida boqiy saqlamoqchi bo`lsak, avvalambor buyuk yozuvchilarni, buyuk shoirlarni, buyuk ijodkorlarni tarbiyalashimiz kerak. Nega deganda, ulug` adib Cho`lpon aytganidek, adabiyot yashasa — millat yashaydi
Ushbu mavzuni ilmiy nazariy talqin qilib ko‘rsak. murakkab taraflarini yoritib chiqsak. Eng avvalo milliy so‘ziga urg‘u berib o‘tsak, so‘ng esa cholg‘u, dutor, navobvxsh va so‘ngida sado so‘zlariga to‘xtalib taxlil qilib olsak.
Bir qarashda oddiy bo‘lib ko‘ringan dutor cholg‘uyimiz aslida o‘z tarixini o‘rganganimizda bir qancha murakkab ekanligia guvox bo‘lamiz.
Milliy so‘zi – arabcha so‘zdan olingan bo‘lib, halqona, millatga tegishli, biror milatning o‘ziga xos bo‘lgan uning hususiyatlarini ifodalovchi termindir.
Cholg‘u- musiqiy asarlarni ijro etish uchun mo‘ljallangan asbob.
Dutor-foris tilidan olingan bo‘lib, ikki torli, chertib chalinadigan musiqa asbobi[1] .
O‘zbek, tojik, uyg‘ur, turkman, qoraqalpoq xalqlari orasida keng tarqalgan. O‘zbek Dutori muloyim, nafis va shi-rali ovozi b-n boshqa cholg‘ulardan aj-ralib turadi. U asosan tut, o‘rik yog‘ochlaridan yasaladi. Cholg‘uning kosaxonasi (rezonatori) 8—12 ta yupqa, bir-biriga yonmayon yopishtirilgan taxtacha (qovurg‘a)dan ishlanadi.
K osaxonaning ustki, ochiq qismiga yupqa qopqoq yopiladi va kosaxona bo‘g‘iz orqali dastaga ulanadi. Dutorning uzun va ingichka dastasiga 13—17 ta parda bog‘lanadi. Kosaxona va dastaga suyak va sadafdan ishlangan bezak naqshlar o‘yib yopishtiriladi. Torlari ipak iplaridan eshiladi
1-Harrak
2-Shayton harrak
2-Sozlash uchun maxsus quloqlar
Ustozimiz bo’lmish S. Begmatov hamda M.Matyoqubovning “An'anaviy xalq cholg‘ulari” o‘quv qo‘lanmasida dutorning kelib chiqish tarixi XV asrdan boshlab ta'riflanib kelganligini aytib o‘tgan. Buyuk mutafakkir olim bobomiz Abu nasr Farobiy ma'lumotlariga qaraganda, Xurosonda zamonaviy dutorning o‘z nomi va uning barcha shakliy davrida XV asrda yashab ijod etgan musiqashunos olim Zaynullobiddin al-Husayniy ozining musiqa ilmiga bag’ishlangan «Qonuni ilm va amali musiqiy» nomli risolasida bayon etgan[2].
Ko‘rinishidan oddiygina bo‘lib ko‘ringan ushbu dutor cholg‘usi o‘z yo‘lida birqancha murakkablik jihatlarini ham uchiratib turamiz. Barchamizga bir olib ijro etganda go‘zal kuy taronalar yangrab ketishini kutamizu lekin, unig uchun qancha mehnat izlanishlar talab etishini bir so‘z bilan aytganda tasavvur qila olmaymiz.
Keling shu o‘rinda imiy tahlil qilib olsak. Eng avvalo nima sababdan musiqa va san'at maktablarida chang, dutor, qashqar rubobi, avfg‘on rubobi, nay cholg‘ulariga ham 5 yil mobaynida bilim olamizu lekin, dutor cholg‘usi nazarimizda oson o‘rganuvchi cholg‘u bo‘lib hisoblanaveradi. To‘g‘ri tarozining bir pallasini ko‘radigan bo‘lsak urganish jihatdan juda sodda qilib ishlangan o‘z nomi bilan ikki tor degan ma'noni anglatganidek ko‘rinish jihatidan ham sodda bo‘lib barchani birdek rom qilishga ulgurgan cholg‘u asobi dutor cholg‘usi musiqiy asarlarni murakkab shaklda yozilganlarini ijro etish anchagina mehnat talab qiladi. Biroq bu cholg‘u asbobida o‘zbek, rus, chet el, qardosh xalqdarmizning kuylarini birdek ijro etishimiz uchun bu cholg‘uning har bir pardasini nozik jihatlarini o‘zimizda mujassam etmog‘imiz lozim. Ushbu dutor cholg‘usining yana bir jihati shundaki, an'anaviy ya'ni, maqom dutori, alt dutori, prima dutori, sekunda dutori, tenor dutori kabi dutorlar oilasi mavjud.
Savol tug‘iilishi tabiiy buncha dutorlar ko‘p bo‘lmasa deb. Yuqorida aytib o‘tgan barcha mamlakatlarni musiqiy asarlarini ijro etish uchun mo‘ljallangan ovoz regstrlari moslashtirilgan cholg‘u asboblaridir. Bir so‘z bilan aytganda dutorlar oilasi bu ikki torli cholg‘ular oilasi demakdir.
Ular Tanavor sozi (kvarta), Munojot sozi (kvinta), Qo‘shtor sozi (unison)ga sozlanadi. Uyg‘urlarda Dutor kattaroq shaklda, Turkmanistonda fakat o‘yma (qazma) turi, Xorazm va Qoraqalpog‘istonda kosaxonasi qovurg‘alik Dutorlar bilan birga hajmi kichik, o‘yma xillari ham uchraydi. Dutor yakkanavoz va jo‘rnavoz cholg‘u sozi bo‘lib, sozandadan katta ijro mahoratini talab etadi. Dutorda yakka zarb, qo‘shzarb, bilak zarb, bidratma, teskari zarb kabi ijro usullari mavjud. Dutor haqidagi dastlabki yozma ma'lumotlarni Navoiyning zamondoshi Zaynulobidin al-Husayniy «Musiqaning ilmiy va amaliy qoidalari» nomli risolasi (16-bobi)da uchratamiz. 16—17-a. larda «Dutoriy» ta xallusi bilan ijod etgan (hirotlik Yusuf Mavdudiy Dutoriy, mashhadlik Mirquliy Dutoriy kabi) sozandalarning nomlari manbalarda saqlangan. Hozirda milliy Dutor ijrochiligining o‘ziga xos uslublari 4 ta asosiy (Andijon, Toshkent, Samarqand va Xorazm) maktablari orqali namoyon bo‘ladi. 20-a. da Andijon maktabi namoyandalaridan Dorip dutorchi, M. Najmiddinov, O. Rustamov, K. Jabborov, Farg‘onada Qo‘zixon Madrahimov ijrosida «Nolish», «Cho‘pon», «Andijon Kurdi», «Andijon Sayqali», «Tuya bo‘zloq», «Qo‘shtor»; Toshkent maktabi yirik vakillaridan Solixon Hoji, A. Vahobov, F. Sodiqov, M. Yunusov, T. Alimatov, 3. Obidov, S. Yo‘ldoshevlar talqinida «Sharob 1, 2», «Shafoat 1, 2, 3», Toshkent Sayqali», «Toshkent Kurdi», «Rajabiy 1, 2», «Kurash», «Dutor Bayoti», «Dutor Navosi»; Samarqand maktabi ustozlaridan Hoji Abdulaziz, Qori Siroj Yusupovlar ijrosida «Guluzorim», «Bebokcha», «Bozurgoniy», «Gullar vodiysi»; Xorazm maktabi vakillaridan N. Boltaev, Yu. Jabborovlar ijrosida «Koradali», «Aliqambar», «Saqili Navo» singari mumtoz kuylarda o‘z ifodasini topgan. 1970-y. lardan yakka Dutorda Shashmaqom cholg‘u va ashula yo‘llari ham ijro etila boshlandi. O‘zbek bastakorlaridan N. Hasanov «Gilos», F. Sodiqov «Dutorim», S. Yo‘ldoshev «Dil kuylasin», 3. Obidov «Tog‘ go‘zali», O. Qosimov«Yangra sozim» kabi asarlarni Dutor uchun yaratganlar.
Dutorning navobaxshligi shundaki, uning mayin tovushi inson qalbida sokinlik, tinchlik, osoyishtalikni his qilishga olib keladi. Uning yuqori tovush qatorlari ham inson asab tolalarini buzilishiga yo‘l qo‘ymaydi. Ba'zan eng yuqori tovush pardalar ayrim cholg‘u asboblarida keksa yoshdagi ulug‘larimizning asab tolalriga salbiy ta'sirini ko‘rsatishi mumkin. Vaqt o‘tib yosh ulg‘aygan sari inson faqat sokinlik, xotirjamlik tinchlik, ohista kuylar tinglovchisiga aylanib qolar ekan. Tadqiqotchilarimizning fikricha dutorning ipak torlari inson qalbiga mayin navobaxsh sadolarni olib kirar ekan. Shuning uchun ham har bir xonadonga kirar ekanmiz albatta maqom dutorni uchiratishimiz tabiiy.
Aksincha alt dutorlarida esa torlari leska simlaridan tortilan bo‘lgani uchun ham maqom dutordan eo‘itilishi jihatidan anchagina farq qiladi. Ko‘rinishi bir xillikni ko‘rsatgani bilan ularning eshitilish sadolanishi butkul farq qiladi. Aynan an'anaviy maqom dutorlarimizda ko‘proq hurubaxsh taronalar va qalbni to‘lqinlantiruvchi sokin tovushlarni his qilishingiz mumkin. Huddiki yuragingiz torida nimalarnidur kimdur pichirlab ohista so‘zlayotganday, siz bilan ham suxbat bo‘layotganday, qolaversa allalayotganday tuyilishi bu musiqani sehrli kuchga ega eknligidan dalolatdir.
Hulosa so‘ngida shuni aytish joyizki musiqaning tarbiyaviy ta’sir kuchi, uning bugungi kundagi ahamiyati haqidagi birinchi Prezidentimiz I.Karimovning aytgan quyidagi so’zlari ham fikrimizni tasdiqlaydi: “Musiqaning hayotbaxsh ta’sirini o’z hayotida sezmasdan yashaydigan odamni bizning yurtimizda topish qiyin... Eng muhimi bugungi kunda musiqa san’ati navqiron avlodimizning yuksak ma’naviyat ruhida kamol topishida boshqa san’at turlariga qaraganda ko’proq va kuchliroq ta’sir ko’rsatmoqda”.
Shunday qilib, yuqoridagi ma’lumotlarni umumlashtirsak, milliy musiqa merosimiz o`tmishdan ikki ulkan yo`nalish ya`ni, bir-biridan paydo bo`luvchi, bir-birini to`ldiruvchi, shu bilan birga alohida o`ziga xos hususiyat-sifatlariga ega bo`lgan yo`nalishlardan tashkil topganiga guvohi bo‘ldik.
DUTOR (fors — ikki tor) — 1) torli chertma milliy musiqa cholgʻu asbobi. Oʻzbek, tojik, uygʻur, turkman, qoraqalpoq xalqlari orasida keng tarqalgan. Oʻzbek Dutori muloyim, nafis va shi-rali ovozi b-n boshqa cholgʻulardan aj-ralib turadi. U asosan tut, oʻrik yogʻochlaridan yasaladi. Cholgʻuning kosaxonasi (rezonatori) 8—12 ta yupqa, bir-biriga yonmayon yopishtirilgan taxtacha (qovurgʻa)dan ishlanadi. Kosaxonaning ustki, ochiq qismiga yupqa qopqoq yopiladi va kosaxona boʻgʻiz orqali dastaga ulanadi. Dutorning uzun va ingichka dastasiga 13—17 ta parda bogʻlanadi. Kosaxona va dastaga suyak va sadafdan ishlangan bezak naqshlar oʻyib yopishtiriladi. Torlari ipak iplaridan eshiladi. Ular Tanavor sozi (kvarta), Munojot sozi (kvinta), Qoʻshtor sozi (unison)ga sozlanadi. Uygʻurlarda Dutor kattaroq shaklda, Turkmanistonda fakat oʻyma (qazma) turi, Xorazm va Qoraqalpogʻistonda kosaxonasi qovurgʻalik Dutorlar bilan birga hajmi kichik, oʻyma xillari ham uchraydi. Dutor yakkanavoz va joʻrnavoz cholgʻu sozi boʻlib, sozandadan katta ijro mahoratini talab etadi. Dutorda yakka zarb, qoʻshzarb, bilak zarb, bidratma, teskari zarb kabi ijro usullari mavjud. Dutor haqidagi dastlabki yozma maʼlumotlarni Navoiyning zamondoshi Zaynulobidin al-Husayniy «Musiqaning ilmiy va amaliy qoidalari» nomli risolasi (16-bobi)da uchratamiz. 16—17-a. larda «Dutoriy» ta xallusi bilan ijod etgan (hirotlik Yusuf Mavdudiy Dutoriy, mashhadlik Mirquliy Dutoriy kabi) sozandalarning nomlari manbalarda saqlangan. Hozirda milliy Dutor ijrochiligining oʻziga xos uslublari 4 ta asosiy (Andijon, Toshkent, Samarqand va Xorazm) maktablari orqali namoyon boʻladi. 20-a. da Andijon maktabi namoyandalaridan Dorip dutorchi, M. Najmiddinov, O. Rustamov, K. Jabborov, Fargʻonada Qoʻzixon Madrahimov ijrosida «Nolish», «Choʻpon», «Andijon Kurdi», «Andijon Sayqali», «Tuya boʻzloq», «Qoʻshtor»; Toshkent maktabi yirik vakillaridan Solixon Hoji, A. Vahobov, F. Sodiqov, M. Yunusov, T. Alimatov, 3. Obidov, S. Yoʻldoshevlar talqinida «Sharob 1, 2», «Shafoat 1, 2, 3», Toshkent Sayqali», «Toshkent Kurdi», «Rajabiy 1, 2», «Kurash», «Dutor Bayoti», «Dutor Navosi»; Samarqand maktabi ustozlaridan Hoji Abdulaziz, Qori Siroj Yusupovlar ijrosida «Guluzorim», «Bebokcha», «Bozurgoniy», «Gullar vodiysi»; Xorazm maktabi vakillaridan N. Boltayev, Yu. Jabborovlar ijrosida «Koradali», «Aliqambar», «Saqili Navo» singari mumtoz kuylarda oʻz ifodasini topgan. 1970-y. lardan yakka Dutorda Shashmaqom cholgʻu va ashula yoʻllari ham ijro etila boshlandi. Oʻzbek bastakorlaridan N. Hasanov «Gilos», F. Sodiqov «Dutorim», S. Yoʻldoshev «Dil kuylasin», 3. Obidov «Togʻ goʻzali», O. Qosimov «Yangra sozim» kabi asarlarni Dutor uchun yaratganlar.
Milliy dutorga tor taqiladi. Dutorning birinchi tori «re» (kichik oktava) tovushiga, ikkinchi tori «lya» (kichik oktava) tovushiga , bundan tashqariasar ijro etilishiga qarab, ikkinchi tori «sol» (kichik oktava) tovushlariga sozlanishi mumkin, ba’zi vaqtlarda esa, ikkala tor ham unsonga, ya’ni bir xil tovushga sozlanishi mumkin. Milliy dutor sozi Alt dutorining birinchi tori «lya» (birinchi oktava) tovushiga, ikkinchi tori «mi» (birinchi oktava) tovushiga, bundan tashqari qanday asar ijro etilishiga qarab , ikkinchi tor «re» (birinchi oktava) tovushlariga sozlanadi. Alt dutor sozi Prima dutorining birinchi tori «lya» (ikkinchi oktava) tovushiga , ikkinchi tori «mi» (ikkinchi oktava) tovushiga, qanday asar ijro etilishiga qarab, ikkinchi tor «re» (ikkinchi oktava) tovushlariga ham sozlanadi.
Alterasiya belgilari. Musiqa tovushlarini yuqoriga yoki pastga o‘zgartiruvchi belgilar alteratsiya belgilari deyiladi. Alteratsiya belgilari nota oldiga (chap tomoniga )qo‘yiladi va nota nomi bilan qo‘shib o‘qiladi. # - diez belgisi - tovushni yarim ton yuqoriga ko‘taradi; - bemol belgisi - tovushni yarim ton pasaytiradi; - dubl diyez belgisi - tovushni bir ton yuqoriga ko‘taradi; - dubl bemol belgisi - tovushni bir ton pasaytiradi; - bekar belgisi - ko‘tarilgan yoki pasaytirilgan tovushni o‘z holiga keltiradi. Musiqadagi sur’at (temp) turlari , ularning yozilishi va ma’nosi. Vazmin sur’atlar. L a r g o - largo – juda cho‘zib; L e n t o – lento – cho‘zibroq; A d a g i o – adajio –og‘ir - vazmin. O‘rtacha sur‘atlar. A n d a n t e - andante - sekin - asta, oshiqmasdan; A n d a n t i n o - andantino - andantedan sal tezroq; M o d e r a t o - moderato - o‘rtacha tezlikda; S o s t e n u t o - sostenutu - salobatli; A l l e g r e t t o - allegretto - bir oz jonlanib; A l l e g r o m o d e r a t o - allegro-moderato - o‘rtacha tez. Tez sur’atlar. A l l e g r o - allegro - tez; V i v o - vivo - jonli; V i v a c e - vivache - jadal; P r e s t o - presto - tez, oshiqib; P r e s t i s s i m o - prestissimo - juda tez. Sur’atlarni tezlashtirish va sekinlashtirish belgilari. M o l t o -molto -orttirib; m a n o n t r o p p o - ma non troppo -kamaytirib; r i t e n u t o -ritenuto - sekin - asta og‘irlashtirib; a t e m p o - tempo - avvalgi sur’atga qaytish. Ijro etish harakterini bildiruvchi belgilar. A n i m a t o - animato - jonli ; M e n o m o s s o - meno mosso - sekinroq; M a e s t o s o - maestoso - tantanali; C a n t a b i l e - kantabile - musiqiy; d o l c e - dolche - nozik; p o c o a p o c o - poko a poko - sekin - asta; n o n t r o p p o - non troppo - o‘rtamiyona.
Dutorni ushlagan vaqtda pastki qovurg‘asini o‘ng oyoq sonining ustiga qo‘yish lozim. Ustki qovurg‘asini esa o‘ng qo‘lning tirsagiga yaqin bilak bilan ushlash lozim. Shunda dutorning qopqog‘i yuqori tomonga yon boshlashi va dutor dastasining uchi chap yelka bilan baravar bo‘lishi kerak. Dutorning dastasi birinchi barmoqning katta bo‘g‘ini bilan o‘rta bo‘g‘in orasida va barmoqlarning hamma bo‘g‘inlari bukilgan holda pardalar ustiga kelishi kerak. Chap qo‘l barmoqlari Chap qo‘l barmoqlari qaysi pardani qaysi barmoq bilan bosishi kerakligi notalar ustida raqamlar bilan ko‘rsatiladi. Ikkinchi torni ko‘proq bosh barmoq bilan bosiladi. Zarblar Musiqa asbobida tovush chiqarish usuli zarb deyiladi. Musiqa asarlariga turlicha joziba berish qanday zarb tanlab olinishiga bog‘liq. Dutor chalishda tez - tez qo‘llanilib turiladigan turlicha zarblar bor. 1) Bilak zarbi - dutorda bu zarb uch barmoq bilan (bosh va ko‘rsatkich barmoq ishtirokisiz) o‘rta barmoq, yon barmoq vajimjiloq bilan faqat pastga chalinadi. Bu usul quyidagicha belgilanadi: 2) Terma zarb - barmoqlarning zarbi aniq , bir tekis va bir xil kuchda bo‘lishi kerak. Ko‘rsatkich va bosh barmoqlarni ketma-ket pastga urish , undan so‘ng bosh barmoq ko‘rsatkich barmoqlarni yuqoriga ko‘tarish usulida tovush hosil qilinadi. Bosh barmoq b harfi bilan belgilanadi. Ko‘rsatkich barmoq esa k harfi bilan belgilanadi: Forshlag Forshlag nemischa so‘z bo‘lib, bosim oldidan degan ma’noni bildiradi. Forshlag o‘zbek xalq kuylarida ko‘p uchraydi. Forshlag belgisi kichkina notacha bilan ko‘rsatilib, bir pardadan ikkinchi bir pardaga tez ko‘chishni anglatadi. Forshlaglar takt ichidagi sanoqqa kirmaydi (sozandalar forshlagni qochirim deb ham yuritadilar).
Do'stlaringiz bilan baham: |