«G‘isht teruvchi» kasbi bo‘yicha o‘quv-uslubiy qo‘llanma toshkent-2021 kirish



Download 6,33 Mb.
bet1/49
Sana21.01.2022
Hajmi6,33 Mb.
#395932
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49
Bog'liq
Ғишт терувчи касбининг ўқув методик қулланмаси 1 2 2 2


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI BANDLIK VA MEHNAT MUNOSABATLARI VAZIRLIGI

TOSHKENT SHAHRIDAGI «ISHGA MARHAMAT» MONOMARKAZI

UMUMQURILISH SOHASI:

«G‘ISHT TERUVCHI» KASBI BO‘YICHA

O‘QUV-USLUBIY QO‘LLANMA

TOSHKENT-2021

KIRISH

Mamlakatimizda keyingi vaqtlarda ko‘p qavatli va yakka tartibdagi qurilishlarning rivojlanishi sezilarli darajada ko‘paydi. Ayniqsa, zamonaviy qurilish majmualarining ko‘payishi qurilish sohasi vakillariga bo‘lgan talabni ham orttirdi. Xususan, g‘isht teruvchiga bo‘lgan talab ham ortdi. Endilikda nafaqat muhandis, balki zamon talabiga javob bera oladigan, bugungi kun mehnat bozori talablariga mos hamda ish unumdorligi va sifatini ko‘rsatib beradigan yuqori malakali g‘isht teruvchi mutaxassislarga talab ortib bormoqda. Ma’lumki, qurilish sohasida faoliyat olib borayotgan aksar mehnatkashlar «Ustoz va shogird» an’anasi asosida ma’lum bir tarmoq kasbni egallab ishlab kelishmoqda. Lekin bu jarayonning ham o‘ziga yarasha kamchiliklari bor. Hunarni egallash uchun quruvchi-ustalarga shogird bo‘lib tushgan yigitlar yillar davomida o‘rganishadi. Yordamchi ishchi sifatida ko‘p mehnat qiladi. Hozirgi kunda esa bu jarayondan o‘tish juda qiyin. Chunki aksar yoshlar tezroq hunar o‘rganish va tezroq pul ishlab uyiga olib kirish harakatida bo‘ladi. Kasb o‘rganishning shu kabi muammolarini tahlil qilganimizda so‘nggi yilda tajriba sifatida ish boshlagan hamda salkam bir yillik mehnat faoliyati davomida qisqa muddatda ko‘plab yigit-qizlarni kasb-hunarga o‘qitgan «Ishga marhamat» Monomarkazini e’tirof etmaslikning iloji yo‘q. Ushbu o‘quv-uslubiy qo‘llanma ham qisqa muddatda tinglovchilarga «G‘isht teruvchi» kasbini o‘rgatish uchun yaratildi. Qo‘llanma 2 qismdan: nazariy va amaliy qismdan iborat. Nazariy qism g‘isht terish turlari va dizaynlari haqida barcha kerakli ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Bir tartibda joylashtirilgan chizmalar va sxemalar o‘quv mashg‘ulotlarini yaxshiroq o‘zlashtirishga hissa qo‘shadi.

Amaliy qismda esa g‘isht devorlarni qurish bo‘yicha topshiriqlar keltirilgan. G‘isht devor qurish texnologiyasi oddiydan murakkabgacha tamoyiliga asoslangan bo‘lib, har yangi g‘isht terish usulini o‘rganayotgan tinglovchining bilimi va qobiliyati mustahkamlanib boradi. Ushbu qo‘llanma mustaqil ravishda ham g‘isht terish kursini o‘zlashtirishga imkon beradi. Amaliy mashg‘ulotlar tajribali muhandis-o‘qituvchi rahbarligida o‘rgatiladi. Amaliy mashg‘ulotlarni o‘rganish davomida tinglovchining g‘isht terish mahoratini rivojlantirishga alohida e’tibor berish kerak. Ishning sifatiga ham jiddiy ahamiyat berish lozim. Tinglovchilar g‘isht terish kasbining amaliy ko‘nikmalarini puxta egallaganlaridan so‘ng mustaqil ravishda ishni davom ettirishlari mumkin.

«G‘isht teruvchi» qisqa muddatli o‘quv kursini o‘qigan tinglovchi mehnat xavfsizligi qoidalarini, devor terishning nazariy asoslarini, devor terish usullarini, ish sifatini boshqarishni, ish joyi va ish sifatini to‘g‘ri tashkil etishni, professional ravishda g‘isht terish usullarini bilishi va mehnat faoliyatida tatbiq etishi kerak. Ushbu o‘quv-uslubiy qo‘llanmada binolarning turlari, qurilish materiallari, yig‘ma konstruksiyalar haqida qisqa ma’lumotlar berilgan. Konstruksiyalarni montaj qilishda ishlatiladigan asboblar, moslama va takilaj anjomlari bayon etilgan. G‘isht terish va geodeziya ishlari, yig‘ma konstruksiyalardan turli binolar qurish, choklarni to‘ldirish va qishda qurilish ishlarini bajarish haqida fikr yuritilgan. Devor tiklash va yig‘ma temir-beton konstruksiyalarini montaj qilishdagi chekli chetga chiqishlar ko‘rsatilgan.

Arxitektura (me’yoriy) talablari – bunda qurilish materiallarini oqilona tanlash, ishni sifatli bajarish, bino yoki inshootni atrof-muhit bilan uyg‘unlashtirish va hokazolar hisobiga uning tashqi ko‘rinishi bilan bajaradigan vazifasining o‘zaro muvofiqligini ta’minlash ko‘zda tutiladi. Iqtisodiy talablarda bino va inshoot qurishda mehnat sarfini kamaytirish, qurilish materiallarini hamda vaqtni tejash ko‘zda tutiladi.

«G‘isht teruvchi» kasbi orqali tinglovchilar g‘isht teruvchining ish joyini to‘g‘ri tashkil etishni, g‘ishtdan devor terish usullarini, terish sifatiga qo‘yiladigan talablarni, turli o‘lchamdagi (0,25; 0,5; 0,75) g‘ishtlarni tayyorlashni, bir g‘isht qalinligidagi devor burchaklarini terishni, bir yarim qalinlikdagi devor hamda ikki g‘isht qalinlikdagi devor dudburonlarni terishni, havozalarni o‘rnatishni hamda g‘isht terish tarixi kabi g‘isht terish to‘g‘risidagi umumiy barcha ma’lumotlarga, malaka-ko‘nikmalariga ega bo‘ladilar.





Download 6,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish