2. Qurilish chizmalarini grafik bajarishning asosiy qoidalari.
Mashtablar
Qurilish chizmalarida plan, fasad, qirqim, konstruksiyalar, detallar va boshqa fuqarolik, sanoat, qishloq xo‘jalik binolarining chizmalari GOST
2.302-68da GOST 21.501-80ni nazarda tutgan holda bajariladi.
Nomi
|
Tasvir masshtabi
|
Asosiy
|
Tasvir juda zich bo‘lganda
|
Qavat planlari (texnik qavatlardan tashqari) qirqimlar, fasadlar
|
1:200, 1:400,
1:100
|
1:50
|
Tomning plani, pol, texnik qavatlar
|
1:500, 1:800,
1:1000
|
1:200
|
Plan va fasad bo‘laklari
|
1:10, 1:20
|
1:5
|
Chiziq turlari
Qurilish chizmachiligida GOST 2.303-68 bo‘yicha chiziq turlaridan foydalaniladi. Bir xil masshtabda bajarilgan hamma ko‘rinishlardagi chiziqlar bir xil bo‘lishi kerak.
Plan, fasad va qirqimlarni chizmalari chiziqlarning qalinligi mm.da
Masshtab uchun
|
Nomi
|
1:400
|
1:200
|
1:100
|
1:50
|
Planlar va qirqimlar
|
Yer chizig‘i
|
0,4
|
0,5-0,6
|
0,7-0,8
|
0,8
|
Kesimga tushgan tosh elementlar
|
0,4
|
0,4-0,5
|
0,6-0,7
|
0,8
|
Kesimga tushgan yog‘och elementlar
|
0,4
|
0,4-0,5
|
0,6-0,7
|
0,7
|
Boshqa elementlarning konturlari
|
0,3
|
0,3
|
0,3-0,4
|
0,3-0,4
|
Jihozlar
|
0,3
|
0,2
|
0,2-0,3
|
0,2-0,3
|
Fasadlar
|
Yer chizig‘i
|
0,6
|
0,6
|
0,8
|
0,8
|
Bino konturi
|
0,3-0,4
|
0,3-0,4
|
0,4-0,5
|
0,5-0,6
|
Darvoza, eshik, oyna chiziqlari
|
0,3
|
0,3
|
0,4
|
0,4
|
Darvoza, eshik, oyna va oraliq
rasmlari
|
0,2
|
0,2
|
0,2
|
0,2-0,3
|
Detal chizmalari chiziqlarining qalinliklari mm.da
Nomi
|
Masshtablar uchun
|
1:20
|
1:10
|
1:5
|
1:2
|
1:1
|
G‘isht – toshli elementlar
|
0,8
|
1
|
1
|
1
|
1
|
(g‘isht, beton va x.k .)
|
|
|
|
|
|
Yog‘och elementlar
|
0,6
|
0,8
|
1
|
1
|
1
|
Qirqimga tushmagan
|
|
|
|
|
|
kesim konturlari
|
0,3
|
0,3
|
0,3
|
0,3
|
0,3
|
3.O‘lcham qo‘yish
Q urilish chizmachiligida o‘lchamlar GOST 2.307-68 ga ko‘ra GOST 21.105-79 ga asosan loyiha xujjatlarini hisobga olgan holda qo‘yiladi. Qurilish chizmachiligida o‘lchamlar yopiq zanjir ko‘rinishida o‘lcham birligisiz mm.larda ko‘rsatiladi. O‘lcham chiziqlari kertma belgilar bilan chegaralanadi va ular 450 da 2-4 mm. uzunlikda bo‘ladi. Birinchi o‘lcham chizig‘i kontur chizig‘idan 10 mm. masofada, keyingi o‘lcham chiziqlarining oralig‘i 7 mm. da, oxirgi o‘lcham chizig‘idan koordinata o‘qlarining doirachalarigacha 4 mm. oraliqda chiziladi (16- rasm).
Belgilar
Qurilish binolarining planlarida, qirqimlarida, fasadlarida sathlarning shartli belgilari birinchi qavat poliga nisbatan ko‘rsatiladi. Birinchi qavat polining sathi shartli ravishda “nolinchi” sath deb qabul qilinadi. Fasad va planlarda sathlar tokchalarda strelkalar bilan ko‘rsatiladi. B unday hollarda strelkalar 450 burchak ostida bo‘lib, 2-4 mm. uzunlikdagi asosiy chiziq bilan ko‘rsatiladi (17-rasm).
17-rasm.Belgilar
Nazariy savollar
1.Bugungi kunda eng qadimiy yirik shahar qoldiqlari qayerdan joylashgan?
2. O‘zbеkistоn hududida qadimdan qurilish va mе’mоrchilik ishlari san’atiga qanday e’tiborlar bo‘lgan?
3. Qurilish chizmalarini grafik bajarishning asosiy qoidalari nimalardan iborat
4.O‘lcham qo‘yish haqida so‘zlab bering
9-Mavzu:Bino chizmalari
Reja:
1.Bino chizmalari va konstruksiyalari
2.Binoning o‘lchov chizmalari
3.Bino qirqimining chizmalari
4.Bino fasadining chizmalari
1.Bino chizmalari va konstruksiyalari
Binoning alohida mustaqil bo‘lgan qismlari uning konstruktiv elementlari deyiladi (18-rasm)
Asos- fundament qo‘yiladigan va binoning og‘irligini ko‘taradigan
tabiiy tuproq. Bu yana suniy bo‘lishi ham mumkin.
Poydevor – binoning devorlari va kolonnalarini ko‘tarib turadigan yerga tekkan qismi: a) lentasimon, b) ustunsimon, v) yaxlit, g) svayli bo‘lishi mumkin. Poydevorlar xarsang tosh, xarsang toshli beton, pishgan g‘isht, yog‘och va shu kabi materiallardan ishlanadi
Oyna – xonani tabiiy yorug‘lik bilan ta’minlaydi. Hozirgi paytda tayyor oyna bloklari ishlatilmoqda. Oynalar bir tabaqali, ikki tabaqali yoki balkonga chiqadigan eshigi bilan birga bo‘lishi mumkin.
Eshiklar – xonalarni bir-biriga bog‘lab turadi. Eshiklar bir tomonga ochiladigan, ikki tarafga ochiladigan yoki aylanib ochiladigan bo‘lishi mumkin. Eshiklar oynali, oynasiz yoki hammasi oynadan bo‘lishi mumkin. Hozirda plastmassa va oynali eshiklar ham ko‘p ishlatilmoqda.
Darvoza – ishlab chiqarish binolarida, qishloq xo‘jalik binolarida katta transportlar uchun o‘rnatiladi. Ular ikki tabaqali surib ochiladigan, ko‘tarib ochiladigan va qaytarib qo‘yiladigan bo‘lishi mumkin.
Zina – qavatlarni bir-biri bilan bog‘lab turish uchun xizmat qiladi.
U maydonchadan va qiya ko‘tarilgan elementlardan tashkil topgan. Hozirda zinaning hamma elementlari temir-betondan, bazi hollarda metalldan ishlanadi.
18-rasm.1-fundament, 2 – qiyalik, 3 – sokol, 4 – ichki asosiy devorlar,
5 –qavatlar orasidagi bostirma, 6 – issiqlikni tutib turuvchi qoplama,
7 – eshik bo‘shligi, 8 – strapilalar, 9 – tom yopmalar, 10 –xari,
11 – tirsakli ustunlar, 12 – chordoqqa mahsus chiqish joyi, 13 – chordoq,
14 –par devor, 15- oyna bo‘shligi, 16-zina, 17-zina tirgagi, 18- zina maydonchasi, 19-tirsak
Tom – og‘irlik ko‘taradigan va himoya qiladigan qismlardan tashkil topgan. Og‘irlik ko‘taradigan qismi stropila, har xil turdagi ferma va temir – beton panellardan bo‘lishi mumkin. Ishlab chiqarish binolarining tomi isitilgan yoki sovuq holatida yopilishi mumkin.Turar joy binolarining tomi tunuka, shifer bilan yopilishi mumkin. Karniz – devorning eng yuqorisidan gorizontal chiqib turadigan qismi. Karniz devorni yog‘inlardan saqlaydi. Karnizni devor ishlangan materialdan yoki tayyor bloklardan ishlanadi.
Pandus – silliq qiya yo‘lka bo‘lib, binoga kiraverishda qilinadi. Pandusning qiyaligi 5-12 % bo‘ladi.
Rampa – omborxonalar oldidagi maydoncha. Yerdan 1,15 m. balandlikda bo‘lib, eni 3-6 m. bo‘ladi. U mashinaga yukni ortishda va tushirishda ishni osonlashtiradi.Rampaning yon tomonida pandus bo‘ladi.
Q iya yo‘lka – bino devorlarini namlikdan saqlaydi. Kengligi 700 – 1000 mm. bo‘lib, qiyalig 1-3 % bo‘ladi.
Devorlar – xonalarni tashqi temperatura va atmosfera ta’siridan saqlaydi. Devorlar o‘z og‘irligidan tashqari bostirma va tomning og‘irligini ko‘taradi. Devorlar ichki va tashqi devorlarga bo‘linadi. Og‘irlik ko‘taradigan devorlar asosiy devorlar deb ataladi. Ichki devorlar esa xonalarni bir biridan ajratib turadi. Devorlar g‘isht, beton, yog‘och kabi materiallardan tashkil etiladi.
Sinch - sinchli uylarning asosiy og‘irligini ko‘taradigan konstruksiyasi hisoblanadi. Sinchlar vertikal kolonnalar va gorizontal to‘sinlardan iborat bo‘ladi.
To‘siq – binoning bir qavatida ichki bo‘shlig‘idagi xonalarni bir-biridan ajratadi. To‘siqlar g‘ishtdan, yog‘ochdan, plastmassadan, shlakobetondan, keramikadan va gipsli plitalardan bo‘lishi mumkin.
Bostirmalar – binoni balandliklari bo‘yicha qavatlarga bo‘lib turadi. Uni hozirda asosan temir – betondan, gohida yog‘ochdan va metalldan qilinadi.
Pol – xonalarning vazifasiga ko‘ra har xil konstruksiyadan bo‘lishi mumkin. Pol – sement, asfalt, ksilolit, plastmassa plitalaridan, taxtadan bo‘lishi mumkin.
Liftlar – ko‘p qavatli turar joy binolarida va ishlab chiqarish binolarida yuklarni tashish uchun ishlatiladi. Liftning shaxtasi yonmaydigan materialdan ishlanadi. Lift eshigi ochiladigan maydonchaning eni 1,6 m. dan bo‘lmasligi kerak.
2.Binoning o‘lchov chizmalari
Arxitektura qurilish chizmalarida binolarni quyidagi hollarda o‘lchanadi: agar bazi elementlar loyiha bo‘yicha qilinmagan bo‘lsa, agar ishlab chiqarish ishlarining hajmini o‘ziga qarab hisoblash kerak bo‘lsa,binoni qayta ishlash yoki tubdan remont qilish kerak bo‘lsa va loyiha chizmalari yo‘q bo‘lsa. Eski binolarni o‘lchaganda plan, fasad va qirqimning xomaki chizmasi bajariladi. Agar binoda ichki xonalari ko‘p bo‘lsa oldin tashqi devor o‘lchanadi va chiziladi. Tashqi devorning qalinligi oyna o‘yig‘idan o‘lchab olinadi. Oyna va eshiklar xomaki chizmada soddalashtirib ko‘rsatiladi. Eshiklar ko‘rsatilganda ochilish yo‘nalishi ko‘rsatiladi. Ichki xonalarning faqat to‘rt devori emas, diagonali ham o‘lchanadi.(rasm)
Agar xona to‘g‘ri to‘rtburchakli bo‘lmasa u holda xona uchburchaklarga bo‘lib o‘lchanadi. Bino zinalari, sanitariya-texnika jixozlari ko‘rsatiladi. Qirqim chizmalari o‘lchash ishlari biror bir bazadan, masalan poldan boshlanadi. Zinani aniq o‘lchash kerak. Bostirmani o‘lchaganda ochish kerak bo‘ladi. Agar ochishning iloji bo‘lmasa, u holda oyna tagi orasidagi ikkita ketma-ket qavatning oyna tagi orasidagi masofa o‘lchanadi va hisoblab topiladi. Qiyshiq chiziqli elementlarni o‘lchaganda kertma belgi va koordinat usullaridan foydalanish mumkin. Kertma belgilarni ikkita bazadan boshlash kerak. O‘lchash qiyin bo‘lgan joylarda fotogrammetriya usullaridan foydalanib stereografiya qilish mumkin.
Arxitektura detallari alohida hamma o‘lchamlari bilan chiziladi. Yangi qurilayotgan binoning chizmalari qanday taxlansa, o‘lchov ham huddi shunday tartibda taxlanadi.
3.Bino qirqimining chizmalari
Hayolan vertikal tekislik yordamida kesilishidan hosil bo‘lgan ko‘rinish qirqim deb ataladi. Qirqimlar qurilish chizmalarida binoning hajmini va konstruktiv yechimini ko‘rsatish uchun xizmat qiladi. Qirqimlar arxitekturaviy va konstruktiv bo‘ladi. Arxitekturaviy qirqim binoning ichki arxitekturasining kompozitsiyasini ko‘rsatadi. Bunday qirqimda xonalarning, oynalarning, eshiklarning, sokolning va boshqa konstruksiyalarning balandliklari ko‘rsatiladi. Arxitekturaviy qirqimda cherdakdagi bostirmaning qalinligi, tomning konstksiyasi va poydevorlari ko‘rsatilmaydi (rasm)
Arxitekturaviy qirqimlar loyihalashning boshlang‘ich bosqichlarida chiziladi va bu qirqimdan fasad ustida ishlashda foydalaniladi.
Kontruktiv qirqimlar binoning ish chizmasi tarkibiga kiradi. Bu qirqimda binoning konstruktiv elementlar va kerakli o‘lchamlari, belgilari ko‘rsatiladi
.
Eshik va derazalar o‘rni, zinalar, ko‘tarish transportlari GOST
21.107-78. ga ko‘ra shartli belgilar bilan ko‘rsatiladi. Qurilish chizmalarida oddiy, pog‘onali, bo‘ylama va ko‘ndalang qirqimlardan foydalaniladi. Bundan tashqari qirqimga tushmay qolgan konstruksiyalarni ko‘rsatish uchun joylardagi mahalliy qirqimlar ham bajariladi. Qirqimning chizmasi quyidagi ketma-ketlikda bajariladi:
1-qavat poli uchun gorizontal chiziq 0.000 sath bo‘ylab chiziladi,
gorizontal chiziq plandagi yer sathi bo‘ylab o‘tkaziladi,
birinchi gorizontal chiziq bo‘ylab koordinat o‘qlari belgilanadi. Bu o‘lchamlar binoning planidan olinadi va shu nuqtalar orqali vertikal o‘q chiziqlari chiziladi,
o‘qlarning ikki chekkasidan ichki va tashqi asosiy devorlar, pardevorlar ingichka tutash chiziq bilan chiziladi. So‘ngra polning konturi, ship, bostirma va h.k.lar chiziladi.
bostirma konturi chiziladi.
kesuvchi tekislik ortidagi boshqa elementlar (tom, pardevorlar va x.k.) eshik va oyna uyiqlari chiziladi,
ichki va tashqi o‘lcham chiziqlari chiziladi. Balandliklar belgilari chiziladi,
qirqimdagi bosh chiziqlar kerakli qalinlikda yurgizib chiqiladi, kerakli o‘lchamlar qo‘yiladi, yozuvlari yoziladi. Ortiqcha chiziqlari esa o‘chiriladi.
K onstruktiv qirqim ham huddi shunday ketma-ketlikda bajariladi. Faqat konstruktiv elementlar aniqroq chiziladi, tugunlar doirachalarga olib ko‘rsatiladi, tabiiy tuproq shtrixlanadi
4.Bino fasadining chizmasi
B inoning tashqi tarafini ko‘rsatadigan vertikal tekislikdagi ortogonal proeksiyasi fasad deyiladi. Fasadlar – asosiy fasad, hovli tarafidagi fasad va yon fasadlarga bo‘linadi. Binoning ko‘cha yoki maydon tarafiga qaragan fasadi asosiy fasad deyiladi. Loyihada odatda hamma fasadlar beriladi. Fasadlar bino joylashgan chetki koordinatsion o‘qlari “Fasad 1-7”, o‘qning markasi “Fasad
A-I” bilan belgilanadi
F asad chizmalarida deformatsion choklar, yong‘in zinalari, tashqi suv oqadigan trubalar, darvoza oldidagi panduslar, jalyuzli panjaralar ko‘rsatiladi. Agar fasadning biror yeri fasad qilingan materialdan boshqa materialdan bajarilgan bolsa, u holda shu joyi shtrixlab ko‘rsatiladi. Juda uzun davom etgan ishlab chiqarish binolarining bir xil joylashgan oynalarini chetki 2-3 oraliqda ko‘rsatish ruxsat etiladi. Agar fuqaro va ishlab chiqarish binolarida M 1:100 dan kichkina bo‘lsa, u holda oyna va eshiklarning faqat konturlari chiziladi. Agar fasadda murakkab joylari bo‘lsa, u holda ular fasadning fragmentida katta masshtabda ko‘rsatiladi.
Fasadda o‘lchovlar qo‘yilmaydi, faqat yerning sathi, kirish maydonchasi, devorning yuqori belgisi, oyna va eshiklarning belgilari ko‘rsatiladi. Agar plan va qirqimda oyna va eshiklarning markalari ko‘rsatilmagan bo‘lsa, u holda fasadda ularning markalari ham ko‘rsatiladi, OK-1, OK-2 v.x.k
Fasad chizmasi quyidagi kema-ketlikda bajariladi: Oldin fasadning konturidan 30mm. uzunroq qilib gorizontal chiziq chiziladi. Ingichka chiziqda sokolning gorizontal chizig‘i, oyna va eshiklarning pastki va ustki gorizontal chiziqlari chiziladi.
So‘ngra koordinatsion o‘qlar bo‘ylab vertikal chiziqlar, devorlar, oyna va eshik o‘yiqlari chiziladi. Balkonning to‘siqlari, tutun chiqadigan trubalar va boshqa arxitektura detallari chiziladi. Fragmentda fasad elementlarini ko‘rsatadigan doirachalar, koordinatsion o‘qlarni ko‘rsatadigan doirachalar, balandlik belgilari, kerak bo‘lsa o‘lcham chiziqlari ko‘rsatiladi. Kerakli yozuvlar yoziladi
Nazariy savollar
1.Binoning konstruktiv elementlariga nimalar kiradi?
2. Arxitektura qurilish chizmalarida binolar qanday hollarda o‘lchanadi?
3. Binolar o‘lchash vaqtida agar xona to‘g‘ri to‘rtburchakli bo‘lmasa, u holda xona qanday o‘lchanadi?
4.Qirqim deb nimaga aytiladi?
5. Qirqimning chizmasi qanday bajariladi?
6.Fasad deb nimaga aytiladi?
7.Fasad turlarini sanang
8.Fasad chizmasi qoidalarini so‘zlab bering
10-Mavzu:G‘ishtli devorlar konstruksiyasi
Reja:
1.Turli g‘ishtli devor konstruksiyalari
2. Pardevorlar konstruksiyasi va paxsa devorlar
3. Mayda blok va tabiiy toshdan terilgan devorlar
1. Turli g‘ishtli devor konstruksiyalari
G‘isht qadimgi qurilish materiali sifatida hammaga ma’lum. U hozirgi paytgacha qurilishda keng qo‘llanib kelinadi. Eng keng tarqalgan pishgan oddiy g‘ishtlar sariq va qizil bo‘ladi. Ichi g‘ovak pishgan g‘ishtlar ham bo‘lib, ular yaxshi issiqlik o‘tkazmaydigan ko‘rsatkichlarga ega. Xom g‘ishtli imoratlar o‘zining arzonligi, qurish texnologiyasining yengilligi, istalgan me’moriy ko‘rinish berish mumkinligi, qish va yozlarda haroratning o‘zgarishiga barqarorligi kabi ijobiy xususiyatlari bilan farq qiladi. Xom g‘ishtdan shu kabi ustunliklari bo‘lgani uchun keng qo‘llanilib kelinadi. O‘zbekistondagi xususiy qishloq imoratlari devorlarining yarmidan ko‘pi, Toshkentdagi shaxsiy uylarning to‘rtdan bir qismi xom g‘ishtdan qurilgan. Bunday imoratlarning ba’zilarini tomi tuproqdan, ba’zilariniki tunuka yoki shifer bilan yopilgan. Bu imoratlarning poydevori ko‘pincha tosh, beton va pishiq g‘ishtdan 0,5—1 m balandlikda ishlangan. Xom g‘ishtlar yoki guvalalar odatda sof tuproqdan tayyorlanadi. Bunday devorlarning qalinligi 40 sm dan 50—60 sm gacha bo‘ladi. 7—8 balli zilzila bo‘lib turadigan xududlarda xom g‘ishtdan tiklangan imoratlarni antiseysmika tadbirlarisiz qurish butunlay mumkin emas.
Xom g‘ishtli konstruksiyalar. Xom g‘ishtdan ishlangan binolar har qanday yo‘llar bilan mustahkamlangan bo‘lsa ham 9 balli zilzilaga bardosh bera olmaydi. Shuning uchun 9 balli zonalarda xom g‘ishtdan imorat qurish tavsiya etilmaydi. Umuman, xom g‘isht duch kelgan tuproqdan tayyorlanmagani ma’qul, tuproq tuzlarsiz, qumsiz va ortiqcha salbiy tashkil etuvchi tosh va boshqa materiallardan holi bo‘lishi kerak. Xom g‘isht tayyorlaganda ma’lum bir jarayonga amal qilish lozim, ya’ni tanlangan tuproqqa tegishli suv quyilib, bir sutka saqlab so‘ngra yaxshilab pishitib, keyingina qoliplarga solinadi va mahsulot yaxshilab quritiladi. G‘isht asosiy devor materiallaridan biri bo‘lib, hozirgi turar-joy va jamoat binolarining 40% dan ko‘pi g‘ishtdan quriladi. G‘ishtli binolarga me’moriy va badiiy ko‘rinish berishda katta imkoniyatlar bor. G‘isht devorlar pishirilgan va silikat g‘ishtlardan ham bunyod etiladi.
Diafragmali devor. Bunda g‘ishtli devor uzunasiga joylashtirilgan ichki va sirtqi qatlami oralig‘idagi har besh qatordan keyin gorizontal holda (diafragma) terilgan qator bilan bog‘lanadi. Devorlar orasidagi bo‘shliqqa yengil beton, shlak yoki issiqlik o‘tkazmaydigan boshqa material to‘ldiriladi. Bunday devorlar uch qavatgacha bo‘lgan binolarda qo‘llaniladi.
Quduqsimon devor. Bu vertikal diafragmalar vositasida tutashtirilgan ikki devordan iborat. Devorlar orasidagi quduqchalarga yengil beton, shlak yoki issiqlik o‘tkazmaydigan boshqa material to‘ldiriladi. Quduqchalardagi shlak qatlami cho‘kishining oldini olish uchun har 5—6 qatordan keyin ma’lum bir qalinlikda qorishma yotqiziladi, bunday devorlar bir-ikki qavatli binolarda ishlatiladi.
Anker g‘ishtli devor. Beton devor oralig‘i yengil beton bilan to‘ldirilgan ikki qavat devordan iborat bo‘ladi. Ko‘ndalang yotqizilgan g‘ishtlarning ichki tomonga turtib chiqqan uchlari beton qatlami orqali tashqi qator bilan bog‘lanadi. Bunday devorlar to‘rt qavatgacha bo‘lgan binolarda qo‘llaniladi.
Oralig‘i bo‘sh qoldirilgan yoki oralig‘iga issiqlik о‘tkazmaydigan material joylangan devor. Devorlar g‘ishtini terganda choklar ko‘p qatorli sistemada bog‘lanadi. Bunday devorlar besh qavatgacha bo‘lgan devorlarda qo‘llaniladi.
T ermosoldiqli devor. Yarim g‘isht qalinlikda bo‘ylamasiga terilgan va bir-biriga parallel ikki devordan iborat bo‘lib, devorlar orasi yengil yoki g‘ovak beton bilan to‘ldiriladi. To‘rt va undan kam qavatli bo‘lgan binolarda qo‘llaniladi.
2. Pardevorlar konstruksiyasi va paxsa devorlar
. Xususiy turar-joy va dala-hovli uylari qurilishida pardevorlar ko‘proq g‘isht va yog‘ochdan ishlanadi. G‘ishtli pardevorlar qalinligi ko‘p hollarda yarim g‘isht (12 sm), ba’zan esa bir g‘isht (25 sm) bo‘ladi. Chorak g‘ishtli pardevorda g‘isht qirrasi bilan teriladi. Agar pardevor uzunligi 1,5 m dan oshsa, uni har ikki-uch qatorda diametri 3 mm li po‘lat sim bilan armaturalanadi. Sanitariya xonalarining pardevorlari sement-qumli qorishma bilan suvaladi. Gipsdan yoki shlak-betondan tayyorlangan mayda gips bloklari ham pardevor uchun qo‘llanilishi mumkin. Yog‘ochdan tayyorlangan pardevorlar asosan pol osti to‘sini ustiga o‘matiladi. Oddiy taxta-yog‘och pardevorlar uchun chetlari tekis, qalinligi 40-50 mm, eni 100—120 mm li taxtalardan foydalaniladi. Yashash xonalari orasiga tovush izolatsiyasi yaxshi bo‘lgan ikki qavatli pardevorlar qo‘llanilgani ma’qul. Bu holda qalinligi 20—25 mm li taxtalar qo‘llaniladi. Ular to‘singa yoki pol osti to‘siniga va shipga qoqilgan 40x 40 mm kesimli ikkita reyka orasiga o‘rnatiladi. Ularning orasiga tovush o‘tkazmaydigan to‘ldirilgich solish mumkin. Yog‘och taxtali pardevorlardan eng tejamlisi karkas-qoplagichli konstruksiyadir. Karkas qoplagich sifatida yupqa (15—19 mm) taxta, fanera va boshqa materiallardan foydalanish mumkin. Agar pardevorda eshik bo‘lsa, karkas ichiga qo‘shimcha vertikal va gorizontal taxtalar qoqiladi.
Tuproq betondan (paxsadan) devor qurish. Qadimdan ota-bobolarimiz tuproq-loydan pishiq va mustahkam devorlar qurib kelgan. Shu kunlarda ham bunday devorlardan uy qurish o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. Paxsa uchun O‘zbekiston xududlarida asosan toza soz tuproq ishlatiladi. Paxsa uchun loy tayyorlashda, avval yer yumshatilib, so‘ng suv quyib tuproq ivitiladi. 2—3 kun loy tindiriladi, so‘ngra bir necha marta ag‘darilib, loy sozlanadi. Nihoyat tayyor bo‘lgan loyni pishitib, poydevor ustiga bo‘lak-bo‘lak qilib, yotqiza boshlanadi. Ma’lum balandlikka ko‘tarilgandan so‘ng paxsa devorlarining tashqari va ichkari tomonlari belkurak yordamida tekislanadi. Albatta, poydevor va devor orasida suvdan saqlaydigan qatlam bo‘lishi shart. Devorlarning ustivorligini ta’minlash uchun devor qalinligi kamida 50 sm bo‘lgani ma’qul hisoblanadi. Tuproq blokdan qurilgan binolar unchalik chidamli, ya’ni umrboqiy bo‘lmaydi. Shu ko‘rsatkichni ko‘tarish uchun turli tadbirlar (kuydirib pishirish, turli materiallar bilan armatura vazifasini bajarish) joriy qilingan. Paxsani yomg‘irdan saqlash maqsadida somonli loy bilan suvaladi.
3.Mayda blok va tabiiy toshdan terilgan devorlar
Devor materiali sifatida g‘ishtlar bilan bir qatorda sopol va mayda, yengil beton bloklar keng ko‘lamda qo‘llaniladi. Sopol blok toshlar mayin loydan quyiladi va ichi g‘ovak (7, 15, 21va 28 g‘ovakli) bo‘ladi. Ularning o‘lchamlari: turiga qarab, oddiysi 250x 120x 138 mm; yiriklashtirilgani 250x250x 138 mm; modulli 288x 138x138 mm bo‘ladi. Mazkur bloklarning markasi 75—300, zichligi 1400 kg/m3 ga teng bo‘ladi. Bunday sopol bloklarning g‘ovaklari ochiq yoki bir tomoni berk bo‘lishi mumkin va ular g‘ishtga nisbatan issiqlikni kam o‘tkazadi. Shu sababli devor qalinligini kamaytirishga imkon beradi.
Ichi g‘ovak sopol toshlardan devor qurishda choklar bir qatorli sistemada bog‘lanadi. Bunda toshlar g‘ovaklarini yuqoriga qarab yotqiziladi. Terilgan bloklarning g‘ovaklari issiqlik oqimiga nisbatan tik, ya’ni devor o‘qi bo‘ylab joylashishi zarur. Ular ham kam qavatli, ham ko‘p qavatli binolar uchun yaroqlidir. Yengil beton mayda bloklardan terilgan devor, g‘ishtli devorlardan yengilligi va issiqlikni kam o‘tkazishi bilan farqlanadi. Bu xususiyatlar devor qalinligini kamaytirishga olib keladi. O‘lchamlari 390x 190x 188 mm bo‘lgan uch g‘ovakli (ochiq yoki berk) yoki yaxlit bloklar ko‘proq ishlatilib, uch qatorli sistemada teriladi. Qoliplanadigan sirtki yuzasiga rang berilgan yoki naqshlar solingan bo‘lib, ularning markasi 25—250 ga teng bo‘ladi. Devor qurish ishlari qo‘lda bajarilishi mo‘ljallangan hollarda bloklarning massalari 32 kg dan ortiq bo‘lmasligi maqsadga muvofiqdir. Qurilishda boshqacha yengil beton bloklar, ya’ni g ‘ovaklari tirqishsimon va birboshi ochiq bo‘lgan bloklar ham uchrab turadi. Bunday bloklardan terilgan devorlar blok tirqishlari bir-biri bilan tutashmaganligi va tirqishlardan havo almashinuvi bo‘lmaganligi sababli, uch g‘ovakli bloklardan terilgan devorlarga nisbatan iqtisodiy jihatdan samaraliroq bo‘ladi. Bunda tirqishlar yuqori tomondan yopiq bo‘lib, bloklarni o‘zaro bog‘lash uchun qorishma yaxlit toshlarni terishdagi kabi yoyiladi. Uch g‘ovakli blokni terishdagi qiyinchilik bu yerda uchramaydi. Mexanik ishlov berish oson, g‘ovak strukturaga ega va zichligi kam yengil tog‘ jinslari bor xududlarda bino devorlarini tabiiy toshlardan terish maqsadga muvofiqdir.
Tabiiy g‘ovak toshlardan bloklar o‘lchamlari yengil beton bloklari kabi, ya’ni 390x 190x 188 mm qilib arralab olinadi. Bu bloklarni terish ikki va uch qatorli sistemada olib boriladi. Bu toshlarning tashqi ko‘rinishi chiroyli bo‘lganligi uchun qo‘shimcha pardozlash ishlariga hojat qolmaydi. Noto‘g‘ri shakldagi ohaktosh, qumtosh va boshqa zich tog‘ jinslari bo‘laklari xo‘jalik binolarni qurishda asosan harsangtosh plita sifatida ishlatiladi.
Tosh va armatosh konstruksiyalar. Insoniyat tarixida tabiiy tosh birinchi marotaba qurilish konstruksiyalari sifatida ishlatilgan. Shunday qilib, tabiiy toshdan bo‘lgan imoratlar tosh davridayoq dunyoga kelgan. Insoniyat ishlab chiqarishning sekin-asta rivojlanishi asosida, avval oddiy ishlangan tosh, keyinchalik birinchi sun’iy tosh-g‘isht xomashyosi paydo bo‘ldi. Tosh konstruksiyalar avval qulchilik davrida, keyin esa feodal tuzumida o‘zining yuqori darajasiga erishdi. Bu davrning bir qator bino va qurilishlari bizning davrimizgacha ham yaxshi saqlanib qolgan. Toshni bir qator xossalariga qarab tavsiflaydilar. Kelib chiqishi bo‘yicha tosh tabiiy toshlarga va sun’iy toshlarga bo‘linadi. Tosh materiallarga talab qilinadigan asosiy xossa — bu ularning mustahkamligi, umrboqiyligi va issiqni ushlab turishidir.
Shlak beton devorlar. Shlak va shu kabi to‘ldirgichlardan yengil beton tayyorlab, bir-ikki qavatli uylarning devorlariga va tosh plitalariga qo‘llasa
bo‘ladi. Bunday devorlarning issiqdan himoya qilish xususiyati g‘isht devorga nisbatan 1,5 baravar samarali va arzon.
Nazorat savollari
1. Xom g‘ishtli konstruksiyalarning afzalliklari va kamchiliklari qanday?
2.Chorak g‘ishtli pardevorlar qanday teriladi?
3. Ichi g‘ovak sopol toshlardan devor qurishda choklar qanday sistemada bog‘lanadi.
4. Yengil beton mayda bloklardan terilgan devor, g‘ishtli devorlardan qanday xususiyati bilan farqlanadi?
11-Mavzu:
Foydalanilgan adabiyotlar
Ishenko I.I. Tosh va g‘isht terish texnologiyasi. – M.: Oliy maktab, 1980.
Neyelov V.A. Qurilish-montaj ishlari. – M., 1990.
.N.Bozorboyev. Uy-joy quruvchilar uchun 1001 maslahat. – T., 2003.
Raximov A. va boshq. “Qurilish ishlari texnologiyasi”. T.:Faylasuflar milliy jamiyati, 2013.
E.K.Umurzaqov, M.A.Xamidova «Kurilish ishlab chitsarish texnologiyasi» Fargona - 2001
KMK. 1. 01.04-98 «Me’moriy Qurilish atamalar». Toshkent, 1998.
S.S.Atayev i dr «Texnologiya, mexanizatsiya, avtomatizatsiya i
stroitelstva». M. «Vыsshaya shkola », 1990.
O.O.Litvinov Texnologiya stroitelnogo proizvodstva Kiyev.
«Budivelnik», 1982.
I.I.Ishenko. Gisht, tosh va montaj ishlari texnologiyasi. Toshkent 1978
Ilmuradov A.“G‘isht va tosh terish texnologiyasi” T., 2001.
J. Yodgorov va boshqalar. Chizmachilik. Toshkent-1992yil.
P.O. Odilov va boshqalar. Chizmachilik. Toshkent- 2000.
MUNDARIJA
Kirish
I.Loyihalash asoslari
1-mavzu: G‘isht terish nazariyasi
-G‘isht haqida qisqacha ma’lumot.
-.G‘isht terish nazariyasi va bog‘lash sistemasi
-.G‘isht terish usullari
Amaliy mashg‘ulotlar
2-mavzu: G‘isht terish texnologiyalari
- G‘isht terishda choklarni bir qatorli sistemada bog‘lash qoidalari
- Choklarni ko‘p qatorli sistemada bog‘lash qoidalari
- Yengillashtirilgan devorlarni terish
- Peremichka (Sarbasta), arka va gumbazlarni terish
- Manzarali devor terish
3-mavzu: Devor g‘ishtlarni terish usullari
-To‘g‘ri burchaklarning g‘ishtlarini terish
-Devorlarning bir-biriga tutashadigan va bir-birini kesib o‘tadigan g‘ishtlarni terish
-Manzarali devor terish
4-mavzu:G‘isht terish ishlarini to‘g‘ri tashkil etish qoidalari
-G‘isht teruvchilar ishlarini va ish o‘rnini tashkil qilish.
-G‘isht terishda ishlatiladigan asbob-uskunalar va jihozlar hamda ulardan foydalanish qoidalari.
-G‘isht terish ishlarida ishlatiladigan qorishmalar
5-mavzu:G‘isht terish ishlarida xavfsiz texnika qoidalari
- G‘isht terish sifatiga qo‘yiladigan talablar
-G‘isht terish ishlarida xavfsizlik texnika qoidalari
-Noqulay iqlim sharoitida g‘isht terish ishlarini bajarish.
Amaliyot uchun topshiriqlar
Do'stlaringiz bilan baham: |