Genetika fa’nining vazifasi, metodlari



Download 23,64 Kb.
Sana08.09.2017
Hajmi23,64 Kb.
#20532
Genetika fa’nining vazifasi, metodlari
Genetika fa’ni barcha tirik organizmlarga xos bo’lgan irsiyat, o’zgaruvchanlik qonuniyatlarini o’rganadi.

Irsiyat – tirik organizmlarning o’z belgi va hususiyatlarini kelgusi avlodlarga qoldirish, ya’ni nasldan-naslga berish. xossasidir.

O’zgaruvchanlik – tirik organizmlarning tashqi va ichki omillar ta’sirida yangi, o’zgargan belgi va hususiyatlarni hosil qilishidan iborat.

O’zgaruvchanlik tufayli organizmlar ajdodlaridan hamda bir-biridan o’z belgi va hususiyatlari bilan farq qiladi. Buning natijasida Ularda xilma-xillik nomoyon bo’ladi.

Irsiyat va o’zgaruvchanlik tirik organizmlarining bir-biriga qarama-qarshi, lekin o’zaro uzviy bog’liq bo’lgan xossalaridandir.

Genetika fa’ni organizmlarda ularning belgi va hususiyatlarining nasldan-naslga berilishini ta’min etuvchi “gen” deb ataluvchi irsiy birlik mavjudligini isbot etadi.

Organizmdagi genlar kelgusi avlodlarga jinsiy ko’payish jarayonida urug’ va tuxum hujayralari orqali beriladi. Jinssiz va vegetativ ko’payishda esa genlar keyingi avlodlarga sporalar yoki tana hujayralari orqali beriladi.

Har qaysi organizmdagi barcha genlarning yigindisi, uning genotipini tashkil etadi. Organizmning individual rivojlanishida hosil bo’lgan belgi va hususiyatlarning yig’indisi esa uning fenotipi deb yuritiladi.

Kuchli ta’sir etuvchi fizik va kimyoviy omillar ta’sirida genlar tubdan o’zgairi mumkun. Natijada yangi irsiy o’zgaruvchanlik paydo bo’ladi. Bundan tashqari, atrof-muhit omillari organizmning genotipining fenotipik rivojlanishi darajasiga ham ta’sir ko’rsatadi. Shunday qilib, tirik organizmlar fenotipining qanday bo’lishi, uning genotipiga hamda ma’lum darajada ham ta’sir ko’rsatadi. Shunday qilib, tirik organizmlar fenotipining qanday bo’lishi, uning genotipiga hamda ma’lum darajada sharoit omillariga bog’liq.

Irsiyat va o’zgaruvchanlik, buyuk olim Charlz Darvin takidlaganidek, organik olam evolyutsiyasining muhim omillari hisoblanadi.

Genetika fa’ni biologiyaning bir qator nazariy va amaliy muammolarini hal etadi. Genetikaning hal qilishi lozim bo’lgan nazariy muammolar quyidagilardan iborat:


  1. Irsiyatning moddiy asoslari – xromosomalar, genlar, DNK va RNK molekulalarining strukturasi va funksiyasini tekshirish.

  2. Organizmlar belgi va hususiyatlarining kelgusi avlodlariga berilishi va rivojlanish qonuniyatlarini aniqlash.

  3. Turli fizik va kimyoviy omillar ta’sirida organizmlarni irsiy o’zgaruvchanlikning paydo bo’lish qonuniyatlarini ochish.

  4. Irsiy o’zgaruvchanlikning organizmlar evolyutsiyasidagi ahaniyatini tadqiq etish.

Genetika fa’ni nazariy qonuniyatlarga asoslanib, quyidagi katta amaliy ahamiyatga ega bo’lgan muammolarni hal qiladi:

  1. Madanniy o’simliklarning navlari, uy hayvonlarining yangi zotlari, foydali microorganizmlarning yangi shtamlarini yaratishning samarali metodlarini yaratish.

  2. Odamlarda turli irsiy kasalliklarning paydo bo’lishini o’rganinsh, ularning oldini olish va davolashning samarali metodlarini yaratish.

  3. Ekologik muhit sharoitini sog’lomlashtirish, uning irsiyatga salbiy tasir etuvchi omillaridan, organizmlar genofondini asrab qolishning genetic metodlarini yaratish.

Qayt etilgan vazifalarni echishda genetika fa’ni bir qator metodlardan

foydalaniladi. Bular qatorida duragaylash, stogenetik molekulyar genetik, ontogenetic va genetic injineriya metodlari kiradi.



Duragaylash metodining mohiyati chatishtirish natijasida olingan duragay

avlodlarida ota-ona belgilarining irsiylanishini o’rganishdan va uning qonuniyatlarini ochishdan iborat.



Stitogenetik metod qo’llanilganida ota-ona belgilarining duragaylarda irsiylanishini o’rganish bilan bir qatorda ularning xromosomalarining xolati ham stitologik usulda maxsus mikroskoplar yordamida o’rganiladi.

Molekulyar genetic metodning mohiyati irsiyatning moddiy asosi bo’lgan nuklein kislotalari (DNK, RNK) ning strukturasi va funktsiyasini o’rganishdan iborat.

Ontogenetik metod yordamida organizmlarning individual rivojlanish jarayonida gemnotib va tashqi muhit omillari ta’sirida belgi va hususiyatlarning fenotibda nomoyon bo’lish qonuniyatlari o’rganiladi.

Genetik Injineriya metodi bir organizimning noyob genlari yoki xromosomalarini boshqa organizemga ko’chirib o’tqazishni ishlab chiqarishga asoslangan.

Genetika fa’ni rivojlanishining qisqacha tarixi.

Buyuk chex olimi Gregor Mendel o’zining no’xot o’simligida olib borgan ko’p yillik tajribalari natijasida biologiya fa’ni tarixida birinchi bo’lib irsiyatning uchta fundamental qununiyatlarini kashf etadi. U genetikaning asosiy va eng samarali uslubi bo’lmish durugaylash yo’li bilan irsiyatni o’rganish metodini yaratdi. Mendel tadqiqotlarining natijasi 1865-yilda nashr etilgan bo’lsada, uzoq vaqt tan olinmadi. 1900-yilda Mendel qonunlari uch yirik olim G. De-Friz, E. Chermak va K. Korrenslar tomonidan qayta ochilganidan keyin,u ilmiy jamoatchilik tomonidan tan olinadi. Shuning uchun ham 1900-yil biologiya tarixida genetika fa’ni asossolingan sana hisoblanadi. Genetika atamasi grekcha “genetikos” so’zidan olingan bo’lib, tug’ulish, kelib chiqish degan ma’noni bildiradi.

Genetika fa’nining rivojlanish tarixida quyidagi asosiy bosqichlarni belgilash mumkun:

Mendel va uning izdoshlari tomonidan irsiyat va irsiylanish qonunlarining kashf etilishi.

Morgonnning xromosoma nazariyasining yaratilishi va uning rivojlanishi.

Molekulyar genetika yutuqlari va istiqboli.



Mendelning duragaylash orqali genetic analiz qilish metodi.

Irsiyat qonunlarining yaratilishida G. Mendel asossolgan duragaylash metodi katta ahamiyatga ega. Bu metod o’zining samaradorligi barcha genetikaga oid ilmiy-ilmiy tadqiqot ishlarida keng qo’llanib kelinmoqda. Duragaylash metodining mohiyati quyidagilardan iborat: tajriba uchun ota-ona o’simliklari sifatida o’rganilayotgan belgilari bo’yicha irsiy toza (gomozigotali) hamda o’zaro keskin farq qiladigan (alternativ) navlar olinadi. Masalan, no’xotning guli qizil-oq, urug’i sariq-yashil rangda, urug’ shakli tekis burishgan navlar. Ular o’zaro chatishtirilib olingan duragay o’simliklarda ota-ona belgilarining irsiylanishi bir necha avlod davomida o’rganiladi.



Mendel dastavval bitta belgisi, so’ngra ikkita va nihoyat, uchta va undan ortiq belgisi bo’yicha keskin farq qiluvchi organizmlarni chatishtirishni esa poliduragay chatishtirish deb yuritiladi.

Irsiyatni duragaylash metodida foydalanib o’rganilganda quydagi genetic qo’llaniladi. Ona organizimini “ ♀ ” (Zuhro-Venera ko’zgusi) belgisi, ota organizimini esa “ ♂ ” (Marsning qalqoni va nayzasi) belgisi, bilan ifodalaniladi. Ularni chatishtirish “ X ” iborasi bilan belgilanadi. Ota-ona organizmlar oldida lotincha “P” (lotincha so’z “parentale” – ota-ona demakdir) xarfi qo’yiladi. Ularni chatishtirish natijasida olingan birinchi avlod duragay F1 , ikkinchi avlod duragay F2 va hakozo simvollar bilan belgilanadi. “F” lotincha “filia” so’zidan olingan bo’lib, farzandlar ma’nosini bildiradi. Birinchi avlod (F1) duragayni ressesiv gomozigota forma bilan qayta chatishtirish, ya’ni tahliliy – bekkross natijasida olingan avlon FB tarzida ifodalanadi.
Download 23,64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish