Sholg’om oq kapalagi



Download 16,32 Kb.
Sana20.07.2022
Hajmi16,32 Kb.
#831207
Bog'liq
SHolg


SHolg’om oq kapalagi -O’zbekistonning barcha viloyatlarida uchraydi. Kapalaklari karam ok kapalagiga juda o’xshaydi, ammo undan maydaroq. Kapalagi qanot yozganda 35-40 mm keladi. Old qanoti uchida joylashgan qora dog’i ham uncha katta emas, urg’ochi kapalakning old qanotida tepa-past joylashgan ikkita koramtir tomchisimon dog’i bor, erkagida esa faqat bittadan, mo’ylovi to’qmoqsimon. Tuxumi butilkasimon, qovurg’ali, och sariq tusda. Qurti yashil tusda, usti qisqa tuklar bilan qoplangan, yelkasining o’rtasidan va ikki biqinidan 3 ta sariq chiziq o’tgan. G’umbagi yashil rangda, ustida siyrak tomchi dog’lari bor.
G’umbagi turli o’simliklar poyasi, yog’ochlar va qoziqlarda qishlab qoladi. Bahorda kapalagi karam oq kapalagiga nisbatan barvaqt uchib chiqadi. Turli gullar shirasibilan qo’shimcha oziqlangach, kapalaklar urchib tuxum qo’yishga kirishadi. Tuxumini yakka-yakka qilib, butguldosh o’simliklar bargining ost tomoniga qo’yadi.
Tuxumlardan 3-5 kun ichida qurtlar chiqadi va dastlab barglarni qirtishlab, so’ng esa teshib yeb shikastlaydi. Qurtlar ko’p bo’lgan karam va sholg’om o’simliklari bargsiz bo’lib, shaklini yo’qotadi. Qurtlar 10-20 kun rivojlangach g’umbaklanadi va 8-12 kundan keyin yangibo’g’in kapalaklari uchib chiqadi. O’rta Osiyo sharoitida bu zararkunanda yiliga 4-5, shimoliy tumanlarda esa 2-3 bo’g’in beradi. Sholg’om oq kapalagi sonini ham karam oq kapalagidek tabiiy kushandalar keskin kamaytirib turadi.
Qurti barcha butguldosh ekinlar va begona o’tlar bargini yeb shikast yetkazadi. U karam, sholg’om, raps kabi ekinlarning hosildorligini pasaytiradi. O’zbekistonning butguldosh o’simliklar o’sadigan barcha tumanlarda keng tarqalgan.
Karam kuyasi uncha yirik bo’lmagan hasharot: kapalagi qanot yozganda 14-17 mm keladi. Qanotlari tor, old qanotining orqa chetida to’lqinsimon oq chizig’i mavjud, u kapalak qanot yig’ib o’tirganda to’lqinsimon rasmni vujudga keltiradi. (56-rasm) rangi kulrang-qo’ng’ir. Orqa juft qanotlari esa to’q kulrang, uzun hoshiyali. Qurtining o’rta qismi yo’g’onlashgan, bo’yi 10-11 mm ga yetadi, rangi och yashildan qo’ng’ir-yashilgacha. G’umbagi och yashil tusda bo’lib, yupqa tiniq oq pilla ichida joylashadi. Keyingi yosh qurtlar esa bargning ost tomonida ochiq yashab, uni ust qavatigacha kemiradi. Keyinchalik shikastlangan qismining ust qavati ham qurib, barglarda teshiklar hosil bo’ladi.
Qurtlar juda harakatchan bo’ladi. Ular bezovtalansa, darhol bukilib, ipakcha yordamida bargdan qochishga harakat qiladi. Qurtlar 6-12 kun yashab barglarda g’umbakka aylanadi. 4-10 kundan keyin esa yangi bo’g’in kapalagi paydo bo’ladi.
O’rta Osiyo iqlim sharoitida karam kuyasi bir yilda 10 yaqin bo’g’in berib rivojlanadi, shuning uchun bo’g’inlar bir-biri bilan aralashib ketib, bir vaqtning o’zida zararkunandaning turli shakllarini uchratish mumkin. Shimolga qarab borgan sari kuyasining bo’g’in soni kamayib boradi va u bir martagacha qisqaradi.
Karam kuyasi butguldosh o’simliklarni zararlaydi. Karamda uning zarari ayniqsa o’simlik yosh davrida o’sish nuqtasini shikastlashida ko’rinadi, keyinchalik karam o’ralganidan keyin uning ahamiyati uncha qolmaydi, lekin mahsulot ko’rkini buzadi. O’zbekistonda karam kuyasi asosan o’rtagi va kechki karamga zarar yetkazadi.

https://hozir.org/ozbekiston-respublikasi-oliy-va-orta-maxsus-talim-vazirligi-qa-v4.html?page=2#Karam_oq_kapalagi
Download 16,32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish