diskurs – (lotin. discursus – fikr-mulohaza) – “sezgiga, his-tuyg‘uga asoslangan, bevosita, to‘g‘ridan-to‘g‘ri, intuitsiyaga asoslangan, ichki his orqali” kabi tushunchalardan farqli o‘laroq, “aql-idrokka (fahm-farosat yoki es-hushga) oid, his-tuyg‘uga emas, balki mulohazaga asoslangan, mulohaza bilan qilinadigan, ko‘ngilga emas, aqlga qarab qilinadigan”; “bilvosita ifodalangan”; “mantiqiy”; “namoyishkorona; ko‘rsatmali; ayoniy, chalg‘ituvchi, alayno-oshkor” tushunchalarni anglatadi.
gnoseologiya - fals. bilish nazariyasi: borliqni, dunyoni bilish, uning aniqligi, manbai va shakllari haqidagi falsafiy ta’limot.
epistemologiya – (lot. episteme – bilish; logos – ta’limot, so‘z) – “bilish nazariyasi” yoki gnoseologiya. Bu falsafaning bilim orttirish jarayonida sub’ekt va ob’ektning o‘zaro munosabatini, bilimning voqelikka, tafakkurning borliqqa munosabatini, insonning dunyoni bilish mumkinligini, bilimning haqiqiyligi va ishonchliligini o‘rganuvchi sohasidir.
teleologiya – (lot. teleos – maqsad va logos – ta’limot) – dunyoda ob’ektiv ravishda insonga bog‘liq bo‘lmagan maqsad va maqsadga muvofiqlik mavjudligi haqida falsafiy ta’limot.
paradigma (yunon. paradeigma - namuna, andaza, qolip) – ilmiy amaliyotning muayyan bosqichida mujassamlanadigan, aniq ilmiy tadqiqotni belgilab beruvchi nazariy va metodologik asoslar majmuidir. Shuningdek paradigma muammolarni tanlab olish uchun asos, hamda tadqiqot masalalarini yechish uchun namuna bo‘laoladi.
komparativistika (lot. comparativus - qiyosiy) – 1) adabiyotshunoslikda: turli milliy adabiyotlardagi adabiy fakt (mavzu, syujet, uslub va boshq..) larning aynan o‘xshashlik, o‘zviy bog‘liklik kabi jihatlarini tadqiq qilish; 2) tilshunoslikda: qardosh tillar o‘rtasidagi o‘zaro muvofiqliq, o‘xshash jihatlar va kelib chiqish manbasi aniqlashga qaratilgan qiyosiy-tarixiy uslub.
retsepsiya (lot. receptio – qabul qilish) – boshqa milliy adabiyotda yohud boshqa tarixiy davrda paydo bo‘lgan badiiy asarni idroq qilish.
arxetip – folklor va adabiy asarlarda tez takrorlanuvchi mavzu, syujet, obraz va hokazo. Adabiyotshunoslikda “arxetip” istilohi turlicha talqin qilinadi. Masalan, adibning o‘ziga xosligi (Shekspir xususida “shoirning arxetipi” deyiladi); “azaliy va abadiy obrazlar” (Don-Juan, Don-Kixot, Hamlet, Faust – bular “obraz arxetipi”); “qahramon turlari” (Ona va bola, Ota va ug‘il arxetipi); “obrazlar” (tabiiy timsollar – qizil gul, dengiz, viqor tog‘ va hokazo). Tipologik barqarorlik va umumlashtirish badiiy arxetipning asosiy xususiyatlaridan sanaladi.
istoriografiya – 1. tarix ilmi taraqqiyotini va tarix manbalarini o‘rganuvchi fan; 2. ma’lum bir davr yoki masalaga oid tarixiy asarlar majmui.
genealogiya – 1. nasl-nasab, shajara tarixi; 2. tarix fanining ayrim urug‘, qabila tarixini, nasl-nasabini o‘rganadigan bo‘limi.
substansiya fals. – 1. doim harakatlanib, o‘zgarib, rivojlanib turuvchi materiya, butun borliqning birlamchi asosi; 2. tub mohiyat.
dialektika fals. – harakat va rivojlanishning umumiy qonuniyatlari haqidagi falsafiy ta’limot, shuningdek, harakat va rivojlanishning o‘zi.
Do'stlaringiz bilan baham: |