Fanlar akademiyasining 2015-yildagi faoliyati yakunlari to’g’risida



Download 200 Kb.
Sana09.02.2017
Hajmi200 Kb.
#2145


Fanlar akademiyasining 2015-yildagi faoliyati yakunlari to’g’risida

1. Moliyaviy-iqtisodiy ko’rsatkichlarning bajarilishi. FAga 2015-yilda davlat byudjetidan jami 69,6 mlrd. so’m (2014-yilda 63,8 mlrd. so’m) mablag’ ajratildi. Jumladan, fundamental va amaliy tadqiqotlar dasturlarini amalga oshirishga 39,9 mlrd. so’m (35,3 mlrd. so’m), innovatsiya ishlari dasturlariga 6,2 mlrd. so’m (5,1 mlrd. so’m), Fanlar akademiyasining fundamental tadqiqotlarni qo’llab-quvvatlash fondiga 0,823 mlrd. so’m (0,722 mlrd. so’m), Yosh olimlar fundamental va amaliy tadqiqotlar dasturlariga 0,962 mlrd. so’m (0,869 mlrd. so’m), noyob ob’ektlarni saqlash, boshqa byudjet tashkilotlari, katta ilmiy xodim-izlanuvchilar ish haqi uchun 21,6 mlrd. so’m (21,6 mlrd. so’m) mablag’ ajratildi. Ajratilgan mablag’lar to’la o’zlashtirildi.

Xisobot davrida akademiya muassasalari tomonidan qilingan daromad (nobyudjet tushumlar) 26,5 mlrd. so’mga teng bo’ldi (2014 yilda 24,3 mlrd. so’m), jumladan ilmiy xajmdor mahsulotlarni sotishdan kelib tushgan mablag’ 12,8 mlrd. so’m (11,8 mlrd. so’m), xo’jalik shartnomalari asosida bajarilgan ishlar 11,3 mlrd. so’m (10,3 mlrd. so’m), ijara to’lovlari 380,2 mln. so’m (610,5 mln. so’m), aholiga ko’rsatilgan pullik xizmatlar 666,4 mln. so’m (539,9 mln. so’m) dan iborat bo’ldi.

Maosh va nafaqa to’lovlari yuz foiz amalga oshirildi.

2. Hajmiy ko’rsatkichlarning bajarilishi. Hisobot davrida 445 (471) ta davlat ilmiy-texnik dasturi, jumladan 119 (124) ta fundamental, 169 (184) ta amaliy dastur, 78 (79) ta innovatsiya dasturi, 32 (32) ta Fundamental tadqiqotlarni qo’llab-quvvatlash fondi loyihalari, 20 (22) ta yosh olimlar fundamental va amaliy tadqiqotlari loyihalari, 12 (8) ta vazirliklararo yirik ilmiy-amaliy loyihalar, bundan tashqari 19 (22) ta xorijiy grantlar bo’yicha ilmiy tadqiqotlar amalga oshirildi.

Jami 3273 (3587) ta ilmiy ish, jumladan 1420 (1751) ta ilmiy jurnallarda maqola, 64 (109) ta monografiya, 39 (36) ta darslik va 1750 (1715) ta ilmiy anjumanlarda tezislar chop etildi. 40 (47) ta patent va 15 (6) ta kompьyuter dasturiy mahsulotiga guvohnoma olindi, patentlashga 44 (50) ta buyurtmalar berildi.



5924,4 ming AQSH doll. (2014 yilda 5537,9 ming AQSH doll.) miqdoridagi ilmiy hajmdor mahsulot eksport qilindi, bu rejaga (5660,0 ming AQSH doll.) nisbatan 104,6 foizni tashkil etdi.

2015 yil lokalizatsiya dasturida FA Bioorganik kimyo instituti tomonidan 1 mln. dona feromon tutqichi yetkazib berish rejalashtirilgan. Xozirgi kunda institutda 1 mln. dona tutqich uchun uychalar, 2 mln. dona vkladыshlar, 10 ming kg entomologik yelim tayyorlandi, 645,8 mln. so’m xajmida 394,7 ming dona tutqich sotildi. Mahsulotga talabning yuqoriligiga qaramasdan, “O’simliklarni himoya qilish markazlari” ning mablag’lari yo’qligi sababli qolgan tutqichlar sotilmay qolmoqda.

2014 yil Kooperatsion birjasida tuzilgan shartnomalarga muvofiq ilmiy muassasalarga hisobot davrida 1020,6 mln. so’m kelib tushishi kerak edi. Amalda 838,6 mln. so’m kelib tushdi, ushbu mablag’ rejaga nisbatan 82 % ni tashkil etdi. Hisobot davrida kelib tushishi nazarda tutilgan 182 mln. so’m “Muborakneftegaz” USHK va “Muborak gazni qayta ishlash zavodi” USHK tomonidan FA Umumiy va noorganik kimyo instituti hisobiga shartnomalarda belgilangan muddatlarda o’tkazib berilmagan, mavjud muammolarni hal etish choralari ko’rilmoqda. 2015 yildagi Xalqaro sanoat yarmarkasi va kooperatsion birjasida Fanlar akademiyasining 6 ta muassasalari 42 turli mahsulot bilan faol qatnashdi. Kooperatsion birja doirasida 9 turdagi mahsulotlar bo’yicha umumiy qiymati 4,63 mlrd. so’m bo’lgan 13 ta shartnoma imzolandi.

VIII Respublika innovatsion g’oyalar, texnologiyalar va loyihalar yarmarkasida akademiya ilmiy-tadqiqot muassasalari 124 ta ilmiy ishlanmalar bilan qatnashdi, ulardan 80 ta yangi ishlanmalar VIII innovatsion yarmarka katalogiga kiritildi. SHu jumladan, 20 ta ishlanma yuqori texnologik ishlanmalar ko’rgazmasida, 17 ta ishlanma energotejamkor texnologiyalar va ishlab chiqarishga tayyor ishlanmalar bo’limida hamda 7 ta ishlanma yosh olimlar ko’rgazmasida taqdim etildi. Yarmarka doirasida umumiy qiymati 8,8 mlrd. so’m bo’lgan 195 shartnoma imzolandi. Ulardan bugungi kunga qadar 792,4 mln.so’m kelib tushdi. Qolgan mablag’ shartnomalarda ko’rsatilgan muddatlarda kelib tushishi kutilmoqda.

Yarmarka doirasida bo’lib o’tgan yosh olimlarning “Innovatsion g’oyalar” Respublika tanlovida ishtirok etgan Fanlar akademiyasining 1 yosh olimi ikkinchi o’rinni egalladi va 1 yosh olimi faxriy yorliq bilan taqdirlandi.

O’zbekiston Respublikasi  Fanlar akademiyasining 2015-yil faoliyati natijalari to’g’risida ma’lumot

Jadval-1 







Download 200 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish