«elektr yuritma asoslari»



Download 378,98 Kb.
bet1/11
Sana19.04.2022
Hajmi378,98 Kb.
#563958
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
EYA KL-20


o‛ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI
OLIY VA o‛RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
ANDIJON MAShINASOZLIK INSTITUTI
“ELЕKTROTЕXNIKA”FAKULTЕTI
“ELЕKTROTЕXNIKA, ELЕKTROMЕXANIKA VA
ELЕKTROTЕXNOLOGIYaLAR”
KAFЕDRASI

« ELEKTR YURITMA ASOSLARI»
Fanidankurs loyixasini bajarish bo’yicha
5310700 - Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari (sanoat)
yo‘nalishlar talabalari uchun

USLUBIY KO‛RSATMA

ANDIJON-2020


TASDIQLAYMAN”
Andijon Mashinasozlik instituti
O‘quv –uslubiyKengashida
ko‘rib chiqilgan va tasdiqlangan
Kengash raisi­____________Q.Ermatov
№______ «_____» _______ 2020 - yil
«MAQULLANGAN»
«Elektrotexnika» fakulteti kengashida muxokama
qilingan va ma’qullangan
Kengash raisi____________ Sh. Daliyev

№______ «_____» _______ 2020 - yil


«TAVSIYA ETILGAN»
“Elektrotexnika, elektromexanika va elektrotexnologiyalar” kafedrasi majlisida muxokama qilingan vatavsiya etilgan
Kafedra mudiri ______________ B. Mamadjanov

№______ «_____» _______ 2020 - yil


Taqrizchilar:


1. Samatov N. – Andijon qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar instituti dotsеnti, tеxnika fanlari nomzodi
2. Abdurahmonov S. - Andijon mashinasozlik instituti «EEE» kafеdrasi katta o’qituvchisi
Tuzuvchi: EEE kafedrasi katta o‛qituvchisi M.Abdullayev
Kirish.
Kurs loyihasining maqsadi bakalavrlarni mustaqil ishlash qobiliyatlarini rivojlantirish, olgan nazariy bilimlarini qo’llashda amaliy ko’nikmalar hosil qilish va samonaviy texnika hamda texnologiyalarni qo’llashni o’rganishdir.
Kurs loyihasini bajarishda bakaalavr elektr yuritmaning asosiy sxemalari, mexanikasi, ularning texnik va mexanik ko’rsatgichlarini tahlil qilish hamda elektr kattaliklarni hisoblash, o’quv adabiyotlardagi jadval va ifodalarni o’rganishi kerak.

  1. Elektr yuritma asoslari” fanidan kurs loyihasini bajarish maqsadi va vazifalari.

”Elektr yuritma asoslari” fanidan kurs loyihasi “Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari” yo’nalishi talabalari tomonidan bajariladi. Kurs loyihasi ”Elektr yuritma asoslari” fanining bo’limlarini o’z ichiga oladi va uning maqsadi talabalar tomonidan nazariy bilimlarni mustahkamlash, nazariy materialni amaliyotda qo’llash ko’nikmasiga ega bo’lish.
Kurs loyihasini bajarish jarayonida talaba soda elektr yuritmalarni (elektrodvigatel – uzatish qurilmasi – ishchi mexanizm) loyihalash masalalarini mustaqil xal etishni, ishchi mexanizm uchun elektrodvigatelni to’g’ri tanlashni, uzatish qurilmasini olishni, dvigatelni qizishi va yuklanish qobiliyati bo’yicha tekshirishni, ochiq elektr yuritma tizimlarini loyihalashni o’rganadi.
Kurs loyihasida talaba elektrodvigatelni ishga tushirish, reverslash va tormozlashni avtomatik boshqarish masalalarini ishlab chiqadi, avtomatik boshqarish sxemalarni tuzishni o’rganadi, elektr yuritmalarni boshqarish sxema elementlarini grafik tasvirlanishini va printsipial sxemalarni o’qisni o’rganadi. Kurs loyihasini bajarishda talaba elektr yuritmani tezligini rostlash masalalarini echadi, boshqarish sxemalarni grafik bajarish, dvigatelni mexanik xarakteristikalarini hisoblash va qurish ko’nikmalarini oladi.
2. Kurs loyihasining bajarishni tashkil qilish.
Talabalarga kurs loyihasiga topshiriq VI semestr boshida taqdim etiladi. Elektr yuritma asoslari fanining amaliy mashg’ulotlarida talabalar elektr yuritmalarni loyihalashga oid mashqlarni bajaradilar, loyihalash masalalari bo’yicha maslaxatlar olishadi, loyihani ayrim bo’limlari bo’yicha aniqliklar va static momentni xarakteri bo’yicha o’zgartirishlar kiritiladi,elektr dvigatelni tormozlash va tezligini rostlash usullari aniqlanadi va h.k.
Kurs loyihasini yakunlanishida loyiha raxbari hisoblashlarni to’g’ri bajarilganligi, grafik qismi sifatli tayyorlanganligi, topshiq bandlarini to’liq echimini topganligi to’g’risida xulosa beradi va loyihani himoyaga tavsiya etadi. Kurs loyihasini himoyasi natijasi bo’yicha talaba ishi baholanadi va diplom loyihasini bajarishda qo’llash mumkinligi haqida hulosa chiqaradi.
3. Kurs loyihasini shakllantirish talablari.
Kurs loyihasi A4 formatdagi qog’ozda bajarilgan muqovalangan, tikilgan hisob-yozma bayoni (HYB) ko’rinishida tayyorlanib, tekshirish uchun loyiha raxbariga topshiriladi. Loyihani grafik qismi (GQ) 2ta A2 formatli vatmanda ilova qilinadi.
Loyihani hisob-yozma bayoni aniq va tushunarli qilib ko’k yoki qora pastali ruchkada qo’l bilan yoziladi, shatrli belgilar va formulalar texnik standartlar talabiga mos kelish shart. Hisob-yozma bayonidagi ma’lumotlar mantiqiy ketma-ketlikda berilishi, hisoblashlar va qabul qilingan echimlar asoslangan, iboralar aniq va qisqa bo’lishi lozim. HYBning titul varagi o’rnatilgan tartiba tayyorlanishi kerak. Kurs loyihasini boblari va bo’limlarining nomlari raqamlanadi. Masalan: 2.3.(nomi) –ikkinchi bolim uchinchi qism(punkt) va h.k. HYB betlari nomerlanadi, bo’lim va punktlarining nomlarini betlari ko’rsatilgan holda mundarijaga chiqariladi. HYBning betlari quyidagi tartibda raqamlanadi: titul varagi – 1 bet, kurs loyihasi topshirig’i – 2 bet, kurs loyihasi topshirig’iga ilova – 3 bet, mundarija – 4 bet, kirish – 5 bet va shu ketma-ketlikda davom ettiriladi.
Hisoblash natijasida qurilgan grafiklar, diagrammalar, dvigatelni ishga tushurish, reverslash, tormozlash va tezligini rostlashdagi xarakteristikalar, EYni qabul qilingan boshqarish sxemasi nomlangan holda aloxida varoqlarda keltiriladi va umumiy tartibda raqamlanadi. Asosiy chizmalar shiningdek grafik qismda ham beriladi. Hisob-yozma bayonida foydalanilgan formulalar, chizmalar, sxemalarning manbalari ko’rsatilishi shart. Shartli belgilar, terminlar va nomlanishlar DSga mos kelishi, o’lchov birliklari CИ sistemasida bo’lishi kerak, so’z va iboralarni qisqartirish mumkin emas.
Kurs loyihasini grafik qismi qalam bilan texnik chizmachilik talablariga rioya qilgan holda bajariladi, asosiy yozuvlar shrift bilan yoziladi, nomlanadi va ijrochi tomonidan imzolanadi. Yakunlangan va himoyaga tavsiya etilgan kurs loyihasi loyiha raxbari va kafedra mudiri tomonidan imzolanadi.
Kafedra tomonidan tasdiqlangan topshiriq bo’yicha bajarilmagan va yuqoridagi talablarga jovob bermaydigan loyihalar himoyaga qo’yilmaydi.
4. Kurs loyihasining strukturasi va mazmuni.
Elektr yuritma asoslari fanidan kurs loyihasi mexanizm va dvigatelni yuklanish diagrammalari, elektr yuritmani ishga tushirish, reverslash, tormozlash va tezligini rostlashga oid hisoblashlar, tavsiflar hamda grafik chizmalardan iborat bo’ladi. Kurs loyihasining mavzusi loyiha raxbari tomonidan belgilanadi. Kurs loyihasining hajmi, strukturasi va mazmuni kurs loyihasini topshirig’i asosida aniqlanadi (ilova-1).
5. Kurs loyihasini bajarish bo’yicha uslubiy ko’rsatmalar.
Kurs loyihasi talabaning mustaqil ishi hisoblanadi, uni bajarish davomida “Elektr yuritma asoslari” fanidan olgan nazariy bilimlarni ishlatishni o’rganadi. Loyihani bajarish natijasida talaba texnik adabiyotlar va hujjatlardan foydalanish ko’nikmasini oladi, elektrotexnik sxema elementlari va ularni shartli belgilanishini yodlaydi, avtomatlashtirilgan elektr yuritmalarni boshqarish sxemalarini o’qishni o’rganadi. Kurs loyihasini hisob-yozma bayonida loyihalash topshirig’i va boshlangich ma’lumotlar beriladi.
Loyihani kirish qismida ishchi mexanizmlarning elektr yuritmalarini boshqa turdagi elektr yuritmalardan avfzalligi, sifat ko’rsatgichlari va rivojlanish istiqbollari keltiriladi. Shuningdek bu bo’limda tanlagan elektr yuritma tizimini texnik ko’rsatgichlari, yutuq va kamchiliklari, qo’llanish soxalari va alohida xususiyatlari ko’rsatiladi.
Elektr yuritma mexanikasi bo’limida uzatish qurilmasi (UQ) tanlanadi, uni optimal uzatish soni aniqlanadi, mexanizmni qarshilik momenti hisoblanadi, yuritmani inertsiya va qarshilik momentlari dvigatel valiga keltiriladi.
Loyihani asosiy etapi bu mexanizmni berilgan yuklanishi bo’yicha elektr dvigatel tanlash hisoblanadi. Loyihada dvigatelni tanlash shartlari va talablari keltirilishi kerak. To’g’ri tanlangan dvigatel uni nominal ko’rsatgichlari bilan ishlashini ta’minlaydi, meyoridan ortiq qizishini va past yuklamalar bilan ishlashini cheklashi to’g’risida ma’lumotlar beriladi. Talaba noto’g’ri tanlangan dvigatel qanday salbiy holatlarga olib kelishini ham takidlab o’tishi lozim. Tanlangan dvigatel ishga tushirilishida, tormozlanishida va tezligi rostlanishida mexanizmni normal ishlashini ta’minlashi kerak hamda bunga qanday erishish mumkinligi yoritiladi.
Tanlangan dvigatel qizishi va yuklanish qobiliyati shartlari bo’yicha tekshiriladi.Tekshirish uchun dvigatel valiga ta’sir etuvchi ekvivalent moment aniqlanadi va nominal moment bilan solishtiriladi.Haqiqiy yuklanish qobiliyatini aniqlashda dvigatel validagi maksimal moment hsoblanadi. Ekvivalent va maksimal momentlarni aniqlash uchun yuritmani ishga tushirish va tormozlashdagi o’tkinchi jarayonnlar hisoblanadi. O’tkinchi jarayonda dinamik momentlar hosil bo’ladi, ularni hisobga olmaslik mumkin emas, chunki ular dvigatelni ishdan chiqishiga, himoya va o’lchov apparatlarini shikastlanishiga, yuritmani mexanik qismini buzilishiga olib kelishi mumkin.
O’tkinchi jarayon natijalari bo’yicha, dinamik yuklamalar hisobga olingan holda, elektr dvigatel validagi yuklanish diagrammasi quriladi. Ekvivalent moment nominal momentdan sal kichikroq yoki teng bo’lishi kerak (ωH≥ωek). Dvigatelni yuklanish diagrammasidan maksimal momentning qiymati olinadi va uning nominal momentga nisbati haqiqiy yuklanish qobiliyatini beradi. Bu qiymat dvigatel pasportidagi yuklanish qobiliyati qiymatidan kichik yoki teng bo’lishi lozim. Yuqoridagi shartlar bajarilganda dvigatel ishchi mexanizmi uchun yaroqli deb qabul kilinadi.
Elektr yuritmani ishga tushirish, reverslash va tormozlashni avtomatik boshqarish muhim axamiyatga ega, chunki bunda boshqarishda mumkin bo’lgan xatoliklar bartaraf etiladi, avariyalarni oldi olinadi, yuritmani komutatsion, rostlash va nazorat qilash vositalari shikastlanishdan saqlanadi.
Kurs loyihasini bajarishda talaba tavsiya etilgan adabiyotlardan yuritmani andozaviy avtomatik sxemasini olib, uni o’zining topshirigi va variantiga moslab o’zgartirishlar kiritadi. Sxema quyidagilarga mos kelishi kerak:
1. Yuritma turi – o’zgarmas yoki o’zgaruvchan tok.
2. Ishga tushirishdagi tezlanish pog’onalarining soni.
3. Elektr tormozlash turi.
4. Aylanish tezligini rostlash usuli.
5. Sxemadagi shartli belgilarni standartlarga mosligi.
Yuritmani printsipial sxemasi HYBda keltiriladi va uning to’lik bayoni beriladi.
Yuritmani tezligini rostlash bo’limida rostlash usullarni taqqoslab, tanlangan yuritma turiga eng maqul usuli olinadi va uning batafsil bayoni keltiriladi.
6. Kurs loyihasi bo’limlarining andozaviy masalalarini echish.
6.1. Elektrodvigatel tanlash bo’yicha umumiy ma’lumotlar.
“Elektr yuritma asoslari” fanidan kurs loyihasiga topshiriq elktr yuritmasi (EY) loyihalanishi lozim bo’lgan ishchi mexanizmning ish rejimi va yuklanishi bo’yicha berilgan. Elektrodvigatel (ED) tanlashda texnologik jarayon talablari hisobga olinishi kerak, ular quyidagilardan iborat:

  • Elektrodvigatelni himoyalanganlik darajasi;

  • Aylanish tezligi;

  • Tarmoq kuchlanish kattaligi;

  • Tok turi (o’zgarmas, o’zgaruvchan);

  • Konstruktiv xususiyatlari;

  • So’vutish tizimi;

  • Klimatik tayorlanishi;

  • EDni ishlash rejimi;

  • Statik yiklama turi va boshqalar.

Elektrodvigatel tanlashda asosiy mezon bu ishchi mexanizmga talab etilgan va to’g’ri aniqlangan quvvat hisoblanadi. Ana shu talab etilgan quvvat bo’yicha EDni quvvati olinadi. Talab etigan quvvatdan past quvvatli dvigatelni qo’llash mexanizmni normal ishlshini buzulishiga, uni ish unumdorligini pasayishiga, avariyaga va ishdan chiqishiga olib keladi. Oshirilgan quvvatli dvigatelni ishlatish esa ortiqcha xarajatlarga va f.i.k. pasayishiga sabab bo’ladi. O’zgaruvchan tok dvigatellarida esa quvvat koeffitsenti cosϕ ni kamayishiga, transformatorlarni quvvatini oshirilishiga va energiya isroflarini ortishiga olib keladi.
Elektr yuritmani quvvati ishchi mexanizmni hisobiy quvvati bo’yicha tanlanadi, bunda uzatish qurilmasi (reduktor)dagi isroflarni hisobga olish zarur. Shuningdek dvigatelni ishlash rejimi ham hisobga olinishi kerak. Bundan tashqari dvigatelni quvvatiga uni ishga tushirish, tormozlash va tezligini rostlashdagi, static yuklamalarni o’zgarishidagi o’tkinchi jarayonlar ta’sir etishini yodda tutish lozim. Tanlangan dvigatelni o’tkinchi jarayonlari va dinamik yuklamalari hisoblanib tekshiriladi, ya’ni
M = Mc + J(dω/dt)
Bu erda, M – dvigatel validagi moment, Mc – ishchi mexanizmni static moment, J(dω/dt) – o’tinchi jarayonlarda hosil bo’ladigan dinamik moment.


Download 378,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish