Qadimda odamlar qabila-qabila bo‘lib yashaganlar. Har bir qabila
o‘zi uchun kerakli oziq-ovqat mahsulotlarini, kiyim-kechaklarni va
oddiy ish qurollarini o‘zi ishlab chiqargan va iste’mol qilgan. Bunday
xo‘jalik iqtisodiyotning eng dastlabki shakli bo‘lib, u natural xo‘jalik
deb yuritiladi. Natural xo‘jalikning har bir a’zosi asta-sekin muayyan
mahsulot turini ishlab chiqarishga moslasha borgan. Vaqt o‘tishi bilan
har bir kasb egasi o‘z mahsulotlarini boshqalar bilan ma’lum nisbatda
almashtira boshlagan, ya’ni, ayirboshlagan.
Shu tariqa ayirboshlash vujudga kelgan
AYIRBOSHLASH VOSITALARI
Dastlab ayirboshlash vazifasini turli mahsulotlar bajargan. Ushbu maxsus tovarlarni olib yurish kishilarga turli qiyinchilik va noqulayliklar tug‘dirgan. Shu bois, odamlar bundan ham qulayrog‘ini o‘ylab topishga intilishgan.
Shimol xalqlarida
mo‘yna va teri
Afrika xalqlarida
fil suyaklari
Qadimgi Misrda
bug‘doy
Xitoyda - tuz
Mo‘g‘ulistonda - choy
TANGALAR
Odamlar metallni qayta ishlashni o‘rganib olganlaridan so‘ng oltin va kumushdan yasalgan tangalar ayirboshlash vositasi sifatida muomalaga chiqarilgan.Turli xil og‘irlikka ega bo‘lgan oltin va kumush bo‘laklari pul sifatida ishlatilganda, har safar ularni tarozida tortishga to‘g‘ri kelgan. Bu noqulaylikni bartaraf etish uchun ma’lum og‘irlikka va shaklga ega bo‘lgan va turli xil muhrlar urilgan tangalar muomalaga kiritilgan. Vaqt o‘tishi bilan tangalarning ham kamchiliklari ko‘rinib qolgan.
QOG’OZ PULLARNING VUJUDGA KELISHI
Oltin va kumush tangalar qo‘ldan-qo‘lga o‘tib silliqlashgan va yengillashib qolgan. Bu esa, o‘z navbatida, ularning boshlang‘ich qiymati, ya’ni boshqa tovarlar bilan ayirboshlash qobiliyatining kamayishiga olib kelgan.
Bu muammoni yechishga bo‘lgan harakatlar natijasida qog‘oz pullar paydo bo‘lgan. Birinchi qog‘oz pullar 812- yilda Xitoyda zarb qilingan, keyinchalik esa boshqa davlatlarda ham chiqarila boshlangan.
Pul — mahsulot va xizmatlar uchun to‘lovni amalga oshirishga mo‘ljallangan maxsus ayirboshlov vositasi. Pul quyidagi sifatlarga ega bo’lishi kerak:
PULNING FUNKSIYALARI
Pul to‘lov vositasi
Pul yordamida tovarlar pulga ayirboshlanadi.
1
Pul o‘lchov vositasi
Har bir tovarning qiymati pul bilan o‘lchanadi.
2
Pul jamg’arish vositasi
Pulni ma’lum vaqtgacha saqlash ya’ni jamg‘arish mumkin
3
400 $
PULNING TURLARI
O’ZINGIZ BILGAN 10 TA DAVLATNING PUL BIRLIGINI YOZING