Dinlararo bag'rikenglik



Download 119,77 Kb.
bet1/3
Sana30.12.2021
Hajmi119,77 Kb.
#88816
  1   2   3
Bog'liq
5 variant. G'ulomjonova Shoxsanam


1-Topshiriq

1. Din qadim-qadimdan insoniyat uchun zarur bo'lgan ma'naviy qadriyatlarni o'zida aks ettirib, ezgulik, mehr-oqibat, poklik, halollik, do'stlik va birodarlik g'oyalarini amalga oshirishga xizmat qilib keladi. Ko'pgina milliy qadriyatlarning zavol topmasdan yashab kelayotgani ham dinning ana shu xususiyatlari bilan bog'liq. Dunyodagi barcha dinlar ezgulik g'oyalariga asoslanadi. ular odamlarni to'g'rilik, soflik, shafqat va bag'rikenglikka undaydi, birovga ozor bermaslikka, yomon ishlardan tiyilishga, nafs ko'yiga tushib, adashmaslikka chaqiradi.

Diniy bag'rikenglik g'oyasi barcha dinlarga xos ana shu umumiy tamoyillarni anglagan holda, ular o'rtasida hamkorlik o'rnatishga va shu tariqa butun insoniyatning orzusi bo'lgan adolat tantanasiga erishishga da'vat etadi.

Dinlararo bag'rikenglik deb, xilma-xil din va mazhab egalarining bir-birining e'tiqodini o'zaro hurmat qilib, tushunib, yagona zamin, yagona vatanda, olijanob g'oya va niyatlar yo'lida hamkor va hamjihat bo'lib yashashiga aytiladi.

Bugungi kunda dinlararo bag'rikenglikka erishish uchun ular o'rtasida madaniy muloqot, ezgulik yo'lidagi hamkorlik aloqalari yo'lga qo'yilmoqda. Ayniqsa, keyingi asrda insoniyat boshiga tushgan xatarlar — yadro urushi xavfi, ekologik halokatlar, terrorchilik va diniy ekstremizm kabi ofat-balolar dinlarni ezgulik, barcha insonlar uchun yagona bo'lgan sayyoramizni saqlab qolish yo'lida birlashish va hamkorlik qilishga undamoqda. Barcha dinlarning mohiyatini ezgulik, do'stlik va birodarlik, mehr-shafqat kabi tushunchalar tashkil qiladi. Aynan ana shu tushunchalar turli din vakillarini muloqotga, hamkorlikka da'vat etadigan umumiy zamin bo’lib xizmat qiladi. Bugungi kunda bashariyat bu haqiqatni tobora chuqurroq anglamoqda.

Diniy bag'rikenglik g'oyasi muayyan jamiyatda, butun dunyoda turli din va mazhabga e'tiqod qiladigan xalqlar, odamlar o'rtasida do'stona aloqalarni o'rnatish, ularning kuchi va iste'dodini bunyodkorlik ishlariga safarbar etishga xizmat qiladi.

Tinchlik va barqarorlikning muhim sharti bo'lgan bu g'oya bugungi kunda nafaqat dindorlar, balki butun jamiyat a'zolarining hamkorligini ham nazarda tutadi, hamjihatlikka erishishning muhim omillaridan biri hisoblanadi.

Jamiyat – bu odamlar birlashuvining barcha shakllari va ularning o’zaro aloqalari va o’zaro ta’sirlalarining barcha usullari majmuidir.

Jamiyat paydo bo’lgan beri din eng muhim ijtimoiy omillardan biri hisoblanadi. Dinning ijtimoiy fenomen sifatida talqin qilinishi, uning jamiyat hayotidagi real vazifalarini bajarishi hamda muayyan talablarga javob berishni anglatadi. Din ijtimoiy fenomen sifatida obyektiv omil sanalib, tashqi va majburiy tarzda kishilarga har qanday jamoatchilik instituti sifatida ta’sir o’tkazadi. Dinning jamiyatda bajaradigan bir qancha funksiyalar mavjud. Ba’zi mualliflar fikriga ko’ra dinning muhim funksiyalardan biri bu boshqaruv-nazorat funksiyadir1. Din ham jamoatchilik ongining boshqa shakli sifatida kishilar xulq-atvoriga ta’sir ko’rsatadi. Din mazkur funksiyani muayyan qadriyat va me’yorlar tizimini yaratish asosida amalga oshiradi. Kishilar xulq-atvori boshqaruviga odat va an’analarni shakllantiruvchi diniy ibodatlar ham ta’sir ko’rsatadi. U ma’naviy va axloqiy qadriyat, marosim va udumlar tizimini o’z me’yoriga moslashtirib boradi. Boshqaruv-nazorat funksiyasining hayotiyligi muqarrardir. Mavjud funksiya doirasida asrlar davomida diniy axloq asoslari yaratilgan.

Dinning ikkinchi muhim funksiyasi bu jipslashtiruvchi (integrativ) funksiyasidir.

Dinning integrativ vazifasi jamiyat a’zolarini – ijtimoiy kelib chiqishi,

mavqei, millati kabi xususiyatlaridan qat’i nazar – birlashtiruvchi kuch

ekanligida namoyon bo‘ladi. Integrativ yoki funksionalistik yondashuvning

asoschilaridan biri E. Dyurkgeymning fikricha, din xuddi yelim kabi kishilarni umumma’naviy qadriyatlar, e’tiqod, urf-odat va an’analar asosida birlashtirishga, yaxlit bir majmuaga aylantirishga xizmat qiladi. E. Dyurkgeym, ayniqsa,diniy sig‘inish masalasiga alohida e’tibor beradi. Uningcha, din sig‘inish orqali jamiyatni bir butun qiladi, shaxsni ijtimoiy hayotga tayyorlaydi va itoat etishga undaydi, ijtimoiy yaxlitlikni mustahkamlaydi,an’analarni qo‘llab-quvvatlaydi, kishida qanoat hosil qiladi.2

Ushbu funksiyalarni to’liqligicha amalga oshirishi uchun jamiyatda birdamlik, hamjihatlik, o’zaro hurmat kabi umuminsoniy qadriyatlar shakllangan bo’lishi kerak. Bunday qadriyatlarni shakllantirishda esa diniy bag’rikenglik hal qiluvchi ahamiyatga ega. Ayniqsa, ko’p millatlik mamlakatlarda dinlararo totuvlik va diniy bag’rikenglik jamiyat taraqqiyoti uchun birlamchi omillardan biri hisoblanadi.

Diniy bag’rikenglik jamiyat hayotida rivojida betakror rol o’ynashi hech kimga sir emas. Bunga bir nechta sabablar bor. Jamiyat barqaror rivojlanishi va unda tinch-totuv hayot ta’minlanishi uchun davlat nafaqat chegaralar daxlsizligi, shu bilan birga mamlakat ichidagi etnik mojarolarni oldini olish uchun diniy bag’rikenglikka alohida e’tibor berishi zarurdir. Chunki mojarolarning eng xavfli va tez avj oladigan diniy va etnik mojarolar hisoblanadi. Ularning yechimi uzoq vaqt talab etishi mumkin.

Ko’plab jamiyatlar bir nechta etnik guruhlarlardan, millatlardan tashkil topadi. Tabiiyki, ularning dinlari ham turlicha bo’ladi. Ana shunday jamiyatlarda eng ahamiyatli narsa shundan iboratki, insonlar bir-biriga nisbatan tolerantlik, diniy bag’rikenglikni namoyish etish, bir hududda yashab turgan boshqa xalqlarning urf-odatlarini, an’analarini hurmat qilishi ushbu jamiyat rivoji uchun asos bo’ladi.

Aks holda shaxlarlar o’zaro iqtisodiy, siyosiy, madaniy va boshqa munosabatlarga kirisha olmaydilar. Bu holat esa jamiyatning bir nuqtada qotib qolishga olib kelishi mumkin.

Dunyoning eng dolzarb muammolaridan biri bu – xalqlar va dinlar o‘rtasidagi bag‘rikenglik, tolerantlik g‘oyasidir. Ushbu tushuncha atrofida yer kurrasining barcha xalqlari, elatlarining jipslashish zaruriyati tug‘ildi. Chunki, faqat bag‘rikenglikkina dunyoni halokatdan, bo‘lajak fojealardan asraydi. Shu boisdan, YUNESKO 1995 yili Parijda «Bag‘rikenglik tamoyillari Deklaratsiyasi» ni qabul qildi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan esa 1996 yildan buyon har yilning 16 noyabr sanasi «Bag‘rikenglik kuni» deb e’lon qilindi. Ushbu deklaratsiyada diniy bag’rikenglikning ijtimoiy jihatlariga alohida urg’u berilgan. Xususan, unda shunday deyilgan: “Bag’rikenglik bugungi kunda har doimgidan ham muhimroqdir. Biz iqtisodiy globallashuv jarayoni, aloqa vositalari tez rivojlanayotgan, integratsiya va o’zaro aloqadorlik, katta miqyosdagi migratsiya va aholining ko’chishi, urbanizatsiya va ijtimoiy tuzilmalar qayta shakllanayotgan asrda yashamoqdalar

Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bagʻrikenglikni taʼminlash hamda chuqur oʻylangan, oʻzaro manfaatli va amaliy tashqi siyosatni amalga oshirish sohasidagi ustuvor yoʻnalishlar esa aynan Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasiga taalluqli.

Qoʻmitamizning bevosita nazorati va vazifasiga kiruvchi mutaassiblik, ekstremizm va terrorizmning asl maqsadi va mazmun-mohiyatini ochib beruvchi targʻibot ishlarini jadallashtirish masalasi davlat dasturi loyihasining 282-bandida belgilanmoqda. Bu yoʻnalishda ushbu illatlarning asl mazmun-mohiyatini ochib beruvchi targʻibot ishlarini yana-da takomillashtirish, ekstremizm, terrorizm va mutaassiblikni targʻib qiluvchi gʻoyalarning oldini olish boʻyicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish nazarda tutilgan.



2 Biron-bir mamlakat o‘z ma’naviy imkoniyatlarini, odamlar ongida ma’naviy va axloqiy qadriyatlarni rivojlantirmay, xalqning milliy ruhini uyg‘otmay va mustahkamlamay turib, yuksak taraqqiyot darajasiga ko‘tarila olmaydi. Ma’naviyat insonni ruhiy poklanish va yuksalishga da’vat etadigan, uning ichki olamini boyitadigan, imon-irodasini, e’ti¬qodi¬ni mustahkamlaydigan, vijdonini uyg‘otadigan qudratli kuchdir. Тarix guvohlik beradiki, mamlakatimiz bir necha bor ajnabiy bosqinchilar hujumiga duchor bo‘lgan, qaramlik zulmi ostida qolgan davrlar ham bo‘ldi. Buning oqibatida xalqimizning boy ma’naviy merosi, urf-odatlarini qadrsizlantirishga urinishlar bo‘ldi. Ayniqsa, so‘nggi mustamlakachilik, sovetlar tuzumi davrida milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz oyoqosti qilindi. Ona tilimiz, boy ma’naviy merosimiz qadrsizlantirildi, ko‘plab masjid-madrasalar, milliy maktablar, tarixiy yodgorliklar buzildi, qarovsiz qoldi. Avlodlarimiz yetishtirgan allomalarimiz idealist degan yorliq bilan qoralandi, asarlarini unutish, yo‘qo¬tish siyosati yuritildi. Islom dini qadriyatlari, musulmon¬larning e’tiqodlari oyoqosti qilindi, ruhoniylar quvg‘in ostiga olindi. Mustabid tuzum hukmdorlari madaniy inqilob shiori ostida o‘zbek xalqining yuzlab iqtidorli, milliy-ozodlik uchun kurashgan vatanparvar ziyolilarini, istiqlolchi farzandlarini siyosiy qatag‘on qildi, ularning nomlarini xalqimiz xotirasidan o‘chirib tashlashga harakat qilar edi. Eski tuzum o‘zining bor mafkuraviy kuchini, ommaviy axborot vositalarini, butun maorif tizimini ishga solib, odamlar ongiga soxta, noinsoniy g‘oyalarni singdirishga urinardi. Тariximizni soxtalashtirish, tarixiy haqiqatni buzib ko‘rsatish, milliy tuyg‘ularni qo‘pol ravishda kamsitish siyosati yuritilardi. O‘z ona tilini, milliy an’ana va madaniyatini, o‘z tarixini bilmaslik ko‘plab odamlarning shaxsiy fojiasiga aylanib qolgan edi. Biroq og‘ir judoliklarga qaramasdan, xalqimiz o‘zligini yo‘qotmadi, o‘zining boy ma’naviy merosini, milliy qadriyatlarini avaylab saqlab, boyitib keldi. Mustaqillik sharofati bilan xalqimiz ma’naviy zug‘umlardan ozod bo‘ldi, erkin fikrga, milliy tiklanishga yo‘l ochil¬di. Jamiyat ma’naviyatini tiklash va yuksaltirishni ta’min¬lovchi ma’naviy-ma’rifiy islohotlarning yo‘nalishlari belgilab olindi. „Moddiy islohotlar, iqtisodiy islohotlar o‘z yo‘liga. Ularni hal qilish mumkin. Xalqning ta’minotini ham amallab turish mumkin. Ammo ma’naviy islohotlar — qullik va mutelik iskanjasidan ozod bo‘lish, qadni baland tutish, ota-bobolarimizning udumlarini tiklab, ularga munosib voris bo‘lish — bundan og‘irroq va bundan sharafliroq vazifa yo‘q bu dunyoda“.Boy ma’naviy merosimizni tiklash va rivojlantirish, jamiyat ma’naviyatini yuksaltirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq ajdodlarimiz qoldirgan ma’naviy merosni tiklash ishlari boshlanib ketdi. Xo‘sh, ma’-naviy meros nima, uning tiklanishi nimalarda namoyon bo‘lmoqda? Ma’naviy meros qadim zamonlardan beri ajdodlarimiz, ota-bobolarimizdan bizgacha yetib kelgan ma’naviy boyliklar — siyosiy, falsafiy, huquqiy va diniy qarashlar, axloq-odob me’yorlari, ilm-fan yutuqlari, tarixiy, badiiy va san’at asarlari majmuyidir. Ma’naviy qadriyatlar, boyliklar inqilobiy yo‘l bilan hosil qilinadigan hodisa emas, u jamiyat taraqqiyotining barcha bosqichlarida uning ehtiyojlari tufayli yuzaga keladi va o‘sha davr hayotini aks ettiradi, u jamiyat o‘zgarishi bilan yo‘qolib ketmaydi, keyingi avlodlar uchun ma’naviy meros bo‘lib qoladi. Har bir avlod ma’naviyatni yangidan yaratmaydi, mavjud ma’naviy merosga tayanadi, biroq uni qanday bo‘lsa shundayligicha, ko‘r-ko‘rona qabul qilavermaydi, taraqqiyparvarlik, insonparvarlik, adolat nuqtayi nazaridan qabul qiladi va rivojlantiradi. Istiqlol tufayli milliy madaniyatimiz, jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga bebaho hissa qo‘shgan buyuk bobokalonlarimizning ma’naviy merosi qaytadan o‘rganildi va tiklandi. Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni maj¬buran singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi.O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 31- modda.O‘zbekistonda davlat va din o‘rtasidagi munosabatlarda quyi¬dagi tamoyillarga amal qilinmoqda: • dindorlarning diniy tuyg‘ularini himoya qilish; • diniy e’tiqodlarni fuqarolarning yoki ular uyushmala¬rining xususiy ishi deb tan olish; • diniy qarashlarga amal qiluvchi fuqarolarning ham, ularga amal qilmaydigan fuqarolarning ham huquqlarini teng kafolatlash hamda ularni ta’qib qilishga yo‘l qo‘ymaslik; • ma’naviy tiklanish, umuminsoniy-axloqiy qadriyatlarni qaror toptirish ishida diniy uyushmalar bilan muloqot qilish; • dindan buzg‘unchilik maqsadlarida foydalanishga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini e’tirof etish; • din va e’tiqodga sig‘inish erkiga qonun bilan belgilangan cheklashlar orqaligina daxl qilish mumkin; • diniy da’vatlar bilan hokimiyat uchun kurashga, siyosat, iqtisodiyot, qonunchilikka aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi. Muxtasar qilib aytganda, mustaqillik yillarida din, eng avvalo, islom dinining ham milliy, ham umuminsoniy qadriyat sifatidagi mavqeyi tiklandi, diniy ulamolarning qadr-qimmati o‘z joyiga qo‘yildi. O‘zbekistonda Oliy davlat hokimiyati, mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlariningfaoliyati, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning hisob-kitobi, statistika va moliya ishlari o‘zbek tilida yuritilmoqda. Respublikaning ma’muriy-hududiy bir¬liklari, maydonlari, ko‘chalari, geografik o‘rinlarining nomlariga yagona milliy shakl berildi va o‘zbek tilida yozib qo‘yildi. Natijada o‘zbek xalqining milliy qadr-qimmati, mustaqil davlatimizning qadr-qimmati qayta tiklandi va mustahkamlandi. Shuningdek, O‘zbekistonda istiqomat qilayotgan barcha millatlarning tillari, qadr-qimmati o‘z o‘rniga qo‘yildi.

3. Milliy g’oya keng mazmunga ega. U millatlararo totuvlik va milliy, diniy bagrikenglik g’oyalari bilan o’zaro mushtarak. Shu nuqtai nazardan aytish mumkinki, milliy g’oya bu faqat birgina millatning emas, balki jamiyat taraqqiyotiga, ravnaqiga umumiy maqsad yo’lida baholi qudrat hissa qo’shayotgan mamlakat fuqarolarining millati, irqi, diniy e’tiqodidan qat’iy nazar barchaning maqsad va manfaatlarini ifoda etadi.

Milliy g’oya — barcha sohalarda mavjud millatlar manfaatlarini o’zida ifoda etgan holda orzu qilingan kelajak jamiyatning asosini yaratish, mustahkamlash va rivojlantirish uchun bo’lgan umummaqsad yo’nalishidagi harakatlar majmuini milliy va diniy bag’rikenglikni uyg’otuvchi fikrlar, qarashlarni, g’oyalarni ham o’zida ifoda etadi.

Bugungi kunda mamlakatimizda 130 dan ziyod millat va elat vakillari yashaydi. Bu jamiyatimizdagi milliy o’ziga xoslikni ifodalaydi.

Millatlararo totuvlik g’oyasi — umumbashariy qadriyat bo’lib, turli xalqlar birgalikda istiqomat qiladigan mintaqa va davlatlar milliy taraqqiyotida muhim omildir.

Bu g’oya — bir jamiyatda yashab, yagona maqsad yo’lida mehnat qilayotgan turli millat va elatlarga mansub kishilar o’rtasida o’zaro hurmat, do’stlik va hamjihatlikni qaror toptirish va mustahkamlashning ma’naviy asosidir.

Milliy g’oya — har bir millat vakilining iste’dodi va salohiyatini to’la ro’yobga chiqarish uchun sharoit yaratadi va uni Vatan ravnaqi, yurt tinchligi va xalq farovonligi kabi ezgu maqsadlar sari safarbar etadi.

Muayyan mamlakatga nom bergan (titul) millat bilan unda yashaydigan boshqa xalqlar o’rtasida hamjihatlik bo’lishi Ijtimoiy taraqqiyotning eng muhim omillaridan biridir. Aksincha, milliy g’oyaning ahamiyatini tushunib yetmaslik jamiyat hayotini, tinchlik va barqarorlikni izdan chiqarishi mumkin.

Millatlararo totuvlik va hamjihatlikka rahna soluvchi illat, bu — tajavvuzkor millatchilik va shovinizmdir. Bunday zararli g’oyalar ta’siriga tushgan jamiyat beqarorlik holatiga yuz tushishi muqarrar. XX asrda Yevropa xalqlarini asoratga solgan va ayrim davlatlarning tanazzuliga sabab bo’lgan fashizm yoki milliy xususiyatlar bilan xdaoblashmagan va soxta baynalmilalchilik g’oyasiga asoslangan kommunizm g’oyasi bunga yaqqol misol bo’ladi.

O’zbekiston hududida qadimqadimdan ko’plab millat va elat vakillari bahamjihat istiqomat qilib keladi. Ular o’rtasida asrlar davomida milliy nizolar bo’lmagani xalqimizning azaliy bagrikengligini ko’rsatadi.

Shu bois, bugungi kunda mamlakatimizda yashab kelayotgan millatlarni o’zaro hamjihatlik ruhida tarbiyalash maqsadi istiqlol mafkurasining asosiy maqsadlaridan biridir. U xalqimizga bo’lgan olijanoblik va insonparvarlik fazilatlariga asoslanadi.

U do’stona munosabatlar ustun bo’lgan sharoitda ijtimoiy taraqqiyotning omili sifatida maydonga chiqadi. Respublika Prezidenti I.A.Karimov bu haqda shunday yozadi: "Jahon tajribasidan millatlar yoki etnik guruhlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarda an’anaviy uyjunlik vujudga kelgan mamlakatlarda ko’p elatlilik omili davlatlarning siyosiyiqtisodiy rivojlanishiga samarali, rag’batlantiruvchi ta’sir etishini ko’rsatuvchi misollarni ko’plab keltirish mumkin. Bu mamlakatlarda etnik guruhlar va irqlar o’rtasida ma’lum muammolar mavjud. Shunga qaramay, ko’p elatlilik omili ularning ijtimoiyiqtisodiy taraqqiyoti yo’lidagi to’g’anoqqa aylanib qolmagan, aksincha, taraqqiyotning jadallashuviga yordam bergan millatlarning va madaniyatlarning birbiriga ta’sir ko’rsatishi bu davlatlarda yashayotgan xalqlarning ijtimoiyaqliy boyishi uchun yaxshi manbaga aylangan. Shunday qilib, bu mamlakatlarda ko’p millatlilik omili demokratik o’zgarishlarni jadallashtiriSh va ijtimoiyiqtisodiy taraqqiyotning, fuqarolar jamiyati qurilishiyushg ta’sirchan vasitasiga aylanib qolgan"

O’zbekiston Prezidenti bu fikrlarni yanada chuqurlashtirib, ko’p millatlilik bizning bebaho boyligimiz ekanligini, hamma narsa undan foydalanishda ekanligini qaytaqayta ta’kidlaydi. Darhaqiqat, har bir millat o’zining betakror madaniyma’naviy qadriyatlariga ega. Bunday millatlar vakillarining bir mamlakat hududida yashashlari, birgalikda mehnat qilishlari, ijtimoiy hayotning barcha sohalarida o’zaro ta’sirda bo’lishlari xalqlarning har jihatdan taraqqiyotini tezlashtiradi.

Deylik ayrim millatlar tarixiy taraqqiyot davomida ishlab chiqarishning ma’lum sahasida yuksak layoqatni shakllantirgan tarbiya, tafakkurning ta’siri yo’nalishiga e’tibor beradi. Milliy xarakterida, hayotga, ijtimoiy hodisalarga munosabatida o’ziga xosliklari bor. Axloqiy, huquqiy, siyosiy madaniyat sohalaridagi xattiharakatlarda ham ma’lum ijobiy tafovutlar uchraydi. Bunga o’xshash rangbaranglik nafaqat boyligimiz, balki taraqqiyotimiz sur’atini tezlashtiruvchi omil bo’lishi mumkin,

Adolatli milliy siyosat olib borilganida ko’p millatlilik maqsadimiz yagonaligini, taqdirimiz birligini, hamjihatlik zarurligini tushunishta yordam beradi, umuminsoniy g’oyalarning ustuvor bo’lishini, shaxsiy manfaatlarni to’g’ri anglab olishni osonlashtiradi. Aksincha, milliy munosabatlarga ziyraklik va noziklik bilan yondashmaslik umummilliy tamoyillarga biroz e’tiborsizlik ham tinchlik va barqarorlikka salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. I.A.Karimov o’z fikrini davom ettirib, shunday yozadi: "Ayni chog’da insoniyat tarixida buning aksini, ya’ni ko’p elatli davlatlardagi millatlararo munosabatlarda uyg’unlikning yo’qligi, butunbutun xalqlar va mamlakatlarni ancha orqaga uloqtirib tashlagan ijtimoiysiyosiy falokatlarga olib borganini ko’rsatuvchi misollar ham oz emas. Zero, ko’p elatlilik nafaqat ayrim mamlakatlarning, balki butunbutun mintaqalarning ham ichki siyosiy barqarorligi va milliy xavfsizligiga putur yetkazuvchi bosh omilga aylangan"1.

Millatlararo hamjihatlik qaror topmasa, tajovuzkor Millatchilik va shovinizmning halokatli g’oyalari tarqalishi uchun qulay vaziyat yaratiladi. Milliy istiqlol royasining amal qilishiga, kishilar qalbi va ongiga singdirilishiga jiddiy zarar yetkazadi. Shuni hisobga olib, mamlakatimizda bu muammo ilmiy asosda, xolisona hal qilinmoqda. Millatlar o’rtasida mojarolarga yo’l qo’ymaslik uchun: etnik siyosatda shaxs xukuqlari ximoya qilinishining ustuvor bo’lishini. mamlakatlararo ziddiyatlarni amaliy tarzda xal qiladigan usullarga asor.ttanittti bosh yo’limiz ekanligiga, bozor munosabatlarini iqtisodiy taraqqiyotda barcha millatlarga mansub aholining manfaatlariga mos kelishiga, har bir millat madaniyati, tili, urfodat va an’analari, madaniy merosini rivojalantirishga alohida ahamiyat berilmoqda.

Mamlakatimizda statistik ma’lumotlarga ko’ra, 136 millat, elat, xalq va etnik guruhlarning vakillari yashaydi. Ularning har biri o’z milliy madaniy urfodatlari, an’analari, tiliga, konstitusiyaviy huquqiy tenglikka ega. O’zbekistonda bugungi kunda 100 dan ortiq milliymadaniy markaz faoliyat ko’rsatmoqda. Shu yo’nalishda markazlar tuzish bo’yicha 15 ta tashabbuskor guruh ish olib bormoqda. O’zbekistonda barcha millat vakillariga teng huquqli munosabat davlat qonuni bilan mustahkamlangan. BuniNg ijobati maktablarimizda 9 ta milliy tilda o’qitish ipshari, 20 tilda ommaviy axborot nashrlari faoliyat ko’rsatayotganlishda ko’rinmokda1.

Turli millat vakillarining ijodiy tadbirlari, badiiy ko’rgazmalari, bir tomondan, ayni millatning O’zbekiston fuqarosi sifatida o’z o’rni borligini ko’rsatsa, ikkinchi tomondan, shu zaminda yashovchi barcha millatlarning O’zbekiston xalqi — O’zbekiston fuqarosi ekanligani namoyon etuvchi, mustahkamlovchi milliy g’oya atrofida birlashuviga olib boradi.

Bashariyat tushunchasi rangorang millatlar va elatlar, shuningdek turli din va irqqa mansub insonlarni o’ziga qamrab oladi. Demak har bir inson bashariyat va ayni vaqtda o’z xalqi, o’z Vatanining farzandi hamdir. Har bir kishida o’z xalqining tili, ruhiyati, an’analari, qadriyatlari barQ urib turadi.

Milliy istiqlol g’oyasi o’z mazmunmohiyatiga ko’ra barcha millatlarning umumiy manfaatlarini ro’yobga chiqaradi. Mamlakatda fuqarolararo va millatlararo totuvlik hamda ijtimoiy barqarorlik muhitini ta’minlashga xizmat qiladi.

Zotan, har qanday polietnik davlatda turli millatlar o’rtasidagi munosabatlar davlat va jamiyat taraqqiyotiga zamin yaratuvchi omillardan hisoblanadi.

Millatlararo totuvlik va bag’rikenglikshshg asoslari

Jahon keng, dunyoda mamlakat ko’p, lekin bu olamda betakror ona yurtimiz, O’zbekistonimiz yakkayu yagonadir. O’zbekiston deb atalmish yurtning yagonaligi uning betakror tabiati, boy tarixi, zahmatkash insonlari bilan bir qatorda bu zaminda turli millat va elat vakillarining yagona oila farzanlaridek yashashlarida namoyon bo’lmoqda. Bunday ahillik do’stlik va hamkorlik o’zining chuqur tarixiy ildizlariga va asosiga ham ega.

3-Topshiriq Buyuk davlatchilik shovinizmi — koʻp millatli mamlakatlarda tarixiy taraqqiyot jarayenida davlatda yetakchi mavqeni egallagan, oʻz millatini "oliy" millat deb eʼlon qilgan hukmron millat mafkurasi va siyosati, shovinizm va millatchiliyutt bir turi. Millim va koʻp millatli davlatlar hamda mustamlaka imperiyalari tashkil topayotgan davrda vujudga kelgan. Hukmron "buyuk" millatlar siyosati boshqa millat va elatlarni asoratga solish, ayovsiz ishlatish, iqgisodiy, siyosiy va madaniy sohalarda kamsitishga qaratilgan. Maye, Rossiya imperiyasida yashovchi mazlum xalqlarga, jumladan Turkiston xalklariga nisbatan Buyuk davlatchilik shovinizmi shahriga asoslangan siyosat amalga oshirildi, ularning kad. madaniyati, maʼnaviyati, ilmmaʼrifati, dini va urfodatlari oyoq osti qilindi. Shoʻrolar zamonida mazkur siyosat turli mafkuraviy usullar bilan, mas, "baynalmilallik" shiori ostida davom ettirildi. Shovinizm  siyosati  boshqa  millat  va  xalqlarga  nafrat  va  dushmanlikni  avj 


oldirishga  qaratilgan.  Shovinizm  go‘yo  to‘laqonli  bo‘lmagan  boshqa  millatlar  va  irqlar  ustidan 
hukmronlik qilishga da‘vat etilgan bir millatning alohidaligini («mumtozligini») targ‘ib etadi. 

Download 119,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish