17-mavzu. Ilmiy qadriyatlar Reja Ilm-fan yutuqlari muhim qadriyatlar sifatida. Ilmiy texnologik qadriyatlar rolining ortib borishi



Download 22,13 Kb.
bet1/3
Sana06.06.2022
Hajmi22,13 Kb.
#642602
  1   2   3
Bog'liq
17-mavzu


17-mavzu. Ilmiy qadriyatlar

Reja
1. Ilm-fan yutuqlari muhim qadriyatlar sifatida. Ilmiy texnologik qadriyatlar rolining ortib borishi.
2. Ilmiy merosning qadriyatlar rivojidagi roli. Markaziy Osiyo mutafakkirlarining jahon fani taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi.
3. Buyuk ajdodlarimizning hayoti, ilmiy-ijodiy faoliyatining bugungi kundagi ahamiyati.
4. O‘zbekistonning ilmiy-texnikaviy va intellektual salohiyati uning ilg‘or mamlakatga aylanishi zamini ekanligi.
Tayanch tuchunchalar
Ilmiy qadriyatlar, Ilmiy texnologik qadriyatlar, Markaziy Osiyo mutafakkirlari, O‘zbekistonning ilmiy-texnikaviy va intellektual salohiyati, Buyuk ajdodlarimizning hayoti, ilmiy-ijodiy faoliyati.
Ilm-fan bilan shug‘ullanish, yangi kashfiyot va ixtirolar qilish igna bilan quduq qazishdek gap.
Sh.M. Mirziyoyev
1-masala. Insonni ulug‘laydigan, uning sha'nini ko‘taradigan omillar bu, – asrlar osha yashab kelayotgan o‘lmas qadriyatlar sanaladi. Ular hayotga mazmun baxsh etadi, ma'naviyatni yuksaltiradi va jamiyat taraqqiyotiga katta hissa qo‘shadi. Albatta davrlar silsilasida qadriyatlar shakli, xillari ma'lum bir ma'noda o‘zgarib turishi mumkin. Lekin shaklu-shamoyilini ham, mazmun-mohiyati va qadr-qimmatini o‘zgartirmaydigan qadriyatlar borki, ular mangulikka daxldordir. Ta'lim, bilim va umuman ilm-fan insoniyat uchun eng zarur qadriyatlar sirasiga kiradi.
Bilim hech bir boylikka sotib olinmaydigan, faqat o‘rganish, intilish orqasidan keladigan katta xazina. Axborot va texnika asrida ta'lim, ilm-fan taraqqiyoti yanada katta qiymat kasb etmoqda. Endilikda bilim, ta'lim qiymati “inson kapitali” atamasi bilan atalib kelinadi. Shu vaqtga qadar adabiyotlarda inson kapitali tushunchasi asosan biryoqlama, ya'ni inson kapitali insonning o‘ziga bevosita keladigan foyda yoki shaxsni ijtimoiy himoyalash imkoniyati sifatida tushinib kelindi. Inson kapitali orqali faqat birgina insonning o‘ziga emas, balki boshqalarga ham naf keltirishi mumkin. Bu esa, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga tayangan holda amalga oshirilishi zarur.
Axborot va innovasion texnologiyalar davrida bilim va tajribali, malakali insonning kuchiga bo‘lgan talab katta tezlikda yuqorilab ketdi. Chunki dunyo mamlakatlari o‘rtasidagi iqtisodiy, ilmiy, texnologik yangiliklarni ana shunday ilm salohiyati baland insonlar yaratadi. Ayni paytda har qanday yangilikni, kashfiyot yoki ixtironi inson manfaatlari, taraqqiyoti yo‘lida foydalanmoq kerak. Aks holda u inqirozga olib borishi hech gap emas. Bu borada qadriyatlar muhim o‘rin egallaydi.
Ilm-fan nafaqat milliy va umuminsoniy qadriyatlar, balki shaxs shakllanishiga, shuningdek, jamiyatda zamonaviy ta'lim sifatiga, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga ham katta ta'sir ko‘rsatadi.
Shuni mamnuniyat bilan qayd etish joizki, mamlakatimizda nafaqat yosh avlodning bilim olishi, kasb-hunar o‘rganib malaka orttirish, jahon taraqqiyoti bilan hamqadam bo‘la olishi barobarida inson kapitalini rivojlantirish uchun keng imkoniyat va shart-sharoit yaratilagan.
Ta'lim — ijtimoiy faoliyat sohasi sifatida bugungi kunda jamiyatdagi, umuman jahon tamadduni qadriyatlarini o‘zlashtirish jarayonida inson kapitalining rivojlanishi uchun shart-sharoit yaratishga qaratilgan. Shuning uchun ta'lim va bilish faoliyati, tarbiya va o‘z-o‘zini tarbiyalash, rivojlanish, o‘z-o‘zini rivojlantirish va ijtimoiylashtirish uyg‘unlashuviga aylanib bormoqda.
Ta'lim tizimiga, xususan, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosiga ham qadriyatlarni shakllantirish singdirilgan. Ta'lim maqsadi — har bir shaxs, jamiyatni rivojlantirish va global miqyosda moddiy, madaniy, ma'naviy qadriyatlarni saqlash hamda rivojlantirishdir. Mustaqil va erkin fikrlovchi shaxsni, vatanparvarlik, mustaqillik va demokratiya g‘oyalariga sodiq fuqaro, malakali mutaxassisni shakllantirish uchun shart-sharoitni ta'minlash talab etiladi. Ijtimoiy-siyosiy hayotda ongli ishtirok eta oladigan, mamlakat, oila taqdiriga mas'ul shaxsni shakllantirish, ijtimoiy jarayonlarga faol ta'sir ko‘rsatish — kadrlar tayyorlash bo‘yicha milliy dasturning asosiy ustuvor tomonlaridir.
Ta'limda va mustaqil amalga oshiriladigan o‘rganishda malaka oshiriladi, bilim orttiriladi. Tarbiya va o‘z-o‘zini tarbiyalashda umum e'tirof etilgan qadriyatlar qabul qilinadi va ishlab chiqiladi.
Keng ma'noda tarbiya — bu, maxsus tashkil qilingan, shaxsni rivojlantirish uchun avloddan-avlodga ijtimoiy tarbiya tajribasini yetkazish jarayonidir. Tor ma'noda esa, tarbiya — bu katta yoshdagilarning bolalarni jamiyat hayotining aniq bir vaziyatiga kiritish, uning rivojlanishi uchun shart-sharoitlarni shakllantirish bo‘yicha qo‘shma faoliyatdir.
Insonning o‘ziga xosligi irsiy qobiliyatlar asosida tarbiya jarayonida va ayni paytda o‘z-o‘zini rivojlantirish, o‘z-o‘zini tarbiyalash jarayonlarida shakllanadi.
Ta'lim jarayonlari orqali “inson kapitali” – ya'ni bilim darajasi, malakasini shakllantirish, undan oqilona foydalanish mumkin.Ta'lim jarayonlari orqali “inson kapitali” – ya'ni bilim darajasi, malakasini shakllantirish, undan oqilona foydalanish mumkin. Ayni paytda taraqqiyotga, rivojlanishga turtki bo‘ladigan ana shu yuksak bilim, malaka, zakovatni faqat ezgu yo‘lda foydalanishda insoniy qadriyatlar o‘ta muhim ahamiyatga ega. Bilim olish, kasb-hunar egallash, uni yosh avlodga o‘rgatish, faqat tinchlik, taraqqiyot yo‘lida foydalanishda milliy qadriyatlarimiz ishonchli, mustahkam zamin bo‘la oladi.
Bugungi zamon barcha sohalar qatorida ilm-fanni ham yangi bosqichga ko‘tarishni talab qilmoqda. Zotan, jamiyat oldida turgan dolzarb masalalarni ilm-fansiz yechish qiyin. Mazkur sohani va olimlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash davlatimizning ustuvor vazifalaridandir.
Bu boradagi ishlar bugun izchil va tizimli ravishda davom ettirilmoqda. Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoevning O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademiklari faoliyatini takomillashtirish va rag‘batlantirish to‘g‘risidagi farmonida mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida ilm-fanning o‘rnini yanada mustahkamlash, akademiklar faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, yuqori malakali ilmiy kadrlar tayyorlash sifatini oshirishni rag‘batlantirish maqsadida bir qator muhim chora-tadbirlar belgilangan.
Ilm-fan bilan shug‘ullanish, yangi kashfiyot va ixtirolar qilish igna bilan quduq qazishdek gap, dedi Prezidentimiz. Shunday ekan, bu mashaqqatli sohada fidokorona mehnat qilayotgan olimlarimiz mehnati tahsin va rag‘batga munosib.
Mamlakatimiz va jamiyatimizning zamon talablari darajasida rivojlanishini ilm-fansiz tasavvur qilish qiyin. Ilm-fan taraqqiyotida fundamental tadqiqotlar muhim ahamiyat kasb etadi. Aynan ular orqali yangi bilimlar o‘zlashtiriladi va nazariyalar shakllantiriladi, kelgusi amaliy tadqiqotlar va innovasion ishlanmalar uchun mustahkam asos yaratiladi.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tadqiqotlarning hammasini ham ilm-fanning bugungi yuqori rivojlanish darajasiga to‘la javob beradi, deb bo‘lmaydi.
Yuqori texnologik ilmiy mahsulotlarni amaliyotga joriy etish uchun yangi zamonaviy tajriba-ishlab chiqarish, konstruktorlik-texnologik tashkilotlar hamda innovasiya markazlarini tashkil etish zarur. Marketing va lisenziyalash xizmatlari talab darajasida emas. Bu mamlakatimiz ilmiy-innovasion mahsulotlarini amaliyotga keng tatbiq etishda yaqqol sezilmoqda.

Download 22,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish