17-mavzu. Ilmiy qadriyatlar Reja Ilm-fan yutuqlari muhim qadriyatlar sifatida. Ilmiy texnologik qadriyatlar rolining ortib borishi



Download 22,13 Kb.
bet3/3
Sana06.06.2022
Hajmi22,13 Kb.
#642602
1   2   3
Bog'liq
17-mavzu

3-masala. O‘zbekiston ilm-fani haqida gap ketganda, tasavvurimizda o‘zining yuksak ilmiy salohiyati va xalqaro miqyosdagi nufuzi bilan nom qozongan o‘ulomov, Masson hamda Pugachenkova tomonidan yaratilgan tarixchilar, arxeologlar, san'atshunoslar maktabi gavdalanadi. Mustaqillik yillarida bu ishlar faqat davom ettirilibgina qolmasdan, balki yangi ilmiy mavzular bilan boyitildi. Albatta, ular ilgari ham ishlab chiqilgan bo‘lsa-da, birmuncha sayoz va yuzaki o‘rganilgan edi. O‘zbekiston tarixiy ilm-fanning yuksak yutuqlari sifatida men tarix institutlari hamda mamlakatimizning boshqa ilmiy muassasalari olimlari bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan va chop etilgan davlatchilik tarixini ta'kidlagan bo‘lardim. Ular orasida “O‘zbekiston davlatchiligi tarixi bo‘yicha ocherklar”, “O‘zbekiston davlatchilik tarixi”ning birinchi jildi, “O‘zbekiston davlatchiligi tarixida Xorazm” kitoblari alohida o‘rin olgan. Istiqlol sharofati bilan birinchi bor “O‘zbekiston tarixi. Amir Temur va Temuriylar davri” fundamental ishi yaratildi. Unda o‘sha paytdagi siyosiy, ijtimoiy va madaniy hayot hamda Amir Temurning jahon tarixidagi roli xolisona tasnif etilgan.
Uchrashuvda ko‘tarilgan masalalardan biri jahonning yetakchi institutlari, universitetlari, ilmiy markazlari va Fanlar akademiyalari bilan ilmiy hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratildi. Bu jabhada qanday ishlar amalga oshirilmoqda? Axir O‘zbekiston arxeologlari erishgan yutuqlar nafaqat mamlakatimiz, balki jahon tarixi fondiga qo‘shilgan ulkan hissa hisoblanadi.
O‘zbek olimlari juda ham katta ilmiy zaxira to‘plaganlar, uni rivojlantirish lozim. Yuqori salohiyatga ega kadrlar tayyorlash masalasini takomillashtirish, ilmiy kadrlar va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash jarayoni uzluksizligini ta'minlash, dunyo darajasidagi yangi olimlar avlodini tarbiyalash zarur. Obirahmat qoyalaridagi qazilmalar, yuqori paleolit davridagi Jarqo‘ton qadimgi manzilgohi, Iskandar Zulqarnayn tomonidan bunyod etilgan Kampirtepa qal'asi, Uzundara qadimgi qo‘rg‘oni, Qoratepa va Fayoztepadagi buddaviylar yodgorliklari, Akshixan-qal'a portret galereyasi hamda boshqa ko‘plab tadqiqotlar allaqachon butunjahon ilm-fanining oltin fondiga kirib ulgurdi. Shu bois ham AQSh, Avstraliya, Pol'sha, Chexiya, Fransiya, Yaponiya va rossiyalik olimlar bu izlanishlarda bevosita qatnashish istagini bildirmoqda. Ular orasida yaqindagina vafot etgan, O‘zbekistonning samimiy do‘sti hisoblangan Kyudzo Katoni alohida ta'kidlagan bo‘lardim. Tarixiy ilm-fan hamda u bilan bog‘liq bo‘lgan sohalarning natijalari salmoqli. Mustaqillik yillarida badiiy madaniyat va zamonaviy san'at tarixi yaratilishida san'atshunoslik fani alohida ahamiyat kasb etdi. Shu bilan birga, bundan keyin umumlashtiruvchi ishlarni yaratishni davom ettirish, xususan, davlatchilik tarixidan boshlab, shaharlar, transkontinental yo‘llar, badiiy madaniyat hamda san'at, arxeologiya, tarixshunoslikni dunyoning yetakchi tillariga tarjima qilish lozim. Bu esa xorijlik olimlar va keng o‘quvchilar ommasi uchun ulardan erkin foydalanish imkoniyatini beradi.
Mamlakat rahbariyati tomonidan ushbu masalaga alohida e'tibor qaratilishi juda muhim sanaladi. Zero, davlatning qo‘llab-quvvatlashisiz ilm-fanni rivojlantirib bo‘lmaydi. Dunyo tajribasidan kelib chiqib, mazkur omilni eng asosiysi, deb bilaman. Bugungi kunda qator davlatlarda akademik institutlar byudjet asosida faoliyat yuritadi, ajratilayotgan grantlar esa qo‘shimcha moliyaviy manba hisoblanib, laboratoriya va tabiiy sharoitlarda o‘tkaziladigan tadqiqotlarga yo‘naltiriladi. Mavjud masalalar esa davlatimiz rahbarining “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademiklari faoliyatini takomillashtirish va rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosi asnosida o‘z yechimini topadi.
Ilm-fan iqtisodiyotning barcha tarmog‘i taraqqiyotida katta o‘rin tutadi. Davlat esa bu yo‘lda, avvalo, olimlarga suyanadi. Bugun ilm-fan va ishlab chiqarish o‘rtasidagi integratsiya har qachongidan ham ko‘ra dolzarb ahamiyatga ega. Faxrlanarli jihati, ayni paytda respublikamizda ana shu integratsiyalashuv jarayonlari uchun barcha sharoit mavjud. Binobarin, Prezidentimizning turli jabhalar mutaxassislari, olimlar, ekspertlar jamoatchiligi va boshqa manfaatdor tomonlarning sa'y-harakatlarini birlashtirishga oid tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash juda muhimdir. Bunday tajriba xorij mamlakatlarida ham qabul qilingan. Kezi kelganda aytish joizki, yurtimizda ham mazkur amaliyot izchil qo‘llanilayapti. Aniq misol keltiraman. Toshkentda “O‘zbekistonning madaniy merosi dunyo to‘plamlarida” nomli ulkan loyiha amalga oshirilmoqda. E'tirof etish lozimki, u Prezident Shavkat Mirziyoevning o‘zbek xalqining tarixiy, madaniy va intellektual merosini ko‘z-qorachig‘idek asrab-avaylash hamda ko‘paytirish, shuningdek, yosh avlodni umuminsoniy va milliy an'analar hamda qadriyatlar ruhida tarbiyalashga alohida e'tibor qaratayotgani tufayli ro‘yobga chiqarilmoqda. Ta'kidlash kerakki, mazkur masala davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan u kelgusi besh yilga mo‘ljallangan O‘zbekistonni yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga kiritilgani buning yorqin tasdig‘idir.
Sharq davlat muzeyi, Rossiya etnografik muzeyi, Tret'yakovskiy davlat galereyasi va Rossiya milliy kutubxonasidagi hamkasblarimiz bilan hamkorlikda bugungi O‘zbekiston hududidan topilgan, ayni paytda turli muzeylar hamda shaxsiy kolleksiyalarda saqlanayotgan buyumlarning rang-barang rasmlari va suratlari bilan bezatilgan to‘rt tomli kitob-al'bom tayyorlandi. Qadimgi va bugungi ustalar tomonidan yasalgan durdona asarlar diyorimizning noyob moddiy hamda badiiy madaniyatini o‘zida ifoda etgan. Nashr nafaqat ilmiy-tadqiqot doiralari vakillari uchun, balki mamlakatimiz va xorijdagi keng auditoriya, O‘zbekistonning boy madaniy merosiga qiziqadigan yoshlarga mo‘ljallangan. O‘quvchilar al'bom bilan birga taqdim etiladigan diskdagi hujjatli fil'mni tomosha qilib, yurtimizning boy madaniyati hamda san'ati haqidagi tasavvurlarini kengaytirishlari mumkin. Kelgusida Rossiya, AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Shvesiya, Fransiya davlatlaridagi muzeylar to‘plamlaridan turli sabablar bilan joy olgan bebaho tarixiy-madaniy meros buyumlari tasvirlarini ham nashr etish rejalashtirilayapti. Albatta, mazkur loyiha katta ahamiyatga ega. Zero, u mamlakatimizda tarix fanlarini rivojlantirishga salmoqli hissa bo‘lib qo‘shiladi, boy milliy madaniy-tarixiy merosimizni yanada ommalashtirishga xizmat qiladi.
Hech shubhasiz, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning tashabbuslari O‘zbekistonda ilm-fan rivojini yangi bosqichga olib chiqadi.
Download 22,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish