17-mavzu. Ilmiy qadriyatlar Reja Ilm-fan yutuqlari muhim qadriyatlar sifatida. Ilmiy texnologik qadriyatlar rolining ortib borishi



Download 22,13 Kb.
bet2/3
Sana06.06.2022
Hajmi22,13 Kb.
#642602
1   2   3
Bog'liq
17-mavzu

2-masala. Fan, ta'lim va ishlab chiqarish integratsiyasini yanada takomillashtirish muhimligi alohida qayd etildi. Yangi texnologiyalarni joriy qiluvchi korxonalarga imtiyozlar va preferensiyalar berish ilm-fanga investisiya kiritadigan korxonalar soni sezilarli darajada oshishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Mavjud ilmiy salohiyat va mablag‘larni iqtisodiyot tarmoqlarining buyurtmalari va muayyan muammolarni yechishga qaratilgan eng muhim ustuvor tadqiqotlarga yo‘naltirish zarur.
Jahonning yetakchi institutlari, universitetlari, ilmiy markazlari va Fanlar akademiyalari bilan ilmiy hamkorlikni yanada rivojlantirishni zamonning o‘zi talab qilmoqda, dedi Prezidentimiz. Xorijning yetakchi o‘quv va ilmiy muassasalarida ta'lim va ilmiy daraja olgan yurtdoshlarimiz uchun mamlakatimizda qulay shart-sharoitlar yaratib berish, ularni rag‘batlantirish choralarini ko‘rish kerak.
Mamlakatimizda yuqori salohiyatga ega, jahon miqyosida e'tirof etilgan olimlar ko‘p. Ular o‘z maktablarini yaratishi, shogirdlar tarbiyalashi lozim. Yosh avlodni salohiyatli kadrlar etib tarbiyalashdagi birinchi bosqich – maktab ta'limini tubdan takomillashtirish, ilmiy kadrlar va yuksak malakali mutaxassislar tayyorlash jarayonining uzluksizligini ta'minlash zarur. Bu yo‘lda hech narsani ayamaymiz, dedi davlatimiz rahbari.
Shavkat Mirziyoevning saylovoldi uchrashuvlarida ilgari surilgan takliflar, jumladan, zamonaviy texnoparklar, Akademiklar shaharchasida erkin iqtisodiy hudud maqomiga ega bo‘lgan Innovasion markaz tashkil etish bo‘yicha tashabbusi ilmiy-tadqiqot institutlari, ta'lim muassasalari va sanoat korxonalarining raqobatbardoshligini oshirish, sohaga mahalliy va xorijiy investorlarni keng jalb etish imkonini berishi ilm-fan ahli tomonidan alohida ta'kidlandi.
Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti Sh.Solihov, Fanlar akademiyasi akademiklari A.Qayumov, M.Salohiddinov, R.Ubaydullaeva, S.Rashidova, A.Glushenkova, T.Daminov, J.Bozorboev, B.Yo‘ldoshev, B.Nazarov va boshqalar Prezidentimizning yaqinda qabul qilingan farmoni soha rivojida muhim rol' o‘ynashini ta'kidlab, mavjud dolzarb masalalar, mamlakatimizda ilm-fan hamda innovasion faoliyatni yanada rivojlantirish yuzasidan o‘z fikr-mulohazalari va takliflarini bildirdi. Prezidentimizga mamlakatimizda ilm-fan va innovasion faoliyatni qo‘llab-quvvatlayotgani, ilm ahlini rag‘batlantirishga qaratayotgan alohida e'tibori uchun samimiy minnatdorlik izhor etdi.
Darhaqiqat, bugun yurtimizda yangi tarixiy davr boshlandi. Bu esa jamiyatimizning barcha jabhasida, jumladan, siyosat, iqtisodiyot, ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlari va albatta, ilm-fanda jadal rivojlanishni talab etayapti. Chunki ilm-fan hamda hayot o‘rtasida shunday uzviy bog‘liqlik mavjudki, agar u turmushimizga qancha ko‘p xizmat qilsa, hayotimiz ham ilm-fanni bundan-da ko‘proq boyitadi. Prezidentimiz tomonidan bildirilgan ustuvor vazifalardan shuni chuqur his etish, anglash mumkinki, ilm-fan va u bilan muntazam shug‘ullanayotganlar davlatimizning doimo e'tiboridadir. davlatimiz rahbari ilm-fan namoyandalari bilan uchrashuvda bugungi zamon barcha sohalar qatorida ilm-fanni ham yangi bosqichga ko‘tarishni talab qilayotgani, binobarin, jamiyat oldida turgan dolzarb masalalarni ilm-fansiz yechish qiyinligini alohida ta'kidladi. Ilm-fan va olimlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarning eng ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylanmoqda.
Prezidentimizning ushbu tashabbusi mamlakatimizning barcha ilm-fan ahli vakillari tomonidan to‘la qo‘llab-quvvatlanib, zo‘r mamnuniyat bilan kutib olindi. Farmonga muvofiq, yurtimiz ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida ilm-fanning o‘rnini yanada mustahkamlash, akademiklar faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, yuqori malakali ilmiy kadrlar tayyorlash sifatini oshirishni rag‘batlantirish maqsadida bir qator muhim chora-tadbirlar ro‘yobga chiqariladi. Alohida qayd etilganidek, fan, ta'lim va ishlab chiqarish integratsiyasini yanada takomillashtirish muhim ahamiyatga ega. Bugun jahonning yetakchi institutlari, universitetlari, ilmiy markazlari va Fanlar akademiyalari bilan ilmiy hamkorlikni yanada mustahkamlashni zamonning o‘zi talab qilmoqda. Xorijning yetakchi o‘quv hamda ilmiy muassasalarida ta'lim va ilmiy daraja olgan yurtdoshlarimiz uchun mamlakatimizda qulay shart-sharoitlar yaratib berish, ularni rag‘batlantirish choralarini ko‘rish kerakligi juda to‘g‘ri vazifa, deb hisoblaymiz.

Download 22,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish