Davletov Ruslanbek Kuroltayevich, keyingi oʻrinlarda “Ish beruvchi” deb ataladi va fuqaro fio



Download 23,11 Kb.
Sana18.07.2022
Hajmi23,11 Kb.
#819879
Bog'liq
3.Bolasi bor xodimlar (3 yoshgacha)



___ -sonli MEHNAT SHARTNOMASI (KONTRAKT)

Toshkent shahri 2022-yil ___ iyun


1. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi nomidan, vazir Davletov Ruslanbek Kuroltayevich, keyingi oʻrinlarda “Ish beruvchi” deb ataladi va fuqaro FIO, keyingi oʻrinlarda “Xodim” deb ataladi, mazkur shartnomani quyidagilar haqida tuzdik.


2. Xodim FIO Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Rahbariyat qoshidagi apparatning qabulxona kotibi lavozimiga 1 stavkaga ishga qabul qilinadi.


3. Shartnoma asosiy ish boʻyicha hisoblanadi.


4. Shartnoma nomuayyan muddatga tuzildi.


5. Shartnoma boʻyicha ishlash 2022-yil ___ iyundan boshlanadi.


6. Shartnoma sinov muddatisiz tuzildi.


7. Xodimning majburiyatlari:


a) mehnat intizomi (ichki mehnat tartibi qoidalari)ga rioya qilish;
b) ish beruvchining qonuniy buyruqlari, farmoyishlari va koʻrsatmalarini bajarish;
v) mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasi talablariga rioya qilish;
g) mansab yoʻriqnomasida belgilangan vazifalarni toʻliq bajarish (shartnomaga ilova qilinadi va uning ajralmas qismi hisoblanadi);
d) YATMM, MM bilan nazarda tutilgan malaka majburiyatlariga rioya qilish;
ye) qonun hujjatlariga rioya qilish;
j) jamoa shartnomasi majburiyatlariga rioya qilish;
z) ushbu mehnat shartnomasi boʻyicha oʻz xizmat vazifalarini bajarayotganda, korrupsiyaviy xatti-harakatlarda qatnashmaslik, shu jumladan gʻayriqonuniy imtiyozlarni olish yoki boshqacha tarzda gʻayriqonuniy maqsadlarda oʻzining yoki boshqa shaxslarning harakatlari yoki qarorlariga taʼsir qilish uchun pul mablagʻlari yoki boshqa qimmatliklar koʻrinishida pora taklif qilmaslik, vaʼda bermaslik, pul toʻlamaslik, tovlamachilik qilmaslik, bevosita yoki bilvosita pora olishga rozilik bermaslik va pora olmaslik, biron-bir shaxs foydasiga yoki biron bir shaxs xizmatlaridan foydalanmaslik, mol-mulk yoki mulkiy huquqlarni olmaslik, shuningdek oʻz vakolatlarini suiisteʼmol qilmaslik;
i) atrofdagi shaxslar tomonidan korrupsiyaga oid huquqbuzarlikni sodir etish yoki unda qatnashishga tayyorgarlik koʻrish sifatida baholanishi mumkin boʻlgan xulq-atvordan oʻzini tiyish;
k) qonun hujjatlari va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining ichki hujjatlariga muvofiq manfaatlar toʻqnashuvi kelib chiqishini oldini olish choralarini koʻrishi va manfaatlar toʻqnashuvi yoki uning kelib chiqish ehtimoli haqida oʻziga maʼlum boʻlishi bilan darhol ish beruvchini yoki uning oʻrnini bosadigan shaxslarni xabardor qilish;
l) adliya organlari va muassasalarining boshqa xodimlari tomonidan sodir etilgan
va sodir etilishi rejalashtirilayotgan korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar haqidagi faktlarni aniqlasa, u ushbu maʼlumotni aloqa kanallari orqali Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining korrupsiyaga qarshi kurashish siyosatida koʻrsatilgan shaxslarga taqdim etishi;
m) adliya vazirligi ichki hujjatlari va qonunchilikka binoan konfidensial deb belgilangan maʼlumotlarni va axborotlarni oshkor qilmaslik, tarqatmaslik boʻyicha tartib-qoidalarga qatiy amal qilish;
n) xodim tomonidan qabul qilinadigan boshqa majburiyatlar.
_____________________________________________________________________

8. Ish beruvchining majburiyatlari;


a) xodimning mehnatini tashkil etish, xodim mehnatini muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi qoidalari, mansab yoʻriqnomasi, ichki mehnat tartibi qoidalari va jamoa shartnomasi bilan tanishtirish;
b) mehnat intizomini taʼminlash;
v) ish haqini oʻz vaqtida toʻlash;
g) xavfsiz va samarali mehnat uchun shart-sharoitlar yaratish, unga mehnatning xavfsiz shart-sharoiti toʻgʻrisida yoʻl-yoʻriq berish;
d) ish joyini mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi qoidalariga muvofiq jihozlash;
j) qonun hujjatlariga rioya qilish;
z) jamoa shartnomasi majburiyatlariga rioya qilish;
i) xodim Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining ichki hujjatlarida nazarda tutilgan korrupsiyaga qarshi talablarni buzgan taqdirda, qonun hujjatlariga muvofiq intizomiy jazo choralarini qoʻllash.
9. Ish kuni rejimi:
ish kunlari - haftaning dushanbadan juma kunigacha, shanba va yakshanba dam olish kunlari, ish vaqti soatbay, toʻliq ish vaqti boʻlib, soat 09-00 dan 17-00 gacha belgilanadi.

10. Mehnatga haq toʻlash.


Xodimga:
a) ish haqi shtatlar jadvaliga muvofiq belgilangan miqdorda toʻlanadi. (ish haqi miqdori qonun hujjatlariga asosan oʻzgarishi mumkin);

b) amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq mehnat sharoitl ari bilan bogʻliq boʻlgan qoʻshimcha haq, ustama, kompensatsiyalar quyidagi miqdorlarda:


davlat xizmatchisi sifatida oylik maoshi oʻrnatilgan tartibda toʻlanadi;

v) jamoa shartnomasi shartlari bilan nazarda tutilgan, shuningdek, berilgan (mavjud) huquqlar va mablagʻlar doirasida rahbar tomonidan belgilanadigan qoʻshimcha haq, ustama, mukofot, taqdirlashlar va ragʻbatlantiruvchi turdagi boshqa toʻlovlar buyruqqa asosan toʻlanadi.


11. Xodimga:


a) asosiy taʼtil (mehnat taʼtili) 24 ish kunidan;
b) qoʻshimcha taʼtil jamoa shartnomasi va qonunchilikda belgilangan ish kunlaridan iborat boʻlgan haq toʻlanadigan yillik taʼtil belgilanadi.

12. Ushbu shartnoma bir xil kuchga ega boʻlgan ikki nusxada “MinJust HR” avtomatlashtirilgan tizim orqali tuzildi.


Tomonlarning manzillari va imzolari:





Xodim:
FIO

Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri,3-mittitumani, 8-xonadon, 9-xonadon


_____________________________________
(imzo)

Ish beruvchi:
Vazir R.K. Davletov

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi


Toshkent shahar, Sayilgoh koʻchasi, 5-uy
______________________________________
(imzo, muhr)


Shartnoma bir nusxasini oldim: FIO _______________ .06.2022-yil
Download 23,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish