O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
O‘RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA’LIMI MARKAZI
D.R. ABDIKARIMOVA, G.M. BEKIMBETOVA
KO‘CHMAS MULKNI
BAHOLASH
Kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma
«NISO POLIGRAF» – TOSHKENT – 2017
UO‘K
65.422.5
KBK 65.422.ya721
K 98
Ta q r i z c h i l a r :
К.Z. Xomitov – Toshkent moliya instituti «Baholash ishi va
investitsiyalar» kafedrasi dotsenti, iqtisod fanlari doktori;
U.M. Yusupov – «Toshkent shahar baholash va konsalting
Markazi» MCHJ direktori.
«Ko‘chmas mulkni baholash» fani iqtisodiy fanlarni o‘qitishda
o‘zining dolzarbligi va zamonaviy globallashuv sharoitida turli
mulkchilik shakllarida yetakchi fanlardan biri hisoblanadi.
E’tiboringizga taqdim etilayotgan mazkur o‘quv qo‘llanmada
baholash ishi, xususan, ko‘chmas mulk va uni baholash, uning
xususiyatlari, baholash ishini amalga oshirish tartiblari, baholash
yondashuvlarining qo‘llanilishi va O‘zbekistonda baholash faoliyatining
rivojlanishi masalalari yoritib berilgan.
O‘quv qo‘llanma Toshkent moliya instituti «Moliyaviy
menejment» va «Baholash ishi va investitsiyalar» kafedrasi professor-
o‘qituvchilarining ijodiy hamkorligida tayyorlangan.
O‘quv qo‘llanma kasb-hunar kollejlari o‘qituvchilari, soha
mutaxassislari va amaliyotchilar, ilmiy izlanuvchilar hamda iqtisodiy
ta’lim oluvchi talabalarga mo‘ljallangan.
Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi ilmiy-metodik
birlashmalari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Kengash tomonidan
nashrga tavsiya etilgan.
ISBN 978-9943-5081-3-2
© D.R. Abdikarimova va boshq., 2017
© «NISO POLIGRAF», 2017
3
KIRISH
Hozirda baholash faoliyatini takomillashtirilgan va sifatli
amalga oshirish davlatning muhim talablaridan biri hisoblanganligi
sababli, ushbu fanni O‘zbekiston va jahon tajribasiga asoslangan
holda chuqur o‘rganish zarur. Fanning ishlab chiqarishdagi o‘rni
uning doirasida olingan bilimlar va amaliy ko‘nikmalar ko‘chmas
mulk qiymatini baholash bilan bog‘liq kasbiy faoliyatda bevosita
qo‘llanilishi bilan belgilanadi.
Mazkur o‘quv qo‘llanma O‘zbekiston Respublikasining Mulkni
baholash milliy standartlari, O‘zbekiston Respublikasining «Baho-
lash faoliyati to‘g‘risida»gi Qonuniga muvofiq O‘zbekiston Respub-
likasida mulk qiymatini baholashning normativ-huquqiy asoslarini,
nazariy va amaliy jihatlarini o‘z ichiga oladi.
Shuning bilan birgalikda ushbu o‘quv qo‘llanmada mulk qiymatini
baholash jarayonida ishlatiladigan atama va tushunchalarni, baholash
axborotlariga qo‘yiladigan talablarni, ko‘chmas mulkni baholashni
amalga oshirish tartibini, baholash yondashuvlari, baholash
natijalarini rasmiylashtirishga qo‘yiladigan talablarning me’yorlari
va mexanizmi hamda bu kasbga malakaviy, axloqiy talablar va shu
kabi mavzular uzviylik va uzluksizlik nuqtayi nazaridan mantiqiy
ketma-ketlikda o‘z aksini topgan. «Ko‘chmas mulkni baholash»
fanini chuqur o‘rganish mulk munosabatlari va ko‘chmas mulk
bozori muammolarini hal qilishda muhim rol o‘ynaydi.
Mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarning
birinchi bosqichidayoq mulkchilikning hamma shakllari teng huquqli
ekanligi konstitutsion tarzda e’tirof etildi va mulkni xususiylashtirish
hisobiga ko‘p ukladli iqtisodiyotni real shakllantirish vazifasi
qo‘yildi. Ayni vaqtda mamlakatimiz bosib o‘tgan taraqqiyot
yo‘lining chuqur tahlili, bugungi kunda jahon bozori konyunkturasi
4
keskin o‘zgarib, globallashuv sharoitida raqobat tobora kuchayib
borayotgani davlatimizni yanada barqaror va jadal sur’atlar bilan
rivojlantirish uchun mutlaqo yangicha yondashuv hamda tamoyillarni
ishlab chiqish va ro‘yobga chiqarishni taqozo etmoqda
1
. Shu borada
ko‘chmas mulk qiymatini baholashda obyektlarning bozorini
shakllantirish hamda ularga bo‘lgan huquqlarga doir bitimlar tuzish
bilan bog‘liq xizmatlarni ko‘rsatish bo‘yicha tadbirkorlik faoliyatini
rivojlantirishga ham imkoniyat yaratadi.
Yangi xizmatga bo‘lgan talablarning o‘sishi bilan birga bu
borada baholash jarayonining qonuniy va uslubiy asoslari yaratildi,
davlat organlari tomonidan baholash standartlari joriy qilindi.
Mulkni baholash xususiylashtirish, ishonchli boshqaruvga o‘tkazish,
shuningdek, ijaraga berish va sotish jarayonlarida, milliylashtirishda,
sotib olish, ipoteka kreditlashda va ustav jamg‘armalarni ulushlar
orqali shakllantirishda muhim o‘rin tutadi.
Shuningdek, 2017–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini
rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar
strategiyasida xususiy mulk huquqi va kafolatlarini ishonchli
himoya qilishni ta’minlash, xususiy tadbirkorlik va kichik biznes
rivoji yo‘lidagi barcha to‘siq va cheklovlarni bartaraf etish, unga
to‘liq erkinlik berish tamoyilini amalga oshirish, sanoat korxonalari
va boshqa ishlab chiqarish obyektlarini joylashtirishga qulay shart-
sharoitlar yaratish, xususiy tadbirkorlikni keng rivojlantirish hamda
aholining turmush sharoitini yaxshilash maqsadida hududlarning
ishlab chiqarish, muhandis-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilma
tarmoqlarini yanada rivojlantirish va modernizatsiya qilishga
qaratilgan
2
.
1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. O‘zbekiston
Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi
to‘g‘risida. O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y.,
6-son, 70-modda, 20-son, 354-modda.
2
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-
sonli Farmoni.
5
Shu munosabat bilan yangi hayotiy voqelikni aks ettiradigan
va respublikadagi butun baholash faoliyati tizimini keng qamrovli,
sifatli tarkibiy isloh etishga qaratilgan dasturiy, me’yoriy va
huquqiy hujjatlarni yaratish o‘tkir zaruratga aylanmoqda. Baholash
faoliyatining rivojlanish darajasini biz bevosita yurtimizda so‘nggi
yillarda mol-mulkka bo‘lgan talabning sezilarli darajada o‘sganligi
bilan bog‘lashimiz mumkin. Bu esa, o‘z navbatida, respublikada
iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish yuzasidan olib borilayotgan
katta ishning bir qismidir.
6
Do'stlaringiz bilan baham: |