CHERVYAKLI UZATMALAR. UZATMANING GEOMETRIYASI VA KINEMATIKASI.
REJASI:
1. Chervyakli uzatmalarning klassifikatsyasi, afzallik va kamchiliklari, qo’llanilishi;
2.Chervyakli uzatmaning geometrik parametrlari;
3. Chervyakli uzatmaning ilashmasidagi kuchlar.
Chervyakli uzatmalar alohida shaklli chervyak g‘ildiragi bilan vintsimon chervyakdan iborat bo‘lib, yetaklovchi va yetakchi vallarning geometrik o‘qlari ayqash bo‘lgan hollarda ishlatiladi (1-shakl). (Asosan ayqashlik burchagi amalda 900 ) tashkil etadi. Bunda chervyak yetaklovchi bo‘lib, undagi kirimlar soni gacha, chervyak g‘ildiragida esa tishlar soni bo’lishi talab etiladi (2-shakl).
1-shakli. Chervyakli uzatma.
2-shakl. Chervyak kirimlar soni-
Uzatma chervyak tanasining tuzilishiga qarab, silindrik va globoidli (3-shakl); chervyak o‘ramlarining shakliga qarab, Arximed, evolventa, konvalyuta shaklli; chervyakning g‘ildirakkka nisbatan egallagan o‘rniga qarab, chervyagi pastda, yon tomonda, tepada joylashgan; korpus bor-yo‘qligiga qarab, ochiq va yopiq; vazifasiga qarab esa kuch va moment (quvvat) uzatadigan yoki kinematik jihatdan foydalaniladigan turlarga bo‘linadi (4-shakl).
Chervyakli uzatmaning ishlash prinsipi vintli juftning ishlahiga o‘xshash bo‘ladi.
3-shakl. a) silindrik; b) globoidli
4-shakl. Chervyak joylashuv sxemalari. a) yuqorida; b) quyida; c) yonida
Chervyakli uzatmalarning afzalliklari:
Tuzilishi oddiy, o‘zi ixcham bo‘lib, bir pog‘anani o‘zida uzatish soni katta . ayrim hollarda uf.
Ravon va shovqinsiz ishlaydi.
O‘zi tormozlanadigan qilib tayyorlash mumkin.
Ishonchli ishlaydi.
Kamchiliklari:
1.FIK nisbatan kichik.
2.G‘ildirak tishlari tez yeyiladi.
3.G‘ildirak uchun qimmatbaho metall (bronza) ishlatiladi.
Chervyakli uzatmalar tayyorlash uchun 12 ta aniqlik darajasi belgilangan.
Kuch va moment uzatish uchun mo‘ljallangan chervyakli uzatmalar 5...9 aniqlik darajasi bilan, yuqori aniqlik bilan ishlashi talab etilgan kinematik juftlarda esa 3...6 aniqlik darajasi bilan tayyorlaniladi.
Sanoatda asosan Arximed chervyagidan foydalaniladi. Agar chervyak o‘z o‘qiga tik tekislik bilan kesilganda hosil bo‘lgan profil trapetsiya shaklida bo‘lsa, Arximed chervyagi deb, agar hosil bo‘lgan iz evolventaga o‘xshash bo‘lsa, evolventaviy chervyak deb, qisqartirilgan yoki cho‘zilgan evolventaga o‘xshash bo‘lsa, konvolyutaviy chervyak deyiladi.
Chervyakli uzatmaning uzatishlar nisbati quyida formula orqali aniqlanadi:
(1)
bu erda - burchak tezligi r/s, indeksdagi raqam valning tartib raqamini xarakterlaydi;
- aylanishlar soni, z1–kirimlar soni 1...4, z2 – chervyak g‘ildiragidagi tishlar soni.
Uzatmaning uzatishlar nisbati gacha bo‘lib, maxsus xollarda 300 gacha bo‘ladi. Bunda z1=1,2,4 va z2 =30...80 bo‘lganda uzatishlar nisbati GOST – 2144-76 asosida ikkita qatordan tanlanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |