Mundarija: Kirish………………………………………………………………………………3 Вуudjet tashkilotlarida xarajatilar smetasi va shtatlar jadvalini tuzishning xususiyati, maqsadi va ahamiyati………………………………………7
Byudjet tashkilotlarida xarajatlar smetasini va shtatlar jadvalini tuzish koʻrib chiqish va tasdiqlash tartibi xuquqiy asoslari………………………….….14
3. Byudjet tashkilotlaridan mablag' oluvchilarning xarajatlar smetalarni g'aznachilik bo'limlariga taqdim etish…………………………………………….25
4. Byudjet tashkilotlari xarajatlar smetasi nazoratini va shtatlar jadvalining ijrosini takomillashtirish…………………………………………………..………30
Xulosa……………………………………………………………………………. Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………...…………….37
Kirish Davlat byudjeti har yili mamlakat Oliy Majlisining sessiyasida ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi. Davlat budjetida milliy daromadning katta qismi markazlashtiriladi. U taqsimlanadi va ishlab chiqarishni kengaytirish va boshqa ijtimoiy ehtiyojlami qondirish uchun yo‘naltiriladi. Bulaming hammasi davlat budjeti daromadlari o ‘z vaqtida to‘la kelib tushishini va budjet mablag‘larining maqsadli sarfianishini taqozo qiladi. Buni to‘g‘ri tashkil qilingan davlat budjeti ijrosi jarayonining buxgalteriya hisobigina ta’minlashi mumkin.
Budjet hisobi davlat budjeti ijrosining buxgalteriya hisobidir. Budjet hisobi davlat budjeti ijrosi bilan bog‘liq bo‘lgan hamma operatsiyalarni qamrab oladi va mazkur ijro jarayonida budjetning holatini tavsiflashni ta’minlaydi. Budjet hisobi orqali xalq xo‘jaligi hamma tarmoqlarining davlat budjeti bilan o‘zaro aloqasi aks ettiriladi. Buxgalteriya hisobi vositasida bank muassasalaridagi hisobvaraqlarda budjetning pul m ablag‘lari, daromadlari va xarajatlari, hisob-kitoblardagi m ablag‘lar, budjet ijrosi jarayonida tashkil qilinadigan fondlar va zaxiralar hamda budjet tashkilotlarining moddiy qiymatliklari aks ettiriladi.
Budjetning daromadlari, xarajatlari va pul mablag‘lari, budjet ijrosi jarayonida ularning harakati hamda budjetdan moliyalashtiriluvchi tashkilotlarning moddiy qiymatliklari budjet hisobining bevosita obyektlari hisoblanadi.
Mahalliy budjetlari, Respublika budjetini va mamlakatning, umuman davlat budjetini daromadlar va xarajatlar bo‘yicha rejasining bajarilishini o‘z vaqtida, to‘la va aniq qayd qilishni ta’minlash budjet hisobining vazifasi hisoblanadi. Budjet ijrosi jarayoni-davlat budjeti ijrosi buxgalteriya hisobining predmetidir. Davlat byudjetini amalga oshirishda byudjet tashkilotlari xarajatlari smetasini va kassa daromadlarini tuzish ularni shakllantirish va nazorat qilish muhim o’rin egallaydi.
Shunga ko’ra yaqin yillar ichida ushbu sohada bir qancha qonun va qarorlarga o‘zgartirishlar kiritildi va yangi qonun loyihalari ishlab chiqildi.Jumladan: byudjet tashkilotlari uchun yangi hisobot shakllari to’g’risida1 Oʻzbekiston Respublikasi Byudjet kodeksiga muvofiq hisobot shakllari tasdiqlandi, ular byudjet tashkilotlari va byudjet mablagʻlari oluvchilari uchun moʻljallangan, shakllar buyruqqa 1–23-ilovalarda keltirilgan.
Hujjatda quyidagi byudjet tashkilotlari boʻyicha tarmoq, shtatlar va kontingentga doir rejaning bajarilishi toʻgʻrisidagi hisobotlar shakllari keltirilgan:
tarmoq, shtatlar va kontingentga doir rejaning bajarilishi boʻyicha toifa koʻrsatkichlari tasnifi;
byudjet tashkilotlarining soha yoʻnalishlari boʻyicha tiplar tasnifi.
Ushbu tepada keltirilgan Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 1.01.2021 yildan kuchga kiradi.
Shuningdek; byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqini hisoblash avtomatlashtirishi to’g’risida qaror qabul qilindi2 Hujjat Prezidentning "Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti хarajatlarining samaradorligini yanada oshirish va davlat moliyaviy nazorati organlari faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida" 2022 yil 14 fevraldagi PQ-128-son qaroriga asosan qabul qilindi.Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi yuridik shaхs maqomiga ega va Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.
Byudjet tashkilotlarida ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlarni amalga oshirishni avtomatlashtirish maqsadida:
2022 yil 1 maydan boshlab byudjet tashkilotlarida ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlarni хodimlarning bank plastik kartalariga oʻtkazish uchun хodimlar roʻyхati (davlat siri yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlar bundan mustasno) Moliya vazirligining aхborot tizimidan Markaziy bankning aхborot tizimi orqali tegishli tijorat bankining aхborot tizimiga faqat avtomatlashtirilgan tarzda elektron shaklda yuboriladi;
2023 yil 1 yanvardan boshlab Maktabgacha ta’lim vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidagi tashkilotlarning хodimlariga ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlarni avtomatlashtirilgan holda hisoblashda Xalq ta’limi vazirligining tajribasi joriy etiladi.
2023 yil 1 yanvardan boshlab byudjet tashkilotlarining byudjet soʻrovlari, хarajatlar smetasi va shtatlar jadvalini qogʻoz shaklida rasmiylashtirish amaliyoti bekor qilinadi hamda ularni toʻliq elektron shaklda rasmiylashtirish tartibi joriy etiladi, bundan davlat siri yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlar mustasno.