Byudjet tashkilotlarida xarajatlar smetasini va shtatlar jadvalini tuzish koʻrib chiqish va tasdiqlash tartibi xuquqiy asoslari


Byudjet tashkilotlari xarajatlar smetasi nazoratini va shtatlar jadvalining ijrosini takomillashtirish



Download 45,33 Kb.
bet5/6
Sana12.07.2022
Hajmi45,33 Kb.
#778984
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Byudjet tashkilotlari xarajatlar smetasini tuzish hamda rasmiylashtirish

4. Byudjet tashkilotlari xarajatlar smetasi nazoratini va shtatlar jadvalining ijrosini takomillashtirish.
Byudjet intizomiga rioya qilinishining nazorat etilishini ta'minlash maqsadida, xarajatlar smetasi va shtatlar jadvali ro'yxatdan o'tkazilgandan so'ng byudjetdan moliyalashtiriladigan vazirliklar va idoralarning rahbarlari tomonidan vazirliklar va idoralarda, shuningdek ularga bo'ysunuvchi tashkilotlarda byudjet intizomiga rioya etilishini ta'minlovchi buyruqlarni chiqarish maqsadga muvofiqdir. Buyruqlarda quyidagilar tartibga solinadi:
• byudjet intizomiga rioya qilish, xarajatlarni tasdiqlangan mablagʻlar doirasida amalga oshirish. Byudjet tashkilotlari rahbarlarining quyidagilar boʻyicha majburiyatlari bizning fikrimizcha belgilab olnishi maqsadga muvofiq deboʻylaymiz.
• byudjet intizomiga rioya qilinishi va nazoratini tashkil qilishni amalga oshirish:
• byudjetga keltirilgan zarami qoplash boʻyicha choralarni qoʻllash;
• byudjet intizomini buzgan shaxslarni javobgarlikka tortish.
Kommunal xizmatlari (issiqlik va elektr energiyasi, gaz, issiq va sovuq suv, kanalizatsiya) bo'yicha tashkilotlar uchun belgilangan pul va naturadagi limitlarga rioya qilishni ta'minlash maqsadida buyruqlarda, shuningdek quyidagilarga javobgar boʻlgan mansabdor shaxslar ko'rsatili lozim:
• kommunal xizmatlar iste'mol qilish limitlarini tasarruflaridagi tashkilotlarga etkazish;
• belgilangan limitlar doirasida kommunal xizmatlar ta'minotchilari bilan shartnomalar tuzishni ta'minlash;
• kommunal xizmatlar iste'moli hisobini oʻlchagich asboblarini oʻmatish va ularning ishlashi ustidan nazorat o'matish;
• belgilangan limitlardan ortiqcha xarajatga yo'l qoʻygan quyi tashkilotlarning bosh hisobchilari va rahbarlarini javobgarlikka tortish yuzasidan choralar ko'rish;
• kommunal xizmatlar ta'minotchilarini, shartnomalarda koʻrsatilgan hajmlardan va mablag'lardan ortiqcha xizmat koʻrsatayotgan xizmatl
• ko'rsatilgan buyruqlarni bajarish.
Buyruqlar bilan quyidagilar imzo qoʻydirib tanishtirilishi zarur: byudjetdan moliyalashtiriladigan vazirliklar va idoralar rahbarlarining oʻrinbosarlari;
• ushbu vazirliklar va idoralarning reja-iqtisod xizmatlari xodimlari;
• byudjet mablagʻlarining sarflanishiga mas'ul boʻlgan boshqa xodimlar;
• quyi tashkilotlarning rahbarlari va bosh hisobchilari.
Tashkilotlarning smeta ijrosi bevosita ushbu tashkilot rahbarlari tomonidan amalga oshiriladi. Byudjet mablagʻlaridan tasdiqlanmagan xarajatlar smetasi, xarajatlar smetasida koʻzda tutilmagan tadbirlar, shuningdek byudjetdan tashqari mablag'lar bo'yicha smetada yoki umumlashgan smeta va alohida xarajatlar smetasida tayinlanganidan ortiq summalarda xarajat qilish taqiqlanadi.
Vazirliklar va idoralar rahbarlari, shuningdek, ular tasarrufidagi tashkilotlar byudjet mablag lari xarajatlari hisobi va hisobotini yuritishining belgilangan tartibi, byudjet intizomiga rioya etilishiga shaxsan javobgarligi tushuntirilishi darkor.
Byudjet mablag'laridan foydalanilishini nazorat qilish ham byudjetdan ajratiladigan xarajatlarni mablag bilan ta'minlash jarayonida (joriy nazorat), ham byudjet tashkiloti tegishli xarajatlarni qilganidan keyin (keyinchalik nazorat qilish) amalga oshiriladi.
Byudjet mablagʻlaridan foydalanilishini nazorat qilish byudjetdan mablag bilan ta'minlashning belgilangan normativlari va limitlari, davlat byudjeti daromadlari va xarajatlarining amaldagi tasnifnomasi, tegishli byudjetlarning tasdiqlangan parametrlari, tasdiqlangan shtat jadvallari va belgilangan tartibda ro'yxatdan oʻtkazilgan byudjet tashkilotlari xarajatlari smetasi, mazkur tartibning qoidalari va boshqa qonun hujjatlari asosida amalga oshirilishi maqsadga muvofiq deb oʻylaymiz.
Byudjet tashkilotlari tomonidan mablagʻlarning sarflanishini, shu jumladan byudjet tashkilotini rivojlantirish jamgarmasi mablag ʻlaridan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi, uning hududiy organlari va joylardagi moliya organlari tomonidan qonun hujjatlari bilan berilgan vakolatlarga muvofiq amalga oshirilishi lozim,
Harajatlar smetalarida byudjet mablag'larini yil choraklar (oylari) bo'yicha tqasimoti tegishli byudjetlarning daromadlari va harajatlari chorakalar (oylar) bo'yicha tqasimotini hisobga olgan holda amalga oshirilishi kerak.
Tashkilotlami xarajatlar smetalari, shuningdek markazlashgan xarajatlar smetalari tasdiqlangandan so'ng choraklar(oylar) kesimidagi xarajatalarni yillik u mumlashmasi byudjet tasnifining bo'limlari kichik bo'limlari, boblari va iqtisodiy tasnifi bo'yicha choraklarga (oylarga) bo'linganholda aniqlanadi va tegishli moliya organiga taqdim etiladi.
O'zbekiston Respublikasi Mol;iya Vazirligi va hududiy moliya organalri tomonidan yuqori moliya organalri tomonidan ummumlashtirilgan xarajatlarni va alohida xarajatlar smetalarini tasdiqlangan byudjetga, shuningdek byudjetni tuzish bo'yicha qonun hujjatlariga muvofiq kelishi tekshirib ko'riladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va tegishli hududiy moliya organlari quyidagi huquqlarga ega:
- byudjetdan mablag bilan ta'minlanadigan tashkilotlardan byudjetni rejalashtirish, mablag’ bilan ta'minlash, tegishli tashkilot tomonidan byudjet intizomiga rioya etilishini nazorat qilish uchun zarur boʻlgan hisobot ma'lumotlarini soʻrash;
-kredit muassasalaridan ulaming ustavlariga muvofiq byudjet tashkilotlarining operatsiyalari va hisobvaraqlari toʻgrisidagi ma'lumotlarni olish;
- tashkilotlar tomonidan mablagʻlar g'ayriqonuniy sarflanganda, byudjet intizomi buzilishi hollari aniqlangan taqdirda, shuningdek ilgari ajratilgan mablagʻlardan foydalanish to'grisidagi hisobotlar va boshqa belgilangan hisobot taqdim etilmaganda, bu haqda tegishli vazirliklar (idoralar), hokimliklar rahbarlarini xabardor qilgan holda tashkilotlarni byudjetdan mablag' bilan ta'minlashni cheklash va zarur hollarda to'xtatib qo'yish;
-byudjet tashkilotlarining moliyaviy faoliyatini taftish qilish va tekshirish;
-aniqlangan qonunbuzishlarni bartaraf etish bo'yicha chora-tadbirlar bajarilishini tekshirish; amaldagi qonun hujjatlari buzilgan taqdirda tekshirish materiallarini huquqni muhofaza qilish organlariga berish. Byudjet tashkilotlarining smetalari va shtat jadvallarini tuzish hamda tasdiqlangan smetalar va shtat jadvallarini roʻyxatdan oʻtkazish tartibiga rioya etilishi, ularning tasdiqlangan tasnifnomaga, xarajatlar normativlari va limitlariga muvofiqligi uchun amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq byudjet tashkilotlarining rahbarlari va bosh buxgalterlari byudjet tashkilotlarining ishlab chiqilgan va roʻyxatdan o'tkazish uchun kiritiladigan tasdiqlangan smetalari va shtat jadvallari toʻgriligi va asoslanganligi uchun;
O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tizimining vakolatli xodimlari, shu jumladan Moliya vazirligi rahbarlari va markaziy apparati xodimlari byudjet tashkilotlarining ro'yxatdan o'tkazilgan shtat jadvallari va yigma smetalari toʻgriligi va asoslanganligi uchun shaxsan javobgarligi oshirilishi zarur, byudjet mablagʻlari hisobiga, ham mazkur tartibda nazarda tutilgan boshqa manbalar hisobiga mablag bilan ta'minlanadigan tashkilotlarning rahbarlari amaldagi mehnat, ma'muriy intizomning buzilishi quyidagi xolatlarda amalga oshirilishi mumkin, jumladan: byudjet mablagʻlaridan boshqa pul mablag’laridan nooʻrin va foydalanilganda; muddati oʻtkazib yuborilgan debitorlik va kreditorlik qarzlar paydo boʻlganda:
-xarajatlar guruhlari boʻyicha tasdiqlangan byudjetdan ajratiladigan mablagʻlar limitlar doirasida ish bormaslik natijasida:
-shtat-smeta intizomi buzilishida; xarajatlar smetasi ijrosi toʻgrisidagi hisobot o'z vaqtida taqdim etilmaganligi uchun shaxsan javob berishini amalga oshirish zarur.
Moliya idoralari xar yili birinchi chorakda barcha byudjet tashkilotlarining xarajatlar smetalarini to'gʻri tuzilishi, tasdiqlanishi va o'z vaqtida etkazilishi ustidan tekshirish oʻtkazishni, doimiy ravishda quyi moliya organlari tomonidan bu ishlami oʻz vaktida va sifatli o'tkazilishini nazorat kilishni ta'minlashlari, ularga tekshirishlarni tashkil qilish va o'tkazishda amaliy yordam ko'rsatilsa maqsadga muvofiq bo'lardi.

Xulosa
Pul mablag’lari nazoratining asosiy maqsadi - kassa muomalalarini yuritilishi, pul mablag’larini maqsadli ishlatilishini ta’minlanishini tekshirish, debetorlik va kreditorlik qarzlarini o’z vaqtida undirilishini ta’minlash hamda hisob-kitob schyotidagi pul mablag’larini maqsadli sarflanishi va o’z vaqtida hisobda aks ettirilishini aniqlashdan iboratdir.
Budjet tashkilotlari daromadlar va xarajatlar smetalari ijrosini amalga oshirishda moliyaviy aktivlar, ya’ni pul mablag’lari hisobi alohida tashkil etiladi. Moliyaviy aktivlarga hisobvaraqdagi pul mablag’lari, kassadagi pul mablag’lari, pul xujjatlari, yo’ldagi pul jo’natmalari va moliyaviy qo’yilmalar kiradi.
Budjet tashkilotlarida shaxsiy hisobvaraqlarni ochish, yuritish, yopish tartibi “Budjetdan mablag’ oluvchilarning shaxsiy hisobvaraqlarini O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G’aznachiligida va uning xududiy bo’linmalarida yuritish qoidalari” (O’zbekiston Respublikasi Adliya vaziriligida 2007 yil 5 dekabrda 1746-son bilan ro’yhatga olingan)ga asosan amalga oshiriladi. G’aznachilik va uning xududiy bo’linmalarida budjet tashkilotlari uchun shaxsiy hisobvaraqlar ochib yuritilar edi. 2001 yildan boshlab budjet tashkilotlari pul mablag’lari hisobini yuritish uchun moliya organlari tomonidan shaxsiy hisobvaraqlar ochilishi belgilandi. Moliya organlari tomonidan ochilgan shaxsiy hisobvaraq dasturga kiritiladi hamda g’aznachilik va uning xududiy bo’linmalarida ko’rinadi.
Moliya organlarida shuningdek G’aznachilik va uning hududiy
bo’linmalarida byudjet hisobi yuritilib Davlat byudjeti g’azna ijrosi sharoitida
Respublika, Qoraqalpog’iston Respublikasi va mahalliy byudjetlar daromadlari shakllanishi xarajatlarini amalga oshirish, byudjet ijrosi natijalari bo’yicha buxgalteriya axborotlarini shakllantirib beradi. Xozirgi kunda
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va uning hududiy boshqarmalari, bo’limlarida shuningdek G’aznachilik va uning hududiy bo’limlarida byudjet ijrosi jarayoni bo’yicha buxgalteriya hisobi kassa usulida “G’azna dasturi” asosida yuritiladi. Respublika byudjeti ijrosi hisobi daromadlarini shakllanishi, xarajatlarini tasdiqlangan byudjetga muvofiq amalga oshirilishi, pul mablag’lari, hisoblashuvlar, byudjet ijrosi natijalarini shakllantirish O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G’aznachiligi buxgalteriya bo’limi tomonidan amalga oshirilmoqda. Qoraqalpog’iston Respublikasi va mahalliy byudjetlar ijrosi hisobi daromadlarini shakllanishi, xarajatlarini tasdiqlangan byudjetga muvofiq amalga oshirilishi, pul mablag’lari, hisoblashuvlar, byudjet ijrosi natijalarini shakllantirish O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hududiy boshqarmalari hamda G’aznachilikning xududiy bo’linmalari buxgalteriya bo’limi tomonidan amalga oshirilmoqda.
Hozirgi kunda G’aznachilik va uning hududiy bo’limlarida davlat byudjeti kassa ijrosi bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2011 yil 14 yanvardagi 2- sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan “Davlat byudjeti, Davlat maqsadli va byudjetdan tashqari boshqa jamg’armalari byudjeti g’azna ijrosi buxgalteriya hisobi to’g’risida yo’riqnoma” ga asosan buxgalteriya hisobi yuritilmoqda va tasdiqlangan buxgalteriya schyotlarida byudjet mablag’lari va ularni manbaalari harakati bo’yicha ma’lumotlar shakllantirilib belgilangan tartibda byudjetning kassa ijrosi bo’yicha hisobotlar tuzilmoqda.
Davlat maqsadli jamg’armalarida jumladan byudjetdan tashqari Pensiya
jamg’armasi, Respublika yo’l jamg’armasi va boshqa byudjetdan tashqari
jamg’armalarida jamg’armalar byudjeti daromadlari shakllanishi, xarajatlarini amalga oshirish, hisoblashuvlar hisobi, byudjet ijrosi natijalari bo’yicha buxgalteriya axborotlari belgilangan tartibda shakllantirilmoqda, hisobotlar tuzilmoqda.
Byudjet tashkilotlarida byudjet mablag’lari bo’yicha xarajatlar,
byudjetdan tashqari mablag’lar bo’yicha daromadlar va xarajatlar smetalari
ijrosi jarayoni buxgalteriya hisobi“Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi
to’g’risida”gi Yo’riqnoma (O’z.R AV. tomonidan 2010 yil 22 dekabrda №
2169-son bilan ro’yxatdan o’tgan) ga asosan yuritilmoqda. Byudjet tashkilotlari moliyaviy, nomoliyaviy aktivlari tarkibi, debitorlik va kreditorlik
majburiyatlari, joriy va yakuniy moliyaviy natijalar bo’yicha buxgalteriya
axborotlari shakllantirilib “O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan
mablag’ bilan ta’minlanadigan tashkilotlarning davriy moliyaviy hisobotlarini
tuzish, tasdiqlash hamda taqdim qilish bo’yicha qoidalar” ga (O’z.R AV.
tomonidan 2011 yil 27 sentyabrda № 2270-son bilan ro’yxatdan o’tgan)
asosan buxgalteriya hisobotlari tuzilmoqda.
Bugungi kunda mamlakatimizda iqtisodiyotni modernizatsiyalash jarayonida davlat byudjet va boshqa yuridik tashkilotlar hisobini to’g’ri va samarali yuritishni tashkil etish iqtisodiyot rivojiga yetarli ijobiy ta’sir ko’rsatuvchi omillardan biri hisoblanadi. Shu o’rinda byudjet tashkilotlarida xarajatlar smetasi va shtatlar jadvalini tuzishda rivojlangan mamlakatlar tajribalari yohud yangi samarali tizimlarni yaratish


Download 45,33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish