Fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlarida ish yuritishni tashkil etishning maqsadi va mohiyati.
“Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini tashkil etish” fanini o‘rganish metodikasi.
“Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (yangi tahriri) tahririda
Fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlarida ish yuritishni tashkil etishning maqsadi va mohiyati
O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, mamlakatimiz o’z oldiga huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini qurishni maqsad qilib qo’ydi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida davlat hokimiyati tizimi hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo‘linish prinsipiga asoslanadi. Respublikada hokimiyatning bo’linish prinsipini izchil amalga oshira borib, davlat hokimiyati tizimida chuqur islohotlar qilindi. O’zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishishi va demokratik huquqiy davlat barpo etish jarayonidagi eng muhim vazifalardan biri bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiyotni barpo etish bo’lsa, ikkinchi muhim vazifa Respublikada davlat hokimiyatining vakillik va fuqarolarning o’zini –o’zi boshqaradigan organlarining yangi mustaqillik sharoitlariga mos keladigan tizimini yaratish edi. O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I. A. Karimov ning yangi uyni qurmay turib, eskisini buzmang degan ko’rsatmalarigs amal qilib vakillik organlarining viloyat, tuman va shahar bo’linmalari saqlab qolindi.
O’zbekiston Respublikasidagi davlat hokimiyati vakillik organlarining quyi bosqichlari ovul, qishloq , shaharcha, tumanga bo’ysunuvchi shahar va shaharlardagi tumanlarda xalq deputatlari sovetlari tugatilib, ularning o’rniga o’zini o’zi boshqarish organlari joriy etildi. Fuqarolik jamiyati qurishning ma’nosi davlatchilik rivojlana brogan sari boshqaruvning turli xil vazifalarini bevosita xalqqa toshirish, ya’ni o’zini –o’zi boshqarish organlarini yanada rivojlantirishdir. O’zini o’zi boshqarish organlari faoliyatini tashkil etish fanining mazmuni nimadan iborat ? Bu fan O’zbekiston Respublikasida davlat hokimiyatining vakillik organlari – xalq deputatlari Kengashlari va fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlarining vujudga kelishi va rivojlanishini, o’zini o’zi boshqarish organlar faoliyatini tashkil etishni o’rganadi .
Ular quyidagilarni o’zida ifodalaydi:
Xalq deputatlari Kengashining tizimi- ularni tashkil etish prinsiplari, Kengashlarining turlari ularning o’zaro va boshqa davlat organlari bilan hamda jamoat birlashmalari bilan munosabati.
Kengashlarning funksiyalari, ya’ni ular faoliyatining asosiy yo’nalishlari, ularning davlat, xo’jalik va ijtimoiy-madaniy qurilishga rahbarligi.
Xalq deputatlari Kengashlarining ichki tashkiliy tuzilishi, ijroiya organlarining tuzilishi va ichki tashkiliy qismlarining o’zaro munosabati.
Xalq deputatlari Kengashlarinig faoliyatini uyushtirish, ya’ni ular faoliyatining tashkiliy uslub va shakllari
Bu fanda ijtomiy munosabatlarni o’rganishning qator maxsus uslublari mavjud O’zbekiston Respublikasining mustaqillik sharoitida respublikadagi iqtisodiyot, sotsial siyosiy va mafkuraviy sharoitlarni hisobga olgan holda Xalq deputatlari Kengashlari va fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlari faoliyatini tashkil etish fanining tizimi shunday tuzilgan : Kursning vazifalari, boshqa yuridik fanlar qatorida tutgan o’rni haqida : 1. Ilmiy fan sifatida “ davlat hokimiyatining vakillik va fuqarolarning o’zini – o’zi boshqarish organlarining faoliyatini tashkil etish fanining nazariy masalalari .
2. O’zbekiston Respublikasi Oliy vakillik davlat hokimiyati organining tashkiliy faoliyati. 3. Xokimlar boshchilik qiladigan mahalliy Xalq deputatlari Kengashlarining ichki tashkiliy va ommaviy-tashkiliy faoliyati. 4. Xalq deputatlari Kengashlari va jamoat uyushmalarining birgalikdagi faoliyati shakllari