BUXORO DAVLAT UNVERSITETI
AGRONOMIYA VA BIOTEXNOLOGIYA FAKULTETI
BIOLOGIYA TA’LIM YO’NALISHI
13.2-BIO-21 GURUH TALABASI
HOMIDOV BEXRUZNING
BOTANIKA FANIDAN
KURS ISHI
MAVZU: RA’NODOSHLAR OILASI.
Buxoro 2022
BUXORO 2022
MAVZU: Ra’nodoshlar oilasi
MUNDARIJA
KIRISH. Gulli o’simliklar kelib chiqishi va evolyutsiyasi ……………………. 4-6 bet
Asosiy qism . Ra’nodoshlarning umumiy tavsifi .
Klassifikatsiyasi…………………………….7-8 bet Tobulg’Ilar , Ra’nolar , Olmalar va Olxo’rilar kenja oilasiga ta’rifi…8-15 bet
Ra’nodoshlarning ilmiy meditsina va xalq tabobatida ishlatilishi …15-18 bet Xulosa……………………………………..19 bet
Ilova……………………………………….20-29 bet
Foydalanilgan adabiyotlar ……………30bet
MAVZU: Ra’nodoshlar oilasi.
REJA:
KIRISH.
1.1Gulli o’simliklar kelib chiqishi va evolyutsiyasi .
Asosiy qism . Ra’nodoshlarning umumiy tavsifi. Klassifikatsiyasi.
Tobulg’Ilar , Ra’nolar , Olmalar va Olxo’rilar kenja oilasiga ta’rifi.
Ra’nodoshlarning ilmiy meditsina va xalq tabobatida ishlatilishi .
Xulosa .
Ilova .
Foydalanilgan adabiyotlar .
KIRISH Gulli o’simliklar kelib chiqishi va evolyutsiyasi .
Gulli o‘simliklar yoki yopiq urug‘li o‘simliklar, o‘simliklar dunyosining eng yosh va keng tarqalgan guruxi bo‘lib xozirgi geologik davrining xukmron o‘simligi hisoblanadi. Ularning tuzilishi nihoyatda xilma-xilligi, turlarning ko‘pligi, kishilar va xayvonlar hayotida tutgan o‘rni bilan o‘simliklarning boshqa guruxlaridan keskin farq qiladi. Tarixiy manbalarga qaraganda yopiq urug‘li o‘simliklarning dastlabki vakillari mezazoy erasining yura davrlarida paydo bo‘la boshlagan. Keyinroq davrlariga kelib ular yer yuziga keng tarqala boshlagan.
Yopiq urug‘li o‘simliklarning keng tarqalishiga asosiy sabab bu vaqtga kelib havoda quyuq bulutlar kamayib havo namligi kamaygan, quyosh nuri yerga ko‘proq tushgan. Yalang‘och urug‘larning qurg‘oqchilikka moslashgan igna barglardan boshqa vakillari nobud bo‘lgan. Ular o‘rniga tuzilishi va biologik xususiyatlari bilan yangi muxitda, ya’ni qurg‘oq havoda yashashga moslashgan yangi yosh tip-yopiq urug‘lilar keng tarqala boshlaydi, juda qisqa vaqt ichida ular biosferani egallab shu davrning xukumron o‘simliklar guruxiga aylandi.
Gulni kelib chiqishi xaqida asosan 2 ta nazariya mav-jud.
1. Avstraliyalik olim Vetshteyn nazariyasi.
2. Nemis olimi G.Galir va ingliz olimlari A.N.Arber va D.Parken nazariyalaridir.