Buxoro davlat universiteti xorijiy tillar fakulteti



Download 282,27 Kb.
bet1/6
Sana25.05.2022
Hajmi282,27 Kb.
#608689
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
kurs ishi Abduvosiyeva rtf


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
XORIJIY TILLAR FAKULTETI
INGLIZ TILSHUNOSLIGI KAFEDRASI

11- 11 ING - 19- guruh talabasi


Abduvosiyeva Diyoraning

O’QISH KO’NIKMASINI O’QITISHDA MATNDAN OLDIN, MATN USTIDA VA MATNDAN KEYINGI MASHQLAR’’


mavzusidagi




KURS ISHI
5120112 – Filologiya va tillarni o`qitish (ingliz tili)


Ilmiy rahbar: Naimova A.M
Buxoro -2022
MUNDARIJA:
1.CHET TILINI O’QITISHDAGI ASOSIY KO’NIKMALAR ................3
2.INGLIZ TILINI O’QITISHDA O’QISH KO’NIKMASINING ROLI...8
3.O’QISH KO’NIKMASINI O’QITISHDA MATNDAN OLDIN TASHKIL QILINADIGAN MASHQLAR...............................................16
4. O’QISH KO’NIKMASINI O’QITISHDA MATNDAN USTIDA BAJARILADIGAN MASHQLAR...........................................................20
5.O’QISH KO’NIKMASINI O’QITISHDA MATNDAN KEYIN TASHKIL QILINADIGAN MASHQLAR...............................................22
XULOSA...................................................................................................25 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI..............................27

CHET TILINI O’QITISHDAGI ASOSIY KO’NIKMALAR
Hozirgi kunda o’sib kelayotgan yosh avlodni har tomonlama yetuk qilib tarbiylashda chet tillari ayniqsa, ingliz tili muhim rol o’ynaydi. Til o’rganishning turli xil usullari mavjud bo’lib hozirgi kunda tilni tildagi maxsus ko’nikmalar orqali o’rganish takomillashib bormoqda. Kelajakda tilni puxta egallab, xalqaro til bilish sertifikatlarini qo’lga kiritishni maqsad qilgan har bir shaxs bu ko’nikmalarni puxta egallashi lozim. Malakali o’qituvchilar esa ushbu ko’nikmalarni o’quvchi yoshlarga o’rgatish metodikasini yaxshi o’zlashtirib olishlari lozim.
Ingliz tilida nutq malakalari. Chet til o‘qitish mazmunining ushbu qismi o‘quv dasturlarida turli nomlar bilan bayon etiladi. „Malakalarga qo‘yiladigan talablar“, „Nutq malakalariga bo‘lgan talablar“ va „Chet tilda nutq faoliyati turlarini egallash ko‘rsatkichlari“ kabi iboralar ko‘pchilikka ma’lum. Yakuniy (o‘rta maktabni tugatish davrini hisobga olib) yoki oraliq (har bir sinf uchun alohida) ko‘rsatkichlar ishlab chiqilgan. Odatda dasturning uqtirish xati (kirish qismi)da yakuniy va oraliq ko‘rsatkichlar beriladi. Oraliq ko‘rsatkichlarida oldingi sinf(lar) hisobga olinadi.
Chet tilda nutq faoliyati turlarini egallash ko‘rsatkichlari gapirish, tinglab tushunish, o‘qish va yozuvni nazarda tutadi. Masalan „Maktab o‘quvchisi nutq mavzulari doirasida o‘zlashtirilgan til materiali asosida chet tildagi nutqni tinglab tushunishni o‘rganishi kerak“. Ko‘rinib turibdiki, tinglab tushunishni egallash ko'rsatkichi umuman olingan. Agar beshinchi sinf o‘quvchisi dastur materialida so‘zlangan muallim yoki diktor nutqini hamda darsni olib borish bilan bog‘liq o‘qituvchi ko‘rsatma-buyruqlarini tushuna olishlari kerak deyilsa, oraliq (V sinf uchun) ko‘rsatkichga duch kelinadi.
Og‘zaki nutqning ikki ko‘rinishi — yakka nutq va juft nutq bilan bog‘liq alohida ko‘rsatkichlar o‘quv dasturida o‘z aksini topadi. O‘qishda ham shu holatni kuzatamiz. Yozuv esa faqat gapirish ta’lim maqsadi bo'lgan sinflardagina ko‘rsatkichli bo‘ladi. Yuqori sinflarda yozma mashqlar quyi sinflar og‘zaki nutq mavzulari doirasida bajariladi.
Nutqni egallash ko‘rsatkichlari har sinfda o‘rin olishi dasturdan ma’lum. Binobarin, dastur nutq ko‘rsatkichlari bo‘yicha ma’lumotnoma hisoblanadi.Malaka terminining chet til o‘qitish metodikasida sharhlanishida turli nuqtayi nazardan yondashishadi. Mas. ta’limshunoslikda bu tushunchalar „birlamchi malaka“, ,,ko‘nikma“ va ,,malaka“ tarzida talqin etiladi. Chet til metodikasida konikma va malaka o‘ziga xos tatbiq etilgan. Quyida ko‘nikma va malakalarning mufassalroq tahlili beriladi. Ruhshunoslikka oid keng tarqalgan ta’riflardan biri,ko‘nikmani „ongli avtomatlashgan harakat“l sifatida baholaydi. Xuddi shu ta’rifni boshqa ibora bilan ta’limshunoslikda uchratish mumkin: ko‘nikmaga ,,u yoki bu harakatda bilimlarni ongli va to‘g‘ri qo‘llash“ degan qarashlar ham bor. Yana boshqa mualliflar ko‘nikmani ,,u yoki bu aqliy harakatni bir xil sharoitda ko‘p marta takrorlash natijasida hosil qilinadigan ongli faoliyatdagi avtomatlashgan qism“ shaklida ta’riflaydilar, malakani esa ,,o‘zga sharoitda qo‘llanadigan ko‘nikmaning harakat usuli“3 deyishadi. Ruhshunoslik va ta’limshunoslikda mavjud nuqtayi nazarlardan birining ta’rificha, malaka insonning olgan bilim va ko‘nikmalarini amaliy faoliyat chog‘ida sobitqadamlik bilan va ijodiy qo‘llay olish qobiliyatidir. Ko‘nikma va malaka haqidagi ta’limotni chet tillar o‘qitishga tatbiq etib, ko‘nikmani nutq faoliyatining avtomatlashgan qismi deyishni va nutq faoliyati turlarining leksik, grammatik va talaffuz ko'nikmalari tushunchasini tavsiya etish mumkin. Nutq faoliyatining o‘zi malaka deyilishi maqsadga muvofiqdir.Ulkan ruhshunos olim, proffesor Nikolay Ivanovich Jinkin ijodiga mansub nutq mexanizmlari nazariyasiga4 asoslanib chet tillar metodikasi yorqin iste’dodlaridan prof. V. S. Setlin nutqning grammatik mexanizmi tushunchasini kashf etdi. Metodist olima ilmiy konsepsiyasiga ko‘ra nutqning grammatik mexanizmlari uch qismdan iborat:
1) grammatik harakatlami egallash;
2) tayyor materialni o‘zlashtirish va
3) grammatik materialga oid umumlashmalami o‘rganib olish.
Uchalasidan ustuvori grammatik harakatlarni o‘zlashtirishdir. Grammatik harakat deganda, V. S. Setlin nutq malakalarining ongli avtomatlashgan qismi — ko‘nikmalarni nazarda tutadi. Ushbu harakatlar, ruhshunoslar va psixolingvistlar e’tiroficha, aqliy operatsiyalardan tarkib topadi. Harakatni bajarish usuli operatsiyadir. Operatsiyalar yig‘indisi harakatni hosil qiladi. Til materialini qo‘llash natijasida nutq malakalari hosil qilinadi. 1
Chet til o‘qitish metodikasida keng tarqalmagan, biroq uch til o‘qitiladigan maktablar uchun dolzarb masala bo‘lmish „Til materialini o‘rgatish mazmuni“ o‘zbek maktablari uchun yuksak ahamiyat kasb etadi, respublika metodistlari tomonidan muayyan darajada tadqiq etilgan. Til materiali tushunchasi ikki xil talqin etilmoqda: 1) muayyan tildagi leksik, grammatik, fonetik va boshqa birliklar majmuyi; 2) o‘quv maqsadlarida tanlab olingan, metodikada til minimumi nomi bilan atalgan, biroq o‘quvchilar uchun „chet tilning materiallari hisoblanadigan birliklar yig‘indisi. Ushbu kitobda ikkinchi m a’nodagi metodik tushuncha haqida gap boradi.Metodika tushunchalaridan uchtasini bir-biridan keskin farqlash kerak: „chet til o ‘qitish mazmuni", uning tarkibidan „chet til materiali “ va undan ajratib olinadigan qiyin hodisalar majmuyi, „ til materialini o ‘rgatish mazmuni ya’ni umuman tilni emas, balki „til materialini xususan o‘rgatish mazmuni“ haqida fikr yuritiladi.
Demak, leksik minimumdan leksikani o'rgatish mazmuni, grammatik va talaffuz minimumlaridan ulami o‘rgatish mazmunini ajratib olish, o‘rganishda maxsus mashqlar bajarish, binobarin, tegishli vaqt va kuch sarflanishi shart bo‘lgan til hodisalarini tanlash masalasi turadi.
O‘qitish mazmuni tarkibiy qismlari barcha umumta’lim maktablar uchun, ona tili (yoki ’ til tajribasi)dan qat’i nazar, bir xildir. Grammatika yoki talaffuz minimumi, mavzular yoki nutq malakalari kabilar umumiydir.Umumta’lim maktabining tashkiliy sharoitlari o'xshash bo‘lsa, o‘quvchilaming ona tilisi qaysi til bo‘lishidan qat’i nazar,-o‘qitish mazmuni ham o‘xshashdir. Tashkiliy sharoitga (soat miqdoriga) qarab, farq leksik minimum hajmida bo‘ladi.
Grammatika va talaffuz minimumlari tashkiliy muhitga bog‘liq emas, chunki til minimumini tanlashda o‘quv yurtining turi, o'qitish maqsadlari va ajratilgan soatlar hisobga olinadi. Til minimumini o ‘rgatishga tayyorlash (tasniflash, taqsim va taqdim bosqichlari)da va o‘quvchilarga uni o‘rgatish chog‘ida ulaming til tajribasi, albatta, nazarga olinadi. Demak, tanlash chet tilning ichki xususiyatiga, tayyorlash va o‘rgatish o‘quvchiiar til tajribasiga bevosita bog‘liq.O‘quvchi til tajribasiga suyanib, til minimumidan til materialini o‘rgatish mazmuni ajratib olinadi. (Leksika minimumi bu qoidadan istisno. Leksika minimumi til o'rgatish soatlari miqdoriga binoan, turli maktablarda bir xil bo‘Ub, kichik yoki katta hajmda tanlanishi mumkin.) Til materialining sifat jihatdan kamaytirilishi, minimizatsiyasi (kvalitativ kompressiya) „chet til materialini o‘rgatish mazmuni" yaratilishiga sabab bo‘ladi.
Ingliz tilida 4ta ko’nikma mavjud: o’qish, eshitish,gapirish, yozish. Ilgari chet tili grammatika-tarjima usuli bo'yicha o’rgatilgan. Bu o'qitish til tizimini yaxshi bilish va tarjima ko'nikmalarini egallash imkonini beradi, lekin turli xil muloqot holatlarida tildan amaliy foydalanishni ta'minlamaganligi bois bu usul o’rniga tilni ko’nikmalar orqali o’rganish jarayoni shakllandi.
Tilning bu to’rtta ko’nikmasi to'rtta qobiliyatlar to'plami bo'lib, ular shaxsga to'g'ri va samarali shaxslararo muloqot uchun nutq tilini tushunish va ishlab chiqarish imkonini beradi.
Til o'rganishning maqsadi o’rganuvchilarning to'rtta- tinglash, gapirish, o'qish va yozish ko'nikmalarini katta so'z boyligi va grammatika asosida yaxshilashdir, ammo bu asosiy maqsad emas. Asosiy maqsad: o’rganuvchilarga tildan foydalanish imkoniyatini taqdim etishdir. Masalan, insonlarning ingliz tilini o'rganishdan maqasadlari nimalardan iboratligini aniqlab olsak. Albatta,ular chet tilida so’zlovchi mamlakat fuqorolari bilan muloqot qilish, va chet tilini yaxshi tushunish maqsadida tillarni o’rganishga kirishadilar. Agar bir inson faqat tinglash va gapirishni yaxshi bilsa, biz uni ingliz tilini yaxshi o’zlashtirgan deb ayta olmaymiz. Aksincha , agar bir inson faqat o'qish va yozishni yaxshi bilsa, uni ham tilni yaxshi biladi deyolmaymiz. Bundan tashqari, til o’rganuvchilarning aksariyati tinglash va gapirishdan ko'ra o'qish va yozishda yaxshiroq bo’ladi. Ular o'qish va yozishni yaxshi bilishadi, ammo, muloqotga kelganda esa qiynalab qoladilar . Ular o’rgangan so'zlari va grammatika bilan deyarli gaplarini ifoda eta olmaydilar. Shunday qilib tilni o’rganishni istagan har bir o’quvchi 4ta ko’nikmani mukammal o’zlashtirishga harakat qilishi kerak.
Til muloqot vositalaridan biri bo'lgan tinglash (listening) kundalik hayotimizda eng ko'p qo'llaniladi. Bundan tashqari, bu ko’nikma o’quvchilarning so'z boyliklarini kengaytirishda muhim rol o’ynaydi. Tinglash qabul qiluvchi ko’nikma yoki passiv ko’nikma ham deb nomlanadi. Chunki bu ko’nikmani o’zlashtirish jarayonida biz faqatgina o’rganilayotgan tildan ma’lumotlarni qabul qilamiz, ularni anglaymiz. O’quvchilar bu ko’nikmani bir nechta usullar orqali yaxshilashlari mumkin. Bulardan birinchisi kundalik hayotda doimiy chet tilidagi audio yozuvlarni eshitib yurishdir. Shuningdek, tinglash orqali o’quvchilar o’zlarining talaffuz va intonatsiya tonlarini rivojlantirishlari mumkin.
Tildagi ikkinchi ko’nikma bu gapirishdir. Bu ko’nikma o’quvchilarga chet tilida samarali muloqot qilish qobiliyatini shakllantiradi. Ingliz tilida gapirishni o’rganish qiyin, hatto ingliz tilini bir necha yillar davomida o’rgangan kishilar ham tilni gapirishga kelganda ancha qiyinchiliklarga duch kelishadi. Ingliz tili grammatikasidan xabardor bo’lgan, ammo so’zlashuvda qiyinchiliklarga duch keladigan o’rganuvchilarning ko’pchiligi ushbu sohada o’z ko’nikmalarini imkon qadar rivojlantirishni juda istashadi.
Ingliz tilida gapirish ko’nikmasini rivojlantirish uchun eng avallo so‘zlarning qanday talaffuz qilinishiga e’tibor qaratishimizz kerak. Agar ingliz tilidagi so’zlarni to’g’ri talaffuz qila olmasak, nutqimiz boshqalar uchun tushunarsiz bo’lib qolishi turgan gap.
Ingliz tilida gapirish ko’nikmasini rivojlantirish uchun zarur bo’lgan yana bir mashg’ulot – bu ingliz tilidagi muloqotlarni tinglash. Nuqt shaklining qanday bo’lishi ahamiyatga ega emas. Muhimi, nutq sof chet tilida bo’lishi kerak. Ko’pchincha til o’rganuvchilar ingliz tilida gapirishni o’rganish uchun ko’proq o’qish kerakligi haqida o’ylashadi. Ingliz tilidagi matnlarni, kitob va jurnallarni o’qish so’z boyligingizni oshirishda yordam berib, gapirish ko’nikmasining rivojlanishiga ma’lum darajada ijobiy ta’sir qilishi mumkin. Lekin hech bir boshqa mashg’ulot gapirish ko’nikmasini rivojlantirishga tinglab tushunishdek yaxshi ta’sir ko’rsata olmaydi.
Ingliz tilidagi keyingi ko‘nikma bu o‘qish bo‘lib, bu barcha ko‘nikmalar uchun poydevor vazifasini o‘taydi. Bu ko‘nikma o‘quvchilarning tilni o‘zlashtirishlariga ijobiy ta‘sir ko‘rsatish bilan birga, ularning dunyoqarashlarini, mustaqil qaror qabul qilish qobiliyatlari shuningdek, tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantiradi.
Tildagi so‘nngi ko‘nikma bu-yozish. Tilning so'z boyligi va tuzilishini tushunishga yordam beradi va boshqa til ko'nikmalarini to'ldiradi. Bu ko‘nikma o'quvchining umumlashtirish va tildan erkin foydalanish qobiliyatini rivojlantiradi, shuningdek ularning yaratuvchanlik qobiliyatlarini o‘stiradi. .
Umuman olganda, tildagi bu to'rtta qobiliyatni ajratib bo'lmaydi. Odamlar ko'pincha: avval tinglash va gapirish, keyin esa o'qish va yozish asosiy o‘rin egallaydi deyishadi. Ammo tildagi bu ko‘nikmlaring barchasi o‘z o‘rniga va ahamiyatiga ega. Ushbu to‘rtta ko‘nikmani o‘zida shakllantirgan shaxsgina tildan erkin foydalana olish imkoniytaiga ega bo‘ladi.

Download 282,27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish