Buxoro davlat universiteti xorijiy tillar fakulteti


INGLIZ TILINI O’QITISHDA O’QISH KO’NIKMASINING ROLI



Download 282,27 Kb.
bet2/6
Sana25.05.2022
Hajmi282,27 Kb.
#608689
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
kurs ishi Abduvosiyeva rtf

INGLIZ TILINI O’QITISHDA O’QISH KO’NIKMASINING ROLI
Chet tillarini o‘qiitishda, ayniqsa, ingliz tilini o‘rganishda o‘qish ko‘nikmasi muhim rol o‘ynaydi. O'qish ko'nikmalarini o'rgatish til o'rganishning muhim jihati hisoblanadi. Ushbu mahoratni o'rganish, ayniqsa, ikkinchi tilni o'zlashtirish uchun juda muhimdir. Buning sababi shundaki, o'quv materialining aksariyati yozma shaklda, kitoblar yoki kompyuterga asoslangan materiallar ham ko‘pincha yozma shaklda beriladi.
O'qish bir qarashda so'zlarni tanib olish yoki harflar va so'zlarning ma'nosini farqlashdan tashqari ongli va ongsiz fikrlash jarayoni bo'lib, unda o'quvchi yozuvchining nazarda tutgan fiklarini, tinglovchiga yetkazishi kerak bo‘lgan ma‘lumotni aniqlash uchun turli strategiyalarni qo'llaydi. O‘quvchi o‘zining ushbu mavzu bo'yicha oldin o‘zlashtirgan bilimlari va ma'lumotlar bazasi, boshqacha qilib aytganda, shaxsiy ilmlaridan matnning ma'nosini qayta qurish uchun foydalanadi.
Ingliz tili o'qituvchisi talabalarga o'qish ko'nikmalarini rivojlantirish uchun o'quvchilarga matn haqida fikr yuritish va ona tilida so'zlashuvchilar tomonidan qo'llaniladigan kitoblar va badiiy asarlarni o'qishlarini ta'minlashi kerak. Darhaqiqat, o'quvchi chet tilida samarali o'qish ko'nikmalariga ega bo'lgach, bu o'quvchining aqliy idrokining o'zgarishiga olib keladi va hatto madaniy e'tiqod va qadriyatlar yo'nalishini ham o‘zgartira oladi. Bunga ingliz tili darslarida ushbu o‘qish mahoratni mashq qilish orqali osongina erishish mumkin.
Ingliz tilini ikkinchi til sifatida o'rganuvchilar bu tilda samarali o'qish uchun ingliz tilida fikrlashni o'rganishlari kerak. Shuningdek, o'quvchilar o'qish jarayonida qo'llanilishi kerak bo‘lgan tushunish jarayonlari va strategiyalardan xabardor bo'lishlari zarur. Bu ularga matn mazmumini yaxshiroq o'rganishga yordam beradi.
Hayotda qiladigan har bir ishimiz zamirida maqsad yotganidek, o‘qishdan ham ma‘lum bir maqsad ko‘zda tutiladi . Misol uchun kimdir chet tilidagi yo‘riqnomani tushinish uchun, kimdir biror yangi ma'lumotni o‘zlashtirish uchun va yana kimdir shunchaki qiziqish uchun kitoblar, maqola va jurnallar o‘qib turadi.
Asrlar davomida dunyoda turli xil o‘qish strategiyalar mavjud bo‘lib kelmoqda. Lekin bu strategiyalarning ko‘pchiligi o‘quvchilarni ikkilanishlarga olib keladi. Ta‘lim beruvchilar va ushbu strategiyalarni yaratuvchi olimlar o‘quvchilarning o‘zlashtirish qobiliyatlari xilma xilligini nazardan qochirmasliklari kerak. Har bir o‘quvchi takrorlanmas va murakkab shaxs. Ularning ilgari o‘zlashtirgan bilim darajalari ,o‘qish usullari, aqliy va psixologik rivojlanishlari bir birlaridan ancha farq qiladi. Tadqiqotchilarning ta'kidlashicha, o‘qishda qiyinchiliklarga duch keladigan o‘quvchilar ba‘zida o‘qish ko‘nikmasi zo‘r rivojlangan o‘quvchilardan ham yuqoriroq natijaga erishishlari mumkin. Bu tadqiqodlar o‘qituvchilar hamma o‘quvchiga mos tushadigan o‘qitish texnikalari topishlari zarurligini anglatadi.
O‘qilgan matn axborotini o‘zlashtirib olish uchun o‘qish malakasiga ega bo‘lish zarur. Malaka shakllangan ko‘nikmalar asosida rivojlanadi. O‘qish malakasi tarkibiga quyidagi ko‘nikmalar kiradi:
1) nutq birligi ko‘ruv timsolining uning eshitish-nutq harakat timsoli bilan aloqaga kirishi ko‘nikmasi (nutq birligi: so‘z va so‘z birikmasi, jumla, hatto, abzas bo‘lishi mumkin). Ushbu ko‘nikmalar yig‘indisi o‘qish texnikasini (tovush-harf munosabatini) tashkil etadi va perseptiv ko'nikma (idrok) deb ataladi. Oldin aytib o‘rganilgan til materiali yozuvda ko‘rinishi bilan munosabatga kiradi, ya’ni og‘zaki o‘zlashtirilgan hodisa endi yozma o‘rganiladi;
2) nutq birligining tovush-nutqharakat timsoli va uning ma’nosi bog‘lanishi ko‘nikmasi. Bu ko‘nikma, o‘z navbatida, ikki toifada namoyon bo‘ladi: so‘z yoki so‘z birikmasi tovush timsolining uning ma’nosi bilan bog‘lanishi (o‘qishning leksik ko'nikmasi) va grammatik shaklning ma’no bilan bog‘lanishi (o‘qishning grammatik ko‘nikmasi). Ikkala kichik ko‘nikma yaxlit amal qiladi. O‘qish texnikasini bilmagan kishi o‘qigan narsasining mazmunini tushunmaydi, shuningdek, o‘qilish qoidasini bilishi ham hali ma’noni tushunib yetdi, degan gap emas. Xullas, o‘qish malakasi uch ,,qirrali“ faoliyat bo‘lib, nutq birligining ko'ruv timsoli, uning nutqharakat timsoli va ma’nosidan tashkil topadi. Uchalasini egallab olish o‘qish malakasi hosil qilinganidan dalolat beradi. Matnning mazmuni malaka tufayli fahmlanadi. Binobarin, o‘qish malakasi yakuniy amaliy maqsad qilib qo‘yiladi. O‘qish faoliyat deb qaralganda, uning tarkibi motiv (undovchi sabab) tarzida muloqot yuritish, maqsad sifatida axborot olish, shart-sharoit holida tilning grafik sistemasini bilish hamda axborot olish usullarini egallash, va, nihoyat, natija (oqibat) maqomida o‘qilganni tushunib yetish kabilardan iborat.
Motiv, maqsad, shart-sharoit va natija to'rtalasi o‘qishning uzviy bog‘liq tomonlarini tashkil etadi.O ‘qish chog‘ida ma’no bildiradigan eng kichik grafik birlik bolmish so‘z idrok birligi deb shartli qabul etilgan. O'qishga kirishayotgan shaxs muayyan so‘z boyligini o‘zlashtirishi zarur. O‘qishda tushuniladigan so‘zlar ikki toifada bo‘ladi: real-passiv va potensial lug‘at. Passiv lug‘at deganda, ko‘ruv eshitish-harakat timsollari uzoq muddatli xotirada saqlanganligi, ya’ni o‘quvchi til tajribasida mavjudligi sababli o‘qish. paytida tanib olish mumkin bo‘lgan so‘zlar anglanadi. Potensial lug‘at esa ilgari nutqda sira qo‘llanmagan, lekin o‘qiganda ma’nosi axborotnomalar yordamisiz ochiladigan so‘zlardan iboratdir. Ushbu lug‘at ma’nosi kontekst yordamida, morfemalarni (so‘z yasovchi elementlarni) bilish tufayli yoki ona tili bilan bir o‘zakli so‘zlar bo‘lganidan fahmlab olinishi mumkin. Lingvostatistika ma’lumotlariga ko‘ra, yasama so‘zlar va bir o‘zakli so‘zlar barcha mustaqil ma’noli so‘zlarning uchdan bir qismini tashkil etadi
Matnni o‘qish metodikasi fanda mukammal ishlanganligiga qaramay, amalda ko‘p tushunmovchiliklarga yo‘l qo‘yilishini bilamiz. 0 ‘qishning mazmuniy va texnikaviy tomonlari mavjud.
Qator metodik xatolar o‘qishni o‘rgatish bo‘yicha samarali natijalarga erishishga imkon bermayapti. Quyida xato va to‘g‘ri ishlaming ta’rifi yonma-yon keltirilmoqda:
1) matnni boshdan-oyoq ona tiliga taijima qilish/taijima qilmaslik;
2) biror matnni sabab-besabab takroran o‘qish/takror o‘qimaslik;
3) matnni doimo ovoz chiqarib o‘qish/ovoz chiqarmay o‘qish;
4) matnni tushunish uchun leksik-grammatik tahlil qilish/tahlil qilmaslik;
5) notanish so‘z ma’nosini taxminan fahmlab olish mexanizmini shakllantiruvchi mashqlarni kam bajarish/mashqlami yetarli bajarish;
6) yaxlit matnni axborot olish maqsadida o‘qilganda qismlarga ajratib/ajratmay o‘qish;
7) matn oldi va matndan keyin bajariladigan mashqlarga nisbatan bevosita matnni o‘qish mashqlarini kam/yetarli bajarish;
8) matnni o'qiganda o‘quvchilar duch keladigan qiyinchiliklarni oldindan bartaraf etmaslik/qiyinchilikning oldini olish va h.k.
E’tirof etilgan va yana boshqa mavjud metodik chalkashliklar maktab sharoitida o‘qishhi o‘rgatish ishiga tashkilan g‘ov bo‘lib turgan xato va qiyinchiliklardir. Ko‘rsatilgan sakkizta xato tarkibida chiziq ketidan berilgan ogohlantiruvchi metodik tavsiyalami qisqacha izohlab o‘tamiz:(1) mabodo matnni boshidan oxirigacha o‘quvchi tarjima qilsa, unda chet tilda matn berishdan nima foyda, o‘qish o'miga o‘quvchilar tarjima kutishadi. Matnning ayrim murakkab o‘rinlarini (jumla, jumlalar birikmasini) tarjima qilish boshqa gap. Qoida: Chet tilda hech bir matn to‘lig‘icha ona tiliga og‘zaki tarjima qilinmaydi. Ona tiliga yozma tarjima qilish uchun kichik hajmdagi matnlar berilganda, o‘quvchilarga lug‘at ustida ishlashni o‘rgatish ko‘zda tutiladi.
(2) Matnni takror o‘qish xususida aniq metodik fikr aytish mumkin: ikki-uch marta o‘qilganda alohida-alohida o‘quv topshirig‘i berib boriladi. Qoida: Chet tildagi matn bir marta o‘qiladi (keyingi o‘qishlar tegishli boshqa topshiriqlami bajarish uchun takrorlanadi). (3) Matnni ovoz chiqarib o‘qish ta’limning dastlabki pog‘onasida ko‘p bajariladigan o‘qish texnikasini mashq qilishga qaratilgan o‘quv amalidir. Axborot olish niyatida matn, asosan, ovoz chiqarmay ichda o‘qiladi. Qoida: Matndan ichda o‘qish orqali axborot olinadi (ovoz chiqarib o‘qish axborot yetkazish va o‘qish texnikasini o‘rgatishga xizmat qiladi). (4) Matn tahliliga ko‘p to'xtalishga hojat yo‘q, chunki bunday o‘quv-metodik tadbiming o‘zi amaliyotda uchramasligi kerak. Tahliltalab til hodisasini matngacha bo‘lgan davrda o'rgatish tavsiya etiladi. Matnda notanish so‘z uchrashi mumkin, unda so‘zni mustaqil yoki lug‘at yordamida o‘rganishga to‘g‘ri keladi. Qoida: Matnni o‘qish chog‘ida notanish so‘zning ma’nosini ochish, odatda, tahlil ,,uchquni“ sifatida uchrab turadi (matn interpretatsiyasi (sharhlanishi) maktab amaliyotiga kiritilmaydi). (5) Taxminiy fahmlash muayyan kuch va vaqt talab etadigan, maxsus mashqlar bajarish bilan o‘rganiladigan ishdir. Notanish leksik birlikning ma’nosini ochishda ushbu mexanizm xususiyati inobatga olinadi. Qoida: Notanish so‘z ma’nosi bevosita taxminan fahmlab olinadi. (6) Matn mazmuni matnni bir yo‘la boshidan oxirigacha o‘qish davomida o‘zlashtiriladi. Tilshunoslikda matn turli qismlarga ajratib tadqiq qilinadi. Mazmunni tushunishda matn hajmidan qat’i nazar (kichikmi yo kattami) berilgan savollarga javob axtaradi. Demak, to'liq o‘qish talab etiladi. Qoida: Matnni o‘quvchi bo‘laklarga ajratmay to‘liq o‘qib chiqadi (odatda, matnni tushunganlikni tekshirib ko‘rish uchun uni bir necha qismga ajratib o‘qish mumkin). (7) Matn ustida ishlash uch bosqichli bo‘lib, matndan oldingi, matnni o'qish davrida va o‘qigandan keyin matnni tushunganlikni nazorat qilish uchun mashqlar bajariladi. Har birining o‘z o‘mi va vazifasi bor (ushbu paragrafning ,,o‘qish materiali" mavzusida bu masala mufassal yoritiladi).Qoida: Matn o‘qishdan oldin va keyin bajariladigan mashqlardan ko‘ra uni o‘qishga ko‘proq ahamiyat beriladi. Uyda va sinfda matn o‘qilishi yuqori bosqichda asosiy ish sanaladi. (8) 0 ‘qishga mo‘ljallangan matnning uch toifadagi qiyinchiligining oldini olish mashqlari o‘tkaziladi. Birinchi qiyinchilik o‘qilish qoidalarini egallashga taalluqli, ikkinchisi til birliklarining ishlatiUshiga doir, uchinchisi mazmunni fahmlash yuzasidan kelib chiqadigan qiyinchilik. Matndagi o‘qilish qoidalarini oldindan mashq qildirish muallimning kundalik vazifasidir. Til materialining tanish/notanishligi matn oldi og'zaki mashqlarda aniqlanadi. o‘tilgan leksik grammatik hodisalar matngacha mustahkamlanadi, bo‘shroq o‘rganilganlari takrorlanadi. Ba’zi yangi so‘zlar potensial lug'at maqomida berilsa, uning ma’nosini mustaqil fahmlashga o‘rgatiladi. Ayrim so‘zlar ma’nolari lug‘at yordamida o'rganiladi. Xullas, o‘qish jarayonida asosiy diqqat axborot olishga qaratiladi, yo‘l-yo‘lakay potensial lug‘at ma’nosi ham ilg‘ab boriladi. Qoida: Axborot olishdagi qiyinchilik matnni o‘qish paytida bartaraf etiladi. O‘qish texnikasi va til materiali murakkabligi o‘qishgacha bajariladigan mashqlarda hisobga olinadi. Matn mazmunini tushunib olish zakovattalab ish bo‘lib, malaka yordamida yuzaga keladigan ma’noviy sintezdir (ya’ni til birliklari ma’nolarining birlashib axborotga aylanishi hodi-sasidir).
O‘qishni o‘rgatish prinsiplari. o‘qishni o‘rgatishning xususiy prinsiplari ham ilmiy ishlab chiqilgan (Bu prinsiplar S. K. Folomkina tadqiqotlarida o‘z aksini topgan). Ushbu prinsiplar o‘qishning o‘ziga xos nutq faoliyati turi hamda chet til ta’limidan ko‘zlanadigan maqsadligini aks ettiradi. 0 ‘qishni o‘rgatishda quyidagi prinsiplarga rioya qilish tavsiya etiladi: 1. O‘qishni o‘rgatish — nutq faoliyati turini o‘rgatish deb qaralmog‘i lozim. Ushbu qoidani inobatga olib ish yuritilganda, o‘quvchilarga o‘qish haqida to‘g‘ri yo‘llanma beriladi.
Tajribada kuzatiladigan metodik xatolardan bo‘lmish til materialini o‘zlashtirish yoki matnga yaqin gapirib berishni yagona o‘quv vazifasi qilmasdan, matnni faoliyatda qo‘llash materialiga aylantirish oldingi o'ringa chiqarilishi tavsiya etiladi. O’quvchilarga matnni o‘qib axborot olishni mashq qildirish birlamchi yakuniy maqsad amalda tatbiq etilishi kerak. Bunga nutqiy amallarni bajarish bilangina erishiladi, bu jarayonda muayyan natijaga erishish (mazmunni bilib olish, axborotni egallash) ko‘zda tutiladi. Matnni o‘qish ma’naviy boyishga, yangi-yangi axborotlarni olishga qaratilgan o‘quv-metodik tadbirdir. O‘quv jarayonida o‘qiganni tushunish boshqariladigan yumushdir: o‘qish oldidan topshiriq berilishi shart va o‘qib bo‘lgandan so‘ng tegishli metodik usullar qo‘llanib, tushunganlik tekshiriladi. To‘liq va aniq tushunganlik o‘quvchilar tomonidan vazifani muvaffaqiyatli bajarish hisoblanadi. Xullas, ushbu prinsipga ko‘ra o‘qishning mohiyati o‘quvchiga axborot yetkazishni qoidalashtirib qo‘yishdir.
2. O‘qishni o‘rgatish bilish jarayoni sifatida tashkil etiladi. Faqat amaliy faoliyat ko‘rsatish bilan chegaralanmasdan, matn o‘quvchi (matnxon) bilishga, yangi ma’lumot o‘rganishga ham harakat qiladi. Axborot olish — bilish faoliyatini yuritishdir. Bu yerda bilish va nutqiy faoliyatning farqiga borish kerak. Nutqiy faoliyat natijasi bilishga olib keladi. Binobarin, o‘qish materiali (jumladan matn) mazmuniga e’tiborni kuchaytirish talab qilinadi. Mazmun qiziqarliligi o‘quvchilaming axborot olishga intilishlarini belgilovchi, ulami maroq bilan o‘qishga undovchi omil vazifasini o‘taydi.
Matn mazmunida va tilida oqilona me’yordagi qiyinchiliklar bo‘lishi o‘quvchining aqliy faoliyatini kuchaytiradi, tafakkurini astoydil ishga tushirishga sabab bo‘ladi. (Bu haqda atoqli ruhshunoslar1 tadqiqotlaridan ma’lumotlar olish mumkin.)Demak, mazkur prinsipga binoan o‘quvchilar chet tilda o‘qib, ayni chog‘da bilish faoliyati bilan mashg‘ul boradilar.
3. O‘quvchilaming ona tili va ikkinchi tilda to‘plagan o‘qish tajribalariga suyanib, ularga chet tilda o‘qish o‘rgatiladi. Dastavval, o‘quvchining chet tilda o‘qishga munosabati shakllantiriladi. . Chet tilda harf-tovush munosabatlarining o‘zlashtirilishi bilanoq o‘quvchilarga ichda o‘qishni taklif qila boshlash ma’quldir. Bu ikkinchi shart. Bir so‘z bilan aytganda, o‘qish mobaynida til tajribasining imkon boricha ishga tushirilishi talab etiladi. 4. O’qiganini tushunish uchun o‘quvchilar o‘rganilayotgan til strukturasi xususiyatlarini egallab, ularga asoslangan holda ish tutishlari kerak. Til materialini bilish, ya’ni lisoniy ko‘nikmalaming hosil bo‘lishi tez va to‘g‘ri o‘qib tushunishga zamin yaratadi. Yozuvdagi alohida so‘z, uning qismi (morfema), so‘zlarning o‘zaro joylashishi (so‘z tartibi, gaplar zanjiri) kabilardan o‘quvchi ko‘ruv idrokida tayanch sifatida foydalanadi. Tinish belgilari va bosma harflarga (shriftlarga) qarab va umumiy kontekstdan kelib chiqib, matndagi ohang, to‘xtam (pauza) va mantiqiy urg‘u haqida tasawur paydo bo‘ladi.
Yordamchi so‘zlami bilishning ham o‘qishga nafi tegadi.Bu prinsip o‘rganilayotgan til strukturasidan yetarlicha xabardor bo‘lishni taqozo etadi. 5. O‘qishni o‘rgatishda nafaqat retseptiv, shuningdek, reproduktiv faoliyat ham ishtirok etadi. 0 ‘qish, odatda, retseptiv nutq faoliyati deyiladi. Lekin o‘qish jarayoni retseptiv operatsiyalar bilan bir qatorda reproduktiv operatsiyalami ham o‘z ichiga oladi. Grafik material idroki chog‘ida ichda gapirish sodir bo‘ladi. Binobarin, talaffuz ko‘nikmasi o‘qish texnikasiga ta’sir qiladi va matnni tushuhishga daxldorligi ham ma’lum bo‘ladi. Gapirganda, o'quvchi grammatik hodisani ayta olish ko‘nikmasiga egaligi tufayli unda matndagi grammatik shakllami oldindan fahmlash imkoniyati yaratiladi. Ko‘rinib turibdiki, retsepsiya va reproduksiya. o‘zaro bog‘langan nutq hodisalaridir. O‘qishni o‘rgatish chog‘ida retseptivdan tashqari reproduktiv nutq bilan ham shug‘ullanish ushbu prinsip talabidir. 6. O‘qish nutq faoliyati turi maqomida xizmat o‘tar ekan, uning amal qilish usullarini o‘quvchilar egallab olishlari kerak bo‘ladi. Faoliyatning jarayon tomonini ta’minlovchi operatsiyalarni bilish zarur. Ulardan birinchisi texnikaviy ko‘nikma tarzida idrok etiladigan matnni tushunib yetish bilan bog‘liq. Ma’no ,,chaqish“ usullarini o‘quvchi bilib olsa, o‘qish tezligi shakllanadi. 0 ‘qish tezligi maxsus mashq qilish natijasida oshiriladi. Yagona maqsad o‘qish tezligini o‘zlashtirish bo‘lib qolmasdan analitik (tafsilotlami ilg‘ash) operatsiyalami qo‘llash ko‘zlanadi, ya’ni undan mazmunni payqash maqsadida foydalaniladi. Sekinroq va tez o‘qish ko‘nikmalari axborot olishda o‘mi bilan ishlatiladi.
Texnikaviy ko‘nikmalar, xususan, tegishli maromda o‘qish axborotni o‘zlashtirish yo‘lidagi zaruriy qadam ekanligi mazkur prinsipdan anglanadigan tushunchadir. Har bir ta’lim bosqichida o‘ziga xos xususiyatlar bilan o‘qish amaliyoti joriy etiladi. Boshlang‘ich davrda tanish material asosida matn, o‘rta bosqichda tanish birliklar va qisman notanish so‘zlar kirgan matnlar, yuqori bosqichda esa ko‘proq potensial lug‘at ishtirokida matnlar o‘qish tavsiya qilinadi. (Ular to‘g‘risida keyingi mavzularda so‘z yuritiladi.) 0 ‘qish materiali. Avvalo, ikki termin tafovutini aniqlab olish kerak: o‘quv materiali va o‘qish materiali. Birinchisi ko‘pchilikka tushunarli, ta’lim mazmuni ma’nosida qo‘llandigan metodik termindir. Uning mazmuni tarkibiga o‘quvchi o‘rganadigan til materiali (leksika, grammatika, talaffuz hodisalari va ular zaminida shakllanadigan nutq hosilasi — matn), nutq mavzulari hamda vaziyatlari kabilar kiradi.
Ikkinchi termin ,,o‘qish materiali" tushunchasi qamroviga matn va, qolaversa, uning qismlari bo‘lmish so‘z, so’z birikmasi, gap, gap birikmasi, abzats ham kiradi. Matn 0‘qisning nutq faoliyati turi sifatidagi materialidir, ikkinchi toifa birliklar esa o‘qish texnikasi uchun manba hisoblanadi.Turli ilmiy sohalar uchun tadqiqot obyekti bo‘lmish matn har xil ma’noni bildiradi. Tilshunoslikda „matn lingvistikasi"1, „tekstual lingvistika"2, „matn grammatikasi"3 singari murakkab terminlar keng istifoda qilinadi. Til o‘rgatish metodikasida esa matn lingvodidaktik izlanishlar obyekti hisoblanadi. Matnni o‘qish muammolari ko‘rib chiqilgan, lekin u ta’limiy termin-tushuncha maqomida ilmiy tekshirilmagan.
O‘qishga mo‘ljallanmish matn mazmuniga quyidagi talablar qo‘yiladi: 1) matnning tarbiyaviy ahamiyati bo‘lishi kerak, chet til o‘rgatish maqsadlaridan biri tarbiyalashdir, jamiyat axloq qoidalarini singdirish, ya’ni ma’naviy (axloqiy) tarbiya berishga qaratilgan matnlar tanlanadi; 2) o‘quvchining hayotiy bilimini oshirish, ya’ni dunyoqarashini boyitishga xizmat qiladigan matnlar saralanadi. Bu o‘quvchining bilish faoliyatini o‘stirishda muhim shartlardandir. Aniq ma’lumotlami aks ettiruvchi matnlami o‘qish umumiy ta’lim olishning ajralmas qismidir. Axborotga boy matnni o‘qish har qanday kishida joziba uyg‘otishi muqarrar. Chunki inson bolasi bilishga oshiqadi, bilishga moyilligi rag'batlantirilsa, ushbu o‘quv predmetiga uning qiziqishi oshadi; 3) o'qishga tavsiya etiladigan matnning mazmuni ilmiy jihatdan sifatli, ya’ni undagi ma’lumotlar voqelikni aks ettiradigan bo‘lishi talab qilinadi. O‘quvchiga qandaydir faraziy yoki taxminiy ma’lumotlarga asoslangan matnlar o‘qitilmaydi; 4) tanlanayotgan matn o'quvchi yoshiga mos tushishi talab etiladi. 0 ‘quvchi ehtiyojini qondirish chet tilda nutqiy faoliyatga undashning muhim chorasidir.
Xullas, matn mazmuni o‘quvchining ma’naviy saviyasiga muvofiq bo'lishi, bilish va hissiy talablariga javob berishi kerak. O‘qish yangi so‘zlar bilan tanishish, lug‘at boyligini oshirish va tildagi boshqa ko‘nikmalarini rivojlantirish demakdir. Ingliz tilini o‘rganish uchun o‘qish ko‘nikmasining ahamiyatlari jihatlari quyidagilardir:
Olimlarning fikricha, o‘qish miya uchun judayam foydali mashg‘ulot bo‘lib , tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, o‘qish jarayonida insonning aqliy qobiliyatlari juda yaxshi rivojlanadi. O‘qish ko‘nikmasi orqali o’quvchilarning lug’at boyliklari oshadi. O‘qish xalqaro aloqalar uchun yoki chet elda ta‘lim olish uchun juda zarur, chunki chet elda istiqomat qilishni xohalgan har bir shaxs oddiy emailni o‘qishdan tortib toki asosiy hujjatlarni ham chet tilida bemalol o’qiy olish qobiliyatini o‘zlashtira olishi zarur.
Yuqorida omillarni inobatga olgan holda rivojlangan mamlakatlar va shu qatorda O‘zbekistonda ham ingliz tili darslarida o‘qish ko‘nikmasini rivojlantirishga qaratilgan metodlar tuzib chiqolmoqda.


Download 282,27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish