“Kattalik. Predmetlar o‘lchamini taqqoslashga o‘rgatish” Mavzusida tayyorlangan taqdimot. Mavzu: Kattalik. Predmetlar o‘lchamini taqqoslashga o‘rgatish Reja: 1.Kattalik. Predmetlar o‘lchamini taqqoslashga o‘rgatish 2.Buyumlarning uzunligi, eni, balandligini ustma-ust, yonma-yon qo‘yish usulidan foydalanib taqqoslash 3.Kichik guruhlarda mashg‘ulotlardan tashqari vaqtlarda tashkil etiladigan didaktik o‘yinlar. Bolalarni 10 gacha bo‘lgan barcha sonlar bilan tanishtirib bo‘lgach nechta? degan so‘roqqa javob berish uchun sanashni qaysi tom ondan olib borishning aham iyati yo‘qligi ularga ko‘rsatiladi: chapdan o‘ngga, o‘ngdan chapga, pastdan yuqoriga, yuqoridan pastga sanab chiqib, o‘zlari ham bo‘ng a ishonch hosil qiladilar. Bolalar turli figuralar shaklida aylana bo‘ylab Guft-jufti bilan, noaniq guruh bilan) joylashgan narsalam i va sonli figura doirachalarini sanaydilar. Bolalarni bir xil predmetlarni sanashning turli usullarini ko‘rsatish va qayta sanash ularda sanashni istagan predm etdan va xohlagan tomondan boshlash, ammo bunda bitta ham predm etni sanam asdan qoldirm asilik va bittasini ham ikki marta sanam aslik kerak ekanligi haqida ishonch hosil qilinadi. Agar bola predmetlarning joylashishi ataylab m urakkablashtirilganda yanglishsa, uning qanday xatoga yo‘l qo‘yganligi aniqlanadi. Pedagog narsalami qayta sanayotganda ataylab xato qilishi m um kin. Bolalar narsalam ing birortasini ham sanam asdan o‘tkazib yubormaslik yoki bitta premetrini ikki marta sanamaslik uchun sanash qaysi predm etdan boshlanganligini yaxshi eslab qolish zarur ekanligi to‘g ‘risida xulosa chiqaradilar. Pedagog turli-tuman topshiriqlardan foydalanib, predmetlarning joylashish shaklini murakkablashtirib, tegishli tasavvurlarni va harakat usullarini mustahkamlaydi. Guruhda miqdori teng bo‘lgan to‘plamlar tuzish va tanlashni m ashq qil ishga katta o‘rin beriladi. Bular bolalarda bir xil m iqdorli elem entlardan iborat b o‘lgan to‘plam larga bitta—yagona natural son mos kelishi, ayni shu natural songa juda ko‘p xilma-xil predmetlar to‘plamlar sonining mos kelishi haqida tasavvur hosil qilishga imkon beradi. Birinchi mashg‘ulotcla hamma bolalarga bitta son, keyinchalik esa bar xil stol atrofida yoki bar xil qatorda o‘tirgan bolalarga turli son aytiladi. Nihoyat, bar bir bolaga yakka topshiriq berish mumkin. 3 xil predmetni qo‘yib chiqish ko‘p vaqtni- oladi. Shuning. uchun bunday topshiriqlarni taklif etayotganda 8 gacha bo‘lgan sonlarni aytish maqsadga muvoffiq bo‘ladi. Bolalar turli o‘yinchoqlarni bir biridan o‘zlarida nechtadan borligini va ularning umumiy soni nechta ekanligini aytib berishga o‘rganishlari lozim. Bolalar o‘z javoblarida xususiy va umumiy ifodalay olish ko‘nikm asini darhol egallab ololmaydilar. Avval ularga o‘zlandagi bar xil predm etlardan nechtadan ekanligini aytib berish taklif etiladi. “Yuqori tokchada 4 ta o‘yinchoq, o‘rtadagisida 4 ta mashina, pastdagisida esa 4 ta q o‘g‘irchoq bor” , — deb sanaydi bola. “To‘g‘ri, bir xil o‘yinchoqlardan senda 4 tadan bor”, — deb xulosa chiqaradi tarbiyachi. Bolalar asta-sekin har bir guruhda nechtadan o‘yinchoq borligini mustaqil ta’riflashni o‘rganadilar. Ular xulosani o‘z ichiga olgan xilma-xil javoblardan foydalanishlari m uhim dir. Masalan, “Yuqori tokchada 7 ta kvadrat, o‘rtadagisida 7 ta to‘g‘ri to‘rtburchak, pastdagisida 7 ta to‘g‘ri to‘rtburchak, 7 ta aylana, barcha figuralaming soni teng — 7 tadan— . Yoki “Barcha figuralar 7 tadan — 7 ta kvadrat, 7 ta to‘g‘ri to‘rtburchak va 7 ta aylana” . Bola xususiydan umumiyga, shuningdek, umumiydan xususiyga tomon fikr yurita olishi lozim. Aniqlashtirishni, shuningdek, um um lashtirishni talab etuvchi savollarni berish foydalidir: “Kitob javonida necha qator predmet bor? Har qatorda nechtadan predmet bor? Har xil predm etlar nechtadan? Barcha guruhdagi predm etlar soni haqida nim a deyish m um kin?— va hokazo. Pedagog (tarbiyachi) materiallar va topshiriqlar xarakterini xilma-xillashtirib boradi. Masalan , bolalar aytilgan sondagi narsalar tasvirlangan rasmlarni tanlab oladilar. Bolalar, bizda qanday narsalar 4 tadan, 5 tadan, 6 tadan topshirig‘ini (10 gacha bo‘lgan hamma sonlar aytiladi) bajarayotib, tevarak-atrofdagi miqdori teng buyumlar to‘plamlarini topadilar. Ular barcha narsalar soni 2 tadan , 3 tadan, 4 tadan kabi teng bo‘lishi mumkinligini ko‘radilar. Son asta-sekin to‘plamni ifodalovchi ko‘rsatkich bo‘lib boradi. E’tibor uchun rahmat.
Do'stlaringiz bilan baham: |