Bolalarni har tomonlama tarbiyalashda ona tilining ahamiyati. Mtmda nutqni rivojlantirish vazifalari va mazmuni Reja



Download 22,6 Kb.
bet1/3
Sana01.01.2022
Hajmi22,6 Kb.
#297308
  1   2   3
Bog'liq
1-mavzu


Bolalarni har tomonlama tarbiyalashda ona tilining ahamiyati. MTMda nutqni rivojlantirish vazifalari va mazmuni
Reja:

  1. K.D.Ushinskiy bolalarga ona tilini birlamchi o‘rgatish asoschisi.

  2. Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi fanining maqsadi

  3. Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi fanining vazifalari

K.D.Ushinskiy bolalarga ona tilini birlamchi o‘rgatish asoschisi. Rus pedagogi K.D.Ushinskiy (1824–1870) rus burjuademokratik pedagogikasi, xususan, maktabgacha pedagogikaning asoschisi hisoblanadi. U bolalarni maktabgacha tarbiyalash nazariyasi va amaliyoti masalalarini boshlang‘ich ta’lim muammosi bilan bog‘lagan.Ushinskiy pedagogika tizimining asosiy yetakchi g‘oyasi xalqonatarbiya g‘oyasi hisoblanadi, bunda u har bir xalqning u yashaydigan va mehnat qiladigan tarixiy, tabiiy shartsharoitlari bilan bog‘liq bo‘lgan o‘ziga xosligini tushunadi. Ushinskiy ona tili - xalqonalikning eng yaxshi ifodasi deb tan olgan hamda ta’lim va tarbiya ishida ona tili asosiy o‘rinni egallashi lozim, deb hisoblagan. Ona tilining bola ruhiy kuchlarini har tomonlama rivojlantirish, til mohiyati va uning vujudga kelishining bosh manbai ekanligi haqidagi ta’limot K.D.Ushinskiy pedagogik ta’limotida markaziy o‘rinlardan birini egallaydi hamda uning metodik tizimini tushunish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.

K.D.Ushinskiy ona tilini birlamchi o‘qitishning uchta asosiy maqsadlarinishakllantirgan:

I.So‘z imkoniyatlarini rivojlantirish;

II.Bolaga fikrni ifodalash uchun ona tilining eng yaxshi shakllaridan foydalanishni o‘rgatish, bolalarni ona tilining boyliklarini egallashga jalb qilish.

III.Til qonunlarini, uning grammatikasini o‘rganish.

Ona tilini birlamchi o‘qitishning barcha uch maqsadiga ketma-ket emas, balki bir vaqtning o‘zida erishiladi. 1861-yilda Ushinskiyning «Ona tili» nomli asari chop etildi. Mazkur asar Konstantin Dmitriyevichning bolalarga birlamchi savod o‘rgatish va ularni tarbiyalash bilan bog‘liq pedagogik g‘oyalar hamda estetik tamoyillarining o‘ziga xos yakunlari va amaliy ifodasi bo‘ldi. O‘qish kitobining butun mazmuni muayyan tizim bo‘yicha berilgan. «Ona tili» kitobi nafaqat bilimlar qomusi, balki badiiy ensiklopediya ham hisoblanadi. Uning 1-qismidan 19 ta ertak, 30 ta topishmoq, 123 ta maqol va matal, 13 ta tez aytish, 14 ta qo‘shiq, 14 ta turli shoirlar she’rlari hamda Ushinskiyning o‘zi yozgan 43 ta hikoya joy olgan.Ushinskiy birinchi bor kitoblarida bolalarni o‘z zamondoshlari – Tyutchev, Nekrasov, Ogarev, Turgenev asarlari, shuningdek, Karamzin, Lermontov, Krilov asarlari bilan tanishtirdi.Kitobni tuzish tartibi quyidagicha: u bolaning tabiat, kishilar va jamiyat haqidagi bilimlarini kengaytirgani va chuqurlashtirgani holda uni tanish narsadan notanish narsalar tomon boshlab boradi.

Ushinskiy 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar nutqini tavsiflar ekan, uning ayrim xususiyatlarini, masalan: tovushning tushunarsizligi, lug‘at boyligining yetarli emasligi, o‘zaro bog‘liqlikning yo‘qligini alohida ta’kidlagan. U bolalar bilan mashg‘ulot o‘tkazishning turli shakllarini taklif qilgan:

• bolalar hayotidan hikoyalar;

• bolaga narsalarning xususiyatlarini ko‘rishda, 6 yoshga kelib esa narsalar juftligini bir-biriga taqqoslash, ular o‘rtasidagi umumiylik va farqlarni topishda yordam beruvchi mashqlar;

suratlar asosida hikoya qilish, bu bolalarga savollarga javob berish, so‘ngra esa ravon, tushunarli va erkin hikoya qilib berishni o‘rgatadi;

• bolalarni o‘qish va yozishga tayyorlovchi amaliy mashqlar.

K.D.Ushinskiyning til va uning bolaning ruhan shakllanishida tutgan o‘rni haqidagi ta’limoti nutqni rivojlantirish metodikasini mustaqil fan sifatida ajratish uchun muhim ahamiyatga egadir.

1. Til haqida, uning vujudga kelishi haqidagi ta’limot – metodikaning nazariy asoslari ishlab chiqildi; uning har bir odamning rivojlanishida tutgan o‘rni ko‘rsatib berildi, bu esa bolalarni rivojlantirish va tarbiyalashda ona tilining yetakchi o‘rin tutishini asoslash imkonini berdi.

2. Bolalar nutqini rivojlantirish ishi maktab ta’limiga qadar boshlanadigan ish sifatida alohida bo‘limga ajratilgan.

3. Bolalar nutqini rivojlantirishga bolaning uzoq davom etadigan ona tili, uning mazmuni va shakllarini o‘zlashtirish jarayoni sifatida qaralgan. Ushbu murakkab jarayon ustoz tomonidan to‘g‘ri va faol rahbarlik qilishni talab qiladi.

4. Ona tilini o‘qitish jarayoniga rahbarlik qilishning asosiy qoidalari: ona tilini birlamchi o‘qitishning maqsadlari; ularni amalga oshirish mazmuni va shakli; nutqni rivojlantirishda ko‘rgazmaviylikning ahamiyati ishlab chiqilgan va asoslab berilgan.

5. Bola nutqini uning fikrlashi, ma’naviy va estetik his-tuyg‘ulari bilan birgalikda rivojlantirishni ta’minlovchi ish usullari ko‘rsatib berilgan.

Xulosa:

– Maktabgacha yoshda ona tilini o‘rgatish bu – eng avvalo bola hayotining birinchi yilidan boshlab nutqni rivojlantirish, bo‘g‘inlar va so‘zlarni aniq talaffuz qilish, gaplarni sintaktik jihatdan to‘g‘ri tuzish, narsalarning nomini to‘g‘ri aytish va mos fikr bildirishdan iborat.

– Ota-onalar bolalar bilan muloqot qilishda narsalar nomlarini va so‘zlarni buzmasdan, to‘g‘ri aytish, bolalarga talaffuzi qiyin bo‘lgan va nisbatan uzun so‘zlarni aytishni mashq qildirish va buning uchun o‘yin uslubidan foydalanishlari zarur.

– Bolalar kattalar nutqini tushunishlari uchun ular so‘zlovchining yuzini va uning qo‘l harakatlarini ko‘rishlari, uning savollarini tushunishlari va to‘g‘ri javob berishlari darkor.

– Bolaga fikrni ifodalash uchun ona tilining eng yaxshi shakllaridan foydalanishni o‘rgatish, bolalarni ona tilining boyliklarini egallashga jalb qilish kerak.

– Ona tilini birlamchi o‘qitishning barcha uch maqsadiga ketmaket emas, balki bir vaqtning o‘zida erishiladi.



Download 22,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish