«3-sinflar uchun test»
3- sinf O’qish fanidan test I – chorak
1.Xalq og’zaki ijodi turlari qaysi qatorda to’g’ri berilgan ? A. qo’shiq , ertak , lapar , maqol , topishmoq , tez aytish B. hikoya , qo’shiq , she’r , matn , maqol , tez aytish C. tez aytish , qo’shiq , ertak , masal, D. ashula , qo’shiq , lapar , boshqotirma , masal;
2.” Yurtim jamoli” she’rining muallifi kim ? A. Orif To’xtash B . Dilshod Rajab C .Kavsar Turdiyeva D. Ravshan Isoqov
3 .” Yaxshilik qil-u , suvga ot , suv bilmasa baliq bilur, baliq bilmasa Xoliq bilur “ maqoli qaysi ertakdan olingan ? A. Yangi uy B.Yaxshilik ketidan yaxshilik keladi C. Opa- singil daryolar D. Ilm ming yashar .
4.” Opa- singil daryolar” ertagida yurtimizdagi qaysi daryolar nomi keltirilgan? A. sirdaryo , Zarafshon , Orol dengizi B. Amudaryo , Sirdaryo , Zarafshon C . Chirchiq , Aydarko’l, Sirdaryo D . Zarafshon , Chirchiq , Amudaryo
5 . “Vatanni tanish “ matni mazmuniga mos maqolni ko’rsating ? A . Vatan ostonadan boshlanadi B.Ona yurting oltin beshiging C. Oltin olma duo ol D . Vataning tinch sen tinch
6. “ Aql nega berilgan ? , Halol mehnat qilgani . Nafsga qul bo’lmasdan , Poklikka intilgani .” bu parcha qaysi she’rdan olingan ? A. Vatan desam .. B. Uzumlar oilasi C. Savollarga javoblar D. O’qituvchining o’gitlari
7. Maqolni davom ettiring “ So’ziga boqma , ….” A…….yuziga boq “ B. …. O’ziga boq ‘’ C. … ishiga boq “ D . …. mehnatiga boq “
8. Topishmoqning to’g’ri javobini toping “ otalari zangi buva , onalari yoyma chalpak , bolalari shirin – shakar “ A . tok , bargi , uzum B . novda , shaftoli C. ko’chat , o’rik D . anor
9. “Olma” hikoyasidagi Kamol nima uchun o’zini tuzalib qolganday his qildi? A . Do’stlari ko’rgani kelgani uchun B. Qudrat ota olma berib yuborgani uchun C. olma terishga borgani uchun D. buvisining g‘amxo’rligidan
10. ”Bobur va kabutar” rivoyatida kabutar qanday xabar olib keldi ? A. “qilichlarni qinidan sug’urmoq kerak “ B . urush boshlandi C. qovun sayliga chaqirib kelgan D. xazonchinak boshlandi
11.”O’qituvchining o’g’itlari “ she’rining muallifi kim ? A. Orif To’xtash B . T. Adashboyev C. Anvar Obidjon D. Kavsar Turdiyeva
12.” Xazonchinak” so’zining ma’nosi nima ? A. qurigan barglarning to’kilishi B . toklarning ko’milishi C . kuzda yig’ishtirib olingan hosilning qoldig’I D. novdalarni hashak bilan o’rab qo’yishi
13.” Hadya qilib ilm –fan , Yorug’ yo’llar ko’rsatding ‘’misrasi qaysi she’rdan olingan? A. Kitob, mening do’stimsan B. Ona tilim C. Obod mahalla bo’ylab D. Yurtim jamoli
14. Foydaxo’rning asosiy shiori nima edi ? A. So’rovnoma o’tkazish B. Vaqt – bu pul C. Kompyuter sotish D. Vaqting – baxting
15. “Ona tilim “ she’rining muallifi kim? A. Faxriddin Hayit B. Tursunboy Adashboyev C . Zulfiya Mo’minova D. Zafar Diyor
16. Aravachada o’tirgan qiz nimadan ta’sirlandi? A. kitob bilan mukofotlangan o’rtoqlariga havasi keldi B. Bolalarning ertak aytganidan C.Mehmon kelganidan D. Shirinlik olganidan
17. Xo’roz nega uchmadi? A. Kasal bo’lganidan B.Dars qoldirganidan C. uxlab qolganidan D. do’stlarining gapiga kirmaganidan
18. O’zbekiston Respublikasining mustaqilligi qachon qabul qilindi? A. 1991-yil 31- avgust B. 1991-yil 1- sentabr C. 1991-yil 8-dekabr D . 1992-yil 18-noyabr
19. Anvar nima uchun bosh oshpazning yonidan qizarib chiqib ketdi ? A. hisob – kitobni bilmagani uchun B. sabzini kam olib kelgani uchun C. masaliqlarni yozib olmagani uchun D. uxlab qolgani uchun
20.” Shundoq ketsam uyg’onib , Soat ham o’n bo’libdi “ misrasi qaysi she’rdan olingan ? A. Xo’roz nega uchmaydi B. Chalavoyning to’la tushi C. Donishmand quyon va kichkintoy jirafa D. Oltin kuzim
21.Maqolni davom ettiring ” Daraxt yaprog’I bilan ko’rkam , … “ A. odam hurmati bilan B. odam odobi bilan C. odam kiyimi bilan D. odam mehnati bilan
22. Sardorga she’r yod olishni kim o’rgatdi ? A. ustozi B. oyisi C. o’rtog’I D. o’zi o’ylab topdi
23. Nega Bo’rsildoq mukofat olmadi? A. kompyuter o’ynagani uchun B. tanlovda ishtirok etmagani uchun C. Non yopib qarzlarini to’lagani uchun D. Vaqtning qadriga etmagani uchun
24.Hosil bayrami qachon nishonlanadi ? A. 23- 26 oktabr kunlarida B. 15- 27 noyabr kunlarida C. 25-26 – sentabr kunlarida D. 17-22 – sentabr kunlarida 25.Topishmoqning javobini toping “ Hammaga to’n tikadi , o’zi yalong’och “ . A. bigiz B. igna C. qaychi D. tikuvchi
3- sinf O’qish II- chorak
1. ”Hunarni sev “she’rining muallifi kim ? A. Sunnatilla Anorboyev B. Dilshod Rajab C. Tolib Yo’ldosh D. Po’lat Mo’min
2. ‘’ Bahs “ hikoyasidagi qahramonlarni ko’rsating ? A. Karim , Salim, Anvar B. Halim , Salim, Kamol C. Halim, Karim , Salim D. Yolqinjon , Anvar , Karim
3.O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qachon qabul qilingan? A. 1991-yil 10- dekabr B. 1991-yil 18- noyabr C. 1992-yil 8- derabr D. 1992 –yil 2-iyul
4.Temirchi usta shogirtlarini qaysi yo’l bilan tanlab oldi? A. Gullarning urug’ini berib B. bir xum tilla berib C. Do’konini tashlab ketib D. oshqovoq urug’larini berib
5.”Bordir kulol “ she’rining muallifi kim? A. Obid Rasul B. Orif To’xtash C. Tursunboy Adashboyev D. Kavsar Turdiyeva
6.Bobo Ravshanni qaysi ishlari uchun koyidi? A.Gapiga quloq solmagani uchun B. Ko’chaga chiqib ketganidan C. Asboblarni joyiga qo’ymagani uchun D. Asboblarni birovlarga berib yuborgani uchun
7. “ Shohning ko’ngli to’lmadi . Kirib nafsin ko’yiga , Horib , charchab uyiga Qaytdi barcha o’yinchi , Betilla , besuyunchi … “ bu she’riy parcha qaysi she’rdan olingan?
A. Bordir kulol amakim B. Mohir qo’llar qo’shig’I C. O’n tilla mukofat haqida ertak D. Hunarni sev
8. “Ko’p hunarlarni oz-oz bilgandan ko’ra , bir hunarning ustasi bo’l “, degan gap qaysi matndan olingan ? A. Bobongiz xafa bo’lsalar maylimi? B. Ilmning omonati C. Bahs D. G’oz - hunaring oz
9. Maqolni davom ettiring : “ Tulkining tushiga tovuq kirar , ….. “ A. va tovuq ketidan yugurar B. tovuqning tushiga tariq kirar C. chunki u doim uxlar D. ayyorligi bilan maqtanar
10.” Kumush qish “ matnining muallifi kim? A. Zikrilla Ne’mat B. O’tkir Hoshimov C. Mirkalon Islomiy D. Aziza Axmedova
11. ‘’ Qor yog’ar –ey , zo’r yog’ar , Rizq-u ro’z mo’l –ko’l yog’ar “ misrasi Dilshod Rajabning qaysi she’ridan olingan ? A. “ Qish” B. Yurtim jamoli C. Qor aiyori D. Navro’z keldi
12. Farhod o’z xatosini qachon tushundi ? A. o’rtoqlari ketib qolganidan so’ng B. o’rtoqlari oyinga qo’shmagani uchun C. chanasi sinib qolgandan so’ng D. chananing ipi uzilib ketgandan so’ng
13. Farhod va Bahodir kabi qahramonlar qatnashgan “ Chana “ nomli matn muallifi ikm? A. O’tkir Hoshimov B. Erkin Vohidov C. Aziza Axmedova D. Safar Barnoyev
14. D. Rajab “ Bosh qomus kitobimiz “ she’rida bosh kitob deb qaysi kitobni aytadi? A. konstitutsiya B. Avesto C. Matematika D. Odobnoma
15. “Qish bo’lmasa – chi “ matnida Sanobarning oyisi kim? A. Salima xola B. Muruvvat opa C. Malika opa D. Oysha opa
16. “Momiq qor” she’rining muallifi kim? A. Orif To’xtash B. Po’lat Mo’min C. S. Barnoyev D. A. Axmedova
17. Qorparchaning orzusi qanday amalga oshdi ? A. Shoir bolaning kaftida erib , orzu qilganday to’rt fasl go’zalligidan bahramand bo’ldi B. Daraxtning shoxida o’tirib C. Har bahor erib osmonga uchib ketgandan so’ng D. Bulutning maslaxatiga quloq solgandan so’ng
18. “Ayamajiz” she’rining muallifi kim? A. Qudrat Hikmat B. Zafar Diyor C. Safar Barnoyev D. Hakim Nazir
19. Qorboboga elektron maktubni kim yozdi? A. O’quvchilar B. ustoz C. O’rmon hayvonlari D. Sardor
20. Sardorning ertak yozishiga nima sabab bo’ldi? A. Ustozining aytgani uchun B. Qor yoqqani uchun C. Tashqarida qishni eslatiladigan hech narsa bo’lmagani uchun D. Tanlovda g’olib chiqishi uchun
21. Maqolni davom ettiring : “Do’sting bilan dildosh bo’l , ……”
A. va unga sodiq bo’l B. tuzsiz oshim C. qilar ishiga qo’ldosh bo’l D. elkadosh bo’l
22.Topishmoqning javobini toping : Bir parcha patir , Olamga tatir . A. oy B. quyosh C. yulduz D.non
23.”Bahorgi harakat – kuzgi barakat “ bu nima ?
A.tez aytish B. maqol C. topishmoq D. hadis
24.”Yangi yil archasiga “ she’rininh muallifi kim? A. Dilfuza Komoljanova B. Po’lat Mo’min C. S. Barnoyev D. A. Obidjon
25.”Ona tilim “ she’rida ona tilimiz kimdan meros bo’lib qolgan deb aytilgan?
A.Alisher Navoiydan B.Boburdan C. Shoh Mashrabdan D. A. Temurdan
3-sinf O’qish III-chorak
14-yanvar kuni yurtimizda qanday bayram nishonlanadi ? A. Ustoz va murabbiylar kuni B. Vatan himoyachilar kuni C. Konstitutsiya bayrami kuni D. Navro’z bayrami kuni
“Vatanimizga xizmat qilaman “ she’ri muallifi ko’rsatilgan qatorni belgilang ? A. Dilshod Rajab B. Anvar Obidjon C. Zikrilla Ne’mat D. Orif To’xtash
14 – fevralda qaysi buyuk bobomiz tavallud topgan ? A. Mirzo Bobur B. Amir Temur C. Alisher Navoiy D. Muhammad Yusuf
“ Bola boshidan “ iborasi kimning nutqidan , qaysi matndan olingan ? A. Rahmonov nutqi “Bugun bolasiz ertaga askar bo’lasiz “ B. Sport maktabi she’ridan C. “ Balli buva “ hikoyasidan D. “ Bobonur “ hikoyasidan
9- fevralda qaysi buyuk bobomiz tug’ilgan ? A. Alisher Navoiy B. Bobur Mirzo C. Ibn Sino D.Amir Temur
Bobonur kim ekan ? A. Askar B .Uchuvc i C. Dengizchi D. Chegarachi
Tezkor tarmoqlardan , Xorij xabarin berar , Notinch mamlakatlardan , Noxush darklar kelar . she’riy parcha qaysi asardan olingan ? A. Sport maktabi B. Vatanimga xizmat qilaman C. “Notanish mamlakatlarda “ she’ri D . Ayamajiz
Desantchining qaysi texnika bilan bog’liq ? A. Vertalyod B. tank C. Raketa D. Samalyod
Chingiz xon qanday hiyla ishlatdi ? A. To’g’onni ochib yubordi B. Askarlarni qilichdan o’tkazdi C. Shaharga bostirib kirdi D. Shaharga o’t qo’ydi
Amir Temur onaga qanday himmat ko’rsatdi? A. onani tutqinlikdan ozod qiladi B. onaning o’g’lini va 30 ta asirni tutqinlikdan ozod qiladi C. onaga tillo tangalar berdi D. onaga hashamatli uy qurib berdi
Chet elga borsangiz , ulug’ bobolarimiz kim deyishsa , qanday javob berasiz ? A. pushkin , Maxtumquli , Anderson B. Navoiy , Bobur , Amir Temur C. Napoleon , Shekspir , Ezop D. Anderson , Alisher Navoiy , Bobur
Dushmanlarga asir tushmaslik uchun navkarlari bilan daryodan sakrab o’tgan buyuk sarkardani belgilang ? A. Amir Temur B. Jaloliddin Manguberdi C. Bobur D. Ibn Sino
Buyuk tabib va hakimni belgilang ? A. Ibn Sino B. Alisher Navoiy C. Amir Temur D. Bobur
Men qidirib ketayotgan zo’r tabiblarnng biri - tozalik . Ikkinchisi parhez. Uchinchisi - badantarbiya . bu misralar qaysi asardan olingan ? A. “ So’ngi damgacha “ B. Alpomishning bolaligi
C. “ Ibn Sinoning bolaligi “ D. Tabiat bilan suhbat
15. “ Donolarning donosi “ asari kim haqida ? A. Ibn Sino B. A. Navoiy C. Amir Temur D. J. Manguberdi
16. “Qish ertagi “ da kim o’zining dono maslaxatlari bilan quyonlar hayotini saqlab qoldi ? A. ayiq B. qizilishton C. tipratikon D. boyo’g’li
17. “ Sayilda” hikoyasi kim haqida? A. Bobur B. A. Navoiy C. A. Temur D. Al- Xorazmiy
18. Topishmoqning javobini toping : Boshi bor –u , sochi yo’q , Ko’zi bor-u , qoshi yo’q . Tangasi bor, puli yo’q , Qanoti bor, uchuvi yo’q .
A. baliq B. qaldirg’och C. shamol D. laylak
19. “Bahor yaqin “she’ri muallifi kim?
A. Kavsar Turdiyeva B. Zafar Diyor C. Quddus Muhammadiy D. Dilshod Rajab
20. Kim birinchilarda “ Xamsa” yozgan?
A. Ibn Sino B. Bobur C. Alisher Navoiy D. Rudakiy
21. Jilg’a chopar chuldirab , Bulut goho guldirab , Yomg’ir quyar shuvullab , Lola chiqar lovullab.
Shu she’riy parcha qaysi asardan olingan ?
“ Navro’z keldi” B. “ Bahor keldi “ C. “ Bahor yaqin “ D. Yurtim jamoli “
22.Bobur Mirzoning otasi kim bo’lgan ? A. Mirzo Yunusxon B. Husayn C. Umarshayx Mirzo D.Al- Xorazmiy
23. Myunxayzen qaysi asar qahramoni ? A.Pinnokioning sarguzashtlari B. Anbe va Ranbe C. Myunxauzenning boshidan kechirganlari D. Mittivoy va Karlson
24.”Moychechak”she’ri muallifi kim? A. Dilshod Rajab B. Tavfiq Fikrat C. Habib Rahmat D. Tursunboy Adashboyev
25.Kasblarning ranglari qanaqa ? she’riy asarda navvoyning rangi qanday? A. ko’k B. qora C. oq D. yashil
3-sinf O’qish IV-chorak
1.”Bahs “ asari qahramonlariga qanday fazilat etishmadi? A. Kamtarlik B.Sahiylik C. Maqtanchoqlik D. Donolik
2.”Anbe va Ranbe “ qaysi xalq ertagi ? A. qirg’iz B. hind C. qozoq D. rus
3. Qarg’a nima uchun dog’da qoldi? A.Topishmoqqa javob topa olmadi B. Yolg’onchiligi uchun C. Aqlsizligi uchun D. Aldagani uchun
4.Buratino qaysi asar qahramoni ? A. “ Pinnokioning sarguzashtlari” asaridan B. Anke va Ranbe C. Mittivoy va Karlson D. Bahs
5.Qirq ko’ylagi bor , Bir tugmasi yo’q . Topishmoqning javobi toping : A. karam B. piyoz C. sholg’om D. sabzi
6.Nikita nima uchun g’amg’in edi ? A. O’rtoqlari yo’qligi uchun B. Do’sti Umidjon kelmagani uchun C. Do’stlari xafa qilgani uchun D. Do’stlariga yolg’on gapirgani uchun
7.”Tilak” she’ri nima haqida ? A. Tinchlik va obod diyor haqida B. yaxshilik C. Do’stlik haqida D. istak
8.”Inson insonga o’rtoq “ she’ri muallifi kim? A. Faxriddin Hayit B. Hamidulla Yoqubov C. Dilshod Rajab D. Abdulla Oripov
9.”Do’stlikning bahosi” asaridagi boladagi sifatlar : A. Do’st uchun o’z jonidan kechuvchi B. Vatanni sevuvchi C. do’st tanlashda adashdi D. og’ir kunida yelkadosh bo’luvchi
10.”Yozning o’rtalari . Havo dim. Yo’l yurib charchagan Azamat o’tovga kirib, o’rtaga tashlangan ko’rpachaga cho’zildi .Qaysi matndan olingan ? A. “Oq tumshuq jasorati” B.Do’stlikning bahosi C. Ko’prik ustidagi do’st D. Tinchlik ko’chasi
11.Ko’chalar ta’rifi qaysi shoir ijodida uchraydi? A. Hamidulla Yoqubov B. Kavsar Turdiyeva C. Go’zal Begim D. Zafar Diyor
12.”Bolakaylarning yuzlarida quyosh porlardi , quyosh! Desam ularning sevinchlarini aniqroq ifodalagan bo’laman . Bu jumla qaysi hikoyadan olingan? A. “ Ko’prik ustidagi do’st B.Vatan haqidagi qo’shiq C. Oq tumshuq jasorati D. Do’stlikning bahosi
13. Bahor fasli oylarini yozing ? A. sentabr , oktabr , noyabr B. mart , aprel , may C. iyun , iyul , avgust D.dekabr , yanvar , fevral
14.Kelib ketar bir yilda , To’rt og’ayni har xilda .Topishmoqning javobini toping: A. to’rt fasl B. bulut C.chaqmoq D. quyosh
15.”May dasturxoni “ she’ri muallifi kim? A. Hmidulla Yoqubov B.Go’zal Begim C. Kavsar Turdiyeva D. Ulug’bek Hamdam
16.”Yoz zavqi “ matni muallifi kim? A. Ulug’bek Hamdam B. Ravshan Isoqov C. Hamidulla Muradov D. Sharifa Salimova
17. “Ilonchaning tug’ilgan kuni “ ertagidagi maymunchaning laqabi nima ? A. Chopi-chopi B. Tipa –tipa C. Ruki-ruki , moli-moli D. Chiy-chiy
18. “O’quvchilar oromgohida “ she’ri muallifi kim? A. Kavsar Turdiyeva B. Anvar obidjon C. Go’zal Begim D. Orif To’xyash
19. Askarga xos bo’lmagan xususiyatlarni ko’rsating ? A. Dovyuraklik va jasurlik B. Jismoniy sog’lom va baquvvatlilik C. Qo’rqoq , dangasa , kuchsiz D. Mard , yolqov, erinchoqlik
20. “Bezorilik qilganlarning jazosini beraman. U daraxtdan bu daraxtga , Qushdek uchib yuraman .Bu so’zlar qaysi she’riy asardan olingan ? A. Gorilla B. Sher C.“May dasturxoni D. Tilak
21.”Yonsa tutin chiqmaydi , Hesh yerga gard yuqmaydi . Bas , gugurt chaqsang faqat , qaynar choy , pishar ovqat. “ Topishmoqning javobini toping : A. tabiy gaz B. ko’mir C. bulut D. olov
22.Olmaxon Saki-saki ilonchaga nima tuhfa qildi? A. ko’zoynak B. Qo’lqop C.soyabon D. tort
23. 3-sinf “O’qish” darsligining muallifi kim? A. M. Umarova , X. Xamraqulova , R. Tojiboyeva B. Bikboyeva , Xudoyorov C. Xudoyberganova , Yo’ldasheva D. Umarova , Tojiboyeva
24.” O’quvchilar oromgohida “ asari muallifi kim? A. Sharifa salimova , B. Anvar Obidjon C. K. Turdiyeva D. Zafar Diyor
25.Bolalar nima bilan do’stlashib qolishdi ? A. futbol bilan B. kitob bilan C. kuchuk Olapar bilan D. Hamma javoblar to’g’ri
Do'stlaringiz bilan baham: |