“ KITOBNI SEV, UNGA DO’ST TUTIN! ”
Mahallamizda bir bola bor edi. Negadir, u hech ko’chaga chiqmasdi. Keyinchalik bilsam, u bola qandaydir og’ir dardga chalingan ekan. O’sha boladan hamma qochar, u bilan do’stlashgisi kelmasdi. Chunki, uning kasalligi boshqalarga ham yuqadigan edi. Shuning uchun, u uydan ko’chaga chiqmasdi. Uni ota-onasidan tashqari boshqa do’sti yo’q edi va u boshqa do’sti yo’qligidan, kasalligidan, to’shakka mixlanib qolgani va ota-onasining bexalovatligidan juda qattiq aziyat chekib, tuhkunlikka tushib qolgan edi. Shu tariqa oradan ancha yillar o’tdi. Hozirgi kunda o’sha bola ulkan bir kompaniya asoschisi va boshlig’iga aylangan. Bir kuni uning jurnalistlarga bergan intervyusini televizorda ko’rib qoldim. U o’z intervyusida shunday degandi: – Men bolaligimda juda og’ir dardga chalingan edim. Bu kasallik yuqumli bo’lgani uchun uydan ko’chaga chiqolmasdim. Kasalligim sal chekina boshlaganidan keyin menga bir xonada o’tiraverish yoqmay qoldi. Ochig’ini aytsam, judayam siqilib, judayam zerikib ketardim. Shunday qilib, kunimni o’tqazayotganimda, oldimdan ikki yo’l chiqdi. Men ulardan birini tanlashim kerak edi. O’sha ikki yo’lning birinchisi – telefon, ikkinchisi esa kitob edi. Albatta, bu ikki yo’lda men aslo zerikmasdim. Siz mening o’rnimda bo’lganingizda qaysi yo’lni tanlagan bo’lardingiz? Menimcha, barchangiz ikkinchi yo’lni tanlagan bo’lardingiz. Men esa kelajakni o’ylamasdan, birinchi yo’lni ya’ni telefonni tanladim. Shu tariqa telefon titkilab, bir necha kunlar o’tib ketdi. Kasalligim tufayli ota-onam judayam qiynalib ketishgan edi. Men ota-onamning yolg’iz farzandi, o’g’li va umidi edim. “Faqat telefon o’ynab, ota-onamning qiynalishini tomosha qilib yotaversam, kelajakda kim bo’laman? Ota-onamning orzularini qanday qilib, amalga oshiraman? “ - deb o’z-o’zimga savol berdim. Telefondan voz kechib, kitob o’qishga kirishdim. Kitob o’qiganim sari asardagi qahramonlarning irodasi va aqlli tadbirlari menga ibrat bo’la boshladi. Oxiri, kitob tufayli o’zimda kuch topa bilib, kasalligimdan forig’ bo’ldim. Kitob menga barcha narsani uddalay olish mumkinligini va buni unga do’st tutingan, uni sevgan, uni ko’z qorachig’iday asrab-avaylab, ardoqlagan inson amalga oshira olishini o’rgatdi. Kitob bilan dunyo qarashim, aql-u zakovatim kengaydi. Boshimdan o’tgan bu voqealar hech kimning boshiga tushmasligini xohlayman va barcha bolalar kitobni sevib, unga do’st tutunishlarini istardim. Men bularning barchasini ya’ni porloq kelajagimni kitob bilan yaratdim. Men kitob tufayli bu dunyoda, yurtimda o’z o’rnimni topa bildim. Ha, faqat kitob tufayli... Bu so’zlarni eshitib, kitob bilan do’st tutingan, sevgan va xuddi ota-bobolarimizdek kitobni ardoqlagan insonning kelajagi porloq bo’lishini, jamiyatda o’z o’rnini topa bilishini, hech kimga hech qachon xor bo’lmasligini, doimo obro’-e’tibori katta bo’lganlar qatorida bo’lishini va qaysi bir bola kitobni sevib, unga do’st tutinsa, kelajak o’sha kitobxonniki ekanligini tushunib yetdim.
Do'stlaringiz bilan baham: |