Bobur : Bu dard, bu hasrat, bu firoq. Sekin borib taxtga o’tiradi. Humoyin



Download 19,58 Kb.
Sana08.04.2022
Hajmi19,58 Kb.
#537407
Bog'liq
Bobur sahna 2
ozbek va qoraqalpoq tillarida ozlashma qatlam, Mashina va mexanizmlarning xavfsizligini ta'minlashga qaratilgan vositalarning zamonaviy turlari - uzbekshe, 6-SIN NAZORAT, Монах, который продал свой феррари ( PDFDrive ), Vektorlar va ular ustida amallar. Vektorning o’qqa nisbatan proy, Elementary , Bosqon, MEDITSINA DAFTARI ЖИЛТИ, 50-mavzu, ЭХМ нинг периферия курилмалари, ШК архитектураси 2006, Информатика 27, Сичконча, The Course of Love. A novel ( PDFDrive )

Bobur : Bu dard, bu hasrat, bu firoq. Sekin borib taxtga o’tiradi.

Humoyin: Nechuk undoq dersiz, hazratim

Bobur: Ko’nglimda allanechuk g’ashlik bor. (Biroz sukutdan so’ng hazin ohangda) Inson umri sham misoli yonib-yonib bir kun pasayarkan. Men ham umr bo’yi ayovsiz yondim.

Humoyin: (To’lqinlanib) Siz… Siz biz uchun ham yonib kuygansiz. Endi bu qarzni uzishga mening bor umrim ham yetmagay.

Bobur: (Xo’rsinib) Qarzingni menga uzolmasang farzandlaringa uzarsen. Temuriylarning ko’pchiligi fidoiylikni ututib yo’q bo’lib ketishdi. O’g’il otani o’ldirdi, tog’a singilga xiyonat qildi. Oqibatda bari razolatning qurboni bo’ldi undan ko’ra yaxshiliknng fidosi bo’lgan afzal emasmi? (Ko’z yoshini artayotgan Honzodabegimga qarab) Mana ammang Honzodabegim, Samarqandda meni qutqraman deb, o’zini asoratga soldi. Bu fidoiylik hamisha meni umrim davomida shunday bo’lishimga undab keldi. Sen ham endi singillaringni, farzandlaringni mardlikka, fidoiylikka o’rgatgin. (Tohirbekka qarab) Tohirbek.

Tohirbek: (Boshini egib, qo’li ko’ksida) Labbay, Hazratim.

Bobur: “Vaqoe”ni keltiring.

Tohirbek: Bosh ustiga, hazratim.
Tohirbek stol ustida turgan “Boburnomani” olib kelib Boburningqo’liga beradi.


Bobur: (Humoyinga qarab) Badxshonda “Vaqoe”ni so’ragan edingiz. Yozib tugalladim mana ola qoling. (Kitobni Humoyinga uzatadi. Humoyin ta’zim qilib kitobni oladi). Sendan iltimosib buni farzandlar ham o’qisin. Xatolarimni takror etmanglar yaxshi ishlarim oz bo’lsa ko’paytiringlar. Bu kitobdan nushalar ko’chirtirib Samarqang’a, Toshqang’a, Andijong’a munosib kishilarg’a yuboring. Men tug’ilgan yurt bilan aloqani uzmangiz, shoyat, bitgan kitoblar ikki aloqaning oradagi rishtalari bo’lsin.

Honzodabegim: (Ko’z yoshlarini dastro’molga artib, yig’i aralash) Aslo, also mundoq demang, Boburjoon. Men… Men sizdan besh yosh kattamen. Bu dunyodan ketish navbati avval meniki. Siz also taslim bo’lmang, inim. (Ortiga qarab, yelkalarini siltab-siltab yig’laydi )

Mohim: (Yig’i aralash) Mening ham … Mening ham hasratlarim sizni ancha хastalatdi, hazratim.( Boburning oldiga borib tiz cho’kadi). Meni kechiring.

Bobur: Mohimning yelkasidan tutib turishiga ishora qiladi. Siz meni kechirsangiz bo’ldi men sizdan rozimen. Faqat endi meni “hazratim” demang.
Mohim o’rnidan turib, Honzodabegimning oldilaiga borib Bir-birlarini asta quchoqlab yig’laydilar
Bobur: Humoyin, men sendan ham hali ota degan so’zni eshitganim yo’q.

Humoyin: (Tiz cho’kib, Boburning qo’llarini silab o’padi. Ko’zida yosh bilan) Padari buzrukvor, Otajonim. (Humoyin qaddini ko’tarib) Hazratim, siz menga saltanani bermoqchi bo’libsiz lekin… Lekin ishoning men toj-u taxtdan ko’ra sizning bir nafaslik umringizni afzal ko’rurmen, Otajon.

Bobur: Humoyin, men sendin rozimen. (Barchaga qarab) Endi mendan ham rozi bo’linglar.

Tohirbek: (Mungli va qat’iy ohangda) Hazratim toliqdilar. Ul kishi orom olmog’i darkor.
Barchalari ta’zim qilib chiqib ketadilar.


Bobur: (Honzodabegimga qarab) Opajon!

Honzodabegim: (Bobur tamon o’girilib) Labbay, inim.

Bobur: Opajon, Andijon osmonini eslaysizmi. (O’rnidan turib) Nafis havosi, purviqor tog’lari, qir-adrlarga to’la lolazorlari, go’zal bog’lari, hushmanzara, so’lim tabiati, bolalaigimiz kechgan go’zal vodiylar manzarasi, hamma hammasi huddi kechagidek ko’z o’ngimda, opajon.

Honzodabegim: Ha… Hammasi yodimda. Siz hali uzoq umr ko’rgaysiz. Barcha orzularingizga yetishgaysiz, Boburjon. Men bunga ishonurmen. Siz, siz o’zingizni ko’p urintirmang.

Bobur: Men …Men Andijonni qancha eslasam. Andijon so’zini qancha tilga olsam tanamga shuncha jon kirib, tomirimda qon shuncha jo’sh urgandek bo’ladi, opajon.

Honzodabegim: Endi orom olmog’ingiz darkor, Boburjon, inim. Sizni saltanat ishlari ham ancha toliqtirib qo’ydi. O’zingizni asrang. Boburjon, men Tohirbekni chorlay.
Ta’zim qilib, ko’z yoshini artib chiqib ketadi. Bobur yolg’izqolgach asta yurib bir qutichani oladi. Qutichani yerga qo’yib, o’zi ham cho’kkalb o’tiradi. Qutichani
asta ochadi. Ichidagi o’ralgan matoni yechib, undagi bir hovuch tuproqni siqimlab ko’zlariga surtadi.

Bobur: (Hazin ohangda) Taqdir bobom Temurbekdek jahongirga ne ne o’lkalarni hadya eti-yu, uning zuriyodi bo’lgan mendek g’aribga vataning bir hovuch tuprog’iga zor etdi. Men ham bobo Temurbekdek sarkarda bo’lmoqni, uning saltanatidek saltanat barpo etmoqni, Sanarqandni poytaxt etib, obod va faravon hayot qurmoani istagan edi. Bu istaklarimdan qay biri amalga oshdi-yu, qay biri ko’nglimda orzuligicha qoldi. Ko’nglimdagi barcha g’ashlik ana shundandir. (Bobur o’rnidan turib osmonga qarab iltijo qiladi) Lekin, lekin, Tangrim, sendan so’raymanki, mening bu orzularimni avlodlarim amalga oshirg’ay, avlodlarim buyuk ajdodlari izidan borg’ay. Ajdodlari ruhlari samodan turib ularni qo’llagay. Mening ruhim ham ularga madadkor bo’lg’ay shunda bu dunyodan armonim qolmas. Bobur asta yurib sahnani tark etib chiqib ketadi.
Download 19,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
axborot texnologiyalari
ta’lim vazirligi
zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
guruh talabasi
nomidagi toshkent
O’zbekiston respublikasi
toshkent axborot
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
o’rta maxsus
davlat pedagogika
rivojlantirish vazirligi
pedagogika instituti
Ўзбекистон республикаси
tashkil etish
vazirligi muhammad
haqida tushuncha
respublikasi axborot
toshkent davlat
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
таълим вазирлиги
O'zbekiston respublikasi
махсус таълим
vazirligi toshkent
fanidan tayyorlagan
bilan ishlash
saqlash vazirligi
Ishdan maqsad
Toshkent davlat
fanidan mustaqil
sog'liqni saqlash
uzbekistan coronavirus
haqida umumiy
respublikasi sog'liqni
coronavirus covid
vazirligi koronavirus
koronavirus covid
covid vaccination
qarshi emlanganlik
risida sertifikat
vaccination certificate
sertifikat ministry
o’rta ta’lim
pedagogika universiteti
matematika fakulteti
ishlab chiqarish
fanlar fakulteti
moliya instituti
fanining predmeti