7-seminar. Amir temur va temuriylar davrida harbiy san'at taraqqiyoti amir Temur xukmronlik qilgan davr Oʻzbekiston tarixida chuqur iz qoldirdi



Download 37,2 Kb.
Sana12.01.2022
Hajmi37,2 Kb.
#336626
Bog'liq
amir temur va yevropa harbiy san‘ati


7-SEMINAR. AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR DAVRIDA HARBIY SAN'AT TARAQQIYOTI

Amir Temur xukmronlik qilgan davr Oʻzbekiston tarixida chuqur iz qoldirdi. Bu davrda mamlakat moʻgʻul bosqinchilaridan ozod qilinib, yirik markazlashgan davlat – ulkan saltanat barpo etildi. AmirTemur oʻsha davrdagi eng jangovar armiya tuzishga muvaffaq boʻldi, harbiy strategiyani rivojlantirdi va shu sabablkatta gʻalabalarni qoʻlga kiritdi.

Toshkentda Amir Temur haykalini ochishga bagʻishlangan tantanalarda soʻzlagan nutqida Oʻzbekistan Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A. Karimov Amir Temur davlatining tuzilishi, uning harbiy san’ati asrlar davomida Sharq va Gʻarb mamlakatlari uchuy namuna boʻlib xizmat kilganligini alohida ta’kidlaganligi bejiz emas edi.

Amir Temur davrida mamlakatning nafaqat siyosiy kudratga, balki hokimiyatning mustahkam harbiy himoyaga ega ekanligi iqtisodiy va madaniy hayotning gullab-yashnashiga, tinch savdo va diplomatik aloqalarning rivojlanishiga tayanch boʻldi.

Amir Taragʻayning oʻgʻli Amir Temur 1336 yil 9 aprelda Kesh yaqinidagi Xoʻjailgʻor (Yakkabogʻ) qishlogʻida dunyoga keldi. U juda yoshligidanoq Movarounnahrdagi siyosiy hayotga aralasha boshladi. Bu davrda Chingizxonning ikkinchi oʻgʻli Chigʻatoyga tegishli boʻlgan ulusidagi moʻgʻul zodagonlari orasidagi oʻzaro urushlarda shaharlar va qishloqlar toʻxtovsiz talon-taroj qilinar, bu esa aholining iqtisodiy hayotiga salbiy ta’sir koʻrsatardi. Davlat ishlari butunlay izdan chiqqan edi. Moʻgʻuliston amirlarining Movarounnahrga vayronagarchilik yurishlari toʻxtovsiz davom etardi. Bu zulmga qarshi xalq orasida va mamlakat ichida yangi siyosiy kuch yetilib kelayotgan edi. Vayronagarchilik va talon-tarojlarning yana bir sababi Chingizxon tomonidan tuzilgan «Yaso» krnunlariga muvofik boʻysundirilgan shaharlar himoya devorlariga ega boʻlmasliklari haqidagi shart bilan bogʻliq edi. Bu esa bir-biri bilan toʻxtovsiz urush olib borayotgan moʻgʻul amirlarining talonchilik yurishlari uchun juda qulay imkoniyat edi.

Oʻz viloyatini koʻchmanchi zodagonlarning talon-tarojlaridan qimoya qilish maqsadida yosh Temur moʻgʻul xonlari xizmatiga kirib, Tugʻluq Temur yorligʻi bilan viloyat dorugʻasi etib tayinlanadi. Xon oilasiga mansub kizga uylanib, koʻragon, ya’ni, «xon kuyovi» unvonini olish orkali esa u viloyatda qonuniy hokimiyatga ega boʻladi.

1370-yilda Temur Amir Husaynni yengib, chigʻatoylar boshqaruviga barham bergach, qurultoyda Movarounnahr hukmdori deb e’lon qilindi. Amir Temur oʻz oldiga Oʻrta Osiyoda markazlashgan davlat tuzish maqsadini qoʻydi va Samarqandni poytaxt qilib tanladi.

Yosh amir yuksak harbiy iste’dodga va tayyorgarlikka ega edi. U oʻz oldiga markazlashgan boshqaruvga ega boʻlgan yirik davlat hamda kuchli armiya tashkil etish, uni oʻsha davrning eng zamonaviy qurollari va yordamchi vositalari bilan ta’minlash, moʻgʻullarning «Yaso» an’analaridan voz kechish, yirik shahar markazlarini mustahkamlash hamda mamlakat chegaralarida asosiy tayanch punktlari boʻlib xizmat qiluvchi shahar istehkomlari tizimini yaratish maksadini koʻyib, uni amalga oshirishga kirishadi.

Amir Temur davlatining harbiy kuchlari, uning tuzilishi, vazifalari, harbiy lavozim pogʻonalari, armiyaning davlatdagi oʻrni haqidagi koʻplab ma’lumotlar Amir Te­mur «Tuzuklari»da va oʻsha davrga mansub boshqa manbalarda saqlanib qolgan. Xususan, Gʻiyosiddin Ali Yazdiyning «Amir Temurning Hindistonga yurishi», Nizomiddin Shomiyning «Zafarnoma» kabi asarlarida, Zahiriddin Boburning «Boburnoma» asarida, Gʻarb mamlakatlaridan kelgan elchilar va harbiylarning esdaliklarida, jumladan, Amir Temur saroyiga yuborilgan ispan elchisi Rui Gonzales de Klavixo va yevropalik ritsar Shiltbergerning «Kundaliklari»da hamda keyingi mahalliy tarixchilari - Hofizi Abroʻ, Abdurazzoq Samarqandiylarning tarixiy asarlarida ham bu haqida ko’plab qiziqarli ma’lumotlar qayd etiladi.

Bu asarlarda Amir Temurning uzoq muddatli harbiy siyosati, harbiy taktikasi haqida qimmatli ma’lumotlar uchraydi.

XIX-XX asrlarga kelib, Amir Temurning harbiy mahopati haqida rus va Gʻarbiy Yevropa olimlari maxsus tadqiqotlar yaratdilar. Ular orasida, eng avvalo, M.I. Ivanin asarini ta’kidlash joiz. Unda muallif Amir Temur armiyasining tuzilishi, qurol-yarogʻlari, qarbiy \arakatlarni olib borish taktikasini muayyan geografik sharoitlar va dushmanning harbiy harakatlarining xususiyati bilan bogʻliq ravishda mufassal tahlil qilgan.

Gʻarbiy Yevropa adabiyotida hozirga qadar ham Amir Temurning harbiy mahoratiga bagʻishlangan ilmiy va ilmiy-ommabop materiallar e’lon qilinmokda. Bunga misol sifatida Devid Nikolning XIV-XV asrlardagi harbiy san’atga, koʻproq Amir Temurning hayot yoʻli va harbiy mahoratiga bagʻishlangan ishini aytib oʻtish mumkin. Uning tadqiqotida Amir Temurning tugʻilishidan boshlab to Oʻrta Osiyoda temuriylar hokimiyatining tugatilishi hamda Movarounnahrni 1500-yil Shayboniylar tomonidan bosib olinishiga qadar boʻlgan davr ichidagi harbiy voqealar bayon etilgan.

Mudofaa inshootlari. Amir Temur 1370-yilda hokimiyatni qoʻlga olgandan soʻng mamlakat poytaxti qilib tanlangan Samarqandga alohida e’tibor berib, oʻz davlati poytaxtini mustahkamlashni buyurdi. Shahar atrofida mustahkam asosga ega boʻlgan monumental devor barpo etildi. Shahar devorining katta qismi moʻgʻullar istilosigacha mavjud boʻlgan ichki rabot chegaralari boʻylab oʻtgan. Ana shu rabot asos, poydevor boʻlib xizmat qilgan. Lekin yangi shaharning chegarasi avvalgi shahar chegaralariga toʻliq moye emas edi. Zahiriddin Muhammad Boburning ma’lumot berishicha, devor yaxlit va ba­land uchli burjlari boʻlib, uzunligi 10.600 qadamni tashkil etgan. Shaharning ikki tabaqali oltita darvozalari har tomondan keladigan savdo yoʻllarining ichkariga kirish joyini qoʻriqlab turgan.

Qoʻrgʻon devorini barpo etish bilan bir paytda Amir Te­mur tomonidan shaharning gʻarbiy qismida 34 gektar maydonni egallagan ark bunyod etilgan. Amir Temur saroyiga kelgan ispan elchisi Rui Gonzales de Klavixoning ta’riflashicha, «Shaharning bir chekkasida qasr mavjud boʻlib, u tashqaridan qaraganda tekis yerda turgandek tuyuladi, aslida esa u chuqur jar bilan oʻralgan va bu jar qasrga hujum qilishga imkon bermagan».

Devorlar ikki qavat boʻlib, ular orasida yoʻlaklar mavjud boʻlgan. Dastlabki devor paxsadan qilingan boʻlib, qalinligi 2,1 metrni tashkil etadi. Tashqaridan 2 metr oraliqda tik­langan ikkinchi devor toʻrtburchakli xom gʻishtdan kurilgan. Minoralar silindr shaklida, ichki diametri 2,5 metr xom gishtdan tiklangan.

Keyingi ta’mirlash ishlari davomida shimol tomonda, qulab tushgan tashqi devor oʻrniga xom gishtdan yoʻlakni ham, minorani ham toʻsib turuvchi qalinligi 4,5 metr yangi devor qurilgan.

Arkning shimoliy-sharqiy burchagida suv manbai joylashgan, u ikkita maxsus minora yordamida mudofaa qilingan. U yerdan suv maxsus yer osti sopol quvurlar orqali Boʻston sa­royiga tortib keltirilgan. Arkning ikki darvozasi maxsus istehkomlar bilan mustahkamlangan.

Arkning devorlari va minoralari devor buzuvchi mashinalar hujumiga dosh beradigan darajada mustahkam kurilgan. Devorlarning balandligi ularning qalinligiga qaraganda uch marta ortiq boʻlgan.

Ark shahar chekkasida joylashganligi sababli u iqtisodiy hayotdan chetda boʻlgan. Shu tufayli hech qachon haqiqiy faol harbiy-ma’muriy markazga aylanmagan. Bu yerda Amir Temur tomonidan tayinlangan koʻgʻirchoq xonlar yashaydigan Kuksaroy va Boʻstonsaroy, ularga xizmat koʻrsatuvchi hammomlar, hovuzlar va omborlardan iborat yordamchi inshootlar majmuasi hamda xazina joylashgan. Kanal va yoʻl bilan ajratilgan janubiy qismda saroy xizmatchilari yashaydigan uylar, maxsus koʻrxona mavjud boʻlgan. Klavixonning ma’lumotlariga qaraganda, mazkur koʻrxonada Amir Temur tomonidan turli mamlakatlardan olib kelingan qurolsoz ustalar ishlaganlar. Bu ustalar Amir Temur armiyasi uchun qurol-yarogʻlar va harbiy aslahalar yasaganlar.

Amir Temur qoʻshini jangchilari ham shu yerda yashagan (ularning harbiy anjomi shu yerdagi uylardan birining yertoʻlasidan topilgan). Amir Temur arki XV-XVI asrlar­da bir necha marta qayta kurilgan. Arkning fakat ayrim qismlari saqlanib qolgan.

Bu davrga mansub shahar mudofaa inshootlaridan biri Shohruxiya boʻlib, u mamlakatning sharqiy chegaralarida joylashgan shahar-qal’alardan biri edi.

Amir Temur 1391-1392 yilda Sirdaryo kechuvi yonida, qadimgi Binokent shahri oʻrnida joylashgan mazkur punkt strategik jihatdan qulay mavqye egallaganiga e’tibor beradi. Binokent Chochning Buyuk Ipak yoʻli trassalarida joy­lashgan yirik savdo-hunarmandchilik markazlaridan biri boʻlib, moʻgʻullarga juda qattiq qarshilik koʻrsatganligi uchun 1219 yilda buzib tashlangan va oʻsha paytdan beri vayrona holatida yotgan edi. Temurning buyrugʻi bilan 1392 yilda qal’a qaytadan quriladi.

Qal’ani barpo etishda jarlarga aylangan qadimgi ariqlardan va tik qirgʻoqli daryoning himoyalovchi oʻrnidan ham mohirona foydalanilgan.

Minoralar ikki yarusli boʻlib, dumaloq shaklda, devorlardan 4,5 m tashqariga chikqan holda tashqi va ichki tik fosila quyiga tomon kengayib boruvchi tarzda qurilgan, xandaq ustida ayvonchalar boʻlgan. Quyi yarusni kator terilgan toʻsinlar bilan bekitganlar va ular yelpigʻich shaklida tashqariga yoʻnaltirilgan. Toʻsinlarning uchlari xandaq tepasidagi devordan chiqib turgan. Bu maxsus usul boʻlib, u birinchidan dushman tomonidan oʻzi devor buzuvchi qurilmalarni minoralar yoniga olib kelishi va arqonlar yordamida narvonlar qoʻyishiga toʻsqinlik koʻrsatish uchun moʻljallangan: ikkinchidan, ularga kigiz osib qoʻyilgan va dushman oʻqlari ana shu kigizlarga sanchilib qolgan: uchinchidan, ichiga jangchilar kirib olgan maxsus kutilar ana shu toʻsinlarga mahkamlanib pastga yoʻnaltirilgan va qutidagi jangchilar devor tagigacha yetib kelgan dushman askarlarini oʻqqa tutganlar.

Minoraning quyi yarusi qurol-yarogʻ ombori sifatida xizmat qilgan. Bitta ana shunday omborda 236 ta otish uchun moʻljallaigan tosh-yadrolar topildi. Minora yonida - devor biqinida jangchilarning dam olishlari uchun moʻljallangan, supalarga ega boʻlgan maxsus yoʻlaklar boʻlgan.

Darvozalar yonidagi eng muhim joylarda yirik darvoza oldi minoralari va shahar darvozalariga olib keluvchi yoʻllarni nazorat qiluvchi tashqi istehkomlar joylashgan.

Xullas, XIV-XV asrlarda ham devor buzish texnikasiga, devorlar va minoralarni vayron qilishga qodir boʻlgan kuch­li toshotar qurollarga ega boʻlgan dushmandan himoyalanishga moʻljallangan katta qalinlikdagi monumental, koʻp hollarda metin devorlar qurish yanada rivojlangan.

Qoʻshin tuzilishi, harbiy qurol-aslaha va kiyimlar. Amir Temur markazlashgan davlat barpo etib, eng avvalo uning harbiy salohiyatini kuchaytirishga katta e’tibor qaratdi. Shu maqsadda muntazam qoʻshin tuzishga. unga yangiliklar kiritishga harakat qildi. Amir Temur sharkda birinchilardan boʻlib oʻz armiyasiga oʻt ochar qurol, ya’ni toʻp-ra’dni olib kirdi. Shuningdek, u togʻli hududlarda jang harakatlari olib boruvchi piyodalardan tuzilgan maxsus harbiy qismlarni tashkil qildi. U jahon harbiy san’ati tarixida birinchi boʻlib koʻshinni jang maydonida yetti qoʻlga boʻlib joylashtirish tartibini joriy etdi. Amir Temur armiyasida ayollardan tuzilgan boʻlinmalar boʻlib, ular jang chogʻi erkaklar bilan bir safda turgan, kahramonlik va matonat namunalari koʻrsatgan.

Amir Temur tuzgan harbiy qoʻshinida muntazam armiyaga xos boʻlgan koʻpgina belgilar namoyon edi: xususan, qoʻshin son jihatdan aniq va puxta tashkil qilingan, uning jangovar tartibi jangdan-jangga takomillashtirilib borilgan, armiya oʻz zamonasining ilgʻor qurol va texnikasi bilan qurollangan, aynan bir turdagi qurol-yarogʻ, aslaha-anjom bi­lan ta’minlangan qismlar bir-biridan kiyim-boshi, tutgan bayroq yoki tugʻi orqali ham farqlangan. Bunday ajralib turish jang paytida qoʻshinni boshqarishda juda qoʻl kelgan.

Qoʻshinning qism, polklarga taqsimlanishi, har biri uchun ma’lum bir turdagi askariy kiyimlarning joriy etilishi kabi yangilislar keyinchalik yevropalik xalqlar tomonidan ham oʻzlashtirildi.

Qoʻshin piyodalar va otliq askarlardan iborat edi. Temur piyodalarning ahamiyatiga moʻgʻullardan koʻra koʻproq e’tibor bergan. Uzok yurishlar vaqtida xarakatlanishi uchun piyodalar xam otlar bilan ta’minlangan. Piyoda askarlardan oʻk-yoy bi­lan otishmalarda ham, kal’alarni shturm qilishda ham foydalanilgan. Shuni qayd etish lozimki, aniq nishonga oʻq otish lozim boʻlgan paytlarda otliq qoʻshin ham otlaridan tushib, yayov holda harakatlangan.

Biroq, asosiy rolni otliq qoʻshin oʻynagan. Ular tez harakat qiluvchi safarbar yengil suvoriylarga va ogʻir qurolli otliqlarga boʻlingan. Ogʻir qurollangan otliq qoʻshinning vazifasi dushmanga hal qiluvchi zarbani berishdan iborat edi. Agar moʻgʻullarda ogʻir qurolli otliqlar oxirgi zaxira sifatida va xonni qoʻriqlash maqsadida foydalanilgan boʻlsa, Amir Temur jangda ularning rolini yanada orttirdi. Ogʻir qurollangan suvoriylarning katta qismini sara otliq koʻshinlar tashkil etgan. Amir Temur qoʻshinlarida xos soqchilar va gvardiya xam mavjud boʻlgan. Shuningdek, asosiy jangovar boʻlipmalardan tashqari quyidagi harbiy-yordamchi qismlar ham bor edi:

Qamal qiluvchi, tosh otuvchi mashinalar, «yunon olovi»ni otuvchi, devor buzuvchi texnikadan iborat oʻziga xos ar­tilleriya.

Har doim qoʻl ostida turish lozim boʻlgan vositalarni tayyorlash, koʻpriklar qurish, kemalar yasash, kema haydash va hokazo ishlar uchun maxsus ustalar otryadi.

Jangda foydalaniladigan, qoʻl ostidagi jangovar vositalar va hayvonlarni (tuyalar, hoʻkizlar, fillar) boshqarish otryadi.

Togʻlarda harbiy harakatlar olib borish uchun daralardan oʻta oladigan va baland qoyalarni shturm qila oladigan maxsus piyoda boʻlinmalar. Shu tariqa, Amir Temur harbiy qoʻshin tarkibini boyitib, yanada kengaytirdi xamda har kanday sharoitlarda jang olib borishga moslashtirdi.

Yurishga joʻnashdan oldin Amir Temur arkoni davlat, vazirlar, sarkardalar, beklar, amirlarni harbiy kengash – mashvaratga chorlagan. Ayni chogda ulusning turli viloyat va tumanlardan, shuningdek tobe yurtlardan qoʻshin toʻplash uchun maxsus buyruq - tunqal e’lon qilingan. Farmon kerakli joylarga yuqori mansab egasi, bosh qoʻmondonning ad’yutan­ta – tavachi tomonidan tezlik bilan yetkazilgan. Tavachining zimmasiga askar jamlashdan tashqari koʻshin qismlarining qarorgoh yoki safardagi oʻrni, jangovar tartibni xamda bir joydan ikkinchi joyga koʻchishini nazorat qilish ham yuklatilgan edi.

Tunqalga binoan viloyat hokimlari, tuman yoki shahar beklari, qal’a, qoʻrgʻon dorugʻalarining Amir Temur tomoni­dan tuzilgan roʻyxatga muvofiq, oʻz jangchilari, zarur ot-ulovi, qurol-yarogʻi, ozik-ovqati, yem-xashagi bilan belgilab qoʻyilgan joyga (miodga) oʻz vaqtida, kschikmasdan yetib kelishi shart hisoblangan.

Piyoda askarlar asosan kilich, kamon va kerakli miqdordagi oʻq bilan safarga chiqqan. Avvaldan maxsus tanlab, belgilab koʻyilgan joyda - miod yerida oliy bosh koʻmondonning qarorgohi tikilgan va u turli rangdagi tugʻ hamda bayroqlar bilan bezatilgan. Belgilangan vaqt (miod vaqti) da lashkargohga yetib kelgan askarlar qat’iy tartib va intizom bilan oʻz boʻljar (pozisiya)larini egallagan hamda yurish oldidan oʻtkazilajak an’anaviy harbiy koʻrikka puxta tayyorgarlik kura boshlagan.

Soqibqiron yurish paytida tajribali sipohiylarga katta ishonch bildirgan. Koʻp sonli janglarda suyagi qotgan, urushni oʻzining bosh mashgʻuloti deb hisoblagan harbiylar safar boshlanishidan avval jam qilingan, ular kirim-chikim daftariga, shuningdek davlatdan maosh – ulufa, oziq-ovqat, yem-xashak oluvchilar roʻyxatiga kiritilgan.

Run Gonsales de Klavixoning guvohlik berishicha, qoʻshin toʻplash toʻgʻrisida farmoni oliy e’lon qilinishi bilan askarlar oʻz oilasi, asbob-aslahasi, mol-mulki bilan miod yeriga yetib kelgan. Oʻrdagohdagi Sohibqironning saropardasi atrofida xar bir qism va boʻlinmalarning chodirlari tikilgan. Oddiy askardan yirik sarkardagacha har kim oʻz joylashish oʻrnini aniq bilgan. Barcha ishlar tartib-intizom bilan, shovqin-suronsiz bajarilgan. Qoʻshin bilan birga qassoblar, bakovullar, kovurilgan va pishirilgan goʻsht bilan savdo qiluvchilar, arpa va meva sotuvchilar, novvoylar ham koʻchib yurgan. Turli kasb egalari askarlarga xizmat koʻrsatgan. Hatto koʻchma hammomlar ham jangchilar xizmatida boʻlgan.

Tuzilishiga koʻra Amir Temur armiyasi oʻn, yuz, ming va tumanlarga taqsimlangan. Ularga oʻnbegi, yuzbegi, mingbegi va tumanbegilar sardorlik qilgan.

Amir Temurning jangovar taktikasiga koʻra, agar dushman 12 mingdan ortiq, lekin 40 mingdan kam jangchiga ega boʻlsa, Amir Temur ularga qarshi qirq ming kishidan kam boʻlmagan qoʻshin joʻnatgan. Lashkarboshi sifatida oʻz oʻgʻillaridan birini tayinlab, uning yoniga ikkita tajribali amirni va boshqa harbiy boshliqlarni qoʻshgan. Bu qoʻshinlar uchun jan­govar tartib quyidagicha edi: qoʻshin 14 qismga boʻlinardi, bu qismlardan biri, umumiy korpus sonining 1/3 qismidan kam boʻlmagan miqdorida sarkarda boshchiligida zaxirada turgan; oʻng va chap qanotlarga uchtadan qism tayinlangan, ular ikkinchi chiziqni tashkil etgan; mazkur qismlardan bittadan ajratib olingan va ular avangorda turgan, boshqalari har bir qanotning oʻng va soʻl yonini tashkil etgan; oʻng va chap qanotlar avangʻorlari oldida yana uchtadan qism joylashtirilgan va ular birinchi chiziqni tashkil etgan, bulardan ham bitta­dan qism avangor sifatida ajralib olingan, bu qismlarga qilichlar, nayzalar va oʻq-yoylar bilan qurollangan tajribali va botir jangchilar tayinlangan. Ular jang paytida suron solishlari va dushman avangʻorini sarosimada qoldirishlari kerak edi.

Amir Temur amal kilgan qoidalarga koʻra, yaxshi boshliq dushman qoʻshinining sonini bilib olgandan soʻng, unga karshi oʻz qoʻshinlarini qoʻya olishi uchun dushman nima kilayotganini, uning oʻqchilari kanday, qilichbozlari qanaqa ekanligini kuzatishi, jangning borishini nazardan krchirmasligi, dushman oʻzini zaif qilib koʻrsatib, uni pistirmaga duchor kilmasligiga benihoyat ehtiyotkor boʻlishi lozim edi. Mohir lashkarboshi janglarning butun mexanizmini tushunishi, dushmanning niyatlarini payqab olishi va uning rejalarini barbod qilish uchun barcha vositalardan foydalanishi zarur boʻlgan.

Jangni qoʻshin oldida boruvchi, ilgʻor otryadlarni tash­kil etuvchi, kamonchilarga ega boʻlgan avangʻor qoʻshin boshlab bergan. Asosiy avongʻor asta-sekin birinchi chiziqdagi avongʻorlar koʻmagida kuchaytirilgan, soʻngra shu chiziqdagi boshqa qismlar ham unga koʻmak bergan. Avval markazga yaqin, soʻng tashqi qismlar yordamga yuborilgan. Agar bu hamlalar jang taqdirini hal qilmasa, u holda, aynan shu tartibda ikkinchi chiziqdagi qismlar jangga olib kirilgan. Agar bu ham kamlik qilsa, jang takdirini hal etmasa, u holda boshliq hech ikkilanmay, eng saralangan jangchilardan tash­kil topgan oʻz zaxirasini jangga kiritishi zarur edi. Ular dushmanga tashlanib, unga yomgirdek oʻq yogʻdirganlar. Agar shunda ham gʻalabaga erishib boʻlmasa, boshliq boshqalarga oʻrnak koʻrsatib, oʻzi jangga kirishi, jang qilayotganlarni ilhomlantirishi l ozim boʻlgan. Har qanday holatda ham qoʻshin bayrogʻi koʻzdan yoʻqolmasligi zarur edi.

Agar dushman qoʻshini 40 mingdan ortiq boʻlsa, unga qarshi Amir Temurning oʻzi otlangan. Bunda qoʻshin jangga kirish uchun quyidagi tartibda boʻlingan: qirqta harbiy qism bevosita Amir Temurning qoʻmondonligi ostida boʻlgan, ulardan 12 ta saralangan qism birinchi qatorni, qolgan 28 tasi ik­kinchi va uchinchi katorlarni tashkil etgan. Uning oʻgʻillari va tajribali amirlari boshchiligidagi qoʻshinlar mazkur qirq boʻlinmaning oʻng qanotini tashkil qilgan, qarindoshlari va ittifoqchilari boshchiligidagi qoʻshinlar esa chap qanot ol­dida joylashgan. Bu qismlarning hammasi zaxirani tashkil etgan va agarda yordam zarur boʻlib qolsa, oʻsha yerga yuborilgan.

Oltita boʻlinma asosni yoki oʻng qanotning ikkinchi qatorini, bir boʻlinma esa uning avangʻorining tashkil etgan. Ikkinchi qatorning har ikki qanoti oldida birinchi qator (xuddi oʻsha tarkibida va qismlar soni ham oʻsha miqdorda) joylashgan. Birinchi qatorning fronti oldida tajribali kamonchilardan tuzilgan boʻlinmalardan iborat katta avangʻor turgan, boʻlinmalar soni oldingidek boʻlgan. Bu avangʻor oʻz ol­dida yana bir boʻlinmaga ega boʻlib, u avangʻorning avangʻorini tashkil etgan. Yengil qurollangan ikki otryad ilgʻor postlar va qorovullar yordamida armiyani kutilmagan hujumlardan toʻsib turgan va dushmanni kuzatib borgan. Yengil qurollangan qoʻshinlar va oldingi avangʻor jangni boshlab bergan, asosiy avangʻor boshligʻi ularga koʻmak berib turgan. Avval birinchi, soʻngra ikkinchi avangʻorni ishga solgan. Agar bu yordam bermasa, jangga zaxiraning oʻng va soʻl kanotlari kiritilgan. Agar ushbu harakatlar ham gʻalabani ta’minlay olmasa, u holda za­xiraning qolgan boshqa hamma qismlari urushga kiritilgan va qat’iy, hal qiluvchi hujumni amalga oshirgan.

Amir Temurning farmoyishiga binoan, atoqli lashkarboshilardan toʻrttasi birinchi darajali sarkarda, ya’ni beklarbegi mansabiga tayinlangan. Dongdor amirlardan biriga amirul-umaro lavozimi berilgan va u oliy bosh qoʻmondonning, ya’ni Amir Temurning noibi vazifasini ado etgan. Sohibqiron bevosita ishtirok etmagan urush va janglarda amirul-umaro qoʻshinga qoʻmondonlik qilgan.

Zikr etilganlardan tashqari, qoʻshin qoʻmondonligiga yana oʻn ikki bek jalb etilgan. Ming kishidan iborat suvoriylarga birinchi bek, ikki ming otliqlardan tashkil qilingan guruhga ikkinchi bek, uch ming otliqli favjga uchinchi bek va shu tartibda oʻn ikki ming otliq askarlardan tuzilgan qoʻshinga oʻn ikkinchi bek sardorlik qilgan. Quyi pogʻonada turgan qoʻmondon oʻzidan yuqori lavozimni egallab turuvchi sarkardaga boʻysungan.

Amir Temur armiyasining turli qism va boʻlinmalariga uch yuz oʻn uch bek boshchilik qilgan. Ularning dastlabki yuztasi oʻnbegilik, ikkinchi yuztasi yuzbegilik, uchinchi yuztasi esa mingbegilik rutbalarini egallagan. Tumanlarga Sohibqironning farzandlari, nabiralari hamda amir Shayx Nuruddin, amir Hoji Sayfuddin, amir Shohmalik, amir Alloxdod, amir Jahonshoh singari nomdor lashkarbo­shilar rahbarlik qilgan. Janglarda qahramonlik va mardlik namunalari koʻrsatgan sara jangchilar munosib ravishda taqdirlanib, oʻnbegi, takror jangovar xizmatlari evaziga yuzbsgi va nihoyat, mingbegi amaliga koʻtarilish imkoniyatiga ega boʻlgan.

Tarixiy manbalarda keltirilgan ma’lumotlarga qa­raganda, otliq askarlar Amir Temur armiyasining zarbdor qismi hisoblangan, ular ogʻir va yengil qurollar bilan qurollangan suvoriy guruhlarga boʻlingan. Yoy, sadok va qilich bilan yengil qurollangan otliqlar asosan razvedka va soqchilik bilan shugʻullangan, oʻta zarur chogdagina dushman kuchlari bilan jang qilish huquqiga ega boʻlgan.

Dubulgʻa, zirh (sovut), qilich, yoy, sadoq, qalqon va nayza bilan ta’minlangan ogʻir qurolli suvoriylar sara jangchilardan tuzilgan, gʻanimning asosiy zarbasiga qarshi turgan, jang natijasini hal etishda katta rol oʻynagan. Ogʻir qurolli suvoriylar qilichlar, oʻk-yoy, oʻqlar bilan qurollanganlar, shuningdek, ularning dubulgʻa va qalqonlari hamda ikkitadan otlari boʻlgan. Anjomlar uchun ham joy qolishni moʻljallab, har besh kishiga bir chodir berilgan.

Ogʻir qurolli jangchilarning maxsus otryadlari oy-bolta, shamshirlar, qilichlar bilan qurollangan, otlarga hayvonlar terisidan tayyorlangan yopqichlar yopganlar. Bular xos soqchilarda ham boʻlishi mumkin edi. Qilich chap tomonga, shamshir oʻng tomonga taqilgan. Oʻn boshi bitta chodir, 5 ta ot, qilich, oʻq-yoy, oʻqlar, kistan, choʻkmor, sovut va qalkonga ega boʻlgan.

Mingboshining oʻtovi oldida ayvon yoki soyabon boʻlgan. Oʻtovda bir qancha qurol-yarogʻ zaxiralari: sovutlar, dubulgʻalar, qalqonlar, nayzalar, sadoqlar, oʻklar saqlangan.

Birinchi toifali amirlar ikki poyali oltin bilan tikilgan chodir da yashagan. Yana bir chodirda esa jangchilarni ta’minlash uchun qurol-yarogʻ zaxiralari boʻlgan. 2-12-darajadagi oliy toifadagi amirlar yanada koʻproq qurol-yarogʻ zaxiralariga va ehtiyot qismlarga, otlarga ega boʻlganlar. Birinchi amir oʻzi bilan 110 ta, ikkinchi amir 120 ta, bosh koʻmondon 300 tadan kam boʻlmagan miqdorda ot olib yurgan.

Piyoda jangchida qilich, oʻq-yoy, oʻqlar boʻlgan. Masalan, Ol­tin Oʻrda xoni Toʻxtamishxonga qarshi yurishda har bir piyoda jangchi oʻzi bilan 30 ta oʻq olib yurgan. Demak, bular faqat yengil piyodalar qoʻshini boʻlgan. Vaziyat taqozo qilganda otliq askarlar otdan tushib ogʻir piyoda koʻshin oʻrnini bosishi mum­kin boʻlgan.

Yakka tartibdagi himoya vositalaridan eng avvalo, sovutlarga katta e’tibor berilgan. Avvalgi davrlarda, dushman ustiga doʻldek oʻq yogʻdirilib, quyundek xujum kilish usuli katta oʻrin tutgan edi. U paytlarda sovutlar asosiy himoya vositasi sifatida asosan, metall plastinkalar qadalgan charmdan iborat boʻlgan. Garchi tizzaliklar na yengchalar ham boʻlgan esada, sovutlar asosan koʻkrakni ximoya qilgan.

Ogʻir sovutlar xonni qoʻriqlovchi saralangan suvoriylar va hal qiluvchi soʻnggi lahzada urushga kiruvchi bahodir jangchilarda boʻlgan.

Amir Temur armiyasida yengil otliq qoʻshinni himoya qilishga, ogʻir qurollangan suvoriylar qatorlarini koʻpaytirishga e’tibor beriladi.

Sovutlarning asosiy qismi bir nechta xildagi jibalardan iborat edi. Ancha yengil xildagisi tasmali jiba boʻlib, ular dumaloq, toʻrt burchak, choʻziqroq, romb shakllaridagi me­tall plastinkalarga, jangchi tanasining oʻq tegishi mumkin boʻlgan joylarini, eng avvalo, koʻkrak, yelka, qoʻllar va tizzalarni toʻsishiga xizmat qiluvchi plastinkalar toʻplamiga ega edi. Jangchilar otining peshonasiga manglaylik kiydiriladi.

Harbiy yurishlar paytlarida tunash uchun va urush paytlari oʻrda sifatida joylashtirilgan qoʻshin qarorgohi maxsus soqchilar tomonidan qoʻriqlangan. Amir Temur qoʻshinlarga uning oʻzi boshchilik qilgan vaqtda qarorgohni toʻsatdan boʻladigan hujumlardan ximoya qilish uchun 12000 otliq askar tayinlangan; ularning 3000 tasi har bir daf’ uchun tayinlangan. Bunday hollarda Amir Temur qarorgohi handaqlar bilan oʻrab olingan va gʻovlar hamda jiblar bilan mustahkamlangan.

Ushbu qoʻshinlar qarorgohdan yarim farsax uzoqlikda joylashib, oldinga postlar joʻnatganlar, ular oʻz navbatida oʻz oralaridan soqchilar qoʻyganlar, soqchilar bir-birlari bilan muntazam aloqada boʻlib turganlar va dushman haqida olingan barcha ma’lumotlarni qarorgohga yetkazganlar.

Qarorgohning oʻzida maxsus mirshablar boʻlgan va ular tartibni saqlash, savdogarlar, oziq-ovqatlarning narxi ustidan nazorat qilganlar hamda qarorgohda yuz berishi mum­kin boʻlgan oʻgʻriliklar uchun javobgar edilar. Toʻrtta max­sus guruh jangchilarning qarorgohdan tashqaridagi xavfsizligini kuzatib borgan, talon-taroj, qotillik yuz bergan hollarda, agar bu voqea qarorgohdan toʻrta farsaxgacha masofada yuz bersa, mas’uliyat ularning zimmasiga tushgan.

Qoʻshin uchun oziq-ovqat (tagʻor) jamlash muhim ahamiyat kasb etar edi. Bu vazifa Alloxdod, Oq Temur bahodir singari sarkardalar zimmasiga yuklatilar edi. Sharafuddin Ali Yazdiyning yozishiga koʻra, Amir Temur Dashti Qipchoqqa qilingan yurish (1390-1391) oldidan qoʻshinni bir yilga yetadigan oziq-ovqat, qurol-yarogʻ, kiyim-kechak va boshqa safar uchun zarur ashyolar bilai ta’minlashni oʻz noiblariga buyurgan. Har bir suvoriyga bitga yoy, 30 ta oʻq, bir sadoq, bir qalqon va bitta qoʻshimcha ot ajratilgan, yurish vaqtida har oʻng jangchi bir chodir, ikki belkurak, bir kerki, bir oʻroq, bir arra, bir tesha, bir bolta, 100 dona nina olgan.

Abdurazzoq Samarqandiyniig kayd etishicha, har bir jangchining, arkon, bir dona pishiq teri va bitta qozon olib kelishi lozim bulgan.

«Amir Temur tuzuklari»da ta’kidlanishicha, safar chogʻida oddiy askarning har oʻn sakkiztasiga bitta chodir be­rilgan. Har bir jangchi ikkita ot, yoy, sovut, qilich, juvoldiz, qop, oʻnta nina, arra va teri xalta (chanach)ga ega boʻlgan. Ularning xar bittasi dubulgʻa, sovut, qilich, oʻq-yoy, sadoq va buyruqda koʻrsatilgan miqdorda ot bilan ta’minlangan.

Oʻnbegining alohida chodiri boʻlgan. U sovut, qilich, oʻq-yoy, sadoq bilan qurollangan va beshta qoʻshimcha ot olish huquqiga ega boʻlgan. Yuzbegining ham alohida chodiri boʻlgan. Uning qurol-yarogʻi qilich, oʻq-yoy, sovut, sadoq, gurzi, oyboltadan iborat boʻlgan. Unga oʻnta qoʻshimcha ot berilgan. Mingbegi chodirdan tashqari soyabon bilan ham ta’min etilgan. Dubulgʻa, zirh (chahoroyna), sovut, nayza, qilich, sadoq va oʻq singari rang-barang qurol turlari bilan qurollangan.

Ispan elchisi Klavixoning qayd etishicha, Amir Temur har bir yurishi chogʻida mohir qurolsoz ustalarni qarorgohiga olib kelgan, uning poytaxti Samarqandda joylashgan arkda qurol-yarogʻ va qalqonlar yasash bilan shugʻullangan mingga yaqin qurolsozlarning maxsus ustaxonalari boʻlgan.

Amir Temur qoʻshinlarining harbiy jang san’ati. Taktika jihatdan Amir Temur armiyasi oʻziga xos xususiyatlarga ega edi. Qoʻshin yetti qism – yeti qoʻlga ajratilgan, qismlarning jang maydonida hamda yurish vaqtida talab darajasida harakat qilishi uchun zarur tadbir va rejalar ishlab chiqilgan, ularni jang paytida operativ boshqarishga alohida katta e’tibor qaratilgan. Amir Temur oʻnlik, yuzlik, minglik hamda tuman qoʻmondonlarini tanlash masalasiga bevosita raxbarlik qilgan. Lashkarboshilik salohiyatiga ega boʻlgai qoʻmondonlarning toʻgʻri tanlanganligi va oʻz joyiga qoʻyilganligi aksar hollarda jang natijasining muvaffaqiyatli yakunlanishiga sezilarli ta’sir koʻrsatgan.

Sohibqironning harb san’ati rivojiga qoʻshgan ulkan xizmatlaridan yana biri - qoʻshin qanotlarini jang chogʻida dushman hujumidan muhofaza qilish va aksincha, dushman kuch­larini yon tomonidan aylanib oʻtib, unga ort tomondan zarba berish maqsadida tuzilgan otliq qismning joriy etilishidir. Bunday mutlaqo yangi harbiy qism, tarixning guvohlik berishicha, Aleksandr Makedonskiy, Gannibal, Lyudovig XIV, Buyuk Fridrix, Chingizxon kabi dongdor sarkardalar qoʻshinida boʻlmagan. Faqat XIX asrning atoqli lashkarboshisi Napoleon Bonapart armiyasining jangovar tartibida qoʻshin qanotlarini himoyalovchi qism mavjudligini kuzatish mumkin. Harbiy mutaxassislarning qayd etishicha, Napole­on Bonapart Sharq mamlakatlariga harbiy safar qilishdan avval Amir Temur armiyasi tuzilishini, uning jang olib borish yoʻl-yoʻriqlarini sinchiklab oʻrgangan, zarur topgan tak­tik usullarni oʻzlashtirgan.

Amir Temur dushmaniga qoʻqqisdan qaqshatqich zarba be­rish usuli bilan shuhrat qozongan edi. Gʻanim oʻrdagohi aniqlangach, aksariyat hollarda Sohibqiron unga maxfiy yoki oʻtish oʻta mashaqqatli boʻlgan, hech bir kimsaning oyogʻi yetmagan dovonlar, daralar, soʻqmoqlar, togʻu toshlar orqali, tunda ulovlarni jilovidan tutgan tarzda yaqinlashar, quyosh oʻzining zarrin nurlarini bepoyon zamin uzra socha boshlashi bilan gʻaflat uykusida yotgan dushmanga kuyundek yopirilar edi.

Amir Temur harbiy yurishlarga koʻprok koʻklam, yoz va kuz oylarida otlanishni ma’qul koʻrar, kishning qahraton kunlarini aksar qishlov uchun moʻljallangan qishloqlarda oʻtkazardi. Jangu jadal va muhoraba anjomlari tartibga solinib, jibaxona, ya’ni qurol-yarogʻ omboridagi jibalar sipohiylarga ulashilib, yurish muhlati yetib kelgach, qoʻshin otlarga mingan. Ayni paytda oʻgʻruq (oboz) xam yoʻlga chiqkan. Sohibqiron harbiy kuchlarining umumiy miqdori 800 ming atrofida boʻlishiga qaramay, yirik yurishlarda ishtirok et­gan lashkar soni 100 ming bilan 250 ming atrofida boʻlgan. 1404 yil oxirida Xitoy safariga otlangan koʻshin soni 272 ming 612 kishidan iborat edi.

Sharafuddin Ali Yazdiyning ta’kidlashicha, safar tartibiga koʻra har bir tumanbegi, mingbegi, yuzbegi, oʻnbegi oʻz darajasi, mavqyei va safda egallagan oʻrniga karab kiyem va boʻlinmalari bilan jangovar tartibda harakat qilgan. Tartibni buzgan shaxe oliy bosh qoʻmondon tomonidan qattiq jazolangan. Qoʻshin dam olishga toʻxtaganda yoki janggohga tushganda lashqargoh atrofi bir-biriga zanjirband qilingan aravalar bilan mahkam oʻralgan, shox-shabbalar bi­lan toʻsilgan, girdiga chetan-chapar koʻyilgan, ichiga moʻndu oʻrnatilgan xandaqlar bilan ihota qilingan. Istehkom kunduzgi - yazak va tungi - taloya soqchi boʻlinmalar yordamida qoʻriqlab turilgan. Gʻanimning qorasi koʻrinishi bilan lashkar xandakdan chiqqan hamda jangovar saf tuzgan holda unga qarshi yuzlangan. Yurish yoki muhoraba chogʻida boshboshdoqlik hamda parokandalikka yoʻl koʻymaslik maqsadida har bir boʻlinma, guruh, qismning oʻz oʻron - paroli belgilangan.

Aksariyat vaziyatlarda gʻanimni janggohga kiritish maqsadida Sohibqiron oʻzini zaif qilib koʻrsatar edi. Ushbu strategik hiyla (savqul-jaysh) koʻp hollarda muvaffaqiyat keltirgan.

Muxolifatchi lashkar bilan dastlabki toʻqnashuvni raz­vedka vazifalari bilan mashgʻul boʻlgan yengil suvoriylar, ya’ni, qorovul boshlab bergan. Shundan soʻng, oʻng va chap kanot ilgor qismlari - barangʻar hiravuli va juvangʻar hiravuli madadida asosiy ilgʻor qism mangʻlay jangga kadam qoʻygan. Mangʻlay ortidan barangʻar hamda juvangʻarning qolgan ikki boʻlagi, ya’ni chapavul va shaqavul peshma-pesh harakat qilgan. Mabodo ushbu kuch dushmanni magʻlub etishga kifoya qilmasa, u holda bosh qoʻmondon-amirul-umaro boshchiligidagi yetakchi kuchlar-qoʻl (gʻoʻl) hal qiluvchi hujumga tashlangan.

Muxolif lashkardan qochish belgilari va magʻlubiyat alomati zohir boʻlib qolgach, uni ta’qib etish uchun chapdast suvoriylardan tuzilgan quvgʻunchi tayin qilingan. Quvgʻunchilar shikayet topganlarga shunday shiddat bilan xamla qilganki, dushman otliqlarida ot surishga majol, piyodalar uchun qochishga panoh qolmagan. Qal’a yoki qoʻrgonga chekinib, mustahkamlanishga ulgurgan ganim muxosara qilingan.

Qal’a devorlari yaqinida manjaniqlar qurilib, gʻaltaklar ustiga oʻrnatilgan arrodalar tiklanib, qamaldagilarga karata har tarafdan toshlar irgʻitilgan, ra’dlar ishga solingan. Borular ostida naqblar kavlangan. Devorlarda ochilgan rahnalar orqali askarlar selday ichkariga yopirilib kira boshlagan. Qal’aga toʻrt tarafdan quyunday yopirilib kelayotgan askarlar kamal ahli tomonidan otilayotgan oʻq, nayza, tosh ba’zan yonayotgan moddalardan saqlanish uchun boshlarini toʻsib, devorlarga koʻyilgan narvon, yo boʻlmasa tashlangan arqon va halqalar yordamida yuqoriga koʻtarilgan.

Dushman mudofaasini turli usullar yordamida barbod qilish, gʻanim tomonning yirik va mustahkam mudofaa inshootlariga ega boʻlgan shaharlariga qoʻqqisdan kuchli zarba berish, zabt etilgan mamlakatning boshliqlarini va ayniqsa, lashkarboshilarini hibsga olish, qal’a hamda koʻrgʻonlarni uzoq muddat davomida muhosara qilish, yov kuchlarini iloji boricha keng qamrovda kurshab olish, uning qishloq, shahar, tuman, viloyatlarini birin-ketin fath etish, dushmanni batamom yakson etgunga kadar ta’qib qilish, fath boʻlgan yurtlarni boshqarish uchun oʻzining ishonchli vakillarini tayinlash singari strategik maksadlarni koʻzlab ish yuritish Amir Temurga koʻplab zafarlar olib keldi.

Amir Temur armiyasida ichiga yonuvchi modda - naft solingan koʻzachalar, irgʻituvchi oʻt sochish quroli - ra’dning uzluksiz ishlab turishini ta’minlovchi maxsus toʻpchilar - ra’dandozlar mavjud boʻlgan. Mustahkam qal’a va qoʻrgʻonlarni qamal I qilishda, dushman kuchlariga qirgʻin keltirishda samarali qurol xisoblangan ra’dni boshqaruvchi toʻpchilarning soni, Nizomuddin Shomiympsh fikricha, 10 ming kishiga yetgan. Ra’dandozlar Amir Temur tomonidan ilk marta 1379 yili Urganchni muhosara kilish vaqtida jangta solingan.

«Amir Temur tuzuklari»da qayd etilishicha, koʻshin koʻmondonlari safiga Amir Tsmur oliyhimmat, oqil, mard, tadbirkor, sezgir, jur’atli, sabotli, harb ishiga jondilini bagʻishlagan iste’dodli shaxslarni jalb etish masalasiga katta e’tibor bergan. Har bir bek yoki amir oʻz noibi - oʻrinbosariga zga boʻlgan. Biror bek yoki amir hayotdan koʻz yumgan takdirda noibi uning oʻrnini egallagan.

Yovning askariy guruhini tor-mor etgan mingbegi birinchi darajali amir unvoniga, yirik dushman qismini magʻlub etgan birinchi darajali amir oʻz navbatida ikkinchi dara­jali amir mansabiga va shu yoʻsinda oʻzga bek hamda amirlar yuqoriroq harbiy martabaga koʻtarilib borgan. Janggoxda mardlik va qahramonlik koʻrsatgan oddiy jangchilarning maoshi oshirilgan. Ba’zi sabablarga koʻra jang maydonini tashlab qochgan askarlar oʻlja taqsimotida ishtirok etishdan mahrum qilingan. Muhorabadan yarador boʻlib qaytgan shaxslarning izzat-hurmati joyiga qoʻyilgan, ularga Amir Temur­ning marhamati koʻrsatilgan.

Biror kishvarni fath qilgan yoki gʻanim armiyasini magʻlubiyatga uchratgan sarkarda uchun uch xil mukofot ta’sis etilgan, ya’ni sharafli bahodir unvoni hamda tug va nogʻora berilgan. Ayni shunday yuksak mukofot bilan muxolifatchi taraf taxt vorislari rahnomoligidagi qoʻshinni parishonlikka solgan amir yoki bekning ham shavkati ziyoda qilingan.

Jangu jadal chogida shijoat koʻrsatib, dushman guruhini qochirishga muyassar boʻlgan oʻnbegi shahar dorugʻasi, yuzbegi esa viloyat hokimi vazifasiga tayinlangan. Dushman ustidan zafar quchgan mingbegi viloyat voliysi mansabi bilan takdirlangan.

Biror mamlakat yoki yurtni egallagan amirga oʻsha yerlar ma’lum shart va imtiyozlar asosida boshqarilish uchun suyurgʻol tarzida inoyat qilingan. Amir Temur va temuriylar davrida suyurgʻol yer egaligining keng tarqalgan turlaridan biri boʻlib, nasldan naslga oʻtgan. Suyurgʻol egasi davlat hisobiga toʻlanishi zarur boʻlgan soliqlardan ozod qilingan. Bunday suyurgʻol turi «darbasta suyurgʻol» deb yuritilgan.

Dovyurak pahlavonlar harbiy yurishlarda koʻrsatgan jasoratlari uchun baland darajaga erishib, boobroʻ kishilar qatoridan oʻrin olgan. Ular gurzi, olachuk (chodir), murassa’ kamar, qilich va saman ot kabi pahlavonlik nishonlari bilan e’zozlangan. Botirlarning koʻpchiligi keyinchalik oʻnlik, yuzlik, mingliklarga qoʻmondonlik qilishdek mas’uliyatli vazifalarga qoʻyilgan.

Yuqorida tilga olingan oʻn ikki amirdan har biri oʻz dovul (tabl) va bayrogʻiga ega boʻlgan. Bosh qoʻmondon nogʻora hamda alamdan tashqari burgʻu, tumantug va chortugʻ bilan nishonlangan.

Mingbegi tugʻ va karnayga ega boʻlgan. Yuzbegi va oʻnbegiga nogʻora berilgan. Turli qoʻshin, ya’ni qism qoʻmondonlari tegishli nishonlar bilan ta’minlangan. Beklarbegi yoki amirul-umaro bayroq, nogʻora chortugʻ va burgʻu singari nishonlarga sazovor boʻlgan.

Rui Gonsales de Klavixoning ta’rifiga koʻra, temuriy lashkarboshi tinchlik chogʻida zarhal ip bilan tikilgan havorang satin koʻylak kiygan. Uning boshida dur hamda boshqa qimmatbaho toshlar qadalgan boʻrk boʻlgan. Boʻrkning ostidan uch qator qilib oʻrilgan ikki kokil yelkaga tushib turgan. Elchi bu yoʻsinda oʻrilgan sochlar Amir Temur askarlarining nishoni ekanligini aloxida qayd etadi.

Harbiy yurish yoki razmdan oldin qoʻshinni koʻrikdan oʻtkazib, uning jangovar ruhi va holatini aniqlash an’ana tusiga kirgan. Amir Temur qoʻshinning jangovar holatini sahro, dasht va yaylovlarda nazardan oʻtkazib, imtihon qilar edi. Yetarli miqdordagi lashkar jam boʻlgach, barcha qoʻshin turlari - yoychilar, nayzadorlar, sangandozlar, taxshandozlar, manjaniq, arroda va tiricharx otuvchilar xamda boshqa aska­riy qismlar koʻrikdan oʻtkazilgan. Koʻrikdan nafaqat asosiy jangovar qismlar, shuningdek, ular ortidan boruvchi ogʻir karvon - noʻgruq (oboz) ham oʻtkazilgan.

Farmoni oliyga muvofiq askarlar boshdan-oyoq temir sovutlar kiyib, zarur qurol-yarogʻlarni olib otga minganlar, koʻrik uchun saflarni rostlaganlar. Maydonda har bir qismga taalluqli koʻk, sariq, binafsha, qizil, qora rangdagi bayrok va yalovlar hiliirab turgan. Harbiy musiqachilar ijro etayotgan jangovar musiqalar ostida oliy bosh qoʻmondon qoʻshin qismlarini birin-ketin koʻzdan kechirib chiqqan. Saf tortib turgan jangchilar nayzalarini baland koʻtarib, hammalari bir maromda kuchli na’ra tortib, suron solib, yurishga shay ekanliklarini izhor qilganlar.

Bir favjning qurol-yarogʻi, a’lam va bayrogʻi, kiyim-kechagi, jibasi qizil, ikkinchi guruhning rangi koʻk, uchinchi guruhning rangi ok, toʻrtinchi favjning rangi binafsha, beshinchi guruhning rangi sariq va hokazo boʻlib, barchasi Sohibqironning tahsiniga sazovor boʻladi. Shu alfozda tong saharida boshlangan koʻrik peshin oxirigacha davom etgan.

Amir Temur armiyasi safar paytida quyidagi jango­var tartibda harakat qilgan. Bosh kuchlardan ancha ilgarida koravul - avanpost, undan keyin mangʻlay - (hiravul) - avan­gard, barangar, juvangʻar, qoʻl, chagdavul - aryergard yurgan. Koʻshin ortidan oʻgʻruq peshma-pesh kelgan.

Qoʻshinda suvli toʻsiqlarni kechib oʻtishga alohida e’tibor qaratilgan. Daryolarning sayoz yerlari guzar – kechikka aylantirilgan va soqchi otliq guruhlar tomonidan ehtiyot qilingan. Daryo yoqasiga yetib kelgan qoʻshin kechuvdan qism-qism boʻlib oʻta boshlagan. Koʻklam va kuz faslining seryomgʻir kunlarida daryo suvining koʻpayishi natijasida guzardan oʻtish ancha mushkullashgan. Teran daryolar ustida qayiklar yordamida bogʻlangan koʻprik orqali ogʻir texnika hamda oʻgʻruq oʻtkazilgan. Suvoriylar koʻpincha tezoqar daryolardan otning yugani va yoliga osilgan tarzda, piyodalar esa meshlar koʻmagida osonlik bilan talafotsiz kechib oʻtgan. Sohibqiron jang maydonini tanlashda bevosita ishtirok etgan. Janggohning tekis, keng va koʻshin qismlarini joylashtirishga qulay boʻlishi talab qilingan. Ayniqsa, ma’rakagohning ichimlik suvi manba’iga yaqii boʻlishi hamda razm vaqtida quyosh nurining jangchilar koʻziga tushmasligi maqsadga muvofik hisoblangan.

Amir Temurning boshqa davlatlar ahvoli xaqida ma’lumot olish vositalari. Sohibqiron yurishga joʻnashdan ancha avval dushmanning qurolli kuchlari, mudofaa inshootlari, u yerdagi ichki vaziyat kabilar haqida aniq va toʻla ma’lumotga ega boʻlish maqsadida uning yurti yoki qarorgohiga oʻz aygʻoqchi (xabargir, josus) larini peshma-pesh yuborib turgan. Gʻanim toʻgʻrisida zarur ma’lumotlarga ega boʻlgandan soʻnggina yurishga taraddud kurilgan.

Chegaradosh davlatlardagi ahvol toʻgʻrisidagi ma’lumotlarini Amir Temur 1000 kishidan iborat boʻlgan yengil qurollangan otryadlar yordamida toʻplagan. Bu qoʻshinlar suvsiz va choʻl joylarda tuyalar minib jang qilganlar, boshqa yerlarda esa ular tarkibi suvoriylar va yengil piyodalardan iborat boʻlgan. Qoʻshni davlatlar yerlariga kirib borib, ular shubxasiz, harbiy hiylalardan foydalangan xolda chegara­dosh yerlardagi axvol haqida ma’lumot toʻplaganlar. Urushga tayyorgarlik koʻrilayotgani va boshqa turli xabarlarni bilib olganlar. Mazkur otryadlar tomonidan yetkazilgan ma’lumotlarni mulohaza qilgandan soʻng, Amir Temur tegishli chora-tadbirlarni koʻrgan.

Ma’lumotlar ba’zan savdogarlar orqali ham olingan. Temur xuddi Chingizxon singari savdogarlar va karvonboshilarni turli tovarlar bilan Xitoy, Hindiston, Misr, Arabiston kabi mamlakatlarga va hatto Yevropa davlatlariga xam yuborib turgan. Karvonlar qaytib kelgandan soʻng savdogarlar sirasidan tayinlangan va darveshlar libosida joʻnatilgan xabargirlar oʻz kuzatishlari asosida xalkning hayoti, axloqi, odatlari xakida ma’lumot berganlar. Ular xususan, podshoxlar bilan ularning fuqarolari oʻrtasidagi munosabatlar qandayligini bilib olishlari nihoyatda zarur boʻlgan.

Amir Temur turli oʻlkalardan kelgan sayohatchilarga, savdogarlarga, karvonboshilarga homiylik qilgan. Ularga har qanday yordam koʻrsatilgan va shu asnoda ular koʻrgan davlatlardagi ahvol ham bilib olingan. Amir Temur turli tovarlarning olib kslinishi va olib ketilishi, xorijliklarning mamlakatga kirishi va chiqib ketishi, Amir Temur huzuriga kelishni istagan turli olimlar haqida aniq ma’lumotlar bsrib turishlari lozim boʻlgan alohida ishonchli lavozimdagi amaldorlarga ega boʻlgan. Ular xorijiy podshohlarning Amir Temurga boʻlgan munosabati va niyatlarini bilishlari, bu ma’lumotlarni unga tez va aniq qilib yetkazishlari lozim edi.

Agar bu ma’lumotlar kamlik qilsa, u holda Amir Temur elchilarni joʻnatgan. Ular Amir Temurning yurishlaridan oldin kerakli ma’lumotlarni berib turishlari zarur edi. Ba’zi xollarda u bu maqsadlar uchun darvishlardan foydalanardi.

Yuk-aravalar. Jangchi yurish paytida qurol-yarogʻ zaxi­ralari, chodirlar va boshqa narsalarni oʻzi bilan olib yurishi lozim boʻlgan. Amir Temur koʻshinlar ortidan koʻp sonli yuk-aravalari yurishi lozim edi. Ular jangchilar soniga nisbatan uch barobar keladigan karvonlarni tashkil etgan. Qurol-yarogʻ zaxiralari tuyalar va boshqa yuk hayvonlarida olib yurilgan. Soʻnggi yurishlari vaqtida Amir Temur oʻz armiyasida doimiy ravishda mis qozonlarga ega boʻlgan, ular «yunon»lar olovini, toshlarni va boshqa ogʻir narsalarni otish uchun xizmat qilgan. Bundan tashqari, garchi uzoq masofalarga olib borilmasa-da manjanaqlar, shuningdek, qamal qilish uchun zarur materiallar va asboblarning zahiralari ham boʻlgan.

Aloqa vositalari. Temuriylar armiyasi harbiy boʻlinmalarning harakatlarini boshqarishda, yurish paytida ham, jang paytida ham qoʻyilgan vazifalarning aniq bajarilishida aloqa vositalari sifatida turli tovush va belgili koʻrish-kuzatish vositalari muhim rol oʻynagan.

Ushbu vazifani maxsus ishlab chiqarilgan shartli tizim nogʻora tovushlari, tugʻlar va bayroqlar vositasidagi koʻrish aloqasi orqali samarali tarzda amalga oshirganlar.

Nogʻora deb ataluvchi maxsus harbiy barabanlar qadim davrlardan biri ma’lum boʻlib, ular yordamida harbiy boʻlinmalarning ichidagi buyruqlar, ya’ni komandalar berilgan va ular orkali aloka tizimi amalga oshirilgan. Amir Temur oʻz qoʻshin boshliklaridan birontasini mukofotlar yoki yuqori mansabga koʻtarar ekan, unga yangi mansab va unvon ramzi sifatida alohida bunchuk va nogʻora topshirgan. Zarafshon vodiysidagi Koʻhak (Zarafshon) daryosi etagidagi bepoyon maydonda Amir Temur muntazam ravish­da oʻz qoʻshinlarini harbiy koʻrikdan oʻtkazgan, harbiy oʻquv mashqlarini amalga oshirgan, shuningdek, bu yerda doimiy ra­vishda tantanali bayramlar ham oʻtkazilgan. Ulardan biri Amir Temur saroyiga tashrif buyurgan ispan elchisi Rui Gonsales de Klavixo oʻz kundaliklarida yorqin va goʻzal tarzda tasvirlab bergan.

Zarafshonning baland qirgʻogʻida joylashgan Nogʻoratepa deb atalgan tepalikda harbiy nogʻoralar yordamida qoʻshin boʻlinmalariga buyruqlar (komandalar) berilgan. Harbiy nogʻoraning muayyan ohanglari boʻlinmalarga oldindan tanishtirilgan va ular shu ohanglar orkali berilgan buyruqlarni jang paytlarida ham aniq-ravshan bajarganlar.

Jang paytida koʻrish vositalarning oʻrni va roli ham kat­ta boʻlgan.

Qadimdan xokimiyat ramzi hisoblanib, urugʻ-qabila va harbiy hokimiyatlarning oʻziga xos timsoli boʻlib kelgan bayroqlar, tugʻlar, nishonlardan Amir Temur aloqa tizimi – koʻrish vositalari sifatida unumli foydalangan. Ulardan janglar, manevrlarga tezkor rahbarlikni amalga oshirish vositasi sifatida foydalanishni takomillashtirgan. Amir Temur koʻshinida xar bir boʻlinma oʻz xokimiyat va or-nomus ramziga, oʻz bayrogʻi yaloviga hamda oʻzlarining mulokot vositasiga, ya’ni signallarni etkazib beruvchi bayroqlar – bunchuqlarga eta boʻlgan. Amir Temur davrida mavjud boʻlgan bayroqlar va bunchuqlarning haqiqiy namunalari bizgacha yetib kelmagan boʻlsa-da, ularning tasvirlari miniatyuralardagi suratlarda saqlanib qolgan, koʻrinishi manbalarda tasvirlangan.

Markaziy hokimiyat ramzi boʻlgan bayroq - alam odatda butun jang maydonida yaqqol koʻzga tashlanib turadigan tepalikdagi karorgohda oʻrnatilgan. Bu bayroq lashkarboshi qoʻl ostida boʻlgan va u barcha jangchilarga koʻrinib turgan. Har bir boʻlinma bayrogʻining oʻz rangi boʻlgan va bu lashkarboshiga uning buyruqlari qanday bajarilayotgani va jangning borishini kuzatib turish imkonini bergan.

Qoʻshin boshligʻining bayrogʻi oʻziga xos shaklga ega boʻlgan. Amir Temur bayrogʻi uzun yogʻoch tepasiga oʻrnatilgan mohcha - Amir Temur gerbi va katta zangori matodan iborat boʻlgan. Ispan elchisi Rui Gonsales de Klavixo Temurning gerbida uchta doyra tasvirlangani haqida xabar beradi. Miniatyura-larni oʻrganish va zamondoshlarining ma’lumotlari asosida Amir Temur va uning vorislarining gerbi oltin nurlar sochayotgan quyosh bayrogida tasvirlangan sher koʻrinishida boʻlganligi aniklangan. Bu gerb tasviridan XVII asrda Samarqand Registonida kurilgan Sherdor madrasasi peshtokini bezashda foydalanilgan.

Belgili buyruqlar tizimi aniq-ravshan qilib ishlab chiqilgan va uni barcha jangchilar bilishi zarur edi. Qoʻmondon qarorgohi joylashgan yerda oʻrnatilgan oliy bayroq baland koʻtarilgan boʻlsa, galaba yaqinligini yoki yor­dam kelayotganini anglatgan. Agar u yuqorida hilpirab turgan boʻlsa, hukmdorning xavf ostida qolganligining, agar tushirib koʻyilgan boʻlsa magʻlubiyatni, dushman bayrogʻi qoʻlga kiritilgan boʻlsa, toʻliq gʻalabaning belgisi hisoblangan.

Amir Temur urush paytida bayroqlar harakatidan ham unumli foydalangan. Masalan, Terekda Oltin Oʻrda xoni Toʻxtamish bilan uzoq davom etgan kurashning hal qiluvchi jangida Amir Temur Toʻxtamishning bayroqdorini sotib olgan va u urush qizib turgan paytda bayroqni tushirgan. Toʻxtamish askarlari esa buni jangdagi magʻlubiyat sifatida tushunganlar va bu urushni borishiga jiddiy ta’sir koʻrsatgan.

1398-yilda boʻlgan jangda Amir Temur oʻz bayrogʻini shahrisabzliklarga topshirgan va shu tarzda dushmanni chalgʻitib, chaqqonlik bilam oʻtkazgan manevr orqali raqibni taslim boʻlishiga majbur etgan.

Bularning xammasi qoʻshinni qat’iy, aniq boshqarishda, dushmanni dahshatga solishida, ba’zan qal kiluvchi rolni oʻynagan taktik usullarda qoʻshinga belgilar vositasida va koʻrish tarzda xabar qilinuvchi ma’lumotlarning muhim rol oʻynaganligidan dalolat beradi.

Xitoy sarkardasi U-Dzi oʻzining urush san’ati haqidagi asarida «Barabanlar va nogʻoralar quloqlarni vahimaga soladi, bayroqlar, tugʻlar, bunchuqlar koʻzlarni dahshatga soladi» deb yozishi tasodifiy emas edi.

Iste’dodli va tajribali lashkarboshi sifatida Amir Temur bu vositalardan samarali foydalangan va ularni oʻz vorislariga ham meros qoldirgan.

Amir Temur biror hududni kancha vaqt ichida zabt etish mumkinligini oldindan yaxshilab hisoblab chiqar va sarkardalardan belgilangan muddatda harbiy harakatlarni nihoyasiga yetkazishni katiy talab kilar edi.

Xulosa qilib aytganda, Amir Temur buyuk davlat arbo­bi sifatida oʻz mamlakatini moʻgʻul bosqinchilaridan ozod qilib, markazlashgan kudratli davlat barpo etdi. Oʻz yurtining tinchligi, mustaqilligi va xavfsizligini ta’minlash uchun qudratli armiyaga asos soldi, uni oʻz zamonasining ilgʻor qurollari bilan ta’minladi, harbiy taktikani rivojlantirdi, qoʻshin tarkibini takomillashtirdi.

Amir Temur iste’dodli sarkarda va lashkarboshi, harbiy tashkilotchi sifatida oʻta intizomli armiya tuzishga, muxoraba chogʻida koʻshin qismlarini san’atkorona boshqarishga, jang taqdiri hal boʻladigan joylarga harbiy kuchlarni oʻz vaqtida ustalik bilan yoʻllashga, har qanday toʻsiq va g’ovlarni tadbirkorlik bilan bosib oʻtishga, armiyadagi jangovar ruhni kerakli darajada ushlab turishga muyassar boʻldi. Amir Temurning sarkardalik salohiyati, uning bir necha bor kam sonli lashkar bilan qoʻrquv bilmasdan koʻp sonli gʻanim lashkariga qarshi jang olib borgan choayniqsa, yakkol koʻzga tashlanar edi. Uning qo’shinlari tog’li hududlarda ham muvaffaqiyat bilan jang harakatlari olib borish, mustaxkam qal’a va hisorlarda oʻrnashib olgan dush­manni mag’lub etish qobiliyatiga ega edi.

Amir Temur vatanimiz hududida harbiy ish va taktikaning rivojlanishida chuqur iz qoldirdi, u nafakat Oʻrta Osiyo, balki jahon harb ilmini rivojlantirishga, yangi usullar va taktikani shakllanishiga oʻzining munosib hissasini qoʻshdi.

PREVIOUS ACTIVITY

← Reja: 1. Аlberxt Vallenshteyn (1583—1634) va Iogann Serklas Tilli (1559—1632) 2. Shved qiroli Gustav II Adolf - «Shimol sherи» (1594—1632), fransuz marshali Anri de La Tur d’Overn Vikont de Tyurenn (1611—1675) 3. Yan Sobeskiy

English ‎(en)‎

O'zbekcha ‎(uz)‎

Русский ‎(ru)‎

tarix 308 Kyumv Shoru Soliddinvich

Личный кабинет

О пользователе

Оценки


Сообщения

Настройки

Выход

Перейти к основному содержанию



Harbiy san'at tarixi

Личный кабинет

Курсы

Bakalavr


Kunduzgi

Tarix fakulteti

Tarix

3-kurs


Harbiy san'at tarixi

kun_tar_tar_3-k_2p_6-sem_hst

7-Mavzu: YAngi zamon davri atoqli sarkardalari va ularning faoliyati

Reja: 1. Аlberxt Vallenshteyn (1583—1634) va Iogann Serklas Tilli (1559—1632) 2. Shved qiroli Gustav II Adolf - «Shimol sherи» (1594—1632), fransuz marshali Anri de La Tur d’Overn Vikont de Tyurenn (1611—1675) 3. Yan Sobeskiy

Reja: 1. Аlberxt Vallenshteyn (1583—1634) va Iogann Serklas Tilli (1559—1632) 2. Shved qiroli Gustav II Adolf - «Shimol sherи» (1594—1632), fransuz marshali Anri de La Tur d’Overn Vikont de Tyurenn (1611—1675) 3. Yan Sobeskiy

Reja:


1. Аlberxt Vallenshteyn (1583—1634) va Iogann Serklas Tilli (1559—1632)

2. Shved qiroli Gustav II Adolf - «Shimol sherи» (1594—1632), fransuz marshali Anri de La Tur d’Overn Vikont de Tyurenn (1611—1675)



3. Yan Sobeskiy

Harbiy san’at yangi zamon davriga kelganda o’zining eng taraqqiy cho’qqisiga erishdi. Ta’bir joiz bo’lsa harb ish yangi zamon davrida tom ma’noda san’at darajasiga ko’tarildi. Bu borada yevropada o’tgan bir qator atoqli sarkardalarning faoliyati katta ahamiyatga ega bo’ldi. Yangi zamon davri dunyo harb ishi va harb san’ati tarixiga qator qobiliyatli sarkardalarni yetkazib berdiki, ularning juda ko’pchiligi bugungi kunda dunyoning eng mashhur sarkadalari qatoridan o’rin egallab kelmoqda. Shulardan biri Albext Vallensheytndir. Yevropada o’rta asrlarning intihosida salkam jahon urushi darajasida bo’lib o’tgan “O’tttiz yillik urush” (1618-1648) tarixida o’chmas iz qoldirgan atoqli qo’mondonlardan biri sifatida tarixda qolgan Alberxt asli Chexiyada tavallud topgan bo’lib, yoshligida ota-onasidan yetim qoladi va iyezuitlar maktabida, undan keyin Altdorfdagi protestant universitetida tahsil oldi. Keyin Avstriya armiyasi xizmatiga kirib, turklarga qarshi urushda ishtirok etadi. 21 yoshida kapitan darajasiga ko’tarildi. Uning keyingi hayotida o’chmas iz qoldirgan ikki qadamni alohida e’tirof etish kerak. Avvalo u o’z dinini o’zgartirdi, ya’ni protestantlikni tark etib, katolikka o’tdi. Bu unga o’sha vaqtda o’z yerlarini hukmdori sanalgan Muqaddas Rim imperiyasi saroyida katta nufuzga ega bo’lish yo’lida eng muhim qadam bo’ldi. Shundan so’ng u o’ziga to’q bo’lgan yoshi katta bevaga uylanadi. Bu bilan u saroyning ichki o’yinlarida eng ko’p az qotadigan yetarli mablag’ga ega bo’lishiga olib keldi. u uylanish orqali ega chiqqan mablag’ga 180 otliq va 80 mushketyorlardan iborat shaxsiy otryadini tuzishga erishdi. Tez orada qari xotini vafot etib, Moraviyada unga kattagina yer-mulklarni qoldirib ketdi. Shundan kyein u kondoter karyerasini tanlaydi va o’z otryadi baln Shtiryai gersogi xizmatiga kirib, u bilan Venesiyaga qarshi “qaroqchilki urushlari”da ishtirok etadi. Tez orada polkovnik rutbasiga ko’tarilgan Vallenshteyn bu orqali graf titulini oladi. Gradiski qal’asi qamalini yorib o’tishdagi xizmatlaridan keyin u Moraviyadagi imperator qo’shinlari qo’mondoni etib tayinlandi. 1618-yil 23-mayda Chexiyadagi qo’zg’olon sabab qirol Ferdinand I Gabsburg taxtdan tushrilib, uning o’rniga “bitta qishlik qirol” laqabli Fridrix V Pfalskiy keladi. Shu tariqa deyarli butun qit’ani qamrab olgan “O’ttiz yillik urush” boshlandi. undan protsetant Yevropasi katolik Yevropagasiga qarshi kurashdi. 1620-yil 8-noyabrda Praga yaqinida Maksimilian I bavarskiy va qo’mondon Tilli Vallenshteyn armiyasi tor-mor etadi. Shuda o’zining yollanma askarlarisiz qolgan Vallenshetyn protestanlar tomoniga o’tib, imperator Ferdinand II sodiqligini izhor qiladi. Moraviyaning hazinasini Ferdinand II ga taqdim etganligi uchun ham imperator Vallensheyotnga chexlardan tortib olingan yerlar ehson qilinadi va u Chexiyaning eng katta yer egasiga aylanadi. Uning yerlari knyazlikka aylantirilib, uning o’zi Fridlandiya gersogiga aylandi. 1625-yilda urushda “Daniya davri” boshlanganda u o’z mablag’iga 50 ming (ba’zi manbalarda 20 ming) kishilki qo’shin tuzadi. Imperator uni shu qo’shin qo’mondoni qilib tayinlaydi. Shundan boshlab u ming kishilik bu qo’shinini qayerlarni egallash to’g’ri kelsa, shu yerdan olinadigan o’lja hisobiga boqib keldi. u doimo “urush urush bilan tirik” degan gapni qaytarar edi. Graf Tilli bilan birgalikda u daniyaliklarni mamlakatdan quvib chiqarishga erishdi. 1625-yil 25-fevralda u Dniya qirolining qo’mondoni graf Mansfeldni Elba bo’yida yengib, o’zining birinchi mustaqil g’alabasiga erishgan edi. Tilli bilan ibrlashib 1626-yil avgustida Lutterda daniyaliklarga yana bitta zarba beradi. Shundan keyin protestant Meklenburg, Pomeraniya, Shlizvig va Golshtiniyani egallab, Yutlandiyaga yetib bordi. Daniya qiroli Xristian IV sluh so’rab, urushdan chiqishi tufayli imperator Vallensheytnga Maklenburg gersogligini beradi. Protestant Shveyiya urushga qo’shilgan paytda imperator Vallensheytnni “Boltiq va nemis dengizi generali” qilib tayinlaydi. Ammo 1628-yil Shtralzund qal’asini egallashda muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Ganza shahar ittifoqlari kemalari dengizdan uni qo’llab-quvvatlamaganligini mag’lubityaning asosiy sababi bo’ldi. Bu mag’lubiyatdan so’ng 1630-yilda Regenburgad o’tgan syezda imperator uni katoliklar qo’shini qo’mondoni – generallissimus martabasidan tushiradi. Bu orada shved qiroli Gustaf II Adolf qo’shinlari Germaniya yerlarida katta üalabalarga erishib, xatoo Myunxen va Nyurenbergni egallaydi. Uning ittifoqchisi bo’lgan saksonlar Praga yurish boshlaydi. Shunday sharoitda Vallenshetyn o’z xizmatini Gustaf II Adolfga taklif etadi. Lekin u qabul qilmaydi. Imperator vaziyat tangligini tushunib Vallenshetynni yana eski joyiga qaytarishga qaror qiladi. 1632-yilda u o’zi to’playdigan yollanma armiyaning to urush oxirigacha cheklanmagan qo’modoniga va egallaydigan yerlarda nazoratsiz hokimiyatga ega bo’lish sharti bilan qo’mondonlikni oladi. Yangi armiya tashkil qilgan Vallenshetyon Pragani va Bogemiyani egallaydi, Bavariyaga tomon yurish qilib, uch karra ko’p kuchi bo’lishiga qaramaslan, Nyurenbergni shved qirolidan tortib olabilmaydi. 1632-yil 16-noyabrda Lyutsen yaqinida mag’lub bo’lgan Vallensheytn shvedlarni Germaniyadan quvib chiqarish mushkulligina ishonch hosil qilib, shvedlarning nemis yerlaridagi ittifoqchilarini sindirishga qaror qiladi. Lekin o’sha kuni sarkarda-qirl Gustaf II Adolf ham sochma o’q tegib halok bo’ladi. Lekin urush teatri qishga kirib ketadi. Keyingi yili katolik armiyasi shvedlarni Sileziyadan quvib chiqardi. Ammo qish yaqishnlashib qolganligi bahonasi bilan Vallenshteyn imperatorning Bavariya kurfyuristiga qarshi yurish burug’ini bajarmaydi. 1634-yil yanvarda imperator Vallensheynni mahfiy ravishda o’z lavozimidan ozod qilish haqida buyruq chiqaradi. Bunga Vallenshteynning ayrim harakatlari ham sabab bo’lgan edi. uning Pragadagi shaxsiy saroyi monraxnikidan hech qolishmas edi. uning bosh zalining g’alaba ma’budi Marsning freskali atsviri bezab turardi. Undan tashqari general o’z tangasini zarb qilish vakolatiga ham ega edi. uning ustiga Vallenshteynning imidji diskretasiyasida kardinal Rishelening mahfiy agentlari ham ko’p ishlashgan edi. rishele hali urushga kirmagan bo’lsada, ammo bu mohir gineralni o’yindan chiqarishni istar edi. Tez orada imperatorga generalning dushmanlari tomonidan Vallenshteyon chex qiroli bo’lishni istamoqda dgan habar keladi. U kam mudofaalangan Eger qal’asida jon saqlashga majbur bo’ldi. 1634-yil 25-fevral kuni irland yollanma harbiysi va yana 6 ta alberadchi askari bilan general yotoqxonasiga bostirib kiradi va generalning ko’ksiga alebarda bilan zarba berib uni halok qiladi.

Iogann Serklas Tilli (1559—1632). Muqaddas Rim imperiyasining sarkardasi, O’ttiz yillik urush davrida Katolik ligasi armiyasi qo’mondoni, 1605-yildan feldmarshal.imperiya armiyasining bosh qo’mondoni, imperatorning harbiy ishlar bo’yicha noibi martabalarida faoliyat yuritgan Tilli Niderlandiyadagi taniqli ispan oilasida tavallud topgan. Dastlabki ta’limni iyezuitlar maktabida olgan. harbiy karyerasini Aleksandr Parmskiyning yurishlarida oddiy askar sifatida boshlagan. Jasurligi uchun imperiya nishoniga sazovor bo’lgan. 1610-yilda Tilli gersog Maksimilian Bavarskiy xizmatiga kirib, bu yerda armiyani qayta tashkil qilish bilan shug’ullanadi. U tezda yollanma armiya ishonchsizligini tushunib yetdi va doimiy armiya tuzish zarurligini angladi. Tillining rejasiga ko’ra Bavariyaning barcha balog’atga yetgan aholsi harbiy xizmatga majbur qilindi, dovryanlar – kavaleriyaga, dehqonlar va shaharliklar – piyodaga olindi. aholini harbiy ishga o’rgatish doimiy ko’rinishni olishi kerak edi. bu ishlari tufayli Tilli tomonidan qayta tashkil qilingan Katolik ligasi armiyasi 11 yil davomida mag’lubiyatni bilmadi.

1620-yil 8-noyabrda Tilli Beloy Goreda chexlarni qaqshatqich mag’lub etdi. 1622-yil 27-aprelda Vislox yaqinida protestant qo’shinlari qo’mondonlari Mansfeld va markgraf Badenskiydan qattiq mag’lub bo’ldi. Lekin g’oliblar ishini yakunigacha olib bormasligi natijasida o’zini tiklab olgan Tilli Kordova bilan birlashib, Vimpfenda 5-mayda markgrafni, 20-iyulda Gexstda Daniya qiroli Xristianni mag’lub etdi. 14-sentyabr kuni Tilli Geydelbergni qo’lga kiritdi, 1632-yil aprelida bo’lsa Shtadlon yaqinida daniyaliklar qirolini mag’lub etdi.

1630-yilda Vallenshteynning is’tefosidan keyin Tilli imperiya armiyasi bosh qo’mondoni vva harbyi ishlar bo’yicha imperator noibi tituliga erishdi. 1631-yilning martida Tili qo’shini shturm bilan Neybrandenburgni, mayda Magdeburgni egallab, talon-taroj qildi.

1631-yilning yozida Tilli o’z qo’shinini Saksoniyaga keltirdi. Bu yerda uning muvaffaqiyatsizliklari boshlandi. 17-sentyabr kuni Breytenfelda Tilli qo’shini shved qiroli Gustav II Adolf tomonidan qaqshatqich mag’lub etildi. Jangda Tillining o’zi ham yaralandi. Bavariyaga chekingan Tilli armiyasini qayta tartibga olishga qisman erishdi. Shvedlarning yo’lini to’sish uchun Lex daryosining sharqiy qirg’og’idagi Rayna qal’asiga joylashib, kuchli mudofaa holatiga o’tib oldi. 15-aprel kuni shvedlarning zarbalariga dosh berolmadi, bu jangda yana yaralangan Tilli Ingolshtadtda vafot etdi. Garchi tilli bu davrning boshqa atoqli sarkardalari soyasida qolib ketsada, ammo “yovuz”, “qo’rqinchli” inson reputasiyaga ega bo’lib, o’zining ochiq ko’ngilliligi, adolatliligi va xolisligi bilan ajralib turardi, askarlari uni o’z “otasi” deb bilardilar. Uning asosiy dushmani bo’lgan shved qiroli Gustav II Adolf uni “qari kapral” laqabi bilan atagan.

Shved qiroli Gustav II Adolf (1594—1632). Tarixiy adabiyotlarda - «Shimol sheri» va “Qor qiroli” laqablari bilan ham mashhur bo’lgan. Yoshligidan katta iste’dot sohibi ekanligi namoyon bo’lgan. 12 yoshligida u besh yevropa tilida gaplasha olgan. shu yoshdan u quyi pag’onada harbiy xizmatni boshlaydi. 1611-yilda, 17 yoshligida Daniya bilan urushdagi jasorati uchun jangovar xochga loyiq ko’rildi. Shu yili uning otasida Karl IX vafot etadi, shved qonunlariga ko’ra valiahd to 24 yoshgacha Shvesiya taxtini egallay olmas, uning nomidan regent boshqarishi kerak edi. Ammo Gustavning mashhurligi shu qadar katta ediki, oradan bir ikki hafta o’tib, mulozimlarning o’zi o’z istak-hoxishlari bilan butun hokimiyatni yosh qirolga ishonib topshiradilar. Taxtga chiaӧӧan Gustav avval Daniyaga zarba berdi, 1617-yilda Rossiya bilan Stobol tinchlki sulhini imzoladi, 1621-1629-yillarda Polsha yurish qildi, faqatgina Stefan Cherneskiyning harakatlari bilan 6 yil muhlatga sulh tuzildi. Ana shu urushlar uni harbiy jihatdan chiniqtirdi, katta tajriba maktabi vazifasini bajarib berdi. Polsha bilan urush uni german ishlari bilan to’qnashtirdi. U protestan qiroli sifatida Reformasiyaning taqib qilinishiga qarshi chiqdi. Bu esa uni 1918-yilda boshlangan “O’ttiz yillik urush”ga yetakladi. Shundan keyin Shtralzund shahri bilan ittifoqda Germaniyaning qirg’oqbo’yi hududlariga qo’shin tashladi. 1631-yil 23-avgustda Fransiya bilan ittifoq tuzdi, unga ko’ra fransuz tomoni Gustavga harbiy harakatlarni olib borishi uchun yillik subsidiya to’laydigan bo’ldi. Shundan keyin Oderdagi Frankfurtni qo’lga kiritdi. 1631-yilgi Breytenfeld jangida u imperiya qo’shinlarini qattiq mag’lubiyatga uchratdi. Bu g’alaba ko’pchilki german protestant knyazlari orasida uning obro’si oshishiga va ularning shved qiroli tomoniga o’tib ketishiga olib keldi. 27-oktyabrda Mayn Frankfurtini, 27-dekabrda Maynsni qo’lga kiritdi.

1632-yil 1-oktabr kuni Gustav Adolf Dunayga yana yurish boshlaydi, uning arqibi bo’lgan imperator qo’shinlari qo’mondoni Vallenshteyn Saksoniyaga yurish qilib, 1-noyabrda Leypsigni qo’lga kiritadi. Shunda Gustaq dushmaniga zarba berish uchun shimolga yurishga qaror qiladi. 1632-yil 16-noyabrad Lyusen ostonasida shved kavaleriyasining Imperiya qo’shinlari o’ng qanotiga muvaffaqiyatsiz zarbasidan keyin Gustaf Adolfning o’zi jangda o’ldirildi.

O’zining qisqa, lekin sharafli umri bilan Gustav Adolf harbiy san’at atrixida katta iz qoldirib ketdi. U pikinerlar sonini butun piyodalarning 3/1 qismigacha qisqartirdi, 1631-yilda bo’lsa mushketyorlar polkini tashkil etadi va o’t ochar qurollarga katta e’tibor qaratadi. Askarlarni ancha yengil harakatlanishlari va jangga doimo shay bo’lib turishlari uchun Gustav mushketning og’irligini qisqartirdi, qog’oz patronlarni muomilaga kiritdi va o’t oldirish jarayonini soddalashtirdi. Bu qurollarni u kavaleriyaga ham joriy qildi. artilleriyada qurollarning og’irligi kamaytirilib, ularning harakatchanligi oshirildi.

Gustav Adolf tomonidan saflanish, jangovar tartib va usullarda joriy qilgan o’zgarishlari ham katta ahamiyatga ega bo’ldi. Piyodalarning 10 qator saflanishi o’rniga 6 shereng, otish uchun bo’lsa hatto 3 shereng saflanishini joriy qildi. asosiy taktik birlik sifatida 4 rotali batalon, yirik taktik birlik – brigada joriy qilindi. Avval u 2, keyin 3 batanlondan iborat bo’lgan. Bu bilan to shu vaqtgacha jang myadonlarida hukmron bo’lgan passiv va harakatlanishga noqulay bo’lgan bir necha ming askarlarning saflanishini (ular “tursiya”, “bataliya” kabi nomlar bilan atalgan) o’zgartirdi.

Otliqlarda Gustav 3 shereng bilan jangga kirishni joriy qildi. bu bilan ularning harakatchanligini oshib, manevrlashuvi tuzlashdi. U kavaleriyadan ot ustida o’q otish o’rniga, to’liq karer hujumini va sovuq qurol zarbasini talab qilar edi.

Artilleriya taktikasida Gustav mutloqo to’ntaruvni amalga oshirdi, u birinchi marta ommaviy artilleriyani qo’lladi va artilleriya zahirasini ajratdi. U muntazam (lineyli) taktikaning asoschisi hamdir. Kichik saflanishda uning armiyasi ikkita liniyadan iborat bo’lgan va har bir liniya o’ng, chap va markaz qanotlariga bo’lingan. Markazning asosiy qismini piyoda brigadalar tashkil qilgan, ulardan ikkinchi liniya brigadasi birinchidan oraliq masofada saflantirilgan. Qanotlarning asosiy kuchini otliqlar tashkil qilgan. Harbiy yurish harakatlarida Gustav armiyasi avangard, asosiy kuchlar va arergardga bo’lingan. Bunda asosiy kuchlar bir necha kolonnalarda harakat qilib, ularning har biri bo’lg’usi jangovar liniyaning otryadini tashkil qilgan.

Gustav Adolf tomonidan o’z armiyasida yetarli darajada pul to’lovi va oziq-ovqat ta’minoti yo’lga qo’yilgan ediki, bu orqali dushman armiyalarida odatga aylanib qolgan maroderlik (kafando’zlik, o’lik askarlarni talash) uning askarlari uchun begona holat edi.



Gutsav Adolf begona mamlakatda cheklangan resurlar bilan hujumkor urush olib borishning ajobiy namunasini yaratib berdi. U bunday urushlarga puhta atyyorgarlik ko’rardi, qo’rqmasdan, aniq ravishda o’zining harakat maqsadini qo’yardi va unga erishiga metodik harakat qilardi, u jang maydonlarida hal qiluvchi pallada to’planishni va g’alabadan keyin taqib etishgacha hamma-hammasini hisobga olar edi. napoleon Gustav Adolfni tarixda o’tgan buyuk sarkardalar qatoriga qo’yadi.

Anri de La Tur d’Overn de Tyurenn (1611—1675). XIX asr boshlarida Napoleon Bonapart jahon tarixida o’tgan eng ashhur 7 sarkardani tayyorlayotgan vaqtida ular ichida Anri de La Tur d’Overn yagona fransuz edi. fransuz marshali sifatida u 18 harbiy kompaniyada ishtirok etdi. de Tyurenn ayniqsa taktika va strategiya borasidagi mahorati katta ahamiyatga ega bo’ldi. U qo’shin ta’minotiga asosiy e’tiborni qaratib, qo’shinni magazin tizimida ta’minlashni tashkil qilganlardan biri bo’ldi. Taktika sohasida u front bo’ylab kuchlarni teng taqsimlash (lineyli taktika) tamoyili shabloni bilan birga u asosiy kuchni falanganing biriga to’plab, asosiy zarbani berishni afzal ko’rardi. U kutilmagandagi hujumga asoslangan asosiy maqsadi g’olib chiqish bo’lgan noan’anaviy taktikalar ustasi edi. de Tyurenn manevrali strategiya asoschilaridan biri sifatida ham qaraladi. Bu strategiyaning ildizi shved qiroli Gustav II Adolfga borib taqaladi. Agar “zamonaviy strageiyaning asoschisi” sifatida qaraluvchi shved qirolida manevrning asosiy maqsadi bosh jang bo’lsa, de Tyurenn jangni yoki to’qnashuvni strategik manevrning bir qismi sifatida qarardi va hatto uning usuli sifatida bilardi (bu usul chegara strategiyasi sifatida XVII asr ikkinchi yarmida Yevropada hukmronlik qilgan). 1611-yilda Sedanda Bulon gersogi oilasida tavallud topgan de Tyurenn yoshligida jismonan zaif bir bola bo’lgan. 12 yoshdan keyin u otasining katta o’gitlari hisobiga o’zida iroda topib, ajdodlari kabi harbiy bo’lish maqsadida o’z ustida jiddiy ishlashga kirishdi. 15 yoshida u Gollandiyaga, harbiy san’atni o’rganish uchun bobosi Moris Oranskiy huzuriga ketadi. 1624-yilda Moris Nassuskiy qo’shinida oddiy askarlikdan xizmatini boshlaydi. 1626-yilda Bua-de-Dyuk shahrini qamal qilishdagi jasorati uchun kapitan darajasiga ko’tarildi. 1630-yilda Fransiya armiyasi xizmatiga o’tib, 19 yoshida polkovnik darajasiga ko’tarildi. 1643-yilda Tyuren marshall va Veymarning fransuz armiyasi qo’mondoniga aylandi. Breyzexda deyarli jangovarlki qobiliyatini yo’qotgan 10 minglik qo’shinni tartibga keltiradi, bir necha hafta o’tgch unga Konda shahzodasi, Lui II Burbon 7 ming kishilik qo’shini bilan kelib qo’shiladi va ikki sarkarda birgalikda keyinchalik katta g’alabalarni qo’lga kiritdi. 1644-yil avgustida 20 minglik qo’shin bilan Bavar qo’shinlarini siqib chiqarishga erishdi. 1646-yilgi kompaniyada de Tyurenn o’z qo’shinini shvedlarning Vrangel boshchiligidagi qo’shiniga qo’shadi. O’ttiz yillik urushning oxirgi ikki yili – 1647-1648-yillarda bir muncha muvaffaqiyatlarni qo’lga kiritdi. Lekin Fransiyada qaror topgan Frondadan keyin uning qo’ishnining katta qismi uni tark etishi natijasida de Tyurenn Gollandiyaga ketishga majbur bo’ldi. 1650-yilgi kompaniyada de Tyurenn endi Ispan Niderlandiyasi gubernatori bilan birga Fransiya qirollik qo’shiniga qarshi jangga kirdi. Chunki Fronda Madridga tayanardi. Lekin jangni boy berib, sal qosa asirga tushayozdi. 1651-yilda u amnistiyaga utshib, Lyudovik XIVning qo’mondoni va ittifoqchisi sifatida o’zining sobiq maslakdoshi Konda shag’zodasining isyonini bsotirishga safarbar etiladi. 1652-1653-yillarda ikkalasi bir ncha marta jangda to’qnash keldi, faqat bir marta kichik jangni de Tyurenn Kondaga boy berdi. de Tyurenn yordami iblan Lyudovik XIV isyonchilarni bartaraf etdi, shu tariqa de Tyurenn Fransiyani halokat yoqasidan qutqarib qoldi. 1658-yilda Dyunkerkda inglizlar iblan birgalikda ispanlarga shiddatli zarba berdi. 6 mingdan ziyod ispan asirga tushdi. Bu oraqlai 1659-yilda Fransiya Ispaniya bilan g’olib isaftida sulg’ tuzishga erishdi.

1660-yilda de Tyurenn qirollikning bosh marshali etib tayinlandi. 1672-yila “Keng koalisiya” (Gollandiya, Avstriya, Ispaniya, Daniya va Brandenburg) Fransiyaga qarshi urush boshlagan paytda de Tyurenn Reynning chap qirg’og’ida ikki yil davomida nemis va gollandlarga qarshi muvaffaqiyatli kurashib keldi.

1975-yil 27-iyulda 63 yoshli vikont de Tyurenn rekognossirovka vaqtida (dushman to’g’risida malumot olish uchun komandirning o’zi o’tkazadigan razvedkada) birgina zambarak to’pi zarbasidan halok bo’ldi. Uning o’limi fransuzlarni qattiq larzaga solib, hatto unga atab “Tyurenn o’limi” marsiyasini yaratishdi.

XVII asr urushlar tarixida de Tyurenn nafaqat Fransiyaning, balki Yevropaning birinchi raqamli sarkardasi sifatida qoldi. U o’zigaga mavjud bo’lgan qal’alar orqali qo’shinni ta’minlash ishidan, ya’ni operasion bazalar tizimidan voz kechib, g’alabaning kalitini favqulotdalik va harakatchanlikning uyg’unligida ko’rdi. Bu ayni vaqtda o’zining ham xavfsizligining bosh omili deb hisoblardi.

Aynan Konde emas, balki de Tyurenn fransuz armiyasini haqiqiy ma’noda professional qildi. U yuqori martabali insonlarda kamdan-kam uchraydigan to’g’ri so’z sohibi ham edi. “To’g’ri so’z kishi hatto o’g’rining oldida g’am o’z so’zila qolish kerak” der edi. napoleon u haqida firk bildirib – “Tyurenn yuragi boshida” degan edi. u kichik sonli kuchlar orqali g’alabalarga erishib keldi, bunda bosh asosni tartibda va taktikada ko’rdi. U askarlariga doimo g’amxo’r edi. 1973-yilda u barcha pullarini askarlarini ochlikdan saqlash uchun sarflab yuboradi. U qo’rqmasdan “men yakson” bo’ldim deb mag’lubiyatni tan ola bilar edi, g’olib chiqqan paytida bo’lsa “biz g’olib bo’ldik” der edi.

Yan III Sobeskiy (1629-1696) taniqli polyak sarkardasi, Polsha qiroli va 1674-yildan Buyuk Litva knyazi. Otasi garchi unchalik taniqli kishi bo’lmasada, ammo mashhur sarkarda Stanislav Jolkevskiyning qiziga uylanib katta obro’ qozongan edi. Yan III Sobeskiy Novodvor kollegiyasida va Krakovdagi Yagellonlar akademiyasida ta’lim oldi. Akasi Marek bilan ikki yil davomida G’arbiy Yevropa mamlakatlarida bo’ldi. Lotin, fransuz, nemis, italyan tillarini o’zlashtirdi. XVII asrad yashab o’tgan barcha polyak-litov knyazlari oraisda Sobeskiy eng savodlisi bo’lganligi aytiladi.

1648-yilda Polshada Bogdan Xmelnisekiy isyoni vaqtida qaytgan aka-ukalar askarlikka tortildi. Bir yildan keyin akasi tatarlar asirligiga tushib qoldi, Sobeskiyning o’zi Turkiyaga uyushtirilgan elchilikka qo’shildi. Elchilik davomida tatarchani o’rgandi. Vataniga qaytgach Rus davlatiga qarshi urushda ishtirok etdi. 1655-yilda shvedlarning bsoqini davrida avval shvedlar tomonidagi guruhga qo’shilgan bo’lsa, keyinroq qonuniy qirol Yan II Kazimir tomonidan urushda qatnashdi. 1665-yilda u qirolicha Mariya Lyudoviki mulozimlari safida Polshaga kelib qolgan boy beva fransuz Marinsenke Zamoyskoyga uylanib, uning sharofati bilan oradan bir yil o’tib qirolicha unga to’liq getman unvonini atqdim etadi. 1667-yilda u Podgaysa ostonasida tatar va kazaklar qo’shinini tor-mor etdi. Xotini bu muvaffaӧiyatdan uni qirol darajasiga ko’tarish niyatiga tushib qoladi, uning ustiga Soveskiy 1668-yilda buyuk getman unvonini olgan edi. Lekin Muqaddas Rim imperiyasi bosimi bilan Polsha shlyaxtasi uni qirol qilib saylamaydi.

Keyingi saylovga umid qilgan xotini o’sha vaqtda Yevropada eng kuchli monrax hisoblangan Fransiya qiroli Lyudovik XIV ning huzuriga boradi va uning yordami hisobiga fransuzlarning ashaddiy dushmani bo’lgan gabsburgalarga qarshi fransuz-polsha-shved ittifoqini tuzishga rozilik beradi. 1673-yilda Xotin yaqinida turklar utsidan Sobeskiy g’alaba qozonadi, huddi shu paytda Polsha qiroli Vishnevkiy ham vafot etadi. Garchi Buchach sulhiga ko’ra davlat o’z yerlarining bir uismini boy bergan bo’lsada, ammo g’oliblik va fransuzlarning puli hisobiga Sobeskiy Gabsburglarning nomzodi bo’lgan shahzoda Karl Lotarinskiyning saylovda yengishga erishdi va Rech Pospolitayaning qiroli qilib saylandi. 1675-yilda maxfiy ravishda Frasniya bilan Yavorov shartnomasini imzoladi. Lekin asosiy dushmani bo’lgan usmoniy turklar Polshaning eng boy Podoliyu hududini qo’lida ushlab turar edi. ammo Lyudovik XIV turk sultoni bilan ittifoqda bo’lganligi sababli ham Yan III Sobeskiy bunda fransuz qirolidan ko’ra gabsburglar bilan ittifoq urushda foyda bo’lishini tushunib yetadi.

Taxtga chiqqandan keyin Yan III Sobeskiy polsha armiyasida katta islohotlarni o’tkazdi. Fransiyaning qarshiligiga qaramasdan 1683-yil 1-aprelda Avstriya imperatori Leapold iblan harbiy ittifoq mazmunida shartnoma imzoladi. Bu shartnomaga ko’ra tomonlarning qaysi birining poytaxti turklar hujumiga tortilsa, ikkinchi tomon qo’ishni bilan yordamga kelishi kerak edi.

Shu yili sulton Mexmed IVning bosh vaziri Qora-Mustafo 200 mingga yaqin qo’shin bilan Venani qamal qiladi. Yan III Sobeskiy 30 minglik qo’shin bilan yetib keladi va qirollik maqomi hisobiga bu yerda birlashgan 75 minglik qo’shin qo’mondoniga aylandi.eng qizig’i Varshavadan Venagacha bo’lgan 320 kilometrli yo’lni 15 kunda bosib o’tdi. Uning qo’mondonligidagi birlashgan xristian qo’shinlari 1683-yil 12-sentyabr kuni Kalenbergda 76 minglik qo’shin bilan 158 minglik turklarga halokatli zarba berdi va turklarning bundan keyingi Yevropaga yurishlariga butunlay chek qo’ydi. Turklar Vengriyagacha siqib chiqarildi. Jangda baland tepalikda kuzatgan Yan III Sobeskiy piyodalar urushida hech bir tomon g’alaba qozonmagandan keyin Polsha otliqlariga Qora-Mustafo chodiri tomonga zarba berishga buyruq beradi. Natijada bosh vazir chekinadi, uning ortidan butun turk qo’shini chekina boshlaydi.



G’olib sifatida Polshaga qaytgan Yan III Sobeskiy 1686-yilda Rossiya bilan “Abadiy sulh” imzoladi. Chunki u qirollik paytida ikki davlat o’rtasidagi chegara mojarosini hal qila bilmadi. Uning vena ostonasidagi atrixiy g’alabasi uni Yevropaning eng mashhur sarkardalari qatoridan o’rin olishiga sabab bo’ldi.
Download 37,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish