Har ahmoqqa aytma dardu so‘zingni, Hasrat o‘ti jisming yoqqancha bo‘lmas



Download 13,67 Kb.
Sana20.03.2022
Hajmi13,67 Kb.
#504025
Bog'liq
She\'rlar



BO’LMAS

Har ahmoqqa aytma dardu so‘zingni,
Hasrat o‘ti jisming yoqqancha bo‘lmas.
G’ussa bilan dona-dona ko‘zingdan
Achchiq yoshlaringni to‘kkancha bo‘lmas.

Qanoatda, izzatda tut o‘zingni,
Tama’ qilib, sarg‘aytirma yuzingni,
Har nomardga hayf aylama so‘zingni,
So‘zingning binosin yiqqancha bo‘lmas.

Mag‘rur bo‘lib kezma umring guliga,
Duch bo‘larsan bir kun xazon yeliga,
Yuz yil yashab tushsang ajal qo‘liga,
Chapingdan o‘ngingga boqqancha bo‘lmas.

Ko‘ngli qora bilan bo‘lmanglar ulfat,
Yuqar undan turli-tuman kasofat,
Ko‘mirga har necha aylasang izzat,
Manglayga qorasi yuqqancha bo‘lmas.

Maxtumquli hargiz topmadi omon,
Yemon tilning zahri tig‘lardan yomon,
Yomon til yonida zahri ko‘p ilon,—
Chaqsa-da, bir chivin chaqqancha bo‘lmas.


MUHTOJ AYLAMA

Qodir Jabbor, sendan tilagim koʼpdir,


Sen meni nomardga muhtoj aylama.
Xazinangdan bergil, mening rizqimni,
Bandangni bandangga muhtoj aylama.

Аdashtirma, toʼgʼri yoʼlim egriga,


Egrini tenglama, hargiz toʼgʼriga,
Kishi moli nasib etmas oʼgʼriga,
Halolni haromga muhtoj aylama.

Nomard koʼprigidan oʼlsam, oʼtmasman,


Karvon boʼlsam, halol ishdan qaytmasman,
Qoʼlidan bir kosa sharob ichmasman,
Oʼng qoʼlni chap qoʼlga muhtoj aylama.

Yaxshi niyat, sendan tilagim koʼpdir,


Аchchiq soʼzlar tildan chiqqan bir oʼqdir,
Tuqqanning tuqqanga bahosi yoʼqdir,
Ogʼani, iniga muhtoj aylama.

Maxtumquli, Haqdan tila, borini,


Tilar boʼlsang, tila, oʼz imoningni,
Obod ayla, ikki koʼzim nurini,
Oʼng koʼzim chap koʼzga muhtoj aylama.
Download 13,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish