Bir makon, bir yo'l



Download 388.52 Kb.
bet10/10
Sana13.05.2020
Hajmi388.52 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Ekologiyaga ta'siri

Keyingi masala – Xitoy kompaniyalari tomonidan atrof-muhitga nisbatan ehtiyotsiz munosabatda bo‘lish, standartlarga amal qilmaslik. Bu muammo Xitoy shirkatlarining keyingi paytlarda texnologik rivojlanishi natijasida birmuncha kamaygan bo‘lsa-da, xavflar hamon mavjud. XXR shirkatlarining atrof-muhitga nisbatan bunday munosabatini yaxshi anglagan Italiya hukumati 2019 yil mart oyi so‘ngida BMBYga oid memorandumda tabiatga oid alohida modda kiritgani bejiz emas.

  1. Raqamli texnologiyalar xavfi

«Bir makon, bir yo‘l» loyihasining diqqatga sazovor joyi shundaki, u nafaqat quruqlik va dengizda, balki dijital sohada ham markazi Xitoy bo‘lgan hamkorlikni taklif etadi. Xitoy bu sohada «Dijital ipak yo‘li» qurilishini barcha birgalikda amal oshirishiga chaqirmoqda. Bu sohada Xitoyning Huawei, ZTE, China Telecom, China Mobile shirkatlari allaqachon dunyoga tanilib ulgurgan.

Huawei shirkatining boshqa ko‘plab shirkatlardan ham o‘zib ketib, 5G mobil aloqa avlodini ishga tushirishga intilishi shu paytgacha raqamli gegemon bo‘lgan AQSh, Yevropa davlatlarini cho‘chitib yubordi. Huawei shirkati tomonidan rivojlangan dunyo mamlakatlariga taqdim etilayotgan raqamli texnologiya orqali ushbu shirkat Xitoy hukumatiga ma'lumot yetkazayotgani haqida tarqalgan xabar olovga kerosin quydi. Huawei shirkati boshlig‘ining qizi hozirda Kanada prokuraturasi tomonidan tergov qilinmoqda.

Shundan keyin nafaqat AQSh, G‘arbiy Yevropa davlatlari va Yaponiya Huawei texnologiyalari mamlakat ichkarisida qo‘llanilishiga milliy xavfsizlik nuqtai nazaridan cheklovlar joriy etishdi.  

Xitoy shirkatlarining arzon va qulay shartlar asosida telekommunikatsiya texnologiyalari, fiber simlari va ularga oid xizmatlari ko‘rsatilishi dunyoning eng kambag‘al mamlakatlarida katta quvonch bilan kutib olindi. Bu yerlarda Xitoy shirkatlari katta infrastruktura loyihalarini amalga oshirib, aholi turmush darajasini oshirishda hissa qo‘shayotganini insof bilan qayd etish zarur.

Biroq muammo shundaki, rivojlangan g‘arb, Yaponiya va Koreya Respublikasi davlatlaridan farqli o‘laroq Xitoy siyosiy tuzilmasida shirkat va davlat o‘rtasida alohida uzviy aloqa mavjud bo‘lib, Xitoy kommunistik partiyasi shirkatlardan mutlaq sadoqatni talab qiladi.

Natijada dunyo bo‘ylab o‘z biznes faoliyatini yuritayotgan xitoylik tadbirkorlar Xitoy siyosatini qo‘llaydigan harakatlarni amalga oshirishga majbur. Agar bu masala raqamli sohada ham yuz beradigan bo‘lsa, unda dunyodagi millionlab, Xitoy raqamli texnologiyasidan foydalanuvchi aholi haqidagi ma'lumotlar Xitoy hukumati qo‘liga o‘tib ketishi va kommunistik partiya tomonidan nazorat qilinishi xavfi paydo bo‘ladi.

G‘arb, Yaponiya, Koreya shirkatlari esa xususiy hisoblanib, insonning shaxsiy ma'lumotlarini saqlash bo‘yicha qonunlar va ichki me'yorlarga amal qilishadi. Bu shirkatlar qonunni buzsa jamoatchilik bundan xabar topishi ehtimoli yuqori. Ammo Xitoy hukumati bilan hamkorlikda ishlaydigan kompaniyalarning ishlari qattiq yashiriladi.   

Xitoyning «Bir makon, bir yo‘l» tashabbusi dunyo mamlakatlari tomonidan katta qiziqish bilan o‘rganilyapti. Biz ham bu loyiha tafsilotlarini bilishimiz, voqealar rivojini sinchkovlik bilan kuzatishimiz lozim, deb hisoblayman. Eng muhimi, biz uchun «Bir makon, bir yo‘l» qaysi o‘rinda foyda-yu, qaysi o‘rinda xavf – shularni bilib turishimiz lozim.



Xulosa

«Bir makon, bir yo‘l» tashabbusi haqida qancha munozara qilinmasin, uning foyda taraflarini hech kim inkor eta olmaydi. Davlatimizning ushbu tashabbusdagi faol ishtiroki mantiqan to‘g‘ri. Biroq BMBY doirasidagi har bir loyihaning qanday amalga oshirilishiga qarab manfiy natijalar yuzaga chiqishi ehtimoli ham yetarlicha.

Xulosa o‘rnida BMBY tashabbusining yurtimizda muvaffaqiyatli amalga oshishi omillarini sanab o‘tsam.

Birinchidan, Xitoydan qarz va texnologiya olayotgan davlatlardan «ko‘zga qarab» ish qilish tavsiya etiladi. O‘zbekiston uchun BMBY loyihasi manfatli bo‘lishi uchun olinayotgan qarz va infrastruktura loyihalari qay darajada foydali ekanini baholay bilishimiz lozim.

Ikkinchidan, ma'murchiligimizni isloh etmasdan, SSSRdan qolgan meros – korrupsiyalashgan eski tizimni isloh etmasdan turib olingan qarz mablag‘lari suiiste'mol etilib, bir qismi talon-toroj bo‘lib, boshqa qismi samarasiz sarflanib ketishi aniq. Zero, davlat mulkiga bo‘lgan bunday munosabat avvalgi tuzumda «yaxshi» shakllangan bo‘lib, undan qutulmasak oldinga siljiy olmaymiz. Boshimizga yuzlab milliard dollarlik qarz ustida o‘tirib qolgan ba'zi mamlakatlar holi tushishi mumkin.

Uchinchidan, «Ipak yo‘li» turizmi va temir yo‘l loyihalari kabi tashabbuslar bilan O‘zbekiston tomoni Xitoy bilan muvaffaqiyatli diplomatik aloqani davom ettirishi, holat Xitoyning biz bilan bir tomonlama monologi emas, balki dialog shaklida olib borilishi lozim. Loyihalar faqatgina yo‘l-ko‘priklarni barpo etishni emas, balki ishlab chiqaruvchi fabrika va zavodlar kabi sanoat komplekslarini rivojlantirishga qaratilishi muhim. Bunda e'tibordan qochirib bo‘lmaydigan nuqta – ko‘chirib keltiriladigan zavod yoki fabrika tabiatimizni ifloslantirmasligi, insonlar salomatligiga xavf solmasligi zarur.



Adliya vazirligi qoshidagi Huquqiy siyosat institutida ishlab chiqilgan, BMBYga oid loyihalar soha mutaxassislari tomonidan yaxshi o‘rganilishi va muhokamadan o‘tkazilishini yo‘lga qo‘yish lozim. Buning uchun yurtimiz universitetlarida Xitoyni o‘rganadigan erkin shakldagi tadqiqot institutlari faoliyat olib borishi lozim. Bu yerda Xitoy va boshqa dunyo tillarini yaxshi biladigan va turli sohalarda mutaxassislikka ega bo‘lgan yoshlarimiz ishlashi va doimiy ravishda hisobotlarni e'lon qilgan holda, bo‘layotgan yangiliklarni ilmiy tahlil etib borishlari lozim. Shu bilan birga, xitoyshunos olimlar (sinolog) va ekspertlarni yetishtirish kerak.

Hozirda Xitoyda Markaziy Osiyo davlatlarini o‘rganuvchi 20tadan ortiq tadqiqot institutlari, universitet fakultetlari va kafedralar o‘z faoliyatini yuritmoqda. Qisqa qilib aytganda, Xitoy bizni o‘rganishni allaqachon boshlashgan. Maqola va kitoblar to‘xtovsiz chiqyapti. Bizda-chi?
Download 388.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
axborot texnologiyalari
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
guruh talabasi
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
toshkent axborot
nomidagi samarqand
haqida tushuncha
toshkent davlat
ta’limi vazirligi
xorazmiy nomidagi
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
tashkil etish
Toshkent davlat
rivojlantirish vazirligi
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
sinflar uchun
pedagogika universiteti
bilan ishlash
таълим вазирлиги
Nizomiy nomidagi
maxsus ta'lim
o’rta ta’lim
tibbiyot akademiyasi
ta'lim vazirligi
fanlar fakulteti
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
fanining predmeti
махсус таълим
umumiy o’rta
Referat mavzu
haqida umumiy
fizika matematika
ishlab chiqarish
Navoiy davlat
universiteti fizika
Buxoro davlat
Fuqarolik jamiyati
pedagogika fakulteti