Bir makon, bir yo'l



Download 388.52 Kb.
bet1/10
Sana13.05.2020
Hajmi388.52 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10

Mavzu: “ Bir makon, bir yo'l” loyihasining mohiyati, mazmuni va asosiy yo'nalishlari.

Reja:


Kirish

  1. “Bir makon, bir yo’l” loyihasining mazmun-mohiyati.

  2. “Bir makon, bir yo‘l” o‘ziga tortuvchi tomonlari va loyihadan O’zbekistonning ko’zlagan maqsadlari.

  3. “Bir makon, bir yo‘l” loyihasi doirasida samarali muzokaralar va hamkorlikdagi harakatlar istiqbollari

  4. “Bir makon, bir yo‘l” loyihasidan umidlar va xavotirlar.

Xulosa
Kirish.

“Bir makon, bir yo‘l” loyihasi ikki yo‘nalishda, ya'ni quruqlikda “Ipak yo‘li iqtisodiy kamari” hamda dengiz yo‘llari orqali “XXI asrning dengiz Ipak yo‘li” transport koridorlarini tashkil etishga qaratilgan.

Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad qadimiy Ipak yo‘li ruhiyatini qayta tiklash asosida mintaqaviy iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, mamlakatlarning transport infratuzilmalarini birlashtirish, tovar ayirboshlash uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish, madaniy aloqalarni, tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashdan iborat. “Bir makon, bir yo‘l” xalqaro loyihasi Markaziy Osiyo, Yevropa va Afrika mintaqasida joylashgan 60 dan ortiq davlatni bog‘lovchi mavjud iqtisodiy yo‘laklarni yanada takomillashtirishni, yangi transport va savdo yo‘llarini ochishni ko‘zda tutadi.

Ushbu loyiha ikki va ko‘p tomonlama aloqalar mexanizmlarini mustahkamlagan holda, xalqaro hamkorlik va taraqqiyotning yangi modellarini shakllantirish va ilgari surishni nazarda tutadi.



  1. Bir makon, bir yo’l” loyihasining mazmun-mohiyati.

“Bir makon, bir yo‘l” — Xitoyning xalqaro tashabbusi bo‘lib, u Markaziy Osiyo, Yevropa va Afrika mintaqasida joylashgan 60 dan ortiq mamlakatlarni o‘zaro bog‘lovchi iqtisodiy yo‘laklarni yanada takomillashtirish hamda yangi transport va savdo yo‘llarini yaratishga qaratilgan. Ushbu hududdagi davlatlar jahon yalpi ichki mahsulotining 55 foizini, global energiya zaxiralarining 75 foizini o‘zida jamlagan. 

«Ipak yo‘li iqtisodiy kamari»ni shakllantirish g‘oyasi haqida ilk bor XXR raisi Si Szinpin 2013-yilning sentabrida Qozog‘istonga tashrifi chog‘i Nazarboyev universitetida so‘zlagan nutqida ma’lum qildi. O‘shanda Xitoy rahbari uchta trans yevro Osiyo iqtisodiy yo‘lagi(1-rasm): Xitoydan Markaziy Osiyo, Rossiya orqali Yevropaga (Boltiq dengizga qadar); Xitoydan Markaziy Osiyo va G‘arbiy Osiyo orqali Fors ko‘rfazi va O‘rtaer dengiziga qadar; Xitoydan Ja­nubi-sharqiy Osiyo, Janubiy Osiyo va Hind okeaniga qadar iqtisodiy yo‘lak barpo etishni taklif qildi. 




Download 388.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
guruh talabasi
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
samarqand davlat
navoiy nomidagi
haqida tushuncha
toshkent davlat
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
vazirligi toshkent
Darsning maqsadi
Toshkent davlat
tashkil etish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
bilan ishlash
pedagogika universiteti
Nizomiy nomidagi
fanining predmeti
sinflar uchun
o’rta ta’lim
maxsus ta'lim
таълим вазирлиги
vazirligi muhammad
fanlar fakulteti
ta'lim vazirligi
tibbiyot akademiyasi
Toshkent axborot
махсус таълим
haqida umumiy
umumiy o’rta
Referat mavzu
ishlab chiqarish
fizika matematika
pedagogika fakulteti
universiteti fizika
Navoiy davlat