BILET-1
1.Sizga qanday infektsiya manbalari va ularning tarqalishi ma'lum? Javobingizni asoslang.
Jarohatga bemor atrofidagi tashqi muhitdan tushadigan infeksiya ekzogen hisoblanadi va uning manbalari quyidagilardir: 1) havodan - havo infeksiyasi; 2) so'lak va boshqa suyuqlik tomchilaridan - tomchi infeksiyasi; 3) jarohatga tegib turadigan narsalardan kelib chiqadigan kontakt infeksiya; 4) jarohatda qoldiriladigan narsalardan (drenaj, chok iplari, yurakning sun’iy klapanlari, sintetik tomir protezlari, elektrokardiostimulyatorlar, metaldan yasalgan sterjen va b.) bo'ladigan implantatsion infeksiya.
Endogen infeksiya deb, organizmda (teri, m e’da-ichak, nafas yo'llari va b.) bo'ladigan infeksiyaga aytiladi. Bu infeksiya jarohatga bevosita yoki limfatik va qon tom irlar orqali tushishi mumkin. Uning asosiy sabablari quyidagilar: 1.Yuza epiteliydagi yiringli jaray o n lar (chipqon, karbunkul, piodermiya va b.). 2. M e’da-ichak yo'llaridagi infeksiya o 'ch o q lari (tish kariyesi, gingivitlar, xolesistoxolangit, pankreatit va b.). 3. N afas olish y o 'lla ri infeksiyalari (g ay m o ritlar, fro n titla r, traxeitlar, bronxitlar, o'pka abssessi va b.). 4. U rogenital y o 'lla rd a g i infeksiyalar (piyelitlar, sistitlar, prostatitlar, salpingooforitlar). 5. Noaniq bo'lgan (kriptogen) infeksiyalar.
2.Elektr shikastlanishi nima? Elektr shikastlanishi tufayli o'lim sabablari? Tasnifi, klinikasi, diagnostikasi, birinchi yordam va davolash.
Sanoat qishloq xo'jaligida va kundalik hayotda elektrlashtirishni ko'p qoilash elektr tokidan shikastlanishlar sonini ko'paytirib yubc*rdi. Elektr simlarining ikkala qutbini ushlaganda tokdan shikastlanisl* ro'yobga keladi, bu boshqa kuyishlardan farq qiladi. Elektr tokining t a ’sir qilishi uning kuchiga, kuchlanishi va ta ’sir davomliligiga bog'liq bo'ladi. Elektr tokining turi (doimiy, o'zgarib turuvchi, uch fazali) unchalik a-hamiyatga ega emas. Mahalliy tok (220 v, 40-60 Gs/s) doimiy tokdan xavfliroq. U tok bilan kontakt boiganda organizmda komik qarshilik paydo qildiradi. Kishi terisining qarshiligi bir necha yuzdan to ikki million om gacha yetadi. Terining qarshiligi qancha kam bo'lsa, tok ta ’siri shunchalik chuqur va xavfli bo'ladi. Elektr toki termik, kimyoviy va mexanik shikastlarga sabab bo'ladi. Elektr energiyaning issiqlikka aylanishi (Joul issiqligi) termik kuyishni keltirib chiqaradi. Intensiv termik reaksiya (volt yoyi) ta’sirida organism ko'mirga aylanishi mumkin. Elektr toki metall orqali odamga o'tadigan bo'lsa, metallizatsiya holati ro'y berib, to'qimma metallning mayda parchalaridan zararlanadi. Mis simidan shikastlanganda zararlangan soha sariq-qo'ng'ir, temir simidan esa kulrang tusga kiradi. Elektr tokining ta’siri natijasida elektroliz (bug' yoki gaz hosil bo'lishi) ro'yobga keladi. Suyakda fosfor tuzlari eriydi. Bu «marvarid»ga o'xshash eritmaga sabab bo'ladi. Yuqori kuchlanishdagi shikastlanish nafaqat terini, balki mushak va suyaklarni ham zararlantiradi. Mushak ko'chadi, tunnel paydo bo'lib qon talashadi. Bu o'zgarishlar tokning kirish, shuningdek chiqish joyida ham ro'y beradi. Yuqori kuchlanishdagi elektr toki shokni keltirib chiqaradi, u yuraktom irlar sistemasida fibrillyatsiyaga, nafas olish va nerv sistemasida o'zgarishlarga sabab bo'lib, o'limga olib keladi. Klinikasi mahalliy va umumiy belgilarga ega. Elektr tokidan shikastlangan sohada sarg'ish-qo'ng'ir yoki kulrang kuyish jarohatlari yuzaga keladi. Ular odatda katta bo'lmasdan 2-3 mm, o'rtasi past va atrofi do'mboqcha kabi (tok nishonalari) ko'tarilib turadi. Termik kuyishdan farqli elektr tokidan kuyishda giperemiya va og'riq bo'lmaydi Bu belgilar tok chiqish joyida mavjud bo'lishi mumkin. Chuqurligini aniqlash qiyin, ba’zida mushak, nerv, qon-tomirlar, suyaklar zararlanishi, tok o'tgan sohada tunnel yoki bo'shliqlar paydo bo'lishi mumkin. "Yuqori voltli tok ta’sir qilsa, kapillyarlar falajga uchraydi, chaqmoq belgilari yuzaga keladi, kapillyarlar rasmi daraxtsimon bo'lib, bosganda, massaj qilinganda yo'qoladi. Chaqmoq belgilari bir necha kundan so'ng yo'qoladi. Umumiy belgilari har xil bo'ladi, u tokning ta’sir qilish davriga bog'liq. Yengil hollarda qo'rquv, darmonsizlik, hushdan ketish, ko'ngil aynish bo'ladi. Og'ir hollarda shok belgisi, chala o'lim holatiga sabab bo'ladi. Shikastlanganda nafas olishning to'xtashi, yurak fibrillyatsiyasi yuzaga keladi. Kasallarda charchash, kam quvvatlik, ko'rish qobiliyatining buzilish hollari kuzatladi. Qonda leykotsitoz, SOE oshadi, siydikda oqsil, eritrotsitlar paydo bo'ladi. Elektrotravmada o'lim tez yoki bir necha kundan keyin yuz beradi. Davolash. Birinchi yordam shikastlanish ro'y bergan joyda davom ettiriladi, shok va chala o'lik holatidan to nafas olish, yurak faoliyati yaxshilanmaguncha reanimatsiya davom ettiriladi. Tokdan shikastlanganga yordam beruvchi odam birinchi navbatda shaxsiy xavfsizlik qoidalarini bajarishi lozim. Y urak qorinchalari fibrillyatsiyaga uchragan bo'lsa, deflbrillyatsiya, sun’iy nafas oldirish yo'llari (og'izdan-og'izga, burundan-og'izga), yurakni tashqi raassaj qilish, yurak-tomirlar faoliyatini yaxshilovchi preparatlar qo'llanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |