Mavzu: Nafas olish organlarini taraqqiyoti Reja: Nafas olish organlar taraqiyoti. Nafas olish oraganlari haqida. Nafas organlari



Download 22,76 Kb.
Sana21.05.2022
Hajmi22,76 Kb.
#605475
Bog'liq
ЬЩКАЩ


MAVZU: Nafas olish organlarini taraqqiyoti


Reja:

1.Nafas olish organlar taraqiyoti.
2.Nafas olish oraganlari haqida.

Nafas organlari - organizm bilan tashqi muhit (suv yoki havo) oʻrtasida gaz almashinuvi uchun ixtisoslashgan organlar. Hayvonlarda tana qoplagʻichi yoki ichagi devorining botib kirishi yoki boʻrtib chiqishi tufayli vujudga kelgan. Koʻpchilik umurtqasiz hayvonlar (gʻovaktanlilar, boʻshliqichlilar, chuvalchanglar, tuban qisqichbaqasimonlar, ignaterililar)da Nafas organlari boʻlmaydi. Umurtqalilar orasida teri orqali nafas olish kam harakatlanadigan va mayda hayvonlar — ayrim baliqlar, suvda va quruklikda yashovchilar uchun xos. Nafas organlari dastlab chuvalchanglarda jabralar shaklida paydo boʻlgan. Kislorod tanqis boʻlgan, oqmaydigan loyqa suvlarda yashaydigan ayrim baliklarda atmosfera havosi bilan nafas oladigan organlar — oʻpkalar, labirint apparat rivojlangan. Orqa ichakning ayrim qismlari orqali sodir boʻladigan gaz almashinuvi ichak orqali nafas olish deyiladi (ayrim laqqasimon va boshqa baliklar).


Quruklikda yashaydigan hayvonlarning asosiy Nafas organlari traxeyalar yoki oʻpkalar hisoblanadi. Ontogenezda Nafas organlari oʻzgarishi mumkin. Mas, koʻpchilik baliklar embrionlari dastlab tana yuzasi orqali nafas oladi; keyinroq ularda sariqlik xaltasida sariklik nafas olish sistemasi yoki suzgichlar (anal, orqa, dum) nafas olish sistemasi paydo boʻladi. Keyinchalik lichinkalarda tashqi jabralar, soʻngra jabra apparata rivojlanadi. Amniotlar embrionida nafas olish vazifasini dastlab sariklik xaltasi, keyinroq allan-tois bajaradi.
Odamda Nafas organlari havo oʻtkazuvchi yoʻllar (burun boʻshligʻi, hiqildoq, kekirdak va bronxlar) hamda oʻpkadan iborat.
Nafasnafas olish (lotincha: respiratio) — organizmga kislorod kirib, undan karbonat angidrid (CO2) chiqib ketishi, shuningdek, hujayra va toʻqimalarda kislorod yordamida kechadigan organik moddalarning oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari natijasida organizm hayot faoliyati uchun zarur boʻlgan energiya ajralib chiqishidan iborat jarayonlar majmui.
Bir hujayrali jonivorlar va tuban oʻsimliklar N. olishidagi gaz almashinuvi hujayralar sirti orqali, yuksak oʻsimliklarda butun tanadagi hujayralararo qobiq orqali diffuziya yoʻli bilan sodir boʻladi. Tuzilishining murakkablashishi va tana hajmining kattalashib borishi bilan N. olish vazifalarini oʻtovchi maxsus tuzilma yoki aʼzolar hamda qon aylanish sistemasi rivojlana boradi, bu sistemada O2 va CO2 ni bogʻlash va tashish xususiyatiga ega boʻlgan qon va limfa aylanib yuradi.
Hasharotlarda havo naychalari — traxeyalar, baliqlarda — jabralar N. aʼzolari hisoblanadi. Quruqlik va suvda yashaydigan hayvonlar oʻpka bilan birga teri orqali ham nafas oladi. Umurtqali hayvonlar va odamda tashqi N. mahsus nafas aʼzolarida, toʻqima nafasi esa toʻqima va hujayralardagi oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarida amalga oshadi.
Baliqlar, suvda va quruqlikda yashovchilarda ogʻiz tubi muskullarining harakati tufayli jabra va oʻpkaga havo kiradi. Qushlar, sut emizuvchilar va odamda nerv sistemasini uygʻunlashtiradigan N. muskullari (asosan, diafragma va qovurgʻalararo muskullar)ning bir tekis qisqarishi tashqi N.ni taʼminlaydi. Bu muskullar qisqarganda koʻkrak qafasining hajmi kattalashib, oʻpka kengayadi, bunda atmosfera bosimi oʻpka ichidagi bosimdan farq qiladi va oʻpkaga havo kiradi (nafas olish — inspiratsiya). N. chiqarish (eskpiratsiya) passiv (nafas olish fazasida choʻzilgan koʻkrak qafasining puchayishi hisobiga) va faol (baʼzi muskullarning qisqarishi yoʻli bilan) amalga oshiriladi. Bir gal nafas olishda oʻpkaga kiradigan havo miqdori N. hajmi deb ataladi.
Sut emizuvchilar va odamda gaz almashinuvi, asosan, oʻpka alveolalarida sodir boʻladi va qonga O2 ning faqat 2%i teri orqali tushadi. Oʻpka orqali bir daqiqada oʻtuvchi havo miqdori — minutlik nafas hajmi (MNH) deb yuritiladi. Odam tinch turganda bu koʻrsatkich 5—8 l/min, jismoniy ish qilganda esa 100 l/min va undan ortiqroq chiqishi mumkin. Alveolyar havo va venoz qon (oʻpka kapillyarlaridagi) orasidagi gaz almashinuvi O2 (60–70 mm simob ust.) va CO2 (7 mm simob ust.) parsial bosimlarning har xilligi tufayli alveola-kapillyar membrana (odamda membrananing umumiy yuzasi qariyb 90 m2) orqali amalga oshadi, O2 qonda gemoglobin mole-kulasiga bogʻlanib tashiladi. Yetib borgan joyida O2 toʻqimaga oʻtadi, bu ja-rayon arterial kon (100 mm simob ust.) va toʻqimalardagi (0–40 mm simob ust.) nomutanosib parsial bosim hisobiga yuz beradi. SO2 ham toʻqimadagi qonga va qondan alveolalarga parsial bosimning oʻzgarishlari hiso-biga utadi: toʻqimalarda 60 mm atrofida, venozdagi qonda — 47 mm, alveolalarda 25 mm simob ust. SO2ning 80%i qonga ishqoriy metallar (bikarbonat), kam qismi esa gemoglobin bilan birikkan holda (karbgemolobin) boʻladi. Gaz almashinuvining jadalligi N. koeffitsiyenti bilan taʼriflanadi. Hayvonlar va odamlarda bosh miya poʻstlogʻi, buyrak, yurak toʻqimalarining O2 ga ehtiyoji katta.
N. markaziy nerv sistemasi tomonidan idora etiladi. N. olish muskullarining reflektor qisqarishini taʼminlovchi harakat nervlarining yadrolari orka miya kulrang moddasining oddingi shoxlarida joylashgan. N. olish va chiqirishning birtekis ishlashini, uzunchoq miyada joylashgan N. markazi (NM) taʼminlaydi. Miyaning "Varoli koʻprigi"da pnevmotoksik markaz mav-jud boʻlib, u NM bilan birga N. jara-yonini boshqaradi. N. nazoratida qondagi SO2 miqdorining ahamiyati katta, bu miqdorning oshishi muskullar qisqarishini kuchaytiradi va MNHni oshiradi, natijada organizmdan or-tiqcha SO2 chiqariladi. Uyqu arteriyalarida retseptorlar mavjud boʻlib, ular qonning kimyoviy tarkibini nazorat qilib boradi va NMga qondagi O2 hamda SO2 miqdorining oʻzgarishi toʻgʻrisida axborot beradi. Uzunchoq miyaning sirtqi qismida joylashgan xemoretseptorlar orqa miya suyukligidagi SO2 miqdorining oʻzgarishini sezadi. N. nazorati nafaqat O2 va SO2 parsial bosimini meʼyorda ushlab turishga, balki bu koʻrsatkichlar uzgarishining ol-dini olishga ham qaratilgan.
Oʻsimliklarning hamma aʼzo, toʻqima va hujayralari N. oladi. N. olish jadalligi oʻsimlikning turli qismida turlicha. Eng yuqori N. yosh, tez oʻsuvchan aʼzo va toʻqimalarga xos. Butun oʻsimlikda eng avval reproduktiv aʼzolari, keyin barglari, poyasi va iddizlari N. oladi. Yorugʻlikni sezuvchi togʻ oʻsimliklarida N. olish jarayoni yuqori, soyabondoshlilarda esa aksincha. tashqi muhit harorati oshishi bilan N. olish kuchayib boradi, harorat har 10°ga oshganda 2—3 marotaba koʻpayadi. Ammo maʼlum bir eng yuqori nuqtaga yetgach, N. susayib, 45— 50°da toʻxtaydi. Past haroratda oʻsimliklarning N. olishi keskin kamayadi, le-kin qishlaydigan oʻsimlik aʼzolarida N. qisman saqlanib qoladi. Oʻsimliklarga mexanik va kimyoviy omillar bilan taʼsir koʻrsatilishi natijasida ham N. kuchayadi. Oʻsimliklar oʻsgan sari N. olish jadalligi oʻzgarib boradi. Quruq uruglar juda past N. oladi, urugʻlar unib chiqqach va keyinchalik nihol oʻsishi davomida ularning N. olishi bir necha ming marotabagacha oshadi. Oʻsimliklarning faol oʻsish bosqichi tugashi bilan toʻqimalarining N. olishi susayadi, bu hujayra protoplazmasidagi qarish ja-rayonlari bilan bogʻliq. Urugʻlar va mevalar pishishi bilan N. tezligi kamayadi.[1]
Manbalar
Download 22,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish