Bibliografik mahsulotlar turlari, O’ziga xos xususiyatlari



Download 42,94 Kb.
bet1/3
Sana11.04.2022
Hajmi42,94 Kb.
#542416
  1   2   3
Bog'liq
BIBLIOGRAFIK
Договор, Договор, ORALIQ, ORALIQ, Buyruq yangi guruxlar, Sertifikat1 A4, neft va gaz qazib olish texnologiyasi va texnikasi (1), 07.01.2022. Акт, Tarjimai-hol-blank-2, ozbekcha, New Microsoft Word Document, Iqtisodiy, Art-terapiya fanidan mustaqil ta\'lim topshirig\'i., 16 (Автосохраненный)

BIBLIOGRAFIK MAHSULOTLAR TURLARI, O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Rasmiy hujjatli bibliografik axborot bo‘lib, bir vaqtning o‘zida uni tayyorlash jarayonining natijasi va iste’molchilarga xizmat ko‘rsatish vositasidir. Bibliografik mahsulot tushunchasi negizida minglab bibliografik yozuvlarni aks ettiruvchi bibliografik qo‘llanmalar yotadi. Bibliografik mahsulotlar tizimini yaratish va bibliografik so‘roqlarni bajarish kutubxonalar faoliyatining an’anaviy yo‘nalishlaridan biri. Bibliografik qo‘llanmalarning turlari bibliografik ko‘rsatkichlar, bibliografik ro‘yxatlar va bibliografik sharhlardir. Bibliografik xizmat ko‘rsatish kundalik va retrospektiv ko‘rsatkichlar, referativ jurnallar, bibliografik va axborot ma’lumotlar bazasi, monografiya va dissertatsiyalarga tuzilayotgan adabiyotlar ro‘yxatlariga asoslanadi.


Bibliografik ko‘rsatkichlar — murakkab tuzilishga va ma’lumot-qidiruv apparatiga ega bo‘lgan bibliografik qo‘llanmalardir. U tor, aniq mavzuni, masalani yoki keng, atroflicha muammoni, bilim sohasiga bag‘ishlangan hujjatlarni, boshqa materiallar haqidagi ma’lumotni aks ettiradi. Ko‘rsatkichlar bir qancha bo‘limlardan iborat bo‘ladi. Bo‘limlardagi bibliografik yozuvlar ma’lumi bir tartibda joylashtiriladi. Ko‘rsatkichlar o‘ziga xos ma’lumot-qidiruv apparatiga ega: kirish so‘zi, so‘zboshi, mundarija va yordamchi apparatlar. Bibliografik ko‘rsatkichlarning shakllari bosma kataloglar, nashriyotlarning yillik mavzuli rejalari, nashriyot kataloglari, bibliografik bulletenlar, Kitob palatasining yilnomalari, biobibliografik ko‘rsatkichlar. Ular uchun 3 ta tarkibiy element xarakterlidir: biografik ma’lumot, muallif asarlarining va asarlari nashrlarining tavsiflari, hayoti va ijodiga oid adabiyotlar ro‘yxati. Ko‘rsatkichning yana bir turi jurnallar va badiiy asarlar sarlavhalarining ko‘rsatkichlari.

Bibliografik ro‘yxat—oddiy tuzilishga ega bo‘lgan bibliografik qo‘llanma. U qoidaga ko‘ra tor mavzu yoki muammoga oid, hajmiga ko‘ra uncha katta bo‘lmagan, tuzilishiga ko‘ra soddaroq materiallarning bibliografik yozuvlariga, ya’ni ma’lumot-qidiruv apparatiga ega bo‘lmagan qo‘llanma. Ulardan ko‘p qo‘llaniladigani kitobxonlarga eslatmalar, kitob ichi, jurnal ichi, maqolaga berilgan, gazeta ichida berilgan ro‘yxatlar. Kitob ichi bibliografik ro‘yxatlar bir mavzuga oid ilova qilingan mustaqil ro‘yxat. Masalan, ilmiy asarlarda muallifning asarlari ro‘yxati, o‘quv va ishlab chiqarishga oid adabiyotlarda shu mavzuga oid boshqa mualliflarning asarlari ro‘yxati, kitoblarda mavzuga oid foydalanilgan, fikrlar olingan, esga olingan adabiyotlar ro‘yxati beriladi. Matn ichida adabiyotlarga yo‘llanma (ssilka) ham beriladi, bular sahifaning pastida asosiy matndan so‘ng yoki bo‘lim va boblar oxirida ham beriladi. Jurnal ichi bibliografik ro‘yxatlari mustaqil material sifatida jurnalda nashr etiladi. Ko‘pgina jurnallarda alohida maxsus sahifalarda yangi adabiyotlar, taqrizlar, yil davomida jurnal sahifalarida nashr qilingan maqolalar ro‘yxati nashr etiladi. Masalan, „Sharq yulduzi“, „Tafakkur“, „O‘zbek tili va adabiyoti“, „O‘zbekiston matbuoti“ jurnallari oxirgi sonida yil davomida nashr qilingan maqolalar yo‘nalishiga ko‘ra yoki xronologik tartibda beriladi. „Adabiy meros“ to‘plami esa 10 yil davomida to‘plamda nashr qilingan maqolalarning muammo yoki masalalarga sistemalashtirgan holda ro‘yxatini berib boradi. „Biblioteka“, „Áèáëèîòåêîâåäåíèå“, „Ìèð áèáëèîãðàôèè“ jurnallarida ham maxsus sohaga oid yangi adabiyotlar ro‘yxati berib boriladi. Ilmiy va ilmiyommabop jurnallarda, ilmiy to‘plamlarda nashr etilgan maqolalar so‘ngida mavzu bo‘yicha foydalanilgan, eslatib o‘tilgan yoki bosmadan chiqqan yangi nashrlar haqida ro‘yxat ilova qilinadi. Bular maqolaga berilgan ro‘yxatlar deb yuritiladi. Gazeta ichi ro‘yxatlari gazetadagi mustaqil adabiyotlar ro‘yxatidir. Respublika, viloyat gazetalarida „Yangi kitoblar“, „Kitoblar orasida“, „Kitoblar olamida“, „Kitob tokchasi yonida“ kabi sarlavhalar ostida adabiyotlar ro‘yxati berib boriladi.


Download 42,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
axborot texnologiyalari
ta’lim vazirligi
zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
guruh talabasi
nomidagi toshkent
O’zbekiston respublikasi
toshkent axborot
texnologiyalari universiteti
o’rta maxsus
xorazmiy nomidagi
davlat pedagogika
rivojlantirish vazirligi
pedagogika instituti
Ўзбекистон республикаси
tashkil etish
vazirligi muhammad
haqida tushuncha
respublikasi axborot
toshkent davlat
таълим вазирлиги
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
O'zbekiston respublikasi
махсус таълим
vazirligi toshkent
fanidan tayyorlagan
bilan ishlash
saqlash vazirligi
Ishdan maqsad
Toshkent davlat
fanidan mustaqil
sog'liqni saqlash
uzbekistan coronavirus
respublikasi sog'liqni
haqida umumiy
coronavirus covid
vazirligi koronavirus
covid vaccination
koronavirus covid
qarshi emlanganlik
risida sertifikat
sertifikat ministry
vaccination certificate
o’rta ta’lim
pedagogika universiteti
matematika fakulteti
ishlab chiqarish
fanlar fakulteti
moliya instituti
fanining predmeti